O’zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/207
Sana28.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#613584
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   207
Bog'liq
Конференция Vatanparvarlik 29.01.2019

 
Xursandov Alisher Suyunovich
 - 
O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Harbiy-texnik instituti


365 
vatanparvar ma’naviyatli inson bo’lib etishishdir. Shunday ekan, xalqimiz xususan, 
yoshlarimizning eng yuksak ma’naviy fazilat egasi - vatanparvarlik ruhida tarbiyalash 
mamlakatimiz taraqqiyoti oldidagi muhim vazifalardan biridir.
Vatan ham, Vatanga muhabat tuyg’usi ham ilohiy bir ne’mat shuning uchun u 
har bir kishiga aziz va muqaddasdir. Vatan so’zi hamisha ona so’zi bilan yonma-yon 
keladi. Bu shunchaki sifat, odatiy majoz emas, Ona Vatan timsolida biz jamiyatimiz 
tabiatini, mehribonlik va muvofiqlik poydevoriga qurilgan tuzumimiz xislatini 
ko’ramiz. 
Vatanparvarlik avvalo makon tuyg’usi. Tug’ilgan, voyaga etgan makonni 
anglash, tushunish jarayonida vatanparvarlik tushunchasi paydo bo’ladi. Ana shu 
tushuncha orqali biz o’z yurtimizning qaerda, qaysi mintaqada joylashgani, betakror 
tabiati, daryo va tog’lari, odamlarini aniq tasavvur qilamiz. Vatanparvarlik - 
insonning amaliy faolyati hamdir. Biz o’z Vatanimizni o’ylab, uning bugungi 
taraqqiyoti, yorug’ kelajgi yo’lida mehnat qilsak, kurashsak, bularning barchasi 
vatanparvarlik harakati bo’ladi. Bunday faoliyat barcha xalqlar hayotida yuksak 
insoniy fazilatlardan biri sifatida qadrlanadi. 
Vatanparvarlik masalasi o’rta va oliy o’quv yurtlarida o’tiladigan ijtimoiy va 
gumanitar fan sohalarida umumiy yo’nalishida talqinqilinadi. Lekin mazkur masala 
alohida mavzu sifatida o’rganilmaydi. Bu esa vatanparvarlik g’oyasini, Vatan 
tuyg’usi ruhini ular ongi va qalbiga izchil va ilmiy singdirish imkoniyatini bermaydi. 
Vaholanki, bunday yuksak murakkab masalani, eng avvalo, ijtimoiy-gumanitar 
fanlarning o’zaro aloqasi, ularda vatanparvarlik, Vatan tuyg’usi mavzusini 
davomiylik va izchillik tamoyillari talqini va ushbu fanlarni ana shu yo’nalishda 
o’qitish jarayoni orqali erishiladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, yoshlarning 
vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ularda badiiy ijodkorlik faolyatini – san’at 
asarlarini estetik idrok etish, ma’naviy qadryatlar sifatida baholay bilish va ruhiy 
lazzatlanish qobiliyatlarini shakllantirish muhim o’rin egallaydi. Chunki yuksak 
san’at asrlari Vatan tuyg’usini ijtimoiy-estetik ideallar darajsida mujassamlashtiradi 
va inson ruhiyatiga, qalbi va ongiga birday ta’sir ko’rsatadi. Shunga ko’ra san’at 


366 
asarlari kishida eng yuksak tuyg’u - Vatanga bo’lgan muhabbat, vatanparvarlik 
hislatini shakllantirishning muhim omili sanaladi. 
Yoshlarimizda 
vatanparvalik 
tuyg’usini 
tarbiyalashni 
milliy 
taraqqiyotimizning, jamiyatimizni yangilashning bosh qonuniyatlaridan biridir. Bu 
borada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratib 
kelmoqda. Shu o’rinda Prezidentimiz bu borada quyidagilarni ta’kidlaydi, 
“Ma’lumki, yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb 
ahamiyatga ega bo’lib kelgan. Ammo biz yashayotgan XXI asrda bu masala 
haqiqatan ham hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda. “Tarbiya qancha 
mukammal bo’lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi”, deydi donishmandlar. Tarbiya 
mukammal bo’lishi uchun esa bu masalada bo’shliq paydo bo’lishiga mutlaqo yo’l 
qo’yib bo’lmaydi”[2, 504-505-b.].
Abdulla Avloniy: “Har bir millatning saodati, davlatlarning tinchligi va rohati 
yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog’liqdir”, deganida nechog’lik haq ekanligini tarixiy 
tajriba isbot etdi[3, 73-b.]. Hozirgi kunda yoshlarda mafkuraviy immunitetni 
mustahkamlashda milliy-siyosiy va ma’naviy-axloqiy muhitni takomillashtirishda, 
komil shaxs tarbiyasini amalga oshirishda, birinchi navbatda
,
millatimiz tarixini, 
uning boy ma’naviyatini o’rganish orqali o’zligimizni anglab etishimiz lozim. 
Bir o’lka bor dunyoda biroq 
Bitilmagan dostondir bori: 
Faqat ojiz qalamim manim, 
O’zbekiston, Vatanim manim
deb yozgan edi Abdulla Oripov. Shoirning his-tuyg’ulari faqat mantiq doirasida 
fikrlovchi kishiga mubolag’a, bo’rttirma bo’lib eshitilishi mumkin. Biroq Vatan va 
vatanparvarlik tuyg’usi ishq, muhabbat kabi his-tuyg’uga to’liq bo’lmog’i darkor.
“Vatan ostonadan boshlanadi” , deydi xalqimiz. Bu ayrim shaxs, kishi nuqtai 
nazarining ifodasidir. Xalq, millat esa o’zi yashayotgan diyorni, o’lkani, mamlakatini 
Vatan deb ataydi. O’zbeklar va O’zbekiston fuqarolar uchun O’zbekiston Vatandir. 
Milliy mafkura uning ajralmas tarkibiy qismi bo’lgan vatanparvarlik tushunchasi 
kishilar ongiga zo’rlab tiqishtiriladigan g’oya emas. Uning zamirida milliy 


367 
xususiyatlarimiz va umumbashariy qadryatlarimiz, buyuk tariximiz yotibdi. 
Demakki, bu qarashlar bizing qon-qonimizga, faqat uni yuzaga chiqarish kerak xolos. 
Bu g’oyalarni yoshlarimiz, xalqimiz ongiga yetkazishda ta’lim-tarbiya, ilm-fan, 
madaniy-ma’rifiy adabiyot va san’at, diniy, jismoniy tarbiya muassasalari, qolaversa, 
mahallalar ahllari, har bir oilaning shu mafkura tevaragidagi jipsligi va faolligi talab 
etiladi.
“Vatanparvarlik hissi darajasi, - deb yozadi faylasuf Ibrohim Karimov, - ayrim 
o’zbeklarda milliy mustaqillik talablari darajasida deb bo’lmaydi. O’zbek madaniyati, 
uning ma’naviyatini saqlash, asrash rivojlantirish ma’suliyatini shu respublikada 
millat bo’lib yashyotgan odamlar zimmasida ekanini hamma ham anglab etgan emas. 
Yangi texnika va texnologiyani egallash, ilm-fan fidoyisi bo’lmish, tadbirkorlik 
sifatlarini o’zida tarbiyalsh, milliy til va madaniyatni qadrlash, harbiy san’atni 
egallash uchun kurash - mana shular hammasi vatanparvarlikning amalda namoyon 
bo’lishidir”.[4, 89-90-b.]. 
Yoshlarning o’z vatanni asrashni va uning qudratini oshirish uchun xizmat 
qilishini jamiyatdagi barcha ijtimoiy-tarbiyaviy institutlarning sa’y-harakatlari 
orqaligina ro’yobga chiqarish mumkin agar ayrim fuqarolarda Vatan tuyg’usi yetarli 
darajada emas ekan buning ob’ektiv va sub’ektiv sabablari bor. Ularning barchasi 
o’tish davri bilan bog’liq emas. Hatto moddiy nuqtai nazardan yetarli ta’minlangan, 
istagan paytda chet ellarga borib kelish, o’z fikrlarini erkin bildirish imkoniga ega 
bo’lgan ayrim kishilarda ham vatanparvarlik tuyg’usi etishmasligiga ommaviy 
axborot vositalari tarqatayotgan xabarlardan istalgancha misollar keltirishimiz 
mumkin. Demak, gap moddiy ta’minlanganlikda, erkining ozodligida emas, balki 
shaxsning ichki ma’naviy ruhiy olamida sub’ektiv xislatlaridadir. Yigirma olti yil 
inkvizitsiya zindonida qo’llariga zanjir solingan T. Kampanella Ispaniyada mustabid 
tuzumni fosh etuvchi asarlar, faylasuf A.Gramshi sakkiz yil fashistlar zindonida 
doimo kuzatuv ostida yotganiga qaramay o’z e’tiqodini, falsafiy qarashlarini bayon 
etgan mashhur “Qamoqxona daftarlari” ni yozgan. Kitob o’qish imkonidan mahrum 
etilgan va ijod qilish imkoniga mutlaqo ega bo’lmagan bunday kishilarni ichki 
ma’naviy - ruhiy kuch kelajakka intilib, ishonib yashashga chorlagan, albatta. 


368 
Vatanparvarlik ham ana shunday har qanday sharoitda ulug’vorligini, kelajakka 
ishonchini yo’qotmaydigan inson qalbida mudom yashaydigan tuyg’u bo’lishi lozim. 
Islohotlar jarayoni u taraqqiyotga yo’l ochib berishi bilan o’z funktsiyasini bajarib, 
tarix sahnasidan tushib qoladi. Demak, u shaxs umrining bir pallasi, bir bosqichidir, 
vatanparvarlik esa inson umrining doimiy hamrohidir. 
Xulosa o’rnida aytish kerakki, jamiyat taraqqiyoti, xalq farovonligi ko’p 
jihatdan shu yurtga mansub yoshlarga bog’liq. Shuning uchun yoshlar tarbiyasi, 
ularning ilmli, fozil bo’lib voyaga etishi uchun azaldan ahd qilingan. Bunga erishish 
uchun turli xalqlar turfa yo’llardan foydalangan. Xususan, yurtimizda asosiy e’tibor 
ta’lim va tarbiyaga qaratilgan. Yoshlarning to’laqonli tahsil olishlari uchun tinch 
muhit va barcha shart-sharoitlar yaratilgan. O’sib kelayotgan yosh avlodni 
vatanparvarlik, o’z 
yurtiga sadoqat, 
millatparvarlik ruhida tarbiyalashda, 
mamlakatimiz kelajagi bo’lmish barkamol avlodni shakllantirishda, yuksak 
ma’naviyat bevosita muhim ahamiyat kasb etadi. 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish