O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi darslik


Masalani jinoyat-protsessual qonunchilik asosida tahlil qiling. Surishtiruvchining harakatlari qonuniyligiga baho bering



Download 1,8 Mb.
bet116/171
Sana23.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#577655
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   171
Bog'liq
№3. Jinoyat-protsessual huquqi

Masalani jinoyat-protsessual qonunchilik asosida tahlil qiling. Surishtiruvchining harakatlari qonuniyligiga baho bering.

XXI BOB. SURISHTIRUV VA DASTLABKI TERGOV ORGANLARI, SHUNINGDEK TERGOVGA QADAR TEKSHIRUVNI AMALGA OSHIRUVCHI ORGANLARNING QONUNLARNING IJRO ETISHI USTIDAN NAZORAT


(Muallif – yuridik fanlar doktori, professor B.Pulatov)


Annotatsiya: mazkur mavzuni oʻquvchilar tomonidan oʻrganilishi surishtiruv va dastlabki tergov organlari, shuningdek tergovga qadar tekshiruvni yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiradigan organlar tomonidan qonunlarni ijro etilishi ustidan prokuror nazorati va uni amalga oshirishda prokuror vakolatlarini anglash imkonini beradi.


21.1. Surishtiruv va dastlabki tergov organlari, shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan prokuror nazorati va uni amalga oshirishda prokuror vakolatlari


Qonun talabiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysinuvchi prokurorlar surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlari hamda tergovga qadar tekshiruv va tezkor-qidiruv faoliyati jarayonlarida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.


Ushbu sohadagi prokuror nazoratining maqsadi:
– hech bir jinoyat fosh etilmasdan qolmasligi va jinoyat sodir etgan har bir shaxs qonunda belgilangan javobgarlikdan qutilib qolasligi;
– jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan fuqaroni ushlash qonunda belgilangan tartib va asoslarga binoan amalga oshirilishi;
– hech kim qonunsiz va asossiz jinoiy javobgarlikka tortilmasligi yoki boshqa huquqlarni qonunsiz cheklashga yoʻl qoʻyilmasligi;
– hech kim sud qaroriga asoslanmay hibsga olinmasligi yoki qamoqda saqlanmasligi;
– qonun bilan belgilangan jinoyat ishi qoʻzgʻatish va uni tergov qilish tartibi, surishtiruv, dastlabki tergov muddatlariga, jinoyat sudlov ish yurituvi ishtirokchilari va boshqa fuqarolarning huquqlariga rioya etilishi;
– jinoyatlarni tergov qilish jarayonida ishdagi barcha holatlar har tomonlama, toʻla va xolisona koʻrib chiqilishi, ayblanuvchini ham fosh qiladigan ham oqlaydigan, shuningdek uning javobgarligini ham yengillashtiradigan, ham ogʻirlashtiradigan holatlar aniqlanishini talab qiluvchi qoidalarga rioya qilinishi;
– jinoyat sabablari va ularnining sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan choralar aniqlanishidan iborat.
Asosiy vazifasi qonun ustivorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilishdan iborat.
Prokurorning jinoyat-protsessual qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda surishtiruv va dastlabki tergov organlariga hamda tergovga qadar tekshiruvni yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga tergovga qadar tekshirish oʻtkazish, jinoyat ishlarni qoʻzgʻatish va tergov qilish bilan bogʻliq boʻlgan koʻrsatmalari ana shu organlar uchun majburiy hisoblanadi (JPKning 382-m.).



Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish