O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi o‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti



Download 499 Kb.
bet3/31
Sana20.03.2022
Hajmi499 Kb.
#503379
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
Bekzod Davronov Dissertatsiya (2)

KIRISH…………………………………………………………….

1

I .

I
BOB.

Markaziy Osiyo musiqiy cholg‘ularining evolutsiyasi………….

8




1.1.

Zarbli cholg‘ular……………………………………………………

13




1.2.

Damli cholg‘ular……………………………………………………

24




1.3

Torli cholg‘ular………………………………………………….....

36

III.

II
BOB.

Markaziy Osiyo musiqa cholg‘ularining xorijiy davlatlarga tarqalishi va takomillashuvi……………………………………….

47




2.1.

Torli -tirnama va mezrobli cholg‘ular..................................................

48




2.2.

Kamonli cholg‘ular…………………………………………………..

56




2.3

Damli va urma zarbli cholg‘ular..........................................................

58

IV.

III
BOB

Milliy musiqa cholg‘ularining jahon musiqa madaniyati rivojiga ta’siri…………………………………………………………………

65




3.1.

Qadimiy noyob cholg‘ular……………………………………………

65




3.2.

An’anaviy milliy cholg‘ular………………………………………….

72




3.3.

Zamonaviy takomillashtirilgan cholg‘ular…………………………..

76

V.




UMUMIY XULOSALAR.................................................................

81

VI.




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.....................

82




VII.




ILOVALAR …………………………………………………………

85



KIRISH
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. Insoniyat yer yuzida paydo bo‘libdiki, musiqa unga hamroh bo‘lib kelgan. Tarixdan ma’lumki, musiqaning birinchi ko‘rinishlari odamlarning baqiriqlari, ov paytlarida bir-biri bilan “muloqot” qilishi, qushlar va hayvonlarning ovozlariga taqlid qilib ularni o‘ljaga aylantirishlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan. Qushlarning kuylashi, jonzodlarning ovoz chiqarishlariga bo‘lgan taqlid ilk cholg‘ularning paydo bo‘lishiga omil bo‘lib xizmat qilgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Musiqa madaniyatini rivojlanishida musiqa cholg‘ularining o‘rni katta. Chunki, musiqa bevosita cholg‘ularni chalish natijasida yuzaga keladi. Har bir yurtda (davlatda) o‘ziga xos, uning madaniyati, tarixiy takomillashuvini namoyon etadigan musiqa cholg‘ulari mavjud. Bunday cholg‘ular musiqa madaniyatida o‘z mavqeiga ega bo‘lishi bilan bir qatorda asrlar davomida rivojlandi, takomillashdi. Bir mamlakatda kashf etilgan cholg‘u boshqa hududlarga olib borilib u yerlarda ham yangi-yangi ko‘rinishlarni kasb etdi, rang-barang xususiyatlarga ega bo‘ldi va “qo‘nim topgan” maskanining milliy qirralarini ochib berishga “yo‘naltirildi”. Xususan, Markaziy Osiyoda mavjud bo‘lgan qadimiy cholg‘ular jahon musiqa cholg‘ularining takomillashuviga va yuzaga kelishiga omil bo‘lgan. Shu bilan birga, bu cholg‘ular ba’zi hududlarda nisbatan boshqacha ko‘rinishda, boshqacha nomlanishda bo‘lgan. Ularning takomillashuvi natijasida yangidan yangi cholg‘ular dunyoga kelgan. Zamonaviy cholg‘ular esa oldingi davrlarda u yoki bu hududda paydo bo‘lgan cholg‘ularning takomillashtirilishi natijasida yuzaga kelgan. Shu bilan bir qatorda, zamonaviy cholg‘ular ma’lum cholg‘uning mukammallashtirilishi, boshqa cholg‘ularga taqlid qilib cholg‘ular sinteziga (“qorishmasiga”) erishish, zamon va muhit talablariga javob bera oladigan cholg‘ularni yaratishga bo‘lgan intilish natijasida vujudga kelgan.
Markaziy Osiyo hududida musiqa cholg‘ulari qadimgi davrlardan mavjud. Bu cholg‘ularning paydo bo‘lish tarixi va dunyo musiqa madaniyatiga bo‘lgan ta’sirini o‘rganish masalalariga bag‘ishlangan maxsus adabiyotlar chop etilgan. Lekin ularda bugungi davr talablariga to‘liq javob bera oladigan, Markaziy Osiyo musiqa cholg‘ularining tarixiy ahamiyati, ularning xorijiy davlatlar, qolaversa, butun dunyo musiqa san’atiga va ijrochilik madaniyatiga bo‘lgan ta’siri masalalariga e’tibor qaratilmagan. Bundan kelib chiqqan holda, Markaziy Osiyo mintaqasida mavjud bo‘lgan musiqa cholg‘ularining, dunyo cholg‘ulari rivojiga bo‘lgan ta’siri, ularning o‘xshashlik tomonlari va o‘ziga xos alohida xususiyatlarini o‘rganish tadqiqotning asosiy maqsadini tashkil etadi.
Musiqa cholg‘ularining taraqqiyoti (evolutsiyasi), ularning boshqa xalqlar musiqa cholg‘ulariga ta’siri masalalari ko‘p tomonlama o‘rganilgan. Yevropa musiqa cholg‘ularining sharq xalqlari musiqasiga ta’siri, sharq xalqlari musiqa cholg‘ularining yevropa musiqa madaniyatiga kirib borishi masalalari, cholg‘ularning takomillashuvi va ularning tasnifi masalalari ko‘pgina adabiyotlarda tahlil qilingan. Cholg‘ushunoslikka bag‘ishlangan ilk adabiyotlar ham aslida Markaziy Osiyoda yashagan ajdodlarimiz tomonidan yozilganligi tarixdan ma’lum.
Markaziy Osiyo musiqa cholg‘ularining tarixiy, nazariy va amaliy masalalari O‘zbekiston olimlari Abdurauf Fitrat, Fayzulla Karomatli, Isxoq Rajabov, Tamara Vizgo, Viktor Belyayev, Yelena Romanovskaya, Nikolay Mironov, Tamara Solomonova, J.Rasultoyev, A.Malkeeva, xorijiy musiqashunoslar G.Farmer, L.Pekkin va boshqa olimlarning ilmiy izlanishlarida o‘z ifodasini topgan.
Tamara Vizgoning “Muzikalniye instrumenti Sredney Azii” kitobida O‘zta Osiyo mintaqasida qadimgi davrlardan paydo bo‘lgan milliy cholg‘ularning yaratilish tarixi, takomillashuvi, o‘ziga xos xususiyatlari va tarixiy ahamiyati turli tarixiy manbalarga asoslangan holda ilmiy ochib berilgan. Musiqa cholg‘ularining rivojlanish jarayonini XX asrning boshlarigacha bo‘lgan davr doirasida o‘rganib chiqadi. Mazkur adabiyot Markaziy Osiyo musiqa cholg‘ularining paydo bo‘lishidan XX asrning boshlarigacha bo‘lgan taraqqiyot jarayonini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Musiqashunos olim Fayzulla Karomatlining Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston musiqa cholg‘ulariga bag‘ishlangan bir qator adabiyotlarida1 xalq cholg‘ularining ijro imkoniyatlari, mahalliy uslublari sozlanish va diapazonlari, tovush xususiyatlari, sozlar ijrosidagi musiqiy asarlar, yakkaxon va ansambl ijrochiligining o‘ziga xosliklari, mahalliy uslublari keng yoritilgan.
Yuqorida nomlari qayd etilgan adabiyotlarda keltilirgan qimmatli ma’lumotlar XX asrning birinchi yarmigacha bo‘lgan davrni mujassamlaydi. Markaziy Osiyo musiqa cholg‘ularining tarixiy rivoji va keyingi davrlarda, ya’ni XX-asrning ikkinchi yarmidan keyingi o‘rni va mohiyati, ularning yandi davrda takomillashuvi A.Petrosyans, O‘.Toshmatov, M.Matyoqubovlar, A.Liviyev, A.Lutfullayev, A.Tashmatova va boshqa bir qator olimlar hamda mohir cholg‘u ijrochilari tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda, adabiyotlarda o‘z ifodasini topdi.
A.Petrosyans o‘zbek xalq cholg‘ulariga bag‘ishlangan “Instrumentovedeniye” (Cholg‘ushunoslik) kitobida musiqa cholg‘ulariga bo‘lgan zamonaviy professional cholg‘u ijrochiligi talablarini inobatga olib 12 pog‘onali teng temperatsiyalangan tovushqatorga asoslangan cholg‘ularning takomillashtirilgan oilalarini yaratadi. Har birining shakli, tuzilishi va xususiyatlarini keng qamrovli ochib beradi.
A.Liviyev olib borgan tadqiqotlari xalq cholg‘ularining yakka va jamoa bo‘lib ijro etishga bag‘ishlangan. Ustoz san’atkor va xalq cholg‘ulari bilimdoni A.Liviyev tomonidan yozilgan va nashr yuzini ko‘rgan adabiyotlarda1 xalq cholg‘ulari orkestri, uning shakllanish va rivojlanish jarayonlari, oskestrda xalq cholg‘ularini qo‘llash xususiyatlari, ularning ahamiyati va mohiyati keng ochib berilgan.
O‘.Toshmatov va S.Turatovlarning “Ko‘hna cholg‘ular Ijrochiligi” kitobi qadimiy milliy cholg‘ular tarixi va ijrochiligi masalalariga bag‘ishlanadi. Mazkur adabiyot musiqashunos olima T.Vizgoning “Muzikalniye instrumenti Sredney Azii” va V.Belyayevning “Muzikalnie instrumenti Uzbekistana” kitoblaridagi ma’lumotlarga asoslanib yozilgan. Ushbu kitobning muvaffaqiyatli jihatlaridan biri bu - undagi asoslangan, har tomonlama chuqur o‘rganilgan tarixiy faktlarning o‘zbek tilida bayon etilganligida deb bilamiz. Adabiyotda olimlar (T.Vizgo va V.Belyayev)ning musiqa cholg‘ularining yaratilishi, paydo bo‘lishi va boshqa davlatlar cholg‘ulari bilan o‘xshasligi borasidagi fikrlarini O‘.Toshmatov o‘z tajribasi, nuqtai nazari va qarashlariga asoslanib qisman to‘ldiradi, yoki bu borada o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashadi. Shu bilan bir qatorda, kitobda qadimda paydo bo‘lgan, biroq ma’lum davr ijrochilik amaliyotida qo‘llanilmagan, bugungi kunda esa qayta tiklangan qadimiy cholg‘lar va ularning turlari haqida muhim ma’lumotlar berilgan.

Download 499 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish