OILADA VATANPARVARLIK TARBIYASI
103
“Vatan” hamda “Oila” tushunchalari ma’no jihatidan bir-biriga juda yaqin
tushunchalardir. Aslida “Vatan” so’zi arabcha tug’ilib o’sgan joy, ona yurt degan
ma’noni bildiradi. Uni keng va tor ma’noda tushunish mumkin. Keng ma’noda Vatan
– butun bir xalq, ajdodlar azaldan istiqomat qilib kelgan makon. Tor ma’noda – kishi
tug’ilib o’sgan uy, mahalla, qishloq. Insonning uyli-joyli, boshpanali bo’lishi, uning
oilasi, bola-chaqasi ham ko’pincha Vatan so’zi orqali ifoda etiladi.
Oilani Vatan ichra Vatan deyishadi. Aslida chinakam vatanparvarlik fazilatlari
oilada shakllanadi. Oilada sog’lom, pokiza nasl-nasab tuyg’usi va u bilan faxrlanish
pirovardida vatanparvarlik, xalqparvarlik iftixorini yuzaga keltiradi.
Har bir ota-ona o’z zurriyotini sog’lom muhitda tarbiyalanishi, xalq uchun,
Vatan uchun xizmat qiladigan kerakli inson bo’lib voyaga etishini xoxlaydi. Zero,
nasl pokligi, oilaning mustahkamligi Vatanning qudratliligi kafolatidir. Shuning
uchun o’zbek xalqida oila sha’nining baland tutilishi, o’z shaxsiy manfaatlaridan
ko’ra oila farovonligini ustun qo’yish, qarindosh-urug’ va yaqin odamlarga, qo’ni-
qo’shnilarga g’amxo’rlik qilishning birinchi o’ringa qo’yilishi oliy qadriyat
103
Shirinova Fotima Nosirovna
- Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
375
hisoblanib, oilani Vatan bilan chambarchas bog’lashga va bu bog’liqlikni
mustahkamlashga xizmat qiladi.
Oilaning eng muqaddas burchi va vazifasi nafaqat farzandlarni dunyoga
keltirish, balki ularda yuksak vatanparvarlik tuyg’ularini tarbiyalashdan iboratdir.
Bunda ota-onaning ibrati g’oyat muhim ahamiyatga ega. Oilada ma’naviy muhit
qanchalik sog’lom bo’lsa, vatanparvarlik tarbiyasi shunchalik samarali bo’ladi. Ota-
onaning o’zlari Vatanni qanchalik sevsalar, ushbu tuyg’uni bolalarga shunchalik
singdira oladilar.
Ezgulik, yaxshilik, yaratuvchanlik, fidoyilik, mardlik, sadoqat, mehr-oqibat
kabi insoniy fazilatlar kishida vatanparvarlik degan umuminsoniy qadriyatni
shakllantiradigan omillar bo’lib, ular oilada qaror topadi.
Oila yoshlarni odob-axloqli, mehnatsevar, halol bo’lib voyaga etishi uchun
zamin tayyorlash bilan cheklanib qolmay, uning o’z xalqining milliy qadriyatlari, urf-
odatlari, madaniyati va tiliga hurmat tuyg’usini ham shakllantiradi. Masalan, ona
tiliga hurmat tuyg’usi bolaga ona allasi bilan birga singadi. Ona tiliga hurmat, ayol
zotiga ehtirom, kattalarga hurmat – kichiklarga izzat, samimiylik, mehmondo’stlik,
mehnatsevarlik kabi fazilatlar o’zbekona vatanparvarlikning eng muhim va zarur
xususiyatlaridir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat –
yengilmas kuch” nomli asarida shunday deb yozadi: “Ma’lumki, o’zbek xalqi azaldan
o’zining bolajonligi, oilaparvarligi bilan ajralib turadi. Albatta, farzandga mehr
qo’yish, ularning qornini to’q, ustini but qilish o’z yo’li bilan, lekin bolalarimizni
yoshlik chog’idan boshlab milliy tarbiya, axloq-odob, yuksak ma’naviyat asosida
voyaga yetkazish biz uchun doimo dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Bu masalaga
e’tibor bermaslik nafaqat ayrim ota-onalar, balki butun jamiyat uchun juda qimmatga
tushishini ham ko’pgina hayotiy misollarda ko’rish mumkin”.
Vatan — insonning kindik qoni to’kilgan muqaddas tuproq, uni kamolot sari
etaklovchi, hayotiga mazmun va ma’no bag’ishlovchi tabarruk maskan. U
ajdodlardan avlodlarga qoladigan buyuk meros, eng aziz xotira. Vatan — ota-
bobolarimizning xoki poklari jo bo’lgan, vaqti-soati yetib har birimiz bosh
qo’yadigan muqaddas zamin.
376
Inson oilasidan tashqarida baxtli bo’lolmagani kabi o’z Vatanidan tashqarida
ham baxtli bo’lolmaydi. Uni olis yurtda molu dunyoga ko’mib tashlasa ham, baribir
Vatan sog’inchi qalbida armon bo’lib qolaveradi. O’zga yurtda baxtli bo’lishga
intilish, bu kosmopolitizmdir. Shu nuqtai nazardan, oilani, ota-onani tanlash imkoni
berilmaganidek, hech kimga Vatanni tanlash imkoni ham berilmaydi. Uni
Yaratganning o’zi ato etadi. Oila va Vatan singari ulug’ ne’matlarni asrab-avaylash,
himoya qilish esa hammamizning burchimiz.
Vatanning ravnaqi, avvalo, uning farzandlari kamoliga bog’liq. Bu esa har bir
yurtdoshlarimizni o’zining ma’naviy kamoloti uchun yuksak mas’uliyatni his etishga,
o’z manfaatlarini shu yurt, shu xalq manfaatlari bilan uyg’unlashtirib yashashga
da’vat etadi. Vatanparvarlik degan yuksak tuyg’uning mohiyati ham ana shunda.
Vatanparvarlik — Vatanga mehr-muhabbatli va sodiq bo’lish, yurtning o’tmishi va
buguni uchun faxrlanish, yurt manfaatlarini himoya qilishga intilish, uning ozodligi
va mustaqilligi uchun jonini ham ayamaslik demakdir.
Vatanparvarlik azaldan xalqimizda eng yuksak insoniylik sanab kelingan.
Shiroq, Spitamen, To’maris, Muqanna, Jaloliddin Manguberdi, Temurmalik singari
ajdodlarimizning tarixiy qahramonligi chinakam vatanparvarlik namunasidir.
Jonajon O’zbekiston – barchamizning muqaddas sajdagohimiz, Vatanimizdir.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning «Biz hayotga katta orzu-umidlar bilan
kirib kelayotgan yoshlarimizga bir haqiqatni, ya’ni «Ey bolam, sening Vataning bitta
— barchamizga aziz, betakror mana shu O’zbekiston. Ota-bobolarimizning xoki shu
yerda yotibdi. Shu muqaddas zamin seni dunyoga keltirgan, sen uni obod etishing,
himoya qilishing shart. Nafaqat sening o’z hayoting, balki senga umid ko’zini tikib
turgan ota-onang, opa-singillaring, yosh go’daklar, nuroniy qariyalarimizning hayoti
ham ana shu burchingni nechog’liq ado etishingga bog’liq» degan tushunchani
ularning qalbiga, ongu shuuriga singdirishimiz darkor», degan da’vati shiorimiz
bo’lishi lozim.
Rivoyat qilishlaricha, yovga qarshi kurashga otlangan yigitlarni kuzatish
chog’ida, bir o’spirin harchand urinmasin, sira otga mina olmabdi. Ikki oqsoqol kelib
uni otga mindirib qo’yishibdi. Ulardan biri:
377
— Sen hali otga mina olmading-ku, qanday qilib yov bilan olishasan, — deb
so’rabdi.
O’smir: — To’g’ri, meni ikki kishi otga mindirib qo’yishdi, lekin endi ming
kishi ham bu otdan tushira olmaydi, — degan ekan.
Yoshlarimizni o’ktam, jasur, dovyurak qilib tarbiyalash, ularni Vatanni jondan
sevish, ona yurt uchun, jonajon O’zbekistonimiz mustaqilligi uchun har qanday
da’vatga shay bo’lishga o’rgatish barchamizning, ayniqsa, biz – pedagoglarning
muqaddas burchidir. Biz har bir o’quvchini o’z ma’naviy kamoloti uchun yuksak
mas’uliyatni to’g’ri anglashga, o’z manfaatini yurt manfaati bilan uyg’unlashtirib
yashashiga o’rgatishimiz zarur. Shu ma’noda hazrat Alisher Navoiy:
Naf’ing agar xalqqa beshakdurur,
Bilki, bu naf’ o’zungga ko’prakdurur.
deganda, xalqqa ko’p foydasi tekkan odam o’zi ham yanada ko’proq foyda ko’rishini
nazarda tutgan edi.
Yurtdoshlarimiz, ayniqsa yoshlarimizda Vatan tuyg’usini kamol toptirish,
ularni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash g’oyat muhimdir. Inson
oilasini, yurtini, Vatanini qanday bo’lsa shundayligicha sevishi, uning rivoji uchun
bor imkoniyatlarini ishga solishi lozim. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, “Barchamizga
ma’lumki, inson o’zligini anglagani, nasl-nasabini chuqurroq bilgani sari yuragida
Vatanga muhabbat tuyg’usi ildiz otib, ulg’aya boradi. Bu ildiz qancha teran bo’lsa,
tug’ilib o’sgan yurtga muhabbat ham shu qadar yuksak bo’ladi. Albatta, jahon –
keng, dunyoda mamlakat ko’p, lekin bu olamda betakror ona yurtimiz,
O’zbekistonimiz yakkayu yagona. Bu go’zal yurt, bu muqaddas zamin faqat bizga
atalgan”.
Oilani sevgan — Vatanni sevadi, oilaparvarlik – vatanparvarlik demakdir.
Chinakam inson bu ikki ulug’ ne’matni har doim muqaddas hisoblaydi.
378
Do'stlaringiz bilan baham: |