Adabiyotlar
1. Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng
oliy bahodir. 2-jild.– T.: O’zbekiston, 2018. – 496-497 b.
2. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib,
yangi bosqichga ko’taramiz. 1-jild.– T.: O’zbekiston, 2017. – 504-505 b.
3. Temirova N. Huquqiy targ’ibot – davr talabi. – T.: “Tafakkur”, 2009. – 73 b.
4. Karimov Ibrohim. Ma’naviyat, falsafa va hayot. –T.: Fan, 2001. –B.89-90.
YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHDA
OILANING ROLI
101
Biror bir xalq, millat yoki jamiyat yo’qki, u o’zining rivojlanish tarixida va
taraqqiyot istiqbolini belgilashda oila va uning muammolarini, qadriyatlarni inobatga
olmagan bo’lsa. Har qanday istiqbol oilaning manfaatlaridan ayro tasavvur
qilinmaydi. Zero, har bir inson uchun oila – bu umrning boshlanishi, barcha
narsalarning muqaddimasidir. Qolaversa, har bir inson o’z baxti va saodatini eng
101
Sanaqulov Abror Nazarovich –
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
369
avvalo oilasi bilan bog’laydi, ya’ni, o’z uyi, oilasidan baxtli bo’lgan insongina o’zini
to’laqonli baxtiyor his etadi. Shu boisdan ham inson manfaatlari oliy qadriyat sifatida
e’tirof etilgan mamlakatimizda olib borilayotgan odilona siyosat har tomonlama
ushbu muqaddas go’shani mustahkamlashga qaratilgandir. Ya’ni, mustaqil taraqqiyot
va rivojlanish yo’lida borayotgan O’zbekiston Respublikasida huquqiy-demokratik
davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurish jarayonida uning yaxlitligini kafolatlovchi
oila institutini mustahkamlash borasidagi davlatning istiqbolga yo’naltirilgan aniq
siyosati olib borilmoqda. Amalga oshirilayotgan islohotlarning barchasi oila va har
bir fuqaroning manfaatini ijtimoiy jihatdan qo’llab-quvvatlashga qaratilganligi bilan
ahamiyatlidir.
Insonning ma’naviy qiyofasi, ayniqsa, mafkuraviy tarbiyasi oilada
shakllanadi.
Zero,
mustaqilligimiz
poydevorini
mustahkamlaydigan,
mamlakatimizdagi olamshumul ahamiyatga molik o’zgarishlarni amalga oshiradigan
shaxs ham oilada tarbiyalanadi. Har qanday tarbiya, avvalo, oiladan boshlanadi. Har
bir oila o’zini-o’zi tarbiyalashi lozim. Oiladan ma’naviy qashshoq bo’lib chiqqan
farzandlarni na maktab, na jamiyat tarbiyalay oladi. Oila mustahkam, tinch, barqaror
va farovon bo’lsagina, unda tarbiyalanib, voyaga etayotgan farzand ma’naviyati
yetuk, fikri teran, sog’lom va komil inson bo’lib etishadi. Bunday insonlar
yashayotgan jamiyatda esa barqarorlik vujudga keladi. Bu esa, o’z navbatida,
ma’naviy va ruhiy muhitning sog’lomligi, islohotlar muvaffaqiyati uchun qulay
zamin yaratadi. Zero, prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek “Jamiyatimizda
sog’lom fikr, sog’lom kuch ustuvor bo’lishi uchun biz ma’naviy hayotimizni
yuksaltirish, aholi, avvalo yoshlarimizni turli zararli ta’sirlardan asrash, ularni har
tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalash haqida muntazam o’ylashimiz, faol ish
olib borishimiz zarur”. [1]
Shuning uchun oilani mustahkamlash uning turmush darajasini oshirish, oila
a’zolarining sog’ligini saqlash mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy siyosatning
eng muhim yo’nalishini tashkil etmoqda. Xalq farovonligi, turmush sharoitlari,
darajasi va sifati jamiyatning boshlang’ich ijtimoiy-demografik guruhi bo’lgan
oilaning yashash ahvolidan kelib chiqib belgilanadi.
370
Oila bolaning hayotiy bilim doirasi, mafkurasi, ma’naviyati va tajribasini
kengaytirish imkoniyatiga ega, chunki oila hayotining ijtimoiyligi unda
tarbiyalanayotgan bolalarning ongi, dunyoqarashi xarakteriga hal qiluvchi ta’sir
ko’rsatadi. Shuning uchun oila ishlarini jamiyatning maqsad va intilishlaridan ajratish
mumkin emas. Bizning jamiyatdagi yoki ishdagi faolligimiz oilada aks etishi lozim,
farzandlarimiz mafkuraviy va fuqarolik qiyofamizni ko’rishi va uni ota-onalik
qiyofamizdan ajratmasligi kerak. Mamlakatimizda ro’y berayotgan ijobiy
o’zgarishlar bizning qalbimiz va fikrimiz orqali farzandlarimizga yetib kelishi zarur.
Bolani tarbiyalashda ro’y bergan tanazzulni bartaraf etib to’g’ri yo’lga qo’yish
uchun oilaviy tarbiya o’tmishdan qanday bo’lganligini va hozirgi kunda nimalarga
amal qilinayotgani tahlil etish joiz. Undan chiqadigan xulosalar, mavjud salbiy
holatdan xoli bo’lish choralari kelajakka mo’ljallangan amaliy dastur - milliy g’oya
yo’nalishlarida o’z aksini topmog’i lozim. Buning uchun esa milliy g’oyani xalqimiz
qalbiga singdirishni, avvalo, oiladan, unda sog’lom muhit yaratishdan, yoshlarning
ma’naviy dunyosini tarbiyalashdan boshlash kerak.
Farzand tarbiyasi bilan uning murg’aklik davridanoq, hatto dunyo yuzini
ko’rmasdan shug’ullanish lozim. Xalqimiz qadimdan tarbiyani hech qachon bir
kishining ishi deb bilmaganlar. Ezgulik, yaxshilik, odob-axloqni muqaddaslashtirib,
har bir kishiga yoshlikdan shu qoidalarga amal qilishni o’rgatib, nazorat etib
turganlar.
Tarbiyaning eng muhim talablaridan biri – shaxsiy namuna, oila ibratidir. Ota-
ona, kattalar, qariyalar, aka-ukalar, qarindosh-urug’larning oiladagi mavqei muhim
ahamiyatga ega. Yaxshi farzandlarni, avvalo, yaxshi oila, yaxshi ota-onalar
tarbiyalaydi.
Farzand ota-onaning, butun oilaning, jamiyatning baxt-iqboli. Ota-ona bola
dunyoga kelgan kundan e’tiboran uning yaxshi odam bo’lishini, axloq-odobli, mehrli,
oliyjanob inson bo’lib etishishini chin dildan istaydi, niyat qiladi. Donishmandlar
aytganidek, ota-onaning muqaddas burchi farzandni dunyoga keltirganligi bilan
emas, balki yaxshi farzand tarbiyalaganligi bilan belgilanadi.
371
Dunyo taraqqiyotiga o’zining betakror obidalari, daholari, san’at koshonalari,
jahongirlari, muqaddas bitiklari bilan salmoqli hissa qo’shgan buyuk allomalar –
ulug’ ajdodlarimiz ham ilk tarbiyani oiladan olganlar. Istiqlol sharofati tufayli ushbu
sharqona tabarruk qadriyat o’z mavqeini tiklayapti.
Buning uchun yoshlarning mafkuraviy bilimlarini oshirish bugungi yoshlarni
buzg’unchi g’oyalardan himoyalashning asosi hisoblanadi.
Shularni inobatga olgan holda oilaviy tarbiyada quyidagi vazifalarni amalga
oshirish muvofiqdir:
- oiladagi sog’lom muhitni yaratish, milliy ruh va turmush tarzini ustuvor
qo’yishda farzandlar uchun har tomonlama o’rnak bo’lishi, o’zaro g’amxo’r bo’lishni
ta’minlash;
- farzandlarni sport-sog’lomlashtirish muassasalariga jalb qilish;
- yoshlarni bo’sh vaqtlarini samarali o’tkazish, jumladan tarixiy qadamjolar va
mezeylarga tashriflarlarini tashkil etish;
- farzandlarda yoshlikdan Vatanni sevish, vatanga muxabbat tuyg’ularini
shakllantirish;
- farzandlarga chuqur milliy tarbiyaviy bilim asoslarini berish;
- farzandlarning ma’naviy barkamol bo’lishlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy
muhitni yaratish;
- farzandlarda ishbilarmonlikning ma’naviy-axloqiy tomonlarini shakllantirish;
- farzandlarda bolalikdan kitobxonlik madaniyatini shakllantirish;
- diniy aqidaparastlik, ommaviy madaniyat, axloqsizlikka qarshi mafkuraviy
immunitetni shakllantirish kabilar kiradi.
Ana shunda bugungi yoshlar ulg’ayib ham ma’nan, ham jismonan sog’lom
insonga aylanadi. Sog’lom inson sog’lom fikrlaydi, jamiyat ravnaqi uchun hissa
qo’shadi.
Bugungi yoshlarimiz mamlakatimizda yaratilgan keng imkoniyatlardan unumli
foydalangan holda chuqur bilim va malakaga ega bo’lishmoqda. Millat va
mamlakatimiz kelajagi shunday insonlar qo’liga bo’lsa, mamlakatimiz rivojlanadi,
yanada gullab yashnaydi. Zero, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek,
372
“Yoshlarimiz haqli ravishda Vatanimizning kelajagi uchun javobgarlikni zimmasiga
olishga qodir bo’lgan, bugungi va ertangi kunimizning hal etuvchi kuchiga aylanib
borayotgani barchamizga g’urur va iftixor bag’ishlaydi” [1, 13-b.]
Do'stlaringiz bilan baham: |