Arablarda yozuvining paydo bo’lishi Kufiy yozuving paydo bo’lishi va qo’llanishi



Download 18,36 Kb.
Sana18.04.2022
Hajmi18,36 Kb.
#561444
Bog'liq
kufiy yozuvi docx


Mavzu :Kufiy yozuvi
Reja

  1. Arablarda yozuvining paydo bo’lishi



  1. Kufiy yozuving paydo bo’lishi va qo’llanishi



  1. Kufiy yozuvning bosha yozuv turlaridan qulayligi

Xulosa


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Tarix ulamolari nazdida qurayshlardan birinchi bo‘lib xat yozishni o‘rgangan va o‘rgatgan kishi Harb bin Umayyadir. O‘sha paytdagi xat turi anboriy-himyoriy deb atalardi. U Hijozda tarqagandan so‘ng, Hijoziy deb atala boshladi. Islom dini kelgan paytda arablar orasida mana shu xat turi qo‘llanilar edi va shu yozuv bilan vahiyni, Abu Bakr sahifalarini, Usmon Musʼhaflarini yozdilar. Usmon Musʼhaflari har xil yordamchi shakl va nuqtalardan xoli yozilgan. Unga juzʼlar, hizblar va boshqa ko‘rsatgichlarning alomatlari qo‘yilmagan. To Kufa yozuvi paydo bo‘lguncha Musʼhaf va boshqa hujjatlar ana shu xatda yozilar edi. Keyinchalik bir guruh xattotlar Kufa yozuvi bilan nusxalar ko‘chira boshladilar. Bu yozuv arab xatining tajvidini va uning yaxshilanishini ko‘zda tutar edi. Bora-bora Kufa ahli yozuvi o‘zining shakli jihatidan hijoziy xatdan qulay ekanligi maʼlum bo‘ldi va kufiy xat deb ataldi. Ana shu vaqtdan eʼtiboran Qurʼon va boshqa yozuv asarlari kufiy xatida bitila boshladi.

O‘sha zamonda bitiklar terilarga kufiy xat bilan yozilar edi. Bundan boshqa turda xat bitishni arablar bilmas edilar. Islomdan keyin eng qadimiy yozuv bo‘lgan bitiklarni ham terilarga yozdilar. Ular matolarga, xususan, bo‘zdan to‘qilgan Misr matosiga, shuningdek taxta, suyak, tosh va sopollarga yozar edilar.

Abbosiylar davriga kelib, qog‘oz deb ataladigan yangi ashyo paydo bo‘ldi. U yuziga mum surtilgan varaqlardan iborat bo‘lib, ko‘rinishidan teriga o‘xshab ketar edi. Qog‘oz yasashni arablar xitoyliklardan olganliklari haqiqatga yaqinroqdir. Chunki xitoylar miloddan oldin ham qog‘oz yasash sohasida mohir bo‘lganlar. Arablar Samarqandni fath qilganlarida bu sinoatni o‘sha yerdan o‘rgandilar, lekin, u Abbosiylar davrining birinchi asridagina keng tarqaldi. Bu paytga kelib terilar kamayib, yozishma va bitiklar uchun yetishmay qolgan edi.(«Qohiradagi Husayn masjidlaridagi Payg‘ambardan qolgan osorlar» kitobi. 126-bet («Muxall Efotur-rasul»).

Arablar ajamlar bilan aralashib, quda-anda bo‘lib, ulardan yangi avlod paydo bo‘lganda, bu avlodning talaffuzida har xil ohanglar vujudga keldi. Bu holat arab tilining buzilishi va Qurʼon qiroatiga putur yetishi xavfini tug‘dirdi. Shuning uchun yozuvda qisqa unlilarni ifodalovchi harakat belgilarini (harakatlarni) ishlab chiqish qatʼiy zaruriyatga aylandi. Natijada, 67-hijriy yilda Iroq voliysi Ziyod ibn Abihi Abul-Asvad Duvaliyga nahv (sintaksis) darsligini ishlab chiqishni buyurdi. Buning uchun Abul-Asvad iʼrob (so‘zlarning jumladagi holatini ifodalash) harakatlarini bildiruvchi nuqtalardan foydalandi. U quyidagicha yo‘l tutdi. Bir kotibni olib kelib, unga: «Agar biror harfdan keyin “a” qisqa unlisini talaffuz qilsam, o‘sha harfning tepasiga nuqta qo‘yasan (fatha), agar “u” qisqa unlisini aytsam, o‘rtasiga (zamma), agar “i” qisqa unlisini qo‘shsam, harfning tagiga nuqta (kasra) qo‘yasan»,− dedi. Bunda nuqtalar matn yozuvi siyohidan boshqacha rangdagi siyohlar bilan yozilar edi. Bu arab yozuvining takomillashtirishdagi birinchi isloh edi. Ikkinchi isloh umaviy xalifalardan Valid bin Abdul-Malik bin Marvon (86-96 h.) davrida, arab tili ona tillari bo‘lmagan ajam qoriylari ko‘payib, noto‘g‘ri talaffuz tufayli odamlarning qiroatni tushunmay qolish hollari ziyodalashganda amalga oshirildi. Ular “jim”, “ho” va “xo”; “yo”, “to” va “so”; “sod” va “zod”; “to” va “zo”; “sin” va “shin” kabi shakli o‘xshash harflarni bir-biridan ajratishda qiynalar edilar.

Ibn Xallikon “At-Tasʼhif” («Noto‘g‘ri talaffuz») kitobida Abu Ahmad al-Askariydan shunday hikoya qiladilar: «Odamlar qirq yildan ziyod, to Abdu-Malik bin Marvon zamonigacha Usmon Musʼhaflarini o‘qishda davom etdilar. Iroqda noto‘g‘ri talaffuz qilish ko‘payib ketgandan keyin, Hajjoj o‘z kotiblarini chaqirib, ularga shakli o‘xshash harflarni bir-biridan ajratish uchun belgilar ishlab chiqishni buyurdi.

Aytishlaricha, Nasr bin Osim bu vazifani o‘z zimmasiga oldi va nuqtalar qo‘yishni odat qildi» ( Marokkoda chiqadigan “Al-Lisonul-arabiy”(«Arab tili») majallasi, 43-bet 6-son 1388 y.h.
U nuqtalarni bitta yoki ikkita qilib, harfning ustiga yo tagiga qo‘ydi. Nuqtalar harf bilan bir xil siyohda yozilar edi, chunki ular harfning bir bo‘lagi, deb sanaladi. Bundan kelib chiqadiki, arablar nuqta va harakat belgilarini hijriy birinchi asrning ikkinchi yarmidan, yaʼni umaviylar zamonida ishlata boshladilar. Abul-Asvad Duvaliy harakat belgilarini va Nasr bin Osim nuqtalarni ixtiro qilmaguncha, ular arab yozuvida mavjud emasdi. Johiliyatdagi yoki hijriy asrning birinchi yarmidagi asarlarda harflar nuqta va harakat belgilari, shuningdek, tovushni qisqa va uzun cho‘zish (madd) alomatlaridan xoli edi. Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam)ning maktublari (ularni yozishda kotiblar o‘zlarining yozuv sanʼati va tajvid bobidagi bor mahoratlarini ishga solar edilar, chunki ular Payg‘ambar (alayhissalom)dan podshohlarga, amiru umarolarga yuborilgan bo‘lib, o‘z vazifasini to‘la ado etishi uchun xati aniq va harflarning shakli to‘liq bo‘lishi kerak edi) ham nuqta va belgilarsiz edi. Usmon Musʼhaflarida ham ular yo‘q (“Muxallafotur-rasul” 124-bet).

Uch harakat belgilari (iʼjom)ni esa Abbosiylar davrining boshlarida yashagan arab tili fanining ustozlaridan biri Xalil Ahmad Farohidiy (vafoti 170 h./786 m.y.) yo‘lga qo‘ydi.

Bayhaqiy “Shuʼabul-iymon”da yozishlaricha, Usmon Musʼhaflari keyinchalik tilshunos (nahviy)lar tomonidan ishlab chiqilgan imlo qoidalaridan farq qiladigan o‘ziga xos shaklda yozilgan. Bu farq olti joyda namoyon bo‘ladi: hazf (yozuvda biror narsani tushirib qoldirish), ziyoda (qo‘shimcha), hamza (arab tilida o‘ziga xos tovushni ifodalovchi belgi), ibdol (bir harfni yoki so‘zni ikkinchisi bilan almashtirish), vasl (birini ikkinchisiga qo‘shib o‘qish), fasl (birini ikkinchisidan bo‘lib o‘qish) belgilari va ikki xil o‘qilishi mumkin bo‘lgan joylar. Isloh natijasida bir xil qoidaga muvofiq yozuv paydo bo‘ldi. Natijada Qurʼonning xati muqoyasa qilinmaydigan, o‘zgartirilmaydigan, ixtilof qilinmaydigan va unga qatʼiy amal etiladigan yozuvga aylandi. Bu qoidalarni bilish Qurʼonga taalluqli ilmlarning biridir.

Arab yozuvi – yozuv turi. Gʻarbiy Osiyo, Shimoliy Afrika mamlakatlarida qoʻllaniladi. Oʻngdan chapga tomon yoziladi va oʻqiladi. Arabistonda mil. 4-asrgacha amalda boʻlgan oromiy yozuvi asosida paydo boʻlgan. Hozirgi Arab alifbosida 28 ta harf va 12 ta yordamchi belgi bor. Arab alifbosining oddingi shakli kufiy yozuv deb atalgan. Frot daryosi yoqasida joylashgan Kufa shahri olimlarining bitiklari bunga asos boʻlgan. Arab alifbosida 12 ta yordamchi belgining kashf etilishi, harflarni birbiridan farq qildiruvchi nuqtalarning qoʻllanishi, ularning miqdori va joy-lashuvi, ya’ni ustki yoki ostki nuqtalar boʻlishining tayin etilishi bevosita Qur’oni Karim bilan bogʻliq. Islomshunos olimlarning guvohlik berishicha, islom yuzaga kelib tarqalgunicha arablarda qoʻllanilgan yozuv hijoziy deb atalgan, uni qurayshiylardan Harb ibn Umayya oʻrgangan va oʻrgatgan. Bu ham aslida anboriy-himyoriy yozuv turi boʻlib, Hijozda tapqalgan Qur’oni Karim ilk oyatlari shu yozuvda bitilgan. Abu Bakr sahifalari, Usmon mushaflari turli yordamchi shakl va nuqtalardan xoli yozilgan, unga juz’lar, hiztlar va boshqa koʻrsatkichlar alomati qoʻyilmagan. Qur’oni Karim va boshqa yozma asarlar kufiy yozuvda ham bitila boshlandi. Chunki bu yozuv oldingisiga qaraganda mukammal edi.Islomning Ajam mamlakatlariga ham yoyilishi yozuvda qisqa unlilarning boʻlishini zaruratga aylantirdi. Natijada mil. 688- yilda Iroq voliysi Ziyod ibn Abihi Abul Asvad Duvaliyga nahv 585(sintaksis) darsligi yaratishni buyurdi. U qisqa unlilarni (a, i, u) harf ustiga, ichiga va ostiga nuqta qoʻyish bilan belgiladi. Ikkinchi isloh umaviy xalifalardan Valid ibn Abdul Malik Marvon davrida amalga oshirildi.Ibn Xallikon "At-tashif" ("Notoʻgʻri talaffuz") kitobida shunday yozadi: odamlar qirq yildan ziyod, to Abdul Malik ibn Marvon zamonigacha Usmon mushaflarini oʻqishda davom etdilar. Iroqda notoʻgʻri talaffuz qilish kuchayib ketgandan soʻng, Hajjoj oʻz kotiblariga shakli oʻxshash harflarni bir-biridan ajratish uchun belgilar tayin qilishni buyurdi. Nasr ibn Osim bu vazifani oʻz zimmasiga oldi. Natijada, arablar hijriy 1-asr 2-yarmidan, ya’ni umaviylar davrida nuqta va harakat belgilarini qoʻllay boshladilar. Abul Asvad Duvaliy harakat belgilarini va Nasr ibn Osim nuqtalarni joriy etishdi.Shunday qilib, hozirgi Arab alifbosining ilk koʻrinishi kufiy deb atalgan.18 shakldagi hozirgi Arab alifbosi ustki va ostki nuqtalar va ularning soni bilan farq qiluvchi 28 harfdan iborat.



Kufiy — xattotlik uslubi; qadimgi arab yozuvlaridan. Harflar toʻgʻri va doira chiziqlar asosida yoziladi. 7-asrda Yaʼrab ibn Qahton tomonidan (taxminan Kufa shahrida) ixtiro qilingan, 7—10-asrlarda keng qoʻllanilgan. Kufiy yozuvda 22 ta harf boʻlib, abjad tartibida joylashtirilgan. Unli tovushlar turli ranglardagi belgilar bilan ifodalangan. Diakritik belgilar ixtiro qilingach (8-asr), harflar soni 28 taga yetkazilgan. Kufiy yozuvning eng qadimgi namunalaridan biri Oʻzbekiston musulmonlari diniy idorasida saqlavayotgan, teriga yozilgan Usmon Qurʼonidir. Qoʻlyozma kitob yozishda asta-sekin Kufiy yozuv oʻrnini vasx xati egalladi. Kufiy yozuvdan, asosan, meʼmorlik (mas, Samarqanddagi Amir Temur, Qozizoda Rumiy maqbaralari kitobalari), amaliy bezak sanʼati, tangalarda, qoʻlyozma kitob sarlavhalari va kitobalarni yozishda foydalanilgan.
Diakritik belgilar (yun. diakritikos — farqlovchi, farqlashga xizmat qiluvchi) — satrlar ustiga yoki ostiga, kamdan-kam hollarda ichiga qoʻyiladigan, harflarga asoslangan yozuvlarda ishlatiladigan belgilar. Diakritik belgilar ayrim belgi — harf mohiyatini oʻzgartirish yoki uni aniklashga xizmat qiladi. Diakritik belgilar ning quyidagi turlari farqlanadi: a) harfga yangicha funksiya yuklaydigan belgilar (mas, oʻzbek kirill alifbosidagi — y, yo, gʻ, q, va b., oʻzbek lotin alifbosidagi —o’ (oʻ), Ya(q) va b.); b) tovushning variantlarini ifodalovchi belgilar (mas, frans. yo, yo, yo, bular yana maʼno farqlash xususiyatiga ham ega). Ayrim diakritik belgilar harfni ajratib oʻqishlikni koʻrsatadi (mas, frans.— I). Prosodik Diakritik belgilar harf ifodalovchi tovushning choʻziq yoki qisqaligini, urgʻu va uning turlarini, tonni bildiradi (mas, Vyetnam tilida, xitoy tili uchun lotin grafikasi asosidagi baʼzi loyihalarda). Diakritik belgilar baʼzi transkripsiyalar tizimida va xalqaro alifbolar loyihalarida katta ahamiyatga ega. Ayni bir xil Diakritik belgilar turli milliy yozuvlarda turlicha funksiyani bajaradi. Diakritik belgilar eng koʻp uchraydigan tillar — fransuz, polyak, chex, portugal, lotin, litva tillaridir. Turkiy tillarda, xususan, oʻzbek tilida ham D. b. mavjud. Diakritik belgilar arab yo’zuvipa ham keng qoʻllanadi, bularning ahamiyati ayniqsa turli arab va b. musulmon mamlakatlarda Qurʼoni Karimni tilovat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi, yaʼni bir xil oʻqilishini taʼminlaydi. Araf alifbosi asosidagi boshqa xalqlar yozuvlari ham bundan mustasno emas (mas, fors, urdu va b. tillarda). Diakritik belgilar hind yozuv tizimlarida ham uchraydi, bularda dimoqda hosil boʻladigan undoshlarni farqlaydi, shuningdek, choʻziqlik va qisqalikni koʻrsatadi (mas, "i" va "ji). Baʼzi olimlar som (arab, yahudiy) tillarida ham D. b. mavjud deb taʼkidlaydilar, bunda unli tovushlar undoshlar ostiga nukta va chiziqcha qoʻyish bilan anglashiladi.

Kufiy - xattotlik uslubi; qad. arab yozuvlaridan. Harflar togri va doyra chiziklar asosida yoziladi. 7-asrda Yarab ibn Qahton tomonidan ixtiro qilingan, 7 - 10-asrlarda keng qollanilgan. K.da 22 ta harf bolib, abjad tartibida joylashtirilgan. Unli tovushlar turli ranglardagi belgilar bilan ifodalangan. Diakritik belgilar ixtiro qilingach, harflar soni 28 taga yetkazilgan. K.ning eng qad. namunalaridan biri Ozbekiston musulmonlari diniy idorasida saqlavayotgan, teriga yozilgan Usmon Quronidir. Qolyozma kitob yozishda asta-sekin K. ornini vasx xati egalladi. K.dan, asosan, memorlik, amaliy bezak sanati, tangalarda, qolyozma kitob sarlavhalari va kitobalarni yozishda foydalanilgan.
Download 18,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish