O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi o‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti



Download 499 Kb.
bet9/31
Sana20.03.2022
Hajmi499 Kb.
#503379
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
Bog'liq
Bekzod Davronov Dissertatsiya (2)

Qo‘shnay – qadimiy cholg‘ulardan hisoblanadi. Bu cholg‘u haqida Forobiy o‘z risolasida ma’lumot bergan bo‘lib, uni dibay (balki aslida dumay, ya’ni ikki nay) deb ataydi1. Fitrat qo‘shnayga “cholg‘ularning ibtidoiysi, … juda yoniq bir tovushi bor”2 deb ta’rif beradi.
Qo‘shnay sibizg‘aning takomillashgan avlodidir. U sibizg‘aning 2 donasining qo‘shilishi natijasida vujudga kelgan cholg‘u hisoblanadi. Qo‘shnay cholg‘usining tarixi adabiyotlarda yoritilmagan. Bunga asosiy sabab bu cholg‘uning xalq orasida qo‘llanilganida, saroy musiqa ijrochiligida esa foydalanilmaganligida deb bilamiz.
Qo‘shnay g‘arov qamishdan yasalib, 220 – 250 mm. uzunlikka ega. Unda bir xil o‘lchamdagi va bir xil yo‘g‘onlikdagi ikkita qamish bo‘laklarida sibizg‘adagi singari tillar ochiladi. Tilchalar yuqoriga va pastga (sozlash uchun) suriladigan qilib ip bilan boylanadi. Qo‘shnayda kerakli tovushlarni hosil qilish uchun har ikkala bo‘lakda bir xil masofada 7 (ba’zan 8) donadan teshiklar ochiladi. U ikki oktavaga yaqin (birinchi oktava re dan ikkinchi oktava si (uchinchi oktava do)gacha) diatonik tovushqatorga ega. Unda tovushlarni ko‘tarish yoki tushirish nafas kuchini orttirish yoki kamaytirish orqali amalga oshiriladi. Qo‘shnayning tovushi kuchli, mungli ohangga ega. Asosan yakka, ansambl va o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestrida qo‘llaniladi. Qo‘shnay Xorazmda, Toshkent va Farg‘onada keng qo‘llaniladi. Uning sadolanishida “g‘izillash”ga o‘xshagan tebranish seziladi. Qo‘shnaysimon cholg‘ular hindlarda, moldavan va ruminlarda, gollandlarda, arablarda va boshqa xalqlarda uchraydi.
Arablarda maqruna (arabchasiga maqru – qo‘sh, na – nay) va «arg‘uul» deb nomlanuvchi qo‘shnaysimon cholg‘ular keng qo‘llaniladi.
Surnay - (forscha Sur – to‘y, bayram, nay - qamish, to‘yda chalinadugan nay degan ma’noni bildiradi) qadimiy tarixga ega bo‘lib, bu haqdagi ma’lumotlar miloddan oldingi qal’alar devorlaridagi tasvirlar va o‘rta asr miniatyuralarida aks etgan1. Surnay haqidagi (ilk) yozma ma’lumotlar Ibn Sino kitobida berilgan.
Bu cholg‘u azaldan tantanalarda, to‘ylarda, sayillarda, bayramlarda asosiy cholg‘u sifatida doyra, nog‘ora, karnay cholg‘ulari bilan birgalikda ishlatiladi. Surnayning tovushi juda kuchli bo‘lganligi sababli undan asosan ochiq maydonlarda foydalaniladi. Buyuk sarkarda, sohibqiron Amir Temur va temuriylar davrida ham surnay cholg‘usi keng tarqalgan. Amir Temur harbiy yurishlarida, bosib olgan hududlar ustidan qozongan g‘alabalarini karnay-surnay-nog‘oralarning jarangdor va baland tovushlari orqali chor atrofga e’lon qiligan. O‘.Toshmatov surnay cholg‘usining qo‘llanilishi haqida batavsil ma’lumot berar ekan, uni qo‘llash doirasini shartli ravishda quyidagi yo‘nalishlarga ajratadi:
1. Surnay maqom yo‘llari va maqomlarga yaqin bo‘lgan yirik shakldagi kuylar. Masalan, Xorazmda shu yo‘nalishdagi Nadramiddin, To‘rg‘ay, Sho ko‘chdi, Xon chiqar va boshqa surnay yo‘llari mavjud.
2. Raqs kuylari.
3. Dorboz yo‘llari.
4. Masxaraboz yo‘llari.
5. To‘y marosim yo‘llari2.

Surnay, odatda, tut, yong‘oq yoki o‘rik yog‘ochidan yasaladi.U 450-500 mm. uzunlikda bo‘lib, kengayib boruvchi quvur shakliga ega. Surnay bir nechta qismlardan tashkil topgan. Bular: tana, bachka, miyl, miyl cho‘p, sadaf, naypachoq (Xorazmda dudik)dir. Surnay tanasida 8 ta havo chiqaruvchi teshigi mavjud bo‘lib, bulardan yettitasi yuza tarafda, bittasi esa orqa tomonda joylashgan. Bachka – (tojikcha “bacha”, ya’ni bola so‘zidan olingan) asosiy tananing ichidagi kichik tanachani anglatadi. Bachkaning vazifasi surnayni sozlash bo‘lib, cholg‘uning puflanadigan tomonidan tanasiga kiritiladi va mahkamlanadi. Bachka ishlanadigan yog‘och surnay tanasining yog‘ochidan farq qiladi. Tana tutdan yasalsa, bachka o‘rik yog‘ochidan yasaladi yoki aksincha. Bachkaning ichki qismi konussimon shaklda bo‘lib, bu unga kiritiladigan miyl mustahkam joylashishi uchun zarurdir. Miyl-moyil (mos, moslashish so‘zidan olingan) surnayning ma’lum qismlarini moslash uchun xizmat qiladi. Miylning uzunligi 82-85 mm.ni tashkil etib, ko‘pincha kumush, jez va shunga o‘xshash yumshoq, yupqa, tunukasimon metaldan yasaladi. Naypachoq (trost) - surnayda tovush tebranishini hosil qiluvchi asosiy qism bo‘lib, u bir yillik qamishning qovjiragan qismidan tayyorlanadi. Qishda qor ostida yumshab, saratonda qovjirab pishgan qamishning yerdan bir qarich balandlikdagi qismi naypachoq yasash uchun yaraydi. Naypachoqning yo‘g‘onligi ijrochining nafas quvvatiga qarab tanlanadi. Ivitilib, ichi yaxshilab tozalangan qamish miyl cho‘piga kiydiriladi va ip bilan bog‘lab qo‘yiladi. Naypachoq kerakli shaklni olgandan so‘ng miyl cho‘pidan chiqarib olinadi va quritiladi. Surnay bir yarim, ikki oktava hajmidagi diapazon va diatonik tovushqatorga ega.


O‘zbekistonda ikki xil surnay turi mavjud. Farg‘ona-Toshkent surnayi menzurasi kengroq bo‘lganligi sababli tovushi mayin va nolali, Xorazm surnayining menzurasi torroq bo‘lib, tovushi keskin va chiyildoqdir. Ikkala surnay ham bir xil tovush ko‘lamiga ega. Ular birinchi oktava do diyez dan ikkinchi oktava si (uchinchi oktava do) tovushigacha bo‘ldan diapazonni o‘z ichiga oladi. Surnayning tovushi keskin va juda o‘tkirdir. Unda tovush hosil qilish uzluksiz nafas bilan ijro qilish mahoratini talab qiladi. Uzluksiz nafas turi O‘zbekiston surnaychilarida qaytarma nafas yoki Xorazmda dam aylantirish deyiladi va hozirgi davrda ham qo‘llaniladi1.
Xudoybergan Qurbon o‘g‘li, Matniyoz ota, Quryoz ota, Qodir Bobojonov, Fayzullo Matchonov Matrasul Matyoqubov va boshqalar el orasida tanilgan ustoz sozandalardan hisoblanadilar.
Karnay (forscha - qarn – shox, най – hayvon shoxidan yasalgan nay ma’nosini bildiradi) – damli musiqiy cholg‘ularning eng katta va eng kuchli tovush tembriga ega bo‘lgan turi. Karnay hajmi katta bo‘lganligi sababli og‘ir bo‘lmasligi uchun yupqa mis tunukadan yasaladi. Uning uzunligi 3 metrgacha boradi. U alohida 3 ta bo‘lakni bir–biriga kiydirish orqali yig‘iladigan ko‘rinishda tayyorlanadi. Karnayning asosiy quvuri ichidan 97-100 sm. keladigan va kengayib (5mm dan 36 mm gacha) boradigan ingichka yordamchi quvur o‘tkazilgan. U xalq tilida nil deb ataladi va 37 mm keladigan karnay munshtugiga ulanadi. Karnayning tovushi juda kuchli bo‘lib, ijro paytida karnaychi karnay og‘zini har tomonga yo‘naltirgan holda (barchaga eshitilsin uchun) chaladi. Uning diapazoni bir oktavadan oshmaydi.
Karnayda ovoz chiqarish usuli, qo‘llanilish sharoiti uning ilk avlodlari hayvonlarning shoxlaridan yasalganligini taxmin qilishga asos yaratadi. Karnay, surnay, nog‘ora va doyra tarkibidagi damli va urma cholg‘ular guruhi qadimdan shakllangan. Karnayning topilgan qoldiqlari eramizdan oldingi uchinchi ming yilliklarga borib taqaladi. Xorazmda topilgan mis laganlarda Siyovushning qal’adan chiqayotgani, uning ikki tomonida karnaysimon cholg‘ularning tasviri berilganligi S.Saidiyning “Markaziy Osiyo madaniyatida urma cholg‘ular” kitobida aytib o‘tiladi. Misdan yasalgan qoranay – hozirgi karnay cholg‘usi qadimgi turk hoqonligida – Sosoniylar davrida mashhur bo‘lgan. Karnay cholg‘usi haqidagi ma’lumotlar tarixiy adabiyotlarda, jumladan Amir Temur davri madaniyatini yorituvchi adabiyotlarda boshqa cholg‘ular qatorida berilgan, XV-XVII - asrlarda kitoblarga chizilgan miniatyuralarda aks ettirilgan. Miniatyuralarda karnayning ikki xili, ya’ni, to‘g‘ri va tirsaki turlari ov va jang jarayonlarida tasvirlangan. O‘Toshmatov,S.Turatov “Ko‘hna cholg‘ular ijrochili” kitobida milliy cholg‘ularning tarixi haqida, kapelmeyster Avgust Eyxgornning cholg‘ular kolleksiyasi haqida so‘z yuritar ekan, mazkur kollektsiyada ham karnayning ikki xil – to‘gri quvurli va tirsaki ko‘rinishlari namoyish etilganligini aytib o‘tadi. Shu bilan bir qatorda tadqiqotchilarning XIX asrning oxirlarida tirsakli karnaylar iste’moldan chiqib ketganligi, XX asrning boshlarigacha Buxoro amirligida maxsus marosimlardagina ishlatilganligi haqidagi fikrlarini aytib o‘tadi.
Karnay to‘y, sayil va bayramlarda surnay, nog‘ora va doyra bilan birgalikda ochiq joylarda ijro etiladi. Qadimda karnaylardan harbiy yurishlarda ham keng foydalanilgan. Karnay xalq cholg‘u ansambllarida ishlatilmaydi, xalq cholg‘ulari orkestrida ham muayyan asarning kerakli joylarida epizodik bo‘laklar ijrosi uchun foydalaniladi. Buxoro va Samarqandda kuyov bazmi azaldan keng udum bo‘lgan. Unda karnay-surnay va zarbli cholg‘ular ostida kuyov kelin uyiga olib boriladi. Hozirda bu an’ana ko‘pgina viloyatlarda o‘tkazilishi rusumga aylangan.

Download 499 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish