O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi o‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti



Download 499 Kb.
bet14/31
Sana20.03.2022
Hajmi499 Kb.
#503379
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31
Bog'liq
Bekzod Davronov Dissertatsiya (2)

1.3. Torli – kamonli cholg‘ular
Torli kamonli cholg‘ular guruhiga gijjak, qo‘biz, sato musiqa cholg‘ulari kiradi.
G‘ijjak cholg‘usi boshqa cholg‘ular qatori juda qadimgi musiqa cholg‘usi hisoblanadi. Bu cholg‘u turli davrlarda har xil nomlar bilan atalgan. Xususan uning qadimda “rebab” deb atalganligi tarixiy manbalarda aytib o‘tilgan.
G‘ijjakning hozirgi ko‘rinishidagi tasvirini XIV asarda noma’lum muallif tomonidan yozilgan «Qanz al-Tuxaf» nomli risolada ko‘rish mumkin. Unda tasvirlangan g‘ijjakka Farmer shunday ta’rif beradi: G‘ijjakning kosasi yarim shar shaklida bo‘lib, bronzadan tayyorlangan va teri bilan qoplangan. Tizzaga qo‘yish moslamasi metalldan tayyorlangan. G‘ijjakning uzun dastasi pista, yong‘oq yoki mustahkam qora daraxtdan yasalgan. G‘ijjakning ikkita tori bo‘lib (zir va xadd) kvinta bo‘yicha sozlanib, xarrak orqali o‘tadi. Kamon esa ot yolidan (dumidan) yasaladi2. Abdulqodir Marog‘iyning kitobida keltirilishicha, g‘ijjak va kemancha aslida bitta cholg‘u bo‘lib, birinchisining kosaxonasi kattaroq, keyingisiniki esa kichikroq hajmi bilan farqlanadi. Bundan tashqari, o‘sha davrlarda ularga tortiladigan asosiy torlar 2 tadan bo‘lib, g‘ijjakda qo‘shimcha 7 dona rezonator torlar ham qo‘llanilganligi bayon etiladi3.
G‘ijjak cholg‘usi keyingi asrlarda ham adabiyotlarda tilga olinadi, minityuralarda cholg‘u ansambllarida tasvirlanadi.
Zamonaviy g‘ijjak tut, yong‘oq, o‘rik daraxtlaridan o‘yilib yasaladi. Uning kosasi buzoq yoki baliq terisi bilan qoplanadi. Dastasining uzunligi 38-40 sm atrofida bo‘ladi va pardalarga ajratilmaydi. Shuning uchun uni ijro etuvchi sozandalar nozik eshitish qobiliyatiga ega bo‘lishlari zarur. Cholg‘u kosasining ostida joylashgan metal qoziq sozni tizzaga qo‘yib ijro etish uchun mo‘ljallangan. G‘ijjak kamon vositasida chalinadi.
G‘ijjakning to‘rtta tori mavjud bo‘lib, ular kvarta, kvinta intervallari oralig‘ida sozlanadi. Cholg‘uning diapazoni uch oktavani qamrab oladi. G‘ijjak ijrochilikda yakka tartibda, cholg‘u ansambllari va orkestrlar tarkibida qo‘llaniladi. O‘zbekistonda Andijon g‘ijjak ijrochilik maktabi alohida ahamiyat kasb etadi. Mo‘minjon Sobirov, Komiljon Jabborov, To‘xtasin Jalilov, Nabijon Hasanov kabi mohir sozandalar o‘zlarining ijro san’atlari bilan elga mashhur bo‘ldilar. G‘ulomjon Hojiqulov, Salohiddin To‘xtasinov, Abduhoshim Ismoilov, O‘lmas Rasulov, Salohiddin Azizboyev va boshqalar g‘ijjak ijrochilik san’ati an’analarini davom etmoqdalar.
Qo‘biz – qadimiy torli-kamonli cholg‘ulardan biri. Ba’zi adabiy manbalarda qo‘bizning yaratilishi afsonavy Qo‘rqut bilan bog‘liqligi aytib o‘tiladi. Abdurauf Fitrat uni eski turk cholg‘usi deb aytadi.
Qo‘bizning tuzilishi kovushga o‘xshab ketadi. Uning kosasi va dastasi bir butun holatda daraxtdan yasaladi. Cholg‘u dastasining boshida ikkita qulog‘i bo‘lib, ularga torlar biriktiriladi. Qo‘buzning ot yolidan tayyorlangan ikkita tori bor. Kamonga tortilgan tor ham ot yolidan tayyorlanadi. Qo‘buz kosaxonasining faqat bir qismiga teri qoplanadi va shu joyga uning xarragi o‘rnatiladi. Kosaxonaning qolgan qismi ochiq bo‘ladi. Cholg‘uning ikki tori ham ijroda birgalikda ishtirok etadi. Cholg‘uni ijro etayorganda obertonlar faol harakatlanganligi uchun birdaniga bir nechta tovush hosil bo‘layotgandek tuyuladi. Uning ovoz diapazoni bir yarim oktavani tashkil etadi.
Qo‘biz qozoq va qirg‘izlarda keng ommalashgan. Qoraqalpoq jirovlari ham qo‘biz jo‘rligida dostonlarni, termalarini aytishadi.
Sato – qadimiy nay tanburning o‘zi, ya’ni kamon bilan ijro etiladigan hozirgi tanburning namunasidir1, deb ta’rif beradi bu cholg‘uga S.Begmatov. “Sato” so‘zi “serot” (ya’ni uch tor) so‘zining uyg‘urcha talaffuzidan boshqa narsa emasligini O.Matyoqubov “Maqomot” kitobida alohida qayd etib o‘tadi.
Oldingi davrlarda tanbur sato sifatida foydalanilgan bo‘lsa, hozirda tanburning bir oz kattalashtirilgan va ko‘rinishi bir oz o‘zgartirilgan turi sato sifatida ishlatilmoqda. Sato ijrosida noxun o‘rniga kamondan foydalaniladi. Uning tovushi juda mayin va ulug‘vordir. Unda asosan mungli va og‘ir kuylar ijro etiladi. Sato – dutor, tanbur cholg‘ulari bilan birgalikda va alohida holda yaxshi eshitiladi. Maxsus ovoz kuchaytirish moslamalarisiz katta ansambllarda va orkestrlarda ishlatilishi qiyin.
Ustoz san’atkorlar Ma’rufjon Toshpo‘latov, Turg‘un Alimatov sato cholg‘usining mohir sozandalari edilar. Begungi kunda Mahmudjon Tojiboyev, Toyir Qo‘ziyev, Abror Zufarovlar bu cholg‘uda o‘z mahoratlarini keng namoyish etib kelmoqdalar.
Markaziy Osiyo musiqa cholg‘ulari evolutsiyasiga nazar tashlar ekanmiz, ularning asrlar davomida yaratilib, takomillashib, yangi-yangi turlarining kashf etilganligining guvohi bo‘lamiz. Arxeologik qazilmalar natijasida topilgan tarixiy yodgorliklar, allomalarimizning yozib qolgirgan risolalari, o‘rta asrlar miniatyuralarida berilgan tasvirlar, olimlarning olib borgan ilmiy izlanishlari Markaziy Osiyo musiqa cholg‘ulari evolutsiyasi haqida quyidagicha xulosa chiqarishimizga asos yaratadi:
Markaziy Osiyoda musiqa cholg‘ularining ilk namunalari ibtidoiy jamoa davrida vujudga kelgan. Jamiyat taraqqiyoti, tarixiy, ijtimoiy, siyosiy o‘zgarishlar davomida musiqa cholg‘ulari talomillashib, yangicha ko‘rinish, yangicha xususiyatlarni kasb etgan. Sun’iy musiqa cholg‘ulari orasida birinchi yaratilgan cholg‘ular bu zarbli urma cholg‘ular, keyin damli cholg‘ular, undan keyin esa torli cholg‘ular kashf etilgan. Har bir cholg‘u guruhi tovush hosilqilish xususiyatlariga ko‘ra bir nechita turlarga bo‘linadi. Jumladan:



Download 499 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish