O’zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/207
Sana28.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#613584
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   207
Bog'liq
Конференция Vatanparvarlik 29.01.2019

Axmedov Ergash Kuldashevich – 
Toshkent kimyo-texnologiya instituti


276 
ham ko’pdinlilik sharoitida jamiyat va din orasidagi munosabatlarda muvozanatni 
saqlash lozim bo’ladi. Zero, dinning jamiyatda o’ziga xos o’rni mavjud.
Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat vakillari yashamoqda. Ular 
turli diniy e’tiqodga mansub fuqarolar bo’lib, respublikamiz kelajagi uning ma’naviy 
yuksalish darajasiga, o’zaro munosabatlardagi totuvlikka ham ko’p jihatdan 
bog’liqdir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, yurtimizda konfessiyalararo 
munosabatlar, ularning mazmuni jamiyatdagi mavjud ijtimoiy munosabatlarning 
xarakterini belgilab beruvchi omil sifatida chiqadi.
Bag’rikenglik va murosaning ildizlari uzoq asrlarga borib taqaladi. Azaldan 
xalqimizga xos bo’lgan xislat – bag’rikenglik bir zumda paydo bo’lgan emas, u biz 
uchun an’anaviydir. O’zbekistonning diniy tarixiga qisqacha nazar tashlasak, hozirgi 
O’zbekiston hududi insonlarda ilk diniy tasavvurlar va aqidalar paydo bo’lgan eng 
qadimgi o’lkalardan biri ekaniga guvoh bo’lamiz. Qadim zamonlardanoq mintaqada 
zardushtiylik, buddaviylik, yahudiylik, nasroniylik kabi murakkab ideologik tizimga 
ega dinlar tinch-totuv faoliyat olib borishgan. Tarixiy manbalarning guvohlik 
berishicha, o’tmishda O’zbekistonda diniy va etnik munosabatlar asosida biror marta 
ham nizo chiqmagani qayd qilinadi. Shu o’rinda aytishimiz kerakki, mazkur 
voqelikni bugungi kunda mamalakatimizda faoliyat ko’rsatayotgan islom, xristian, 
yahudiy dinlari va boshqa konfessiyalarning o’zaro munosabatlarida ham yaqqol 
ko’rish mumkin. Bunday do’stona munosabatlardan xulosa qilib, Birinchi Prezident 
Islom Karimov: “Musulmonlar va xristianlarning O’zbekiston zaminida birgalikda 
hamnafas bo’lib yashashi diniy-ma’naviy totuvlikning nodir timsoli va barcha din 
vakillariga nisbatan bag’rikenglikning eng yaxshi namunasi deb hisoblanishiga 
arzigulikdir”, [2,102-b.] deya voqelikni aniq ko’rsatib berdi. 
E’tiqod erkinligi diniy bag’rikenglikning ijtimoiy-siyosiy jihatlari diniy 
tashkilotlar va davlat munosabatlarida doimo dolzarb masalalardan biri bo’lib kelgan. 
Bu bejiz emas, albatta. Din mamlakat aholisini ruhiy chiniqtirish hamda yuksak 
axloq, Vatan va xalq manfaati yo’lida fidokorlik, poklik, o’z millatiga sodiqlik kabi 
qadriyatlarni kundalik hayotga tatbiq etish orqali turmush tarzini o’zgartirish va yurt 
farovonligini oshirishga xizmat qiladi. U insondagi eng qimmatli, eng ezgu fazilat va 


277 
xislatlarni yuzaga chiqarishga qodir [7, 25-b.]. Ko’p konfessiyali jamiyatda turli din 
vakillarining o’zaro do’stlik va ahillikda yashashi hamda bunyodkorlik ishlarida 
davlat bilan hamkorlik qilishi barqaror taraqqiyotni ta’minlaydigan asosiy omillardan 
hisoblanadi. 
“Bag’rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi”da bag’rikenglik tushunchasiga 
shunday ta’rif berilgan: “Bag’rikenglik – bizning dunyomizdagi turli boy 
madaniyatlarni, o’zini ifodalashning va insonning alohidaligini namoyon qilishning 
xilma-xil usullarini hurmat qilish, qabul qilish va to’g’ri tushunishni anglatadi. Uni 
bilim, samimiyat, ochiq muloqot hamda hur fikr, vijdon va e’tiqod vujudga keltiradi. 
Bag’rikenglik – turli tumanlikdagi birlikdir. Bu faqat ma’naviy burchgina emas, balki 
siyosiy va huquqiy ehtiyoj hamdir. Bag’rikenlik – tinchlikka erishishni musharraf 
qilguvchi va urush madaniyatsizligidan tinchlik madaniyatiga eltuvchidir” [1,91-b.]. 
Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, “tolerantlik” atamasi bilan qo’llaniladigan 
bag’rikenglik, xususan, diniy bag’rikenglik mazmun-mohiyati jihatdan biror narsani, 
o’zgacha fikr yoki qarashni o’z shaxsiy tushunchalaridan qat’i nazar imkon qadar 
bag’rikenglik va chidam bilan qabul qilishni anglatadi. Diniy bag’rikenglik vijdon 
erkinligi va ma’naviy jihatdan katta ahamiyat kasb etadi, u boshqa shaxs yoki dinga 
hurmatni bildiradi. Turli din va konfessiya vakillari e’tiqodida xilma-xil aqidaviy 
fikrlar bo’lishiga qaramasdan, ularning ta’limoti esa yonma-yon va o’zaro tinch-totuv 
yashashini taqozo etadi. 
Vijdon erkinligiga oid umuminsoniy qadriyatlarni ta’minlashning huquqiy 
asoslari O’zbekistonda mavjud. Shuning uchun hozirda noislomiy konfessiyaga 
mansub fuqarolarimiz xorijga chiquvchi dindorlar uchun yaratilgan barcha 
imtiyozlardan to’liq foydalanmoqdalar. Har yili 120 dan ortiq noislomiy konfessiya 
vakillari Isroil, Gretsiya va Rossiyadagi muqaddas joylarga ziyoratga borib 
kelmoqdalar [6,57-b.]. Bugun O’zbekiston diniy bag’rikenglik va dinlararo murosa 
borasida nafaqat MDH davlatlariga, balki butun dunyoga namuna bo’lmoqda. Bu 
haqda Moskva va butunrus patriarxi Aleksey II, AQSh senatori Xillari Klinton xonim 
va sobiq AQSh davlat kotibi Madlen Olbraytlar yurtimizga ziyoratlari vaqtida 


278 
ta’kidlab o’tdilar. Albatta, xalqimizga azaldan xos bu xislat bir zumda paydo bo’lgan 
emas, u uzoq tarixga ega. 
Turli din vakillaridan iborat bo’lgan harbiylarimiz orasida bir-biriga hurmat va 
bag’rikenglik ruhini vujudga keltirish uchun Qur’oni Karimning Baqara surasidagi, 
256-oyatida “Dinda majburlash yo’q” [4,12-b.] g’oyasidan unumli foydalanish 
maqsadga muvofiq. Mazkur g’oya asosida g’arazli maqsaddagi diniy missionerlik 
faoliyatiga ham qarshi kurashish mumkin. 
Harbiy kadrlarni tayyorlashda millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni 
mustahkamlashdan asosiy maqsad turli millat va turli dinga mansub bo’lgan 
xarbiylarimizni Vatan ravnaqi, xalq farovonligi yo’lida birlashtirishdir. Dinlararo 
bag’rikenglik g’oyasi har bir o’zbekistonlikning manfaatlariga daxldordir. Ushbu 
g’oya turli millatga mansub, turli dinlarga e’tiqod qiladigan, turli ijtimoiy qatlamlarga 
mansub bo’lgan kishilarni umumjamiyat manfaatlari yo’lida birlashtiradi. Bu esa 
Birinchi Prezident I.A.Karimov aytganlaridek: “Shu muqaddas zaminda yashayotgan 
barcha insonlar – millati, tili va dinidan qat’iy nazar, O’zbekiston – mening yagona 
Vatanim, deb yashaydigan, belini mahkam bog’lab astoydil mehnat qiladigan bo’lsa, 
bilib qo’yinglar, bizni hech qanday kuch enga olmaydi, yurtimiz va xalqimiz hech 
qachon hech kimga qaram bo’lmaydi” [3]. 
Harbiy kadrlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda milliy istiqlol g’oyasi 
asosiy omillardan biri bo’lib xizmat qilmoqda. Sog’lom g’oyalar tarbiyasi yuksak 
dunyoqarash va e’tiqod tarbiyasini anglatadi. Dunyoqarash – tartibga solingan, yaxlit 
ongli tizimga aylantirilgan bilim, tasavvur va g’oyalar majmui bo’lib, u shaxsni 
o’zligini saqlagan holda munosib o’rin egallashga chorlaydi.
Mustaqillik yillarida shakllanayotgan yangicha dunyoqarash yoshlarda Vatanga 
sadoqat, vatanparvarlik, xalqparvarlik, milliy qadriyat va an’analarga muhabbat, o’z 
yaqinlariga mehribonlikni, burchga, tanlagan yo’li va kasbiga sadoqatni saqlashni 
nazarda tutadi. Bularni jam bo’lishi mustaqillik ruhida tarbiya topib, sayqallangan 
milliy ong va e’tiqod mahsuli sifatida namoyon bo’ladi. 


279 
Taniqli olim S.Otamuratov o’zining “Milliy rivojlanish falsafasi” kitobida milliy 
rivojlanishda yoshlarimiz ongini shakllantirishda quyidagilarga e’tibor berilishini 
yozadi:
1 . Bozor iqtisodiyotiga mos iqtisodiy tafakkurni shakllantirish; 
2. Yoshlarimiz ongida hozirgi zamon fan-texnikasi va texnologiyasi yutuqlarini 
egallash zarurligini shakllantirish; 
3. Demokratik qadriyatlarni yoshlarimiz ongiga singdirish
4. Vatanparvarlik, millatparvarlik, xalqparvarlik va umuminsoniylik kabi 
tuyg’ularni yoshlarimiz ongiga singdirish; 
5. Fidoyilik tuyg’usini yoshlarimiz ongida mustahkamlash. [5,98,99-b.] 
Yoshlarda milliy g’oya tarbiyasining muhim mezonlaridan biri bu uni 
ma’suliyat hissi bilan yashash xususiyatini shakllantirishdir. Sababi ma’suliyat 
odamning har bir amali uning o’zi va o’zgalarga naf keltirishini anglay olish 
qobiliyatidir. Ma’suliyatni his qilgan inson doimo ishini puxta rejalashtirib, uning 
natijasini tasavvur qila oladi va zarur natijaga erishish uchun bor kuch g’ayratini 
yo’naltiradi.
Har qanday mamlakatning taraqqiyoti bu mamlakatda tug’ulib voyaga etayotgan 
yoshlarning bilimi, irodasi, ma’naviy va jismoniy kamoloti bilan bog’liq. Bugungi 
kunda milliy armiya saflaridagi yoshlarning o’z bilimlarini oshirishlariga, ma’naviy 
va jismoniy kamol topishlariga barcha shart-sharoitlar mavjud. Vatan esa yoshlardan
fuqarolik ma’suliyatini his etishni, o’z taqdirini Vatan taqdiri bilan uyg’un holda 
ko’rib yashashni talab etmoqda. Bu esa, o’z navbatida, milliy armiyamizni malakali 
va yetuk kadrlar bilan ta’minlash, Qurolli Kuchlar salohiyatini yanada oshirish va 
mudofaa qudratini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish