O’zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


YOSHLAR TARBIYASIDA ISLOM HAMKORLIK TASHKILOTI



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/207
Sana28.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#613584
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   207
Bog'liq
Конференция Vatanparvarlik 29.01.2019

YOSHLAR TARBIYASIDA ISLOM HAMKORLIK TASHKILOTI 

 
VATANPARVARLIK OMILI SIFATIDA
99
 
 
Bugungi kunda ko’p tomonlama hamkorlik bo’yicha eng nufuzli va yirik 
institutlardan biri bo’lgan Islom hamkorlik tashkilotining muhim anjumanini 
o’tkazish uchun O’zbekiston poytaxti – Toshkent tanlandi. Anjumanni muqaddas 
islom qadriyatlarini asrab-avaylash va rivojlantirish, musulmon xalqlari o’rtasida 
hamjihatlikni mustahkamlash, barqaror taraqqiyotni ta’minlash, tashkilotga a’zo 
mamlakatlar xalqlarining rivojlanishi va farovonligiga ko’maklashishdek ezgu 
maqsadlarga erishish yo’lida muhim qadam bo’ldi deya baholash mumkin. “Ta’lim 
va ma’rifat – tinchlik va bunyodkorlik sari yo’l” mavzusi 43-sessiya kun tartibining 
asosiy g’oyasi etib belgilangani chuqur ramziy ma’noga ega.

Aynan ta’lim va 
ma’rifat bashariyat farovonligining asosiy omillaridan hisoblanadi, insonlarni 
ezgulikka da’vat etadi, saxovatli, sabr-qanoatli bo’lishga undaydi. Muqaddas islom 
99
Qo’ysinova F.O. – 
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti
 


358 
dinimiz bizga aynan shuni o’rgatadi” [1]. Bu g’oya “Beshikdan qabrgacha ilm izla” 
degan mashhur hadisga hamohangdir.
Dunyo shiddat bilan o’zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam 
rivojlanishiga rahna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo’layotgan 
bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, 
kamolga etishga intilishiga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir. So’nggi 
yillarda aqidaparast oqimlar yoshlar ichidagi faoliyatini mehnat migrantlarini ta’sir 
doirasiga olish, “hujralar” tashkil etish, diniy ekstremistik mazmundagi materiallarni 
elektron ko’rinishda tarqatish, internet orqali targ’ibot o’tkazish kabi usullarda 
amalga oshirmoqda. Ayniqsa, internet tarmog’ida o’zini “Islom davlati” (IShID), 
“Jabhat al-Nusra” deb atab olgan terroristik tashkilotlar go’yoki islom ravnaqi yo’lida 
kurashayotgan “mujohid birodarlar guruhi” ekani haqidagi targ’ibot-tashviqot keng 
ko’lamda olib borilayotgani, buning oqibatida dunyoning ko’plab mamlakatlaridan 
musulmon yoshlar “hijrat” qilish va “jihod”da ishtirok etib da’vosida Suriya va Iroq 
hududiga borib, ushbu guruh safiga borib qo’shilayotganining guvohi bo’lmoqdamiz. 
Bugun esa mana shunday tahlikali jarayonlarda aynan ta’lim va ma’rifat bashariyat 
farovonligining asosiy omillaridan hisoblanadi, insonlarni ezgulikka da’vat etadi, 
saxovatli, sabr-qanoatli bo’lishga undaydi. Muqaddas islom dinimiz bizga aynan 
shuni o’rgatadi. Bunday yondashuv–davr talabidir. Buyuk tarixda hech narsa izsiz 
ketmaydi. U xalqlarning qonida, tarixiy xotirasida saqlanadi va amaliy ishlarida 
namoyon bo’ladi. Shuning uchun ham u qudratlidir. Tarixiy merosni asrab-avaylash, 
o’rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim 
ustuvor yo’nalishlaridan biridir. 
Ma’lumki, Islom Konferentsiyasi tashkiloti ikki qismdan, ya’ni tashkilotning 
siyosatini belgilab olish uchun chaqiriladigan hamda uning eng oliy organi 
hisoblangan Qirollar va davlat hamda hukumat rahbarlarining konferentsiyasidan, 
shuningdek, yuqori darajadagi Islom uchrashuvlari tomonidan belgilab oligan 
siyosatni amalga oshirish borasidagi taraqqiyotni ko’rib chiqish uchun har yili bir 
marotaba yig’iladigan Tashqi ishlar vazirlari konferentsiyasidan iborat. Tashkilot 
tomonidan yuqori darajaga erishish, ishning samaradorligini ta’minlash, siyosiy, 


359 
iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy va intellektual hamkorlik bo’yicha bir qator qo’mitalar ham 
tashkil qilingan. Siyosiy masalalarga, ayniqsa Falastin, Afg’oniston, Bosniya va 
Gertsogovina, Suriya singari og’riqli masalalarni yechishga tashkilot tomonidan 
alohida e’tibor qaratiladi va ushbu yo’nalishga qaratilgan siyosat olib boriladi.
Yangi tahdidlar, jumladan, “ommaviy madaniyat” xavfi va boqimandalik 
kayfiyati paydo bo’layotgan, odob-axloq, qadriyatlarning yo’qolish xavfi yuzaga 
kelayotgan hozirgi globallashuv sharoitida bu g’oyat muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Shu sababli, inson ma’naviy olami, xalqlar madaniyatini belgilaydigan manbalarni 
asrab-avaylash va boyitish bugungi kunda har qachongidan ham muhimdir. Xalqaro 
miqyosda xavfsizlik va barqarorlik tizimi izdan chiqmoqda. Globallashuv 
jarayonining tobora shiddatli tus olishi nafaqat insoniyat imkoniyatlarini 
kengaytirmoqda, balki ziddiyatlarning keskinlashuvi, rivojlangan va qoloq davlatlar 
o’rtasidagi tafovutning o’sishiga olib kelmoqda. Islom dinini niqob qilgan 
qo’poruvchi guruhlar mintaqada asrlar davomida mintaqada asrlar davomida yashab 
kelgan nasroniylarni ta’qib qilishi yoki G’arb ommaviy axborot vositalarida 
Muhammad alayxissalomga karikaturalar paydo bo’lishini shknchaki diniy ixtilof deb 
bo’lmaydi. Fitnalar ortida turli diniy e’tiqod vakillari o’rtasida urush olovini yoqib, 
so’ngra o’sha alanga taftidan isinishni ko’zlagan qudratli siyosiy kuchlar turganini 
unutmaslik kerak. Buning oqibatida tinchlik va barqarorlikka raxna solayotgan, 
mohiyati va ko’lamiga ko’ra transmilliy xususiyatga ega turli xatti-harakatlar sodir 
etilmoqda. Boshpanasiz qolib, o’zga yurtlarda sarson-sargardon yurgan odamlar og’ir 
musibatlarni boshdan kechirmoqda, qurolli qarama-qarshiliklar va terrorizm 
oqibatida gunohsiz bolalar, keksalar, xotin-qizlar halok bo’lmoqda. Oxiri 
ko’rinmaydigan urushlar tufayli ko’plab mamlakatlar vayronaga aylanmoqda. 
Bunday sharoitda Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarni musulmon olamida 
tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash va barqaror rivojlanish yo’lida birlashtirish, 
o’zaro hamkorlikning ishonchli mexanizmlarini, a’zo mamlakatlarning dolzarb 
masalalar yuzasidan muloqot qilishi uchun o’ziga xos maydon yaratishga xizmat 
qiladigan Islom Hamkorlik Tashkilotining roli va mas’uliyati yanada ortmoqda. 
Tashkilot mustahkam barqarorlik va xavfsizlikka iqtisodiy taraqqiyotsiz, ijtimoiy 


360 
xususiyatga ega muammolarni hal etmasdan erishib bo’lmasligini tushungan holda 
faoliyat yuritayotganini biz yuqori baholaymiz. 
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab yurtimizda yoshlar haqida e’tibor 
va g’amxo’rlik ko’rsatishga davlat siyosatining eng asosiy va ustuvor 
yo’nalishlaridan biri sifatida qarab kelinmoqda. Chunki yoshlar– bizning kelajagimiz. 
Bu sohadagi davlat siyosatini yanada chuqurlashtirish uchun yaqinda O’zbekiston 
Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi qonuni yangi tahrirda 
qabul qilindi. 1999 yil Toshkentda Markaziy Osiyoda birinchi Islom universiteti 
ochildi. Mamlakatimizda 10 ta diniy ta’lim muassasasi, jumladan, Toshkent islom 
instituti, 9 ta o’rta maxsus o’quv yurti faoliyat ko’rsatmoqda. Ularning ikkitasi xotin-
qizlar o’quv muassasasidir. Ana shu ta’lim maskanlari orasida XVI asrda bunyod 
etilib, mamlakatimizda ilm-fanni keng yoyishga xizmat qilgan Buxorodagi Mir Arab 
va Toshkentdagi Ko’kaldosh madrasalari bor. 
Bularning barchasi bugungi kunda o’z samarasini bermoqda. Yoshlarimiz 
biznes, ilm-fan, madaniyat, san’at, adabiyot va sport sohalarida olamshumul 
muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Bu mamlakatimiz istiqboliga, buyuk ajdodlarimiz 
boshlagan ezgu ishlarni kelajak avlodlar munosib davom ettirishiga katta ishonch 
bag’ishlaydi. 
So’nggi vaqtda Markaziy Osiyodan chiqqan jangarilarning bir qismi Suriyadan 
o’z mamlakatlariga suqilib kirib olib pinhona fitna chiqarishga harakat qilmoqdalar. 
Vaziyatning bunday tahlikali o’zgarib borishi respublikamizda barcha jonkuyar 
fuqarolaridan hushyorlik va ogohlikni keskin oshirishlarini taqozo etadi. Tinchlikni 
saqlash xushyorlik va ogohlikni talab qiladi. Afsuski, hayotimizda sodir bo’layotgan 
noqonuniy xatti-harakatlarni ko’rib ko’rmaslikka oladigan, tinchlikni saqlash faqat 
davlatning ishi deb o’ylaydiganlar, farzandlarining tarbiyasi bilan qiziqmaydigan ota-
onalar ham borligini qayd etish lozim. Mana shu nuqtai nazarga ko’ra, Islom 
Hamkorlik Tashkilotining faoliyat ko’lamini yanada kengaytirish zarurati yuzaga 
kelmoqda. Bu borada mamlakatlar va xalqlar o’rtasida turli darajadagi muloqotlarni 
kengaytirish, nafaqat hukumatlar, balki parlamentlar, ilm-fan va madaniyat 
namoyandalari, jamoatchilik vakillari o’rtasida tizimli aloqalarni yo’lga qo’yish 


361 
muhim o’rin tutishi zarur. Aynan mana shu maqsadlar Islom hamkorlik tashkiloti 
doirasida ko’p tomonlama hamkorlikni kuchaytirishi mumkin. O’zbekiston 
Respublikasi Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining raisi 
sifatida tashkilot salohiyatini yanada kuchaytirish va ezgu maqsadlarga erishishda o’z 
hissasini qo’shish uchun barcha imkoniyatlarini ishga soladi. 
Vatan oiladan boshlanadi. Oilada tinchlik bo’lsa, mahalla, qishloq, shahar, 
viloyat va nihoyat mamlakatda osoyishtalik bo’ladi, yurt ravnaq topadi. 
Farzandlarimizning ilmiy saviyalari, kasbu-xunarlari bilan axloqiy fazilatlarini ham 
o’stirib borishimiz kerak. Yosh avlodning turli yot oqimlar ta’siriga tushib qolishini 
oldini olish to’g’risida g’amxo’rlik faqat hukumatimiz yoki ta’lim muassasalarining 
vazifasi emas, balki har bir ota-onaning ham muhim burchlaridan biridir. Hattoki 
Islom Hamkorlik tashkiloti Nizomi 1-moddasining 15-bandida “Oilaning rolini 
jamiyatning tabiiy va asosiy birligi sifatida ta’kidlash, himoya qilish va targ’ib qilish” 
qayd etilgan.
Yana ta’kidlash joizki, tinchlikni ulug’ ne’mat deb e’lon qilgan dinimizda bu 
yo’lda nafaqat amal bilan, balki so’z bilan ham zarar keltirishdan qaytarilgan. 
Mintaqa barqarorligiga tahdid solayotgan tashqi omillar qatori ichki ziddiyatlarga 
ham e’tibor qaratish maqsadga muvofiq. Xususan, Suriya, Yaman va Iroqdagi 
konfessional-mazhablararo ixtilof bois minglab inson qurbon bo’layotir. Taassufki, 
yagona tangriga sig’inib, yagona qiblaga yuzlangan musulmonlar bir-birining qonini 
tukmoqda. 
Boz 
ustiga, 
mintaqaning 
ittifoqchi 
mamlakatlari 
o’rtasida 
kelishmovchiliklar kelib chiqayotgani tinchlik yo’lidagi muzokaralarga g’ov 
bo’lyapti. Masalan, o’tgan yarim asr moboynida bir-birining koriga yaragan qilo’tmas 
do’stlar– Saudiya Arabistoni va Qatar munosabati ayni vaqtda yomonlashgani qayd 
etilmoqda [2]. Mintaqada ixtilofni bartaraf etish yo’lida muntazam siyosiy 
maslahatlashuvlar o’tkazilayotgan bo’lsa-da, aravani har kim xar tomonga 
tortayotgani bois muzokaralar natija bermayotir. O’lka xalqlarining azaliy orzusi 
bo’lgan tinchlikka erishish uchun esa xalqaro hamjamiyat, xususan, dunyo hakami 
sanalgan BMT tashabbusni qo’lga olib, amaliy choralar ko’rishi talab etiladi. 


362 
Shu nuqtai-nazardan, fuqarolarimiz yurtimizda tinchlik-xotirjamlikni avaylab-
asrash yo’lida davlatimizning mutasaddi idoralari tomonidan amalga oshirilayotgan 
say’y-harakatlarni e’tiqodan qo’llab-quvvatlashlari va qo’lidan kelgancha ularga 
yordam berishlari lozim. Tahdidlarni oldini olishga qaratilgan aynan mana shunday 
chora-tadbirlar hisobiga yurtimiz tinch, dindorlarimiz xotirjamlikda ibodatlarini 
ko’ngildagidek ado etmoqdalar. Shu sababdan yurtimizga g’alamislik qilishga 
harakat qiluvchi, go’yoki dindorlarga tayziq qilinmoqda degan tuhmat tarqatayotgan 
kimsalarning tegirmoniga suv qo’yib qo’ymasligimiz ham lozim. 
Azaliy qadriyatlarimiz va axloqiy fazilatlarni o’zida mujassam etgan muqaddas 
dinimizni asrash va qadrlash har birimizning sharafli burchimizdir. Islom–haqiqatni 
anglash demakdir, u odamzotni ezgu amallarni bajarishga undaydi, har birimizni 
yaxshilik va tinchlikka chorlaydi, haqiqiy inson bo’lishni o’rgatadi. Biz Islom 
dinidan zo’ravonlik va xunrezlik maqsadlarida foydalanishga urinayotgan kimsalarni 
keskin qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz. Muqaddas 
dinimizni doimo himoya qilamiz. Afsuski, yoshlar muayyan qismi IShIDni haqiqatda 
ham islom dinini butun dunyoga tarqatish, islomiy davlat barpo etgan holda dunyoda 
adolat o’rnatishni maqsad qilgan tashkilot deb hisoblaydi. Bunday fikrlovchilar 
Markaziy Osiyoda, xususan, O’zbekistonda ham bor ekani hech kimga sir emas. 
Bunday yoshlar yuqorida qayd etilgan hududlarda insonlarga qarshi sodir etilayotgan 
jinoyatlarni go’yoki xalifalik qurish uchun joiz amal hisoblab qattiq adashmoqdalar. 
Aslida, mutaassib oqim a’zolarining maqsadlari – “jihod”, “hijrat”, “shahidlik”, 
“kofir bo’lish” kabi diniy tushunchalarni soxta talqin qilish orqali yoshlarimizni oilasi 
va yaqinlarining ta’siridan chiqarish, o’qish yoki ishidan ajratib olish hamda ularni 
qurolli to’qnashuvlar ketayotgan Suriya, Iroq, Afg’oniston yoki Pokiston kabi 
mamlakatlarga jo’natib, manqurt-jangari yoki “tirik bomba”ga aylantirishdan iborat 
[3].
Bugun axborot yashin tezligida tarqalishi yangilik emas. Dunyoning istalgan 
chekkasida yuz bergan voqealardan ahli olam sanoqli daqiqalarda xabar topadi. 
Axborotlarni kuzatar ekanmiz, dunyoning turli mintaqalarida ziddiyatlar, qarama-
qarshiliklar, qurolli to’qnashuvlar kuchayib borayotganiga guvoh bo’lamiz. Ayniqsa, 


363 
xalqaro 
terrorizm 
va 
ekstremizmning 
keng 
tarqalayotgan 
ekspansiyasi 
faollashmoqda, millatlar va konfessiyalararo mojarolar kuchaymoqda.
BMTning inson huquqlari bo’yicha Bosh komissari Navi Pilley e’lon qilgan 
ma’lumotga ko’ra 2012 yilning iyul oyidan boshlab Suriya va Iroqda har oyda 5000 
nafar odam o’lmoqda. O’layotganlar orasida qariyalar, ayollar, oilalar, hatto emizikli 
go’daklar ham bor. Frantsiyaning Frans-Press nashri “Syrian Observatory for Human 
Rights” tashkilotiga tayanib tarqatgan xabariga ko’ra 2011-2015 yillar davomida 
halok bo’lganlarning soni 230000 ga etgan. Ulardan 69494 tasi tinch aholi vakillari, 
11493 tasi bolalar, 7371 tasi ayollardan iborat. Bu faqat rasmiy ma’lumotlar bo’lib, 
asl raqamlar mazkur ko’rsatkichlardan ancha yuqori bo’lishi hech kimni hayron 
qoldirmaydi. 
Eng achinarlisi, bular tinch yo’l bilan hal etilmasdan tobora keskinlashmoqda. 
Shukurki, yurtimiz tinch, osuda. Ammo O’zbekiston tevaragida xavfsizlik va 
barqarorlik, yaxshi qo’shnichilik makoni yaratilmas ekan, xotirjam bo’lishga haqli 
emasmiz. Butun dunyoda va mintaqamizda murakkab va oldindan aytib 
bo’lmaydigan vaziyat vujudga kelgan bir paytda barchamiz ogoh va hushyor 
bo’lishimizni davr taqozo etmoqda. Islom hamkorlik tashkiloti faoliyatini butunjahon 
yoshlarini vatanparvarlikka chaqiruvchi va halqaro hamjamiyatda ruhiy ozurdalik 
tinchlik va barqarorlikni ta’minlovchi muhim omil deya ayta olamiz. 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish