O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi darslik


Koʻp voqeali jinoyat ishlari boʻyicha prokurorning vakolatlari



Download 1,8 Mb.
bet117/171
Sana23.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#577655
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   171
Bog'liq
№3. Jinoyat-protsessual huquqi

21.2. Koʻp voqeali jinoyat ishlari boʻyicha prokurorning vakolatlari


Bir jinoyat ishida bir qancha jinoiy qilmishlar va bir necha shaxslarga nisbatan tergov yuritilishi mumkin. Lekin tekshirilayotgan jinoiy qilmishlar yagona yoʻnalishda boʻlmagan yoxud ish boʻyicha barcha ayblanuvchilar birgalikda jinoiy aloqada boʻlib jinoyat sodir etmagan holda ularni bir jinoyat ishiga birlashtirib tergov yuritish zarur emas. Bu xil ishlar har bir jinoiy qilmish boʻyicha yoxud har bir ayblanuvchiga nisbatan alohida ish yurituviga ajratilmogʻi darkor (JPK 332-m.). Ba’zi qilmishlarga yoxud ayrim ayblanuvchilarga tegishli ishdagi materiallarni alohida ajratib tergov yuritish toʻgʻrisida tergovchi, surishtiruvchi – qaror, sud – ajrim chiqaradi.




21.3. Ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi bilan kelgan jinoyat ishi yuzasidan prokuror hal etishi lozim boʻlgan masalalar


Prokuror yoki uning oʻrinbosari tergovchi tomonidan tuzilgan ayblov xulosasini yoki qarorini, surishtiruvchi tomonidan tuzilgan ayblov dalolatnomasini yoki qarorini tasdiqlaydi va ishni sudga yuboradi yoki JPKning 385-moddasida belgilangan qarorlardan birini qabul qiladi. Prokurorning jinoyat ishi bilan tanishish vaqti qonunda koʻpi bilan besh sutka muddat bilan chegaralangan.


Prokuror ayblov xulosasini yoki ayblov dalolatnomasini tasdiqlash jarayonida ayblov bilan bogʻliq masalalar bilan birga, jinoyatning sabablari va uni sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar aniqlangan-aniqlanmaganligini hamda ularga barham berish choralari koʻrilgan-koʻrilmaganligini ham tekshiradi. Bu ma’lumotlarning toʻliq emasligi yoki ular yetarli darajada asoslanmaganligi aniqlansa prokuror bunday ishni oʻz koʻrsatmalari bilan tergovga qaytaradi.


21.4. Ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi bilan kelgan jinoyat ishi yuzasidan prokuror qarori. Ehtiyot chorasi toʻgʻrisidagi qaror


Ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi bilan kelgan ishni prokuror yoki uning oʻrinbosari koʻrib chiqib ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi bilan kelishgan taqdirda, uni tasdiqlab ishni sudga yuborishi, asoslar mavjud boʻlsa oʻz qarori bilan ish yuritishni toʻxtatishi, tugatishi yoki qoʻshimcha tergov oʻtkazishga qaytarishi lozim. Bunday qarorlar, agar jinoyat ishini sudda mazmunan koʻrilishiga ta’sir qilmasa, ayrim ayblanuvchilarga nisbatan ham chiqarilishi mumkin.


Ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi bilan kelgan jinoyat ishini oʻrganish jarayonida ayblanuvchining harakatlari e’lon qilingan amnistiya akti doirasiga tushishi munosabati bilan prokuror amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi.


Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish