O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi o‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti



Download 499 Kb.
bet18/31
Sana20.03.2022
Hajmi499 Kb.
#503379
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31
Bog'liq
Bekzod Davronov Dissertatsiya (2)

Yaponlarda ham udsimon cholg‘u mavjud bo‘lib, u “biva” deb ataladi. IX-X asrlarda Yapon imperatorlariga sovg‘a qilingan buyumlar orasida ud cholg‘usi ham bo‘lgan. Markaziy Osiyodan keltirilgan ud cholg‘usining deka qismiga ikkita cholg‘uchi tasvirlangan. Biri mizrob bilan ud chalayotgan holda tasvirlangan, ikkinchisi tik holda ushlangan cholg‘uni kamon bilan ijro etayotgan ko‘rinishda ifodalangan. Ikkinchi sozandaning surati tiniq bo‘lmaganligi uchun uning cholg‘usi yoki ikki torli kamon bilan chalinadigan rubob, yoki qo‘biz cholg‘usi bo‘lishi mumkin. Bivaning ikkita turi mavjud bo‘lib, gakubiva va gogenbiva deb nomlanadi. Noksimon shaklga ega bo‘lgan bu cholg‘u boshi katta, dastasi qisqa shaklda bo‘ladi. To‘rtta ipak torlardan iborat. Keyinchalik bivaning tikudzenbiva ko‘rinishi paydo bo‘lgan.


Ud Armaniston, Ozarbayjon, Eron, Turkiyada ham keng tarqalgan. Ud cholg‘usi dunyoda kash etilgan barcha torli tirnama, chertma va kamonli cholg‘ularning “otasi” hisoblanadi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu cholg‘uning tuzilishini o‘zgartirish, rang-barang tovush xuxusiyatlarini kashf etish, diapazoniga yangicha yondashish, ijro etish texnikasini boyitish yo‘lida asrlar davomida izlanishlar olib borildi. Bining natijasida ud cholg‘usi negizida turli davlatlar va xalqlarda o‘z xalqi madaniyatiga xos va mos cholg‘ular yaratildi.
Tarixiy manbalarda ud yevropa lyutnasining avlodi ekanligi, bu cholg‘u yevropaga arablarning Ispaniyani bosib olishi vaqtida olib kelinganligi aytib o‘tiladi1. Lyutna zarang, olcha, qora daraxt, palisandrdan yasaladi. U ud singari 11 ta torga ega bo‘lib oldingi davrlarda mizrov yordamida chalingan. XV asrning oxirlariga kelib polifonik musiqani ijro etish uchun barmoqlar bilan ijro etish texnikasi yo‘lga qo‘yilgan. Uyg‘onish davrining oxirlariga kelib lyutna torlari o‘n juftlikkacha oshdi. Barokko davrida esa 14 tagacha (ba’zi hollarda 19 tagacha) juft torli lyutnalar yasaldi. Keyinchalik takomillashgan 25-30 torli lyutnalar cholg‘u tuzilishining o‘zgarishini talab etdi.
XVI asrda Italiyada kashf etilgan Mandolina cholg‘usi udsimon cholg‘ular turiga kiradi. Bu cholg‘u to‘tr yoki besh juftli metal simlardan iborat bo‘lib ular mediator yordamida chalinadi. Mandolinaning metal torlari qisqa tovush chiqarishi sababli tovushlarning uzunroq yangrashi uchun bitta notani tezlik bilan bir necha marotaba chalishga kerak.
Ispaniyada bandura cholg‘usi ham mavjud bo‘lib, u mandolinaga o‘xshaydi. U beshta juft torlardan iborat bo‘lib, tremolo chalish orqali tovush chiqariladi. Ilk ko‘rinishlarida kosaxonasi dumaloq ko‘rinishga ega bo‘lgan. XVIII asrdan yassi ko‘rinishni kasb etgan. Zamonaviy bandurriya 6 juft torga ega.
Ispaniya vatani hisoblangan gitara cholg‘usining yaratilishida ham ud cholg‘usi asos bo‘lib xizmat qilganligi tarixiy manbalarda e’tirof etilgan. Rivoyatlarga ko‘ra, gitarani o‘sha paytlarda Ispaniyada yashagan ud cholg‘usi sozandasi, ud chalishdan dars bergan fors musiqachisi Ziryob kashf qilgan ekan. gitaraning birinchi ko‘rinishlarida beshta juft (ba’zan beshinchi tor bitta bo‘lgan) torlardan iborat bo‘lgan.
Ispan gitarasining yanada takomillashgan va o‘zgargan, o‘ziga xos tovush rezonatoriga ega cholg‘u bu banjodir. Banjo doiraga o‘xshash kosaxona va uzun dastaga ega bo‘lib, 4 tadan 9 tagacha torlari bo‘ladi. Ko‘rinishi jihatdan mandolinaga o‘xshaydi. Bu cholg‘u haqida 1784 yilda birinchilardan bo‘lib Tomas Jeferson ma’lumot bergan.
Ud cholg‘usi asosida kashf etilgan cholg‘ulardan biri buzukidir. U Gretsiya, Isroil, Irlandiyada (bu yerda “Zuk” deb nomlanadi) keng tarqalgan. Turkiyada bu cholg‘uning qisman o‘zgartirilgan ko‘rinishi mavjud. An’anaviy buzuki do‘mbirasimon ko‘rinishga ega bo‘lib, 4 ta qo‘shaloq mis simlarga ega. Irlandcha buzukining orqa tomoni tekis bo‘lib, u gitaraga o‘xshab ketadi. Turkcha va grekcha bog‘lama cholg‘usini ham shu cholg‘u oilasiga kiritish mumkin. Faqat bog‘lamada uchta juft torlar bo‘ladi. U tut, yong‘oq daraxtlaridan yasaladi. Bu cholg‘ular chertib chalinadi.
Markaziy Osiyoda keng tarqalgan do‘mbira cholg‘usi boshqa xalqlarda ham uchraydi. Rus domrasi va balalayka (XVII asrning oxirida keng tarqalgan) cholg‘usi o‘zbek va qozoq do‘mbiralarining “qarindoshi”dir. Markaziy Osiyo do‘mbiralaridan farqli o‘laroq, rus domrasi va balalayka uch tordan (har xil qalinlikdagi mis simlardan) iborat. Domra zarang (klyen) daraxtidan, balalaika esa qoraqayin va archa daraxtidan yasaladi. Balalayka uchburchak ko‘rinishidagi kosaxonasiga va uzunchoq dastasiga ega. Boshqirdiston do‘mbrasi ham uch torli bo‘lib, dastasining nisbatan kichikroq ekanligi bilan farqlanadi. Do‘mbiraning ovozi mayin va past yangraydi, shuning uchun ko‘p hollarda kichik doirada, oilaviy bazmlarda chalinadi.
Dog‘iston xalqida do‘mbirasimon cholg‘u bu - tamur (pandur) dir. U asosan yong‘oq yoki jo‘ka (lipa) daraxtidan yaxlit kesib olingan bo‘lagidan yasaladi. Unga yosh echki ichaklaridan, ba’zida ot yolidan qilingan torlar tortiladi. Cholg‘uning uzunligi bir metrdan oshmaydi.

Download 499 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish