Adabiyotlar
1.
Karimov I. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat. 2008
yil.
2.
Sovet O’zbekistoni gazetasi. T.: 1989 yil 25 noyabr.
III SHO’’BA.
YOSHLARNI HARBIY-VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHDA
IJTIMOIY HAMKORLIKNING ZARURIYATI
SOG’LOM VA BARKAMOL AVLODNI VATANPARVARLIK RUHIDA
TARBIYALASHNING IJTIMOIY ASOSLARI
72
Mamlakatimizning mustaqillik yillaridagi taraqqiyot yo’liga nazar tashlasak,
milliy ta’lim tizimini mustahkamlash va takomillashtirish, yoshlarning har
tomonlama yetuk, sog’lom va barkamol bo’lib ulg’ayishi uchun barcha shart-
sharoitni
yaratishga
yo’naltirilgan
ulkan
bunyodkorlik
ishlari
amalga
oshirilayotganligi yaqqol namoyon bo’ladi.
O’zbekiston Xalqaro hamjamiyatning to’la huquqli sub’ekti bo’lib, jamiyatning
ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami bo’lmish - bolalar huquqlarini himoya qilish
maqsadida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Bola huquqlari to’g’risidagi
konventsiya va boshqa umum e’tirof etilgan xalqaro shartnomalarni tan oldi va ularga
amal qilib kelmoqda. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasi “Har
kimning bilim olish huquqiga ega ekanligini, bepul umumiy ta’lim olish davlat
tomonidan kafolatlanishi”ni mustahkamlab qo’yildi [1,15-b.]. Bolalar huquqini
himoya qilish masalalari nafaqat Konstitutsiyamiz va «Bolalar huquqlari kafolatlari
72
Arzimatova Inoyatxon Madimarovna
- falsafa fanlari nomzodi, dotsent,
Tursunov Bunyodbek
- Farg’ona
davlat universiteti
268
to’g’risida»gi qonun bilan, balki qonunchiligimizning deyarli barcha sohalarida
nazarda tutilgan normalar bilan ham kafolatlangan.
Vatanimiz taraqqiyotining har bir dovoni yoshlarimiz hayoti, ularning
intilishlari, barcha sohada qo’lga kiritayotgan ulkan muvaffaqiyatlari bilan
chambarchas bog’liq. O’zbekiston istiqlolining dastlabki kunlaridan uzoq istiqbolni
ko’zlab, farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lishlari
shart, degan ezgu-niyatni o’z oldiga asosiy maqsad qilib qo’ygan. Mustaqillik
yillarida ushbu strategik maqsad sari ko’lami va ahamiyati jihatidan ulkan ishlar
amalga oshirildi. Yurtimizda kelajak avlodni sog’lom tug’ilishi va ulg’ayishi uchun
barcha zarur sharoitlar yaratilgan. O’tgan davr mobaynida aholining ijtimoiy
farovonligini ta’minlash va ijtimoiy sohani rivojlantirish masalalari muhim o’rin
egalladi. Chunonchi, so’nggi yillarda mamlakat davlat byudjetining harajatlari
tarkibida ijtimoiy sohaga yo’naltirilgan harajatlar yuqori darajada saqlanib qolmoqda.
Mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlashning muhim va samarali
omili bo’lgan jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga ham alohida e’tibor
qaratilmoqda. O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi tashkil etilib,
bolalar va o’smirlar o’rtasida sportni ommalashtirish, sog’lom hayot tarzini qaror
toptirish, barkamol avlodni shakllantirishning noyob tizimi yulga qo’yildi. Bolalar
sporti ta’lim-tarbiya sohasining uzviy qismiga aylandi. Uch bosqichli sport tizimi -
«Umid nihollari», «Barkamol avlod» va «Universiada» musobaqalari yoshlarni
sportga keng jalb etish, professional sportchilarni tarbiyalashda muhim o’rin
tutmoqda.
Bu esa o’z o’rnida bugungi kunda yoshlarni vatanparvarlik ruhida
tarbiyalashning naqadar muhim ekaninini ko’rsatib turibdi.
O’quvchi-yoshlarimizda vatanparvarlik tuyg’usini tarbiyalash, ularni Vatan
ma’nosini teran anglab etishga o’rgatish, vatanparvarlik - yuksak axloqiy tamoyil
ekanini tushuntirish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Mustaqilligimizning ilk
yillaridayoq O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov qayd
qilganidek, asosiy omillardan biri bu:
- umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
269
-
xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
-
insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
-
vatanparvarlik» dan iboratdir [2,65-b.].
Vatanparvarlik mavzusining falsafiy-tarixiy tahlili zaminimizda yaratilgan
qadimgi rivoyatlar, afsonalar, hikoyatlar va dostonlarga, ya’ni xalq og’zaki ijodi
namunalariga borib taqaladi. Xalq og’zaki ijodida ko’proq umuminsoniy qadriyatlar
va vatanparvarlik xislatlariga e’tibor berilgan, ularning mohiyati, mazmuni turlicha
talqin qilingan. Spitamen, Alpomish, To’maris va Shiroq to’g’risidagi dostonlarda
vatanparvarlik, xalq va yurt ozodligi uchun fidoyilik ruhi badiiy tasvirlangan. Sharq
mutafakkirlarining asarlarida ham vatanparvarlik intilishiga alohida ahamiyat
berilgan. Abdulla Avloniy komil insonni tarbiyalash borasidagi qarashlari bilan Sharq
mutafakkirlarining fikrlarini boyitar ekan, komil inson qiyofasida, yana shuningdek,
vatanparvarlik va intizomlilik sifatlari ham namoyon bo’lishi kerak, deb hisoblaydi.
Vatanparvar shaxs qiyofasida tahliliy materiallarga ko’ra quyidagi sifatlar
namoyon bo’ladi: Vatanga bo’lgan mehr-muhabbat, unga sadoqat, o’zi mansub
bo’lgan millat o’tmishi, urf-odatlari, an’analari va qadriyatlariga sodiqlik, Vatan va
millat tarixidan g’ururlanish, yurtning moddiy, shuningdek, millat tomonidan
yaratilgan ma’naviy boyliklarini asrash, ularni ko’paytirish borasida g’amxo’rlik
qilish, Vatan ravnaqi va millat taraqqiyoti yo’lida mehnat qilish, Vatan ozodligi va
millat erkiga qilinayotgan har qanday tahdidga qarshi kurashish, Vatan va millat
obro’yi, sha’ni, or-nomusini himoya qilish, Vatan ravnaqi va millat taraqqiyotiga
ishonishdan iborat.
Yosh avlodni jamiyatga, mehnatga, o’ziga munosabatini ochib beruvchi
ma’naviy fazilatlarga muvofiq ravishda tarbiyalash tarbiyalanuvchi shaxsni,
vatanparvarlik tarbiyasining pedagogik va psixologik asoslarini chuqur bilishni talab
qiladigan murakkab jarayondir. Vatanparvarlik tushunchalarning turli yosh davrlarida
shakllanish darajasi turlichadir. Jumladan, vatanparvarlik ongi, vatanparvarlik
qadriyatlari, vatanparvarlik his-tuyg’ulari.
Talaba-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda milliy g’urur va
iftixor tuyg’usini shakllantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Qurolli
270
Kuchlarining harbiy qismlariga ekskursiyalar uyushtirish hamda yoshlarni davlat
hokimiyati organlari tizimi va faoliyati bilan yaqindan tanishtirishga qaratilgan
turkum uchrashuvlar tashkil etish shular jumlasidandir. Talabalar o’rtasida
vatanparvarlik tarbiyasi ularga oid mavzularda suhbat, davra suhbati, matbuot
konferentsiyasi, viktorina, uchrashuv, ko’rik-tanlov, bahs-munozaralar tashkil etish
kabi shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Muzeylarga ekskursiyalar uyushtirish,
vatanparvarlik mavzularida yaratilgan asarlarni birgalikda o’rganish, kinofilmlar
tomosha qilish ham o’zining ijobiy natijasini beradi.
Vatanparvarlik ong, axloqiy faoliyat ko’nikmalari hamda vatanparvarlik
madaniyati turli sohalarida fidokorona mexnat qilayotgan, ilm-fan, madaniyat, ishlab
chiqarish, sport sohalarida yutuqlarni qo’lga kiritish bilan O’zbekiston Respublikasi
nomini jahonga mashhur qilayotgan, uning obro’-e’tiborining oshishiga o’zining
munosib hissasini qo’shayotgan shaxslar hayoti va faoliyat to’g’risidagi
ma’lumotlardan samarali foydalanish, vatanparvarlik namunalarini ko’rsatgan, xalq
qahramonlari namunasida shakllantiriladi.
Vatanparvarlik tarbiyasi yoshlarda dunyoqarashni shakllantirishda ham muhim
ahamiyatga ega bo’lib, uni samarali tashkil etishda ong, his-tuyg’u hamda xulq-atvor
birligiga erishish maqsadga muvofiqdir. Badiiy va ilmiy adabiyotlar, matbuot
yangiliklari, kinofilm, spektakl g’oyalari, turli suhbatlar mazmunini tushuntirish,
targ’ib etib borish orqali o’quvchilar ongiga vatanparvarlik tuyg’ulari singdiriladi.
Vatanparvarlik tuyg’usini bolalarda maktabgacha ta’lim yoshidan boshlab hosil qilish
maqsadga muvofiqdir. O’quvchiga fuqaro sifatida o’z xulq-atvori mazmunini tahlil
etish imkonini berish lozim. Vatanparvarlik tarbiyasini tashkil etish uchun ma’lum
shart-sharoitlarning mavjudligi taqozo etiladi. Bular:
-
o’quv yurtida tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiya jarayoni yuksak darajada
uyushtirilishi kerak;
-
vatanparvarlik tarbiyasini tashkil etish jarayonining muvaffaqiyati o’qituvchi
va o’quvchilar jamoasining saviyasiga bog’liq;
-
tarbiyaviy ishning rejali, uzluksiz, tizimli bo’lishiga erishish;
-
oila, maktab va mahalla o’rtasida o’zaro hamkorlikning yuzaga kelishi
271
vatanparvarlik tarbiyasining muvaffaqiyatini ta’minlaydi;
-
o’quvchilarning axloqiy va huquqiy me’yorlar, umumiy tartibga qat’iy rioya
etishga o’rgatish, zimmasidagi burchni to’laqonli ado etishlariga e’tiborni
qaratishlardir.
Dars va darsdan tashqari tarbiyaviy ishlar jarayonini Alpomish, To’maris,
Shiroq kabi xalq qahramonlari, Amir Temur, Ulug’bek, Bobur singari davlat
arboblari va sarkardalarimiz, Ibn Sino, Beruniy kabi olimu fuzalolarimiz qarashlariga
tez-tez murojaat qilishimiz, yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash ishning
asosini tashkil kiladi. Shu bilan birgalikda tarbiya borasidagi jahon standartlariga ham
e’tiborni qaratmoq lozim. Yoshlarda vatanparvarlik tuyg’usini shakllantirishda harbiy
vatanparvarlik tarbiyasining ham ahamiyati beqiyosdir. Vatanparvarlik tarbiyasini
tashkil etishda ta’lim muassasalarida o’qitilishi yo’lga qo’yilgan boshlang’ich harbiy
tayyorgarlik mashg’ulotlari muhim ahamiyatga ega. O’quvchilar o’rtasida chaqiriqqa
qadar boshlangich tayyorgarlik fani bo’iicha o’zlashtirilgan nazariy va amaliy
bilimlarni namoyish etish imkonini beruvchi musobaqaning tashkil etilishi bu borada
ijobiy natija bera oladi.
Ta’lim-tarbiya sohasida mehnat qilayotgan har bir pedagog va mas’ul
tarbiyachilar, yosh talabalarni avvalo, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga ularning
ongi va qalbiga, ona - Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat g’oyalarini chuqur
singdirishga muhim vazifa sifatida qarash lozim. Oila Vatan ichra Vatandir. Aslida
chinakam vatanparvarlik fazilatlari oilada, mahallada, o’quv dargohlarida, ota-onalar,
pedagoglar tomonidan boshqariladi, shakllantiriladi. Talabalarga pedagoglar
tomonidan berilayotgan ma’lumotlardan shuni anglash lozimki, o’zlari Vatanni
qanchalik sevsalar, ushbu tuyg’uni talabalarga shunchalik singdira oladilar. Ezgulik,
yaxshilik, yaratuvchanlik, fidoyilik, mardlik, sadoqat, mehr-oqibat kabi insoniy
fazilatlar kishida vatanparvarlik degan umuminsoniy qadriyatni shakllantiradigan
omillar bo’lib, ular ta’lim-tarbiyamizda qaror topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |