O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi darslik


Surishtiruvni ayblov dalolatnomasi bilan tamomlash va jinoyat ishi materiallari bilan tanishib chiqish huquqini ta’minlash



Download 1,8 Mb.
bet115/171
Sana23.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#577655
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   171
Bog'liq
№3. Jinoyat-protsessual huquqi

20.6. Surishtiruvni ayblov dalolatnomasi bilan tamomlash va jinoyat ishi materiallari bilan tanishib chiqish huquqini ta’minlash


Surishtiruvchi toʻplangan dalillarni ishni sudga oʻtkazish uchun yetarli deb topsa, ayblov dalolatnomasi tuzadi.


Ayblov dalolatnomasi soddalashtirilgan shaklda tuziladi va surishtiruvda aniqlangan holatlar, ayblanuvchining shaxsi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar, e’lon qilingan ayblovning mazmuni, shuningdek surishtiruv davomida aniqlangan va ushbu jinoyat ishi uchun ahamiyatli boʻlgan boshqa ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi. Ayblov dalolatnomasining namunaviy shakli Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tasdiqlanadi.
Ayblov dalolatnomasiga sud majlisiga chaqirilishi lozim boʻlgan shaxslarning yashash joyi koʻrsatilgan roʻyxati, shuningdek gumon qilinuvchi va ayblanuvchiga nisbatan qancha vaqt qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tariqasidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilganligi, ashyoviy dalillar, hukmning fuqaroviy da’vo va boshqa mulkiy undirishlar boʻyicha qismi ijrosini ta’minlash choralari, sud chiqimlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar ilova qilinadi.

Mavzu boʻyicha xulosalar


Surishtiruv jinoyat ishini tergov qilishning alohida shakli boʻlib, surishtiruvchilar, alohida holatlarda prokuror va tergovchilar tomonidan JPKning 3812-moddasida koʻrsatilgan jinoyatlar boʻyicha olib boriladi. Uning muddati ikki oy boʻlib, prokuror tomonidan yirigma kunga uzaytirilishi mumkin. Surishtiruvni tamomlash turlaridan biri, bu ayblov dalolatnomasi tuzish hisoblanadi, u surishtiruvchi tomonidan surishtiruv boʻlinmasi boshligʻi bilan kelishilgan holda imzolanib, prokurorga tasdiqlash uchun yuboriladi.


Muammoli savollar va kazuslar


1. Surishtiruv shaklida jinoyat ishini tergov qilishda tergovga tegishlilik masalalarini yoritib bering.
2. Surishtiruvning boshlanishi, muddatlari va uni toʻxtatish tartibini yoriting.
3. Surishtiruvni tamomlash turlarini bayon qiling, jinoyat ishini tugatish asoslari va tartibini izohlang.
4. Ayblov dalolatnomasi bilan surishtiruvni tamomlash hamda jinoyat ishi materiallari bilan tanishib chiqish huquqini ta’minlash tartibini tushuntiring.


Kazus
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan koʻp miqdorda bosh tortish jinoyati boʻyicha ayblanuvchi tariqasida ishga jalb qilingan Muxtorovga nisbatan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti surishtiruvchisi Avazov tomonidan tergov olib borilayotganda uning qarori bilan taftish tayinlanib, taftish dalolatnomasiga koʻra bu jinoyat aslida juda koʻp miqdorda sodir etilganligi aniqlandi.
Shundan soʻng surishtiruvchi Avazov jinoyat ishi boʻyicha Muxtorovga JKning 184-moddasi 3-qismi bilan ayblovni toʻldirish haqida qaror qabul qilib, unga nisabatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnoma kiritish haqida prokurorga taqdimnoma yubordi.

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish