O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi o‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti



Download 499 Kb.
bet10/31
Sana20.03.2022
Hajmi499 Kb.
#503379
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31
Bog'liq
Bekzod Davronov Dissertatsiya (2)

Bulaman, balabon (forschadan Balobam, bolo - baland, bom - past, baland va past registrlarda birdek jaranglovchi diapazoni keng cholg‘u ma’nosida) - surnaydan kichikroq bo‘lgan damli cholg‘u. U qattiq yog‘och tanasidan, ko‘pincha tut va o‘rik yog‘ochidan ishlanadi. Uning tovush hosil qiladigan qismi surnaynikidan farq qiladi. Bulamanda “nay pachoq” o‘rnida sibizg‘asimon til ochilgan qamish bo‘lagidan foydalaniladi. Bulaman tanasi surnaynikiga o‘xshab kengayib borgan. Cholg‘uning tilchasi tanasiga kiritilgan bo‘lib, u ip bilan o‘raladi. Bu til va tana orasidan havo o‘tmasligini ta’minlaydi. Bulamanning ustki qismida 7 ta, ostida esa 1 ta tovush hosil qiluvchi teshiklari mavjud. Uning tovushqatori diatonik bo‘lib ikki oktavadan oshiq (kichik oktava sol dan ikkinchi oktava sol gacha) diapazonni egallaydi. Lab boshqaruvi natijasida xromatik tovushqator hosil qilinadi. Bulaman surnayga nisbatan pastroq, bo‘g‘iqroq tovush hosil qiladi. Bulaman baxshilarning ijodida ko‘p uchraydi, dostonlarni kuylashda keng qo‘llaniladi. U yakka holda ham, cholg‘u ansambllari va qo‘shiq ijrochilariga jo‘r bo‘lishda ham qo‘llaniladi.
O‘rta asrlar miniatyuralarida boshqa cholg‘ular qatorida bo‘lamanning ham tasviri berilganligi haqida adabiyotlarda aytib o‘tilgan. Musiqashunos olim S.Begmatovning ta’kidlashicha, u davrda bo‘laman qo‘shnayga o‘xshab ikkitali, ya’ni juft bo‘lgan. XVIII-XIX asrlarga kelib baxshi kuylarining sur’ati jadallashishi natijasida bo‘lamanda texnik mahoratni oshirish ehtiyoji tug‘ilgan va yakka bo‘laman shaklida (baxshini ikki tomonida bittadan bo‘lamanchi jo‘r bo‘lgan) qo‘llanila boshlangan. Qo‘shbo‘lamonning qadimiy nusxasi taniqli surnaychi Matrasul Matyoqubov kolleksiyasida mavjud. Bo‘laman hozirda Qoraqalpog‘iston va Xorazmdan boshqa hududlarda deyarli uchramaydi. Arman, gruzin, dog‘iston xalq musiqa cholg‘uchiligida ham balabonsimon cholg‘ular mavjud.
1. 3. Torli cholg‘ular
Torli cholg‘ular zarbli va damli cholg‘ulardan so‘ng inson tomonidan yaratilgan musiqa cholg‘ularidir. Torli cholg‘ular ham qadim zamonlardan buyon turli xalqlarda turli ko‘rinishda qo‘llanilib kelinmoqda. Torli cholg‘ularning ovoz hosil qilishi asosida muayyan taranglikdagi torning tebranishi hisobiga hosil bo‘ladigan tovush yotadi. Torlarning yo‘g‘onligi, uzunligi, taranglik darajasi cholg‘uda hosil qilinadigan tovushning kuchi va tembrini belgilaydi.
Tarixiy qo‘lyozmalar, musiqa risolalarida Markaziy Osiyoda mavjud bo‘lgan barcha musiqa cholg‘ularining nomlari, ularning tuzilishi, shakli, nimadan tayorlanishi aytib o‘tilgan. Ularda zarbli, damli cholg‘ular bilan bir qatorda torli cholg‘ular - borbad, ud, rud, qobiz, g‘ijjak, navxa, nuzxa, qonun, chang, rubob, tanbur, dutor haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Al Forobiy, Abdurahmon Jomiy, Amuliy, Darvesh Ali Changiy, Abdurauf Fitrat, Viktor Belyayevlar o‘z risolalarida cholg‘u sozlarning amaliyotdagi o‘rnini, falsafiy mohiyatini yoritganlar, cholg‘ularga tavsif berganlar.
Musiqashunos olimlar manbalarda keltirilgan rivoyatlarga asoslanib birinchi kashf etilgan torli cholg‘u Barbat bo‘lganligini va ilk bor buyuk yunon olimi Fisog‘urs (Pifagor) 1 tomonidan ixtiro etilganligini qayd etadilar. Adabiyotlarda berilgan ma’lumotlar shuni anglatadiki, ilk yaratilgan cholg‘u oddiy va sodda bo‘lgan, qo‘l ostidagi tabiiy xom-ashyolardan yasalgan. Vaqt o‘tishi bilan ajdodlar tomonidan takomillashtirib borilgan. Bu haqda maqomshunos olim shunday yozadi: “Fisog‘ursdan so‘nggi davrlarda yashagan musiqachilar barbatni takomillashtiradilar va uning asosida 2-3-4 torli musiqa cholg‘ulari yasadilar. Barbatni esa manba’larda hamma torli cholg‘ularning yuzaga kelishida asos bo‘lgan, deb ko‘rsatiladi. Uning eng takomillashgan shakli go‘yo ud edi” 1.
Torli cholg‘ularning ilk tuzilishi haqida olim V.Belyayev “Musikalnie instrumenti Uzbekistana” kitobida shunday yozadi: “Oldiniga torli cholg‘ularning shakllari yoysimon bo‘lgan, Ya’ni daraxtli (taxtali) egma tanali (korpusli) bo‘lgan va unga bir va bir nechta torlar tortilgan. Vaqt o‘tishi bilan ushbu taxtali tana to‘g‘rilanib borgan va dasta yoki cholg‘u asbobi dastasi shakliga kelgan. Shu bilan birga dastaga mos rezonator vazifasini bajaradigan kosaxonalar, avvaliga jonzodlardan (toshbaqa, zixr) yoki o‘simlik mevalari (qovoq, kakos yong‘ogi va h.k.) biriktirilgan”.
Torli cholg‘ularning paydo bo‘lishi barbat cholg‘usiga borib taqalsa-da, uning takomillashuvi, rivojlanishi turli xalqlarda turlicha kechgan. Bu ma’lum xalqlarning tafakkuri, madaniyati, ma’naviyati, an’analari bilan bog‘liq bo‘lgan. bularning barchasi yer yuzida rang-barang torli cholg‘ularning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Cholg‘ularning qaysi jihozdan yasalishi, ularning katta-kichikligi, dastasining uzun - qisqaligi, torlari soni, ijro etish turlari (qo‘l, noxun, kamon, tayoqchalar) davr o‘tishi bilan rivojlandi va takomillashdi.
1934 - yilda A.Petrosyans rahbarligida o‘zbek xalq cholg‘ularini takomillashtirish, ularni rekonstruktsiya qilish uchun maxsus tadqiqot laboratoriyasi tashkil etildi. Yog‘ochli damli va torli cholg‘ularning diapazonini kengaytirish, ularning hajmini kattalashtirish yoki aksincha, kichraytirish natijasida cholg‘ular oilalari “yaratildi”. Tajribalar nay, chang, rubob, dutor, g‘ijjak, qo‘biz cholg‘ularida olib borildi. Tajtiba natijasida yaratilgan cholg‘ular oilalari bugungi kunda orkestr va ko‘p ovozli ansambllarda keng foydalanilmoqda.
Ijro etilish imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda torli cholg‘ular to‘rt guruhga bo‘linadi. Bular:
a) chertib (tirnab) chalinadigan cholg‘ular (dutor, do‘mbira va bsh.);
b) mizrobli cholg‘ular (ud, qashqar rubobi, afg‘on rubobi, tanbur, qonun);
c) kamonli cholg‘ular (qo‘biz, g‘ijjak, sato);
d) torli urma cholg‘ular (chang).
Quyida mana shu guruhdagi cholg‘ularga tavsif berib o‘tamiz.



Download 499 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish