O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi darslik



Download 1,8 Mb.
bet112/171
Sana23.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#577655
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   171
Bog'liq
№3. Jinoyat-protsessual huquqi

Muammoli savollar va kazuslar


1. Dastlabki tergovni tamomlanishi, uning turlari, yakunlanishi va asoslarini taʻriflab bering.
2. Gumon qilinuvchi va ayblanuvchi shaxslarning aybsiz deb topilishi va reabilitatsiya etilishi tartibi va ayblilik toʻgʻrisidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishini tugatish asoslarini tahlil qilib bering.
3. Jinoyat ishi tamomlangandan soʻng jinoyat protsessining manfaatdor taraflarining huquq va majburiyalarini ta’riflab bering.


Kazus
Badanga qasddan ogʻir jarohat yetkazish jinoyatini sodir qilishda ayblangan S.Umarov dastlabki tergov jarayonida oʻtkazilgan sud-psixiatriya ekspertizasi xulosasiga koʻra gʻayrihuquqiy qilmishni sodir etgan paytda oʻz harakatlarini idrok eta olmagan va idora qilish layoqatida boʻlmaganligi, majburiy davolash zarurligi aniqlangan.
Dastlabki tergovni tamomlashning qaysi turi boʻyicha jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida qaror chiqarilishi lozim?


XX BOB. SURISHTIRUVNING UMUMIY SHARTLARI


(Muallif – D.Kenjaboyev)


Annotatsiya: mazkur mavzuni oʻzlashtirish orqali oʻquvchilar surishtiruv tushunchasi, uning umumiy shartlari va oʻziga xosligi, oʻtkazish tartibi va vakolatli shaxslar, surishtiruvning tergovga tegishliligi, surishtiruvning boshlanishi va muddatlari, surishtiruvni toʻxtatish va tamomlash tartibini oʻrganadilar.


20.1. Surishtiruv tushunchasi va uni oʻtkazish shartlari



Surishtiruv – jinoyat ishini tergov qilishning shakli boʻlib, JPKning 3812-moddasi birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyat ishlari boʻyicha oʻtkaziladi.

Surishtiruv ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan va tergov olib borish murakkab boʻlmagan jinoyat ishlari boʻyicha oʻtkaziladi va jinoyat ishini tergov qilib sudga oshirishning tezlashtirilgan va soddalashtirilgan shakli hisoblanadi.


Jinoyat ishlari boʻyicha surishtiruv oʻtkazishning oʻziga xos muayyan shartlari boʻlib, ularni ikkiga ajratish mumkin: moddiy-huquqiy va protsessual.
1. Surishtiruvning moddiy-huquqiy shartlariga koʻra u faqatgina ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyatlar boʻyicha, ya’ni JPKning 3812-moddasida koʻrsatilgan jinoyat ishlari boʻyichagina olib borilishi mumkin.
2. Jinoyat ishini surishtiruv shaklida tergov qilishning protsessual shartlariga koʻra jinoyat ishini tergov qilish murakkab boʻlmasligi lozim. Jinoyat-protsessual huquqi nazariyasida jinoyat ishini tergov qilish quyidagi hollarda murakkab deb hisoblanmaydi, ya’ni:
– jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish vaqtidayoq ayblilik masalasi toʻgʻrisida yetarlicha isbot va dalillarning mavjud boʻlishi;
– gumon qilinuvchi shaxsning aniq va tergovda hozir boʻlishi (shaxsning protsessual harakatlarda ishtirok etishdan va tayinlanishi mumkin boʻlgan jazoni oʻtashdan bosh tortmasligi);
– gumon qilinuvchining mazkur jinoyat ishi boʻyicha tergovning dastlabki tergov shaklida olib borilishini talab qiladigan maxsus huquqiy maqomdagi shaxs boʻlmasligi (masalan, oʻta xavfli retsidivist boʻlmasligi) yoki jinoyat ishining alohida ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlmasligi.



Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish