3- mavzu: Somoniylar davrida musiqiy madaniyat (IX-X)



Download 15,56 Kb.
Sana14.06.2022
Hajmi15,56 Kb.
#668090
Bog'liq
3-ma'ruza-1


3- mavzu: Somoniylar davrida musiqiy madaniyat (IX-X)

R E J A:


1. Sosoniylar sulolasining hukumdorligi.


2. Turkiston o’lkasi
3. Xisrav Parviz saroyida musiqa san’ati.
4. Arablar O’rta Osiyoda.
5. Ismoil Somoniy davlati.

Tayanch iboralar: Qazilmalardagi musiqiy asboblar. Borbad mashhur san’atkor. Navro’z qo’shiqlari. Maqom yo’llari. Rudakiy mohir ijrochi.


Bizning eramizning IV-asrininig boshlarida O’rta Osiyoda siyosiy-iqtisodiy o’zgarishlar bo’la boshlaydi. Bu o’lkada sosoniylar sulolasi 226-651 yillargacha ya’ni IV asrdan ko’proq hukmuronlik qilgan. Bizning V-asrimizdan boshlab O’rta Osiyoda eftalitlar (Oq gunnaliylar) O’rat Osiyo dashtarida yashovchi vahshiylar qabilalarini bosib oldilar va o’z qaramlarida Kashmir, Ganxara, Sug’d, Buxoro, Qashqar kabi kichik davlatlarni kirgizadilar. Eftalitlar ham O’rta Osiyda VI asrning 60-yillarigacha hukumuronlik qilganlar.


VI-asrning 60 yillaridan boshlab O’rta Osiyo hududiga turklar bostirib kiradilar. Anashu davrdan boshlab eroniylar talaffuzi bilan bu erlar ”Turkiston” ya’ni — ”turklar qarorhogi” deb nom oladi. O’rta Osiyo qaysi bir sulola qaramog’iga o’tmasin xalq san’ati o’z uo’nalishida rivojlanib boraverardi. Bu rivojlanishlar qazilmalarda o’z aksini topgan. Loydan yasalgan har-xil idishlar, o’yinchoqlardagi suratlarda musiqiy asboblarning suratlari chizilgan bo’ib, o’sha davrdagi musiqa san’atining rivoji to’g’risida darak beradi.
III-VII asrlar davomida quldorchilik jamiyatining feodalizm tizimiga o’tmish mobaynida madaniyat va san’atning har tomonlama mavqiyi yuksala boradi. Bu so’zlarni isbotlash uchun biz VII-asrlar boshlarida Sosoniylar avlodining biri bo’lmish, Eron podshosi Xisrav Parviz saroyida butun O’rta Osiyoda mashhur xonanda, sozanda va bastakor Borbad (yoki Faxlpaz) ismli san’atkor to’g’risida juda ham ko’p manbalarda tilga olingan.
SHarq mumtoz musiqasining ildizi uzoq asrlardan boshlangan. Musiqa ilmining zukko bilimdoni yetuk musiqashunos, bastakor, raqqos, sozanda, hofiy va shoir borbad sozini (asbobini) ijrochisi Borbadni o’sha davr tarixi manbalaridan bilib olishimiz mumkin.
Borbad taxminan 589 yili Marvda, Turkmanistonning hozirgi Bayramali hududi yaqinida joylashgan Marv VI-VIII asrlarda ilmg’fan, madaniyat, san’at va adabiyot, hunarmandchilik rivojlangan shahar bo’lgan. O’sha davrda Marvda mo’htasham kutubxona, ilmiy markaz, madrasalar qad ko’targan. Borbad Marvaziy anashu go’zal madaniy markazda Arab va Ajam mamlakatlardagi madarasalarda ta’lim olgan. Zamona hukumdorlari Borbadni o’z saroylariga jalb o’hetmoqchi bo’ladilar. Ammo yosh iqtidorli hofiz Eron shahar shohi Xisrav Parviz saroyida borishga rozilik bildiradi, chunki Xisrav adabiyot va san’atning qadriga yetadigan, ko’plab san’atkorlarda homiylik qilardi. Borbad o’sha saroyda she’riyat va san’at bilan jiddiy shug’ullanadi. Yangi-yangi kuy va qo’shiqlar yaratadi, yosh sozandalarga alohida e’tibor beradi. Borbad bastakor va hofizgina bo’lmay, balki iqtidorli shoir ham edi. Uning aksariat kuylari o’z she’rlari matniga moslab yozilgan. Borbadning “Gulzor”, “Sabz bahor”, “Rohigul”, “Oroishi xurshidi moh”, “Ravshan charoq”, “Polizbon” asarlarida bevosita tabiat go’zalligi aks ettirilgan. Borbadni Arab mamlakatlarida Baxlbad, Borid, Paxlapaz, Faxlpaz taxalluslari bilan tanigan. Uning “Yazdon ofarid”, “Kini Siyovush”, “Bog’i SHahriyor”, “Rohravi shabdiz” singari tarixiy, hayotiy va mavsum, marosim qo’shiqlari shular jumlasiga kiradi. Forobiy, ibn Sino, Abduraxmon Jomiylar musiqaga doir risolalarida Borbadning musiqiy qobiliyatini e’zozlab unga yuqori baho berganlar. Borbad VII asrning o’rtalarida ona shahri Marvda vafot etgan. Barbadning ko’p saroy ijrochilaridan farqi uning chiroyli va yoqimli ovozi, ijrochilik mahorati, bastalangan juda ko’p sermazmun qo’shiqlari bo’lgan. Masalan: ”Ovchilar”, ”Bahor qo’shig’i”, ”Xush qomat”, ”Safsar guli” va boshqalar.
Borbad ja’mi bo’lib 30-ga yaqin musiqali asarlar ijod qilgan. Borbadning ko’zga ko’ringan san’atkorligi to’g’risida Firdavsiyning ”SHohnoma” asarida birnecha baytlar bitilgan. Borbadning kuy va qo’shiqlari jozibali xalq va Vatanni ardoqlaydigan tantanavor ruhda gimnga monand yozilgan.
651 yildan boshlab O’rta Osiyo hududida arablarning hukmuronligi boshlanadi. Arablar eronni bosib olgacha Mavrounnaxrga boshlab yuradilar. Arablar O’rta Osiyoda islom dinini va arab yozuvini xalqlar orasida targ’ibot etganlar. Arablarning mustahkam hukmuronlik qila olishiga O’rta Osiyoda islom dini bilan bir qatorda arab tili ham ommalashib boradi. Arablarga qarshi O’rta Osiyo xalqlari bir necha marta qo’zg’alonlar ko’targanlar. Masalan: ”Oq kiyimlilar” qo’zg’aloni. Bu qo’zg’alon 785 yilda Muqanna boshchiligida bo’lib o’tgan. Yoki Darvishlarning (tarixda bu sufizim deyiladi) islomga qarshi kurashlari so’zimiz isboti bo’la oladi. Arablar hukmironlik qilgan davrlarda san’at, musiqa, qo’shiq, xalq og’zaki ijodiyoti o’z yo’nalishi bilan boraverardi. Xalq og’zaki an’analari orasidagi udumlar, marosimlar bizlargacha yetib kelgan. SHulardan biri ”Navro’z” bayrami alohida e’tiborga loyiqdir. Navro’zga atalgan qo’shiqlar ham paydo bo’la boshlaydi. Misol: ”Navro’zi olam”, ”Navro’zi bayot”, ”Navro’zi sabo” va hokazolar shular jumlasiga kiradi.
IX-X asrlar davomida O’rta Osiyo rivojlangan feodalezim tuzumiga kiradi. Arab xalifalari orasidagi kurashlar natijasida Ismoil Samoniy (874-901) Mavrounnaxr va Xuroson davlatlarini birlashtirib yagona mustahkam Samoniylar davlatini barpo etadi, va ularning markazi Buxoro bo’ladi. O’sha davrdan boshlab tarixda Samoniylar davlati O’rta Osiyo hududida payso bo’ladi va yuz yillar davomida Mavrounnaxrda tinchlik va osoyishtalik hukumronlik qiladi. Qishloq xo’jaligi, qurulishlar, shaharlarning obod bo’lishida, madaniyatiga va savdo tarmoqlariga katta e’tibor beriladi. Masalan: yuqorida aytib o’tilganidek IX asrning mashhur matematika va astranomiya olimi Ahmad Farg’oniy, ko’zga ko’ringan olim, algebra fanining asoschisi Al Xorazmiy, IX asrda SHarqda shuxrat qozongan faylasuf olim Al Farobiylar yashaganlar. Al Farobiy o’sha davrda mashhur musiqa olimi ham edi. Uning musiqiy asrlari, musiqa ixlosmandlariga asosiy dastur sifatida ishlatiladi.
IX-X asrlarda ko’zga ko’ringan allomalardan yana ikki kishini tilga olish zarurdir. Bular O’rta Osiyo fanini rivojlanishida katta o’rin egallaganlar: Al Beruniy va ibn Sino. Ilm fan bilan bir qatorda musiqa san’ati ham rivojlanadi va musiqachilarning maxsus uyushmalari (maktablari) tuziladi. Bu maktabda ustozlar o’z shogirtlariga musiqa san’atining sirlarini o’rgatar edilar.
Samoniylar davlatida musiqachilar maqom yo’llaridagi kuy va qo’shiqlarni ijro yetib, ijrochilar maqom yo’nalishining uzgarishiga ko’ra ular ham almashib turardilar. Masalan: Saharlab quyosh chiqqaniga qadar Rohoviy maqomi ijro qilinar edi, undan keyin Xusayni maqomi, kunning yarmigacha (ya’ni tushgacha) Rost maqomi, keyin kichik (Zarifqand) maqomi, va Kechki vaqtda Zangula, keyin Hijoziy, undan keyin Buzrug, tunning yarmida Navo va sahargacha Isfaxon maqomi ijro etilar edi. SHu tuzulishi yana qaytarilar edi. Maqom ijrochilari uchun maxsus joy (saxna) tuzilar edi.
Ijrochilar maxsus rangli to’nlar kiyar edilar. Al Farobiy o’z musiqa kitobida 12 maqomning kuy va so’zlarini birligi, inson ovozining eng chiroyli va ifodali asbob sifatida ta’riflaydi.
Farobiy o’sha ”Kitob al-musiqiy al-kabir” asarida baland va past ovoz to’g’risida, usullar (ritmlar) to’g’risida bir qancha fikrlarni bayon etgan.
IX-X asrlarda musiqa san’atini rivojlantirish to’g’risida, ko’zga ko’ringan ijrochilar haqida bir qancha ma’lumotlar bizgacha yetib kelgan. SHulardan biri Panjikent o’lkasining ”Panjrud” qishlog’idan ko’zi ojiz Rudakiy haqidagi ma’lumotlarda uning shirali ovozi, mohir ijrochiligi to’g’risida iliq so’zlar yuritilgan.
Rudakiy o’sha davr (IX-X asrlar) musiqa asboblaridan rud va changda mohir sozanda bo’lib xalq marosimlarida, sayillarda, bozorlarda o’z shirali ovozi bilan san’atini namoish etgan. Uning ijrochilik mahorati Samoniylar podshosi Nasr II (914-943) qulog’iga etadi va podshoh Rudakiyni saroyga taklif etadi.
Rudakiy tojik klassik adabiyotining asoschisi bo’lib uning qasidalari, g’azallari, she’rlari mazmunida go’zal manzaralar, shirin hayot nashidalari, chin muxabbat e’zozlanar edi. IX-X asrlar musiqa madaniyatini o’rganar ekanmiz shuni aytish lozimki, bu madaniyat juda salmoqli. CHunki bu madaniyat eng og’ir feodallik jamiyatining vaziyatida yuksalgan. O’sha davr ziyolilari orasida o’zining qobiliyatli san’ati bilan feodalizm mafkuralaridan ustun kelib ko’p omma orasida hurmatga sazovar bo’lgan kishilar yashagan.

Mavzu bo’yicha savollar:


1. Feodallik jamiyati davrida O’rta Osiyo hududida sulolalarning
hukmumdorligi.
2. Borbad ijodiyoti.
3. SHu davrdagi musiqiy olimlar.
4. Katta hajimdagi musiqiy asarlar.

Adabiyotlar.


1. S.M.Veksler. Ocherki istorii uzbekskoy muz’kal’noy kul’turi.
Toshkent 1965.
2. T.S.Vizgo, F.M.Karamatov. Uzbekskaya sovetskaya muz’kal’naya
kul’tura.Tom I, Toshkent 1972.
3. T.E.Solomonova. ”O’zbek musiqasi tarixi”. Toshkent
”O’qituvchi”, 1981.
Download 15,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish