Ovqat hazm qilish sistema, ovqat xazm qilish kanali



Download 30,77 Kb.
bet3/7
Sana12.03.2022
Hajmi30,77 Kb.
#492272
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ovqat hazm qilish sistema

Ingichka ichak (intestinum tenue)ovqat hazm qilish kanalining eng uzun qismi bo'lib, uzunligi 5-6m. Ingichka ichakda ovqat hazm bo'lishi deyarli tugab, oziq moddalar qon va limfaga so'rilib. Shu barmoq ichak, ochichak va yonbosh ichakka bo'linadi. O'nikki barmoq ichak kalta (27-30sm) bo'lib, me’daning pilorus qismidan boshlanadi va taqa shaklida me’da osti bezining boshi bilan tanasining tanasining bir qismini o'rab turadi. O'nikki barmoq ichakka jigar va me’da osti bezi yo'llari ochiladi. Bu yo'llar birlashib, umumiy teshik yordamida o'nikki barmoq ichakning shiliq qavatidagi so'rg'ichga quyiladi. O'nikki barmoq ichakdan keyin ochichak boshlanadi. Ochichak ingichka ichak uzunligining 25 qismini tashkil etadi. Ochichak yonbosh ichakka o'tadi. Bu ichak uzunligi ingichka ichak uzunligining 35 qismiga teng.
Ingichka ichak devori ichki-shiliq parda, shiliq parda ostidagi qavat, muskul qavati va tashqi-seroz pardadan iborat. Shiliq parda yuzasida bo'yi 1 mm gacha boradigan juda ko'p vorsinkalar (tukchalar) bor. Vorsinkalar ichakning umumiy sathini oshiradi. Ular oziq moddalarning so'rilishiga yordam beradigan tsilindrsimon ichak epiteliysihujayralari bilan qoplangan. Bu hujayralar orasida qadahsimon hujayralar joylashgan. Vorsinkalarda mayda arteriyalar, venalar, limfa tomirlari, silliq muskul va nerv tolallari bor. Vorsinkalar orqali oziq moddalar qon va limfaga so'riladi. Vorsinkalar orasida juda ko'p oddiy naysimon Liberkyun bezlari bor. Bu bezlarda ichak shirasi ishlanib chiqadi. O'nikki barmoq ichakdagi bezlar boshqa bezlardan farq qiladi va Brunner bezlari deb ataladi. Bundan tashqari, ingichka ichak shiliq pardasida limfa tugunlari joylashgan. Bu tugunlardagi limfotsitlar ichakka kirgan mikroblarni hazm qilib, yo'qotib yuboradi. Ichakning ba’zi qismlarida tugunlar to'plam hosil qiladi, bu to'plamlar Peyer blyashkalari deb ataladi.
Ingichka ichak muskul qavatining ichki tomonida halqasimon muskullar, tashqi tomonida uzunasiga ketgan muskullar bo'ladi.
Ingichka ichakning tashqi qavati-seroz parda ichak tutqichini hosil qiladi. Undan ichakka qon va limfa tomirlari, nervlar keladi. Ichak tutqichi ichakni burmalarga burib, ichak qovuzloqlarini hosil qiladi va umurtqa pog'onasiga birikib, ichakni muayyan o'rinda tutib turadi.
Yo'g'on ichak. Yonbosh ichak yo'g'on ichakka o'tadi, bu yerda shiliq pardadan iborat maxsus qopqoq bo'lib, uning tuzilishi va joylashishi ingichka ichakdagi ovqat qoldig'ining yo'g'on ichakka o'tishiga imkon beradi, yo'g'on ichakdan ingichka ichakka qarab teskari harakat qilishiga yo'l qo'ymaydi. Yo'g'on ichak unchalik uzun emas (1,5 - 2 sm) chunki yo'g'on ichakka kelguncha oziq yuddalarning ko'p qismi parchalanib qon va limfaga so'riladi, yo'g'on ichakda faqat o'simlik kletkachasi parchalanadi. Yo'g'on ichak uch qismga bo'linadi: ko'richak, chambar ichak va to'g'ri ichakka bo'linadi. Qorin bo'shlig'ining pastki o'ng tomonida, ingichka ichakning yo'g'on ichakka o'tadigan joyida ko'richak joylashgan. Ko'richakdan chuvalchangsimon o'simta (appendix vermiformis) chiqadi. Bu o'simta asosan o'ng yonbosh chuqurchasida yotadi (uzunligi 3-15 sm, diametri 3,5 mm). Chambar ichak - ingichka ichak qovuzloqlarini o'ng, yuqori va chap tomondan o'rab turadi. Shu sababli chambar ichak ko'tariluvchi, ko'ndalang va tushuvchi qismlarga bo'linadi.
To'g'ri ichak - yo'g'on ichakning oxirgi qismi bo'lib, uzunligi 14-13 sm. To'g'ri ichak kichik chanoqda joylashadi va orqa chiqaruv teshigi (anal teshik) bilan tugaydi. Me’da osti bezi- me’daning orqasida qorin bo'shlig'ining orqa devorida joylashadi. Uning og'irligi 70-80g bo'lib, uzunligi 22 sm yetadi. Uning boshchasi, tanasi va dumi bor bo'lib, moddasi asosan ikki xil bez hujayralaridan iboratdir. Ularning qo'p qismi o'nikki barmoq ichakka quyiladigan hazm shirasi ishlab chiqaradi, ikkinchi xil hujayralar esa insulin va glyukagon gormonlarini ishlab, qonga o'tkazadi. Me’da osti bezi yirik hazm bezi bo'lishi bilan birga ichki sekretsiya bezi hamdir.

Download 30,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish