349
“O’zbekiston tarixi” fani va “Temur tuzuklari” kitobi bo’yicha sinov o’tkazish
tartibini yo’lga qo’yish maqsadga muvofiqdir.[1]
Xalqimiz,
ayniqsa,
yoshlar o’rtasida
harbiy-vatanparvarlik
tarbiyasini
kuchaytirish, ushbu sohadagi qadriyat va an’analarimizni targ’ib etish, askar va
ofitserlarimizning zamon qahramonlari sifatidagi qiyofasini badiiy asarlar,
spektakl
va filmlar orqali keng yoritib berish alohida ahamiyatga ega. Bu borada taniqli
olimlar, adib va shoirlarimiz, ijodkor ziyolilar, madaniyat
namoyandalari yanada
samarali faoliyat olib boradilar, deb ishonch bildirildi.
Mamlakatimizda unib-o’sib kelayotgan yosh avlod qalbida mustahkam hayotiy
pozitsiya va Vatanimiz taqdiri uchun yuksak mas’uliyat tuyg’usini shakllantirish
maqsadida vatanparvarlik tarbiyasi sohasida mohiyat e’tiboriga ko’ra noyob tizim
yaratilib, uning doirasiga mamlakatimiz aholisining keng qatlamlari qamrab olingan.
O’zbekiston yoshlar ittifoqining tashkil etilishi
va Qurolli Kuchlar tizimida
uning birlamchi tuzilmalari faoliyati yo’lga qo’yilishi mamlakatimizda yosh avlod
manfaatlarini
ta’minlash bo’yicha amalga oshirilayotgan davlat siyosati
samaradorligini oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlarimizning mantiqiy davomi
bo’layotganligini takidlab o’tdilar.
Ma’lumki, yurtimizda “Mustaqillik”, “Amir Temur”, “Jaloliddin Manguberdi”
ordenlari, “Jasorat”, “Sodiq xizmatlari uchun” kabi medallar ta’sis etilgan bo’lib, ular
davlatimizning mudofaa qudratini yanada yuksaltirishga katta hissa qo’shayotgan
harbiylarimiz
mehnatini qadrlash, el-yurt taqdiriga daxldorlik hissi bilan
yashaydigan, fidoyi va vatanparvar yoshlarni tarbiyalashda o’ziga xos mukofot
vazifasini o’tamoqda.
2012 yil 11 sentyabrda O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti tashabbusi
bilan ishlab chiqilgan va qabul qilingan Qonunga muvofiq, yana bir yuksak mukofot
— “Mardlik” ordeni ta’sis etildi. “Mardlik” ordeni bilan harbiy xizmatchilar va
boshqa fuqarolar orasidan Vatan himoyasi uchun o’zini bag’ishlagan,
ona-vatan
xizmati
yo’lida jasurlik va dovyuraklik ko’rsatgan yurtdoshlarimizning
mukofotlanishi alohida belgilab qo’yildi.
350
Muxtasar aytganda, muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida O’zbekistonda
mustaqillik yillarida mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligi,
uning sarhadlari
daxlsizligini ta’minlash bo’yicha taktik va strategik vazifalarni samarali hal etishga
qodir bo’lgan, zamonaviy, harakatchan, har tomonlama yaxshi qurollangan armiyani
tashkil etish bo’yicha o’zining ko’lami va miqyosiga ko’ra ulkan ishlar tizimli va
bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirildi.
Eng muhim va dolzarb vazifalarimizdan biri — jamiyatimiz a’zolarini,
avvalambor, voyaga yetib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirish,
ular qalbida
milliy g’oya, milliy mafkura, o’z Vataniga mehr-sadoqat tuyg’usini yanada
kuchaytirish, Qurolli Kuchlarimiz bilan g’ururlanish va harbiy xizmatga hurmat
tuyg’usini tarbiyalashdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: