O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi darslik



Download 1,8 Mb.
bet120/171
Sana23.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#577655
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   171
Bog'liq
№3. Jinoyat-protsessual huquqi

22.2. Sudlovga tegishlilikning turlari


Sudlovga tegishlilikning turdosh yoki predmetli, shaxsiga koʻra, hududiy va mustasno tegishlilik kabi turlari mavjud.





Turdosh yoki predmetli sudlovga tegishlilik deb ishning turi yoki xarakteriga qarab har xil turdagi sudlarga jinoyat ishlarining tegishli boʻlishi tushuniladi.

Bu sudlovga tegishlilikni belgilashda jinoyat ishining turi, jinoyatning predmeti nimadan iborat boʻlishi va jinoyat subyekti kimlar boʻlishiga ham e’tibor qaratiladi. Turdosh sudlovga tegishlilik boʻyicha yagona sud tizimidagi turli sudlar oʻrtasidagi vakolatga ajratiladi.


Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy Sudi, viloyatlar, Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha sudlariga tegishli ishlar oʻz mazmuniga koʻra bir xil boʻlib, jinoyat-protsessual qonuni bilan alohida belgilanadi, xususan, jinoyat-protsessual kodeksining 389-moddasi 2-qismida ularning sudloviga tegishli jinoyat ishlari aniq belgilangan. Unga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy Sudi, viloyatlar va Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha sudining sudloviga Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 97-moddasi ikkinchi qismi, 118-moddasi toʻrtinchi qismi, 150, 153, 155, 157, 158-moddalari, 159-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlari, 160, 161-moddalari, 210-moddasining uchinchi qismi, 230, 231, 242, 244-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar tegishlidir.
Shaxsiga koʻra sudlovga tegishlilik qonunda qatʻiy belgilangan holatlarda koʻzda tutilgan. Masalan, barcha sud sudyalari va xalq maslahatchilariga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi sudloviga tegishlidir. Bunday holatlarda shaxsiga koʻra tegishlilik sudyalar daxlsizligining alohida kafolatlari bilan bogʻliq boʻlib, odil sudlovni amalga oshirishda sudyaning professional faoliyatining oʻziga xos jihatlarini inobatga olish va sudlanuvchiga nisbatan turar joyi boʻyicha hududda uning ishi koʻrilishida biryoqlamalikka yoʻl qoʻyish ehtimollarini oldini olish imkonini beradi.



Qonun jinoyat ishining hududiy jihatdan sudlovga tegishliligini ham belgilab, uning muayyan hudud sudida koʻrilishini nazarda tutadi. Hududiy jihatdan sudlovga tegishlilik jinoyat ishlarining hududiy belgisiga koʻra jinoyatning qayerda sodir boʻlganiga qarab belgilanadi. Masalan, jinoyat ishi qaysi hududda sodir etilgan boʻlsa, shu hududda faoliyat yuritayotgan sudning sudloviga tegishli boʻladi.







Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish