Anvar Obidjon asarlari umumtaʼlim maktablari darsliklaridan tashqari



Download 20,51 Kb.
Sana13.05.2022
Hajmi20,51 Kb.
#602844
Bog'liq
asar tahlili


Faqat chinakam badiiy asarlargina bolalarning ongi va shuuriga kuchli taʼsir koʻrsata oladi. Shu sababli bunday kitoblar tarbiyaviy nuqtai nazardan alohida ahamiyatga egadir. Bu xildagi sheʼrlar kichkintoylarni mustaqil fikrlashga, turmush taassurotlarini toʻplab, ulardan xulosa chiqarishga undaydi.
Bolalar adabiyoti namunalarini oʻrganish yuzasidan tashkil etiladigan darslarda oʻquvchilarning mustaqil fikrlashlari, bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish borasidagi barcha ishlar muvaffaqiyatlar garovi sanaladi. Yoshlarning mustaqil fikrlashlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berish esa taʼlimning muhim omillari sirasiga kiradi. Tafakkur mustaqilligi maʼlum darajada bilim olishdagi mustaqillikka tayanadi, oʻz navbatida uni maʼnan va ruhan oziqlantirib turadi.
Taniqli bolalar shoiri Anvar Obidjon asarlariga shu jihatdan nazar tashlaganda uning shoir, nosir, kinossenarist, dramaturg, noshir sifatidagi koʻp qirrali ijodiy faoliyatida bolalarning ruhiyatini ochib beradigan, ularni kitob olamiga oshno etadigan ajoyib jozibani koʻramiz. Uning asarlari yosh avlod qalbiga ezgulik va yaxshilik urugʻlarini sochib, ulardagi insoniy fazilatlarni oshirishga xizmat qiladi.
Uning sheʼr va hikoyalari, qissa va pesalarida oʻta jozibador yumor ustunlik qilayotgandek tuyulsa-da, yurtning shaʼnini, xalqning qadr-qimmatini kamsituvchi istibdodga nafrat, milliy ozodlikka tashnalik, oʻzlikni tanishlikka daʼvat dadil tarzda yangraydi. Ijodkor zamon dard-u tashvishlarini bolalarga xos sodda va taʼsirchan ifodalar orqali yetkazib bera olganligining guvohi boʻlamiz.
Anvar Obidjon asarlari umumtaʼlim maktablari darsliklaridan tashqari, pedagogika yoʻnalishidagi kasb-hunar kollejlarining “Bolalar adabiyoti” fani dasturidan ham oʻrin olgan boʻlib, bu bevosita boʻlgʻusi tarbiyachi va pedagoglarga ijodkor hayoti va ijodini mukammal oʻrganish barobarida, kelgusi faoliyatlarida bolalar qalbida kitobxonlik tuygʻularini kamol toptirishga xizmat qiladi. Pedagogika kollejlarida serqirra ijod sohibining bir qator asarlari: “Vatan”, “Handalak”, “Turp”, “Olmazorga hujum”, “Qahratonda”, “Bulbulning salomnomalari”, ”Hoʻtikning tarjimai holi”, “Kalishning Botinkaga yozgan xati”, “Bogʻchadagi sevgi” kabi asarlari berilgan[1].
“Vatan” sheʼrini oʻqir ekanmiz, shoir bola va Boyqush munozarasi orqali inson uchun oʻzi tugʻilib oʻsgan Vatanni hech qanday boylikka qiyoslab boʻlmasligi kichkintoylarga xos sodda, samimiy qarashlar orqali ifodalanganligini koʻramiz:
– Senga bitta savol bor,
Menga quloq sol, hoy qush.
Vayronada yashaysan,
Noming esa naq Boyqush.
Ayt-chi, nahot sen boysan?
 
– Asl boylik neligin
Tushunmaysan, chamasi.
Bu vayrona boʻlsa ham,
Oʻzimniki hammasi.
Shuning uchun men boyman!
 
Anvar Obidjon satira va yumorda oʻz yoʻli, uslubiga ega boʻlgan ijodkor ekanligi tufayli, uning topilmalari betakrorligi bilan oʻquvchini oʻziga rom qiladi. Buni biz shoirning “Bogʻchadagi sevgi” sheʼrida koʻramiz. Sheʼrning har bir misrasidan bolalarga xos samimiylik ufurib turadi. Oʻzi bilan birga bogʻchaga qatnaydigan “oydek Oydin”ning ishqida “Majnun” bolakayning kechinmalari, shiringina arazlari kitobxonda bolalikning totli damlari bilan bogʻliq xotiralarni uygʻotadi:
Yigʻlar sochin tortib koʻrsam,
Qandchoyimni ichmas bersam,
Sevmas jinday sevgin desam,
Unga gapim oʻtmasa-oʻtmas.
 
Sheʼrdagi har bir soʻz, misradan bolalikning begʻubor olami boʻy koʻrsatib turadi:
Tunlar eslab qolgan chogʻim,
Sutli oshdek qaynar ohim,
Mayli koʻnglimdagi dogʻim
Choʻmilsam ham ketmasa-ketmas.
 
Bola uchun oʻzi yashab turgan zamonadan yaxshiroq zamona boʻlmaganidek, oʻzi tugʻilib oʻsgan uyidek, u qanday boʻlishidan qatʼiy nazar, dunyoda oʻzga bir koshona yoʻq. Maʼlumki har bir bola uchun oʻz onasi olamda yagona mehribon inson. Shuning uchun ham “maʼshuqasi” Oydinga uning onasidek “zoʻr qaynona”ni topib boʻlmaydi. Oydek Oydin oshiq bolaning nazdida uning qadriga yetmagandek tuyuladi. Ammo shunga qaramay u baribir Oydinni sevaveradi:
Bunday goʻzal zamona yoʻq,
Uyimizdek koshona yoʻq,
Oyimdan zoʻr qaynona yoʻq,
Eh, qadrimga yetmasa-yetmas!
 
Anvar Obidjonning qahramonlari bizning atrofimizda, bolalik yashiringan qalbimizda yashayotgan sirli olamning shirin xotiralari, desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Odatda, biz ijodkorni bolalar shoiri sifatida tanisak-da, bu asarlar har bir kitobxonni oʻziga jalb etadi. Bolalikning sirli olamiga, sayohatga yetaklab, zavqli onlarimizni esga soladi.
Shuning uchun boʻlsa kerak, umumtaʼlim maktablari dasturidan oʻrin olgan asarlarni bolalarga oʻrgatish jarayonida oʻqituvchining oʻzi ham olis bolalik onlariga sayohat qilib, undagi ajib goʻzallikdan oʻquvchilarini xabardor etish uchun xilma-xil usul va metodlarni ishga soladi. Taʼlimiy oʻyinlardan foydalanadi. Rolli oʻyinlar, ifodali oʻqish, rollarga boʻlib oʻqish, mavzu yuzasidan suhbat, oʻquvchilar shunchaki emas, oʻylab javob qiladigan savollarni berish, asar qahramonlari haqida fikr-mulohazalar, asardan olgan taassurotlarini yozma shaklda ifoda etish, asardan hayotiy xulosalar chiqarishga oʻrgatish, oʻquvchilarning ogʻzaki nutqini oʻstirish mustaqil fikrlashini, dunyoqarashini kengaytirishga yordam beradi.
Anvar Obidjon asarlari sahnaviy, tomoshabinlik xarakteriga ega, ularni telefilm, badiiy film qilish, sahnada koʻrsatish mumkin. Ijodkorning “Oltin yurakli Avtobola” qissasi asosida “Tilsimoy – gʻaroyib qizaloq”, “Dahshatli Meshpolvon” nomli bolalarga atalgan filmlar suratga olingan. “Oʻzbekiston askarlari” qoʻshigʻi milliy armiyaning birinchi saf qoʻshigʻiga aylangan. Anvar Obidjon sheʼrlariga oʻnlab qoʻshiqlar bastalangan. Oʻqituvchi bu maʼlumotlardan, audio-video vositalaridan dars jarayonida mavzuga moslab foydalansa, dars samaradorligining oshishiga erishadi. Anvar Obidjon asarlari yuzasidan sinfdan tashqari mashgʻulotlar tashkil etish, mustaqil mutolaa qilishga yoʻnaltirish, oʻqilgan asarlar yuzasidan suhbatlar uyushtirish orqali oʻquvchilarning oʻzidagi yaxshi fazilatlarni shakllantirishga, kamchilik va nuqsonlarni yengishga oʻrgatib boriladi.
Mashgʻulotlarni bunday metodlarda olib borish natijasida bolalar Anvar Obidjon ijodiga xos jozibani ilgʻab, quvnoq kulguga yoʻgʻrilgan asarlarini kuchliroq sevib qoladi. Oqibatda ular oʻzlari sezmagan holda ijodkorning yana boshqa asarlarini oʻqishga ishtiyoqmand boʻladilar, shu tariqa ularda kitobxonlik koʻnikmalari shakllana boradi. Oʻqituvchilar Anvar Obidjon asarlarini tahlil qilishda, oʻquvchilar ongiga singdirishda ularning yosh xususiyatlarini hisobga olish, asarning asil mohiyatini tushunishga yoʻnaltirish, oʻquvchilarning mustaqil fikrlashlariga, taʼlim va tarbiyani uzviylikda olib borish zarurligiga eʼtibor qaratilishi lozim. Zero, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishlarida taʼkidlanganidek, “… yoshlar oʻrtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish… badiiy, maʼrifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy, asarlar orqali yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish” dolzarb boʻlib turgan paytda Anvar Obidjon singari isteʼdodli ijodkorlarning asarlarini taʼlim bosqichlarida oʻrgatish davr talabi desak, mubolagʻa boʻlmaydi.
Chunki, bunday ijodkorlarning asarlaridagi voqealar va qahramonlarni oʻquvchilar birpasda yoqtirib qoladilar. Tabiatan bolalarda kattalarga, oʻzlari oʻqigan asarlardagi ijobiy xarakterga ega boʻlgan qahramonlarga taqlid kuchli boʻladi. Garchi ular Anvar Obidjonning koʻpgina asarlaridagi qahramonlar hayvonlar, parrandalar boʻlsa ham, sheʼr yoki hikoyalarda bolalar oʻrnak oladigan fazilatlar mujassamlashganligi tufayli, masalan, “Odobli boʻlish osonmi? ”[2] asaridagi sichqonchaga taqlid qilib kattalarga salom berishni oʻrganishadi. Shu tarzda qahramonlardagi insoniy xislatlar bevosta bolalarga koʻchib, ular tarbiyasiga ijobiy taʼsir koʻrsatishi tayin. Koʻrinadiki, Anvar Obidjon asarlarini oʻrganish orqali oʻquvchilarda insoniy fazilatlar yanada mustahkamlanadi, yosh avlodning barkamol shaxs boʻlib kamol topishida muhim vosita boʻladi.
Xulosa qilib aytganda, Anvar Obidjon satira va yumorda oʻz yoʻli, uslubini topib olgan. Uning asarlarini nafaqat oʻzbekistonlik bolalar, balki jahon bolalari ham zavq-shavq bilan oʻqishlariga ishonamiz. Bu esa Anvar Obidjon asarlari tarjimasi bilan bogʻliq yangi tadqiqotlarga yoʻl ochadi.
Download 20,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish