Tishlar. Tishlar og'iz bo'shlig'idagi ovqatni maydalash, ezishda katta ahamiyatga ega. Ular orqali va pastki jag'larning alьveola o'siqlaridagi maxsus kataklarda joylashadi. Odamda asosan 32 ta tish bo'ladi. Har qaysi tish og'iz bo'shlig'iga chiqib turadigan tish koronkasidan, bo'yin va tish kataklarida o'rnashadigan tish ildizidan iborat. Tish asosan dentin moddasidan tuzilgan. Dentin ustidai koronka qismida emalь, ildiz qismida tsement qoplab olgan. Dentin ichida tish eti (pulьpa) bilan to'la tish bo'shlig'i bor. Pulьpadan tishlarga nerv qon tomirlari keladi. Tishlar shakli va funktsiyasiga qarab bir necha xil bo'ladi: ko'krak tishlar, qoziq tishlar, kichik jag' va katta jag' tishlar. Kurak tishlar ovqatni kesib olishga, qoziq tishlar burdalashga, kichik jag' tishlar maydalashga va katta jag' tishlar ovqatni ezishga yordam beradi. Har xil tishlar sonini va joylashgan o'rnini tish formulasida aniq kurishimiz mumkin. Katta odamlar tishining formulasi kuyidagicha: Demak, odamda 8 ta kurak tish, 4 ta koziq tish, 8 ta kichik jag' tish va 12 ta katta jag' tish bor ekan.
Qizilungach. Qizilungach (oesophagus) uzunligi 23- 25 sm li nay bo'lib, ovqat luqmasining og'iz bo'shlig'idan me’daga qarab siljishiga yordam beradi. Bolalarda qizilungach kalta bo'ladi. Masalan, yangi tug'ilgan chaqaloqlarda uning uzunligi 10 sm, bir yoshda 12sm, 2 yoshda 14 sm, 5 yoshda 16 sm, 10 yoshda 18 sm, 15 yoshda 19 sm va faqat 18 yoshda 25 sm chamasida bo'ladi. Kattalarda kurak tishlardan boshlab to qizilungachning me’daga kirish joyigacha bo'lgan masofa 4-42sm keladi. Me’da shirasini tekshirish yoki me’dani yuvish uchun zond qo'llanilganda albatta qizilungachning uzunligini hisobga olish zarur. Qizilungachning uchta toraygan joyi bo'lib, bularning biri-qizilungachning boshlanish qismida, ikkinchisi aorta bilan taqalgan joyda va uchinchisi me’daga kirish qismida.
Me’da yoki oshqozon (ventriculus yoki gaster)kovak organ bo'lib, qorin bo'shlig'ining yuqori qismida joylashgan. Me’da hazm kanalining eng keng bo'lagidir. Me’daning ko'p qismi tananing o'rta chizig'idan chapda, oz qismi o'ngda joylashgan. Me’daning kattaligi va shakli uning ovqat va gazlar bilan to'lishiga, devoridagi muskullar tonusiga, odamning yoshiga qarab har xil bo'ladi. Tuzilishga qarab, me’da bir necha qismga bo'linadi: qizilo'ngachning me’daga kiradigan joyi kirish yoki kardiya qismi deyiladi. Yuqoridagi turtib chiqqan qismi me’daning tubi yoki fundus deb ataladi. Me’daning o'nikki barmoq ichakka o'tadigan joyi chiqish yoki pilorus qismi deyiladi. Kirish qismi va tubi bilan chiqish qismi o'rtasida me’daning tanasi joylashgan. Katta odamlar me’dasining hajmi deyarli 2l. Ko'p suyuqlik ichganda me’da hajmi 5-10 litrgacha oshishi mumkin. Me’dada kirish va chiqish teshiklari, oldingi va orqa yuza hamda ikkita egrilik bor. Me’daning yuqori tomonidagi egrilik kichik egrilik, pastki tomonidagi egrilik katta egshrilik deyiladi. Kichik egrilik jigar tomonga- o'ngga qarab, katta egrilik chapga va pastga qarab yo'nalgan. Qizilo'ngachdan me’daga o'tgan ovqat me’daning tubi va tanasida bir qancha vaqt ushlanib, mexanik va kimyoviy o'zgarishlarga uchraydi. Me’daning pilorus qismiga o'tgan ovqat to'xtalmasdan o'nikki barmoq ichakka tomon siljiydi.
Me’da devori uch qavat-shiliq parda va shiliq parda ostidagi qavat, o'rta qavat-muskul qatlami va tashqi qavat- seroz pardadan iborat. Shiliq parda tsilindrsimon epiteliy bilan qoplangan va burma-burma bo'lib yig'ilgan. Bu pardada me’da shirasi ishlab chiqadigan juda ko'p naysimon bezlar bor. Ular asosiy va qoplovchi hujayralardan tuzilgan bo'lib, asosiy hujayralar shira tarkibidagi fermentlarni, qoplovchi hujayralar xlorid kislota ishlab chiqaradi. Me’da tubidagi bezlarda aytib o'tilgan hujayralardan tashqari, qo'shimcha hujayralar ham uchraydi. Ular shiliq modda ishlab chiqaradi. Me’daning pilorus qismidagi bezlarda qoplovchi hujayralar bo'lmaydi. Shu sababli pilorus qismidagi xlorid kislota ishlanib chiqmaydi. Me’daning muskul qatlami yaxshi rivojlangan bo'lib, uch qavat (tashqi, o'rta va ichki qavat) silliq muskul tolalaridan tuzilgan. Muskul tolalari har tomonga qarab yo'nalgan. Masalan, tashqi qavat tolalari uzunasiga, o'rta qavat tolalari xalqasimon (tsirkulyar), ichki qavat tolalalri pilorik jom (qisqich) hosil qiladi. Muskullar qisqarib, jom qisilishi natijasida me’dadan chiqish teshigi yopiladi. Pilorik jom ro'parasida shiliq parda burma hosil qiladi. Bu burma pilorus qopqog'i deb ataladi.
Me’daning tashqi qavati-seroz parda qorin pardasidan iborat bo'lib,me’dani har tomondan o'rab turadi. Me’daning kichik va katta egriligi ro'parasida seroz parda oldingi va orqa devorlardan boshqa organlarga o'tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |