Ovqat hazm qilish sistema, ovqat xazm qilish kanali



Download 30,77 Kb.
bet5/7
Sana12.03.2022
Hajmi30,77 Kb.
#492272
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ovqat hazm qilish sistema

O't - pufagi. O't - pufagi jigarning pastki qismida joylashadi. Uning tanasi, tubi va bo'yni bo'ladi. O't pufagining tubi oldinga qaragan bo'lib, jigar ostidan ozgina ko'rinib turadi.
Pufak bo'yni torayib, pufak nayini hosil qiladi. Yuqorida aytilganidek, o't pufagi nayi jigarning umumiy yo'li bilan birikib, o't yo'lini hosil qiladi va bu yo'l o'n ikki barmoq ichakka ochiladi. Qorin pardasi - yupqa seroz parda bo'lib, biriktiruvchi to'qima va uning ustidagi bir qavatli yassi epiteliydan tuzilgan.
Qorin pardasi ikkita: ichki va tashqi varaqlardan iborat. Qorin pardasida juda ko'p qon va limfa tomirlari, nervlar bor. Me’da, ingichka ichak va ko'ndalang chambar ichak qorin pardasi bilan har tomonlama o'ralgan.
Hazm organlarining boshqa qismlarini qorin pardasi bir tomondangina o'rab turadi. Qorin pardasi ichki organlarni, o'zaro yoki umurtqa pog'onasi va biriktiradigan boylamlar, ichak tutkichlar va charvi hosil qiladi. Qorin pardasi yallig'langanda, varaqlar orasida ko'p suv yig'iladi. Bu yallig'lanish peritonit deb ataladi.
2.Ovqat hazm qilish organlaridagi hazm qilish jarayoni.
Ovqat hazm qilish og'iz bo'shlig'idan boshlanadi. Ovqat og'iz bo'shlig'iga tushgach, tilustidagi ta’m bilish so'rg'ichlari yordamida uning mazasi aniqlanadi. Shundan keyin ovqat yo og'izdan yoki og'iz bo'shlig'ida hazm bo'la boshlaydi. Og'iz bo'shlig'ida ovqat mexanik va kimyoviy o'zgarishlarga uchraydi.
Mexanik o'zgarishlar deganda, ovqatning chaynalishi, maydalinishi va ezilishi ko'zda tutiladi. Ovqatni chaynashda jag'lar, tishlar va til yordam beradi, shuningdek, chaynash muskullari ishtirok etadi. Ular qisqarganda pastki jag' harakatga keladi. Ovqat hazmqilishda uni chaynash katta rolь o'ynaydi.
Ovqat qancha yaxshi chaynalsa, shuncha yaxshi hazm bo'ladi. Mexanik o'zgarishlardan (chaynash, maydalash, ezishdan) tashqari, og'iz bo'shlig'ida ovqat so'lak bilan aralashadi va xo'llanadi. So'lak quloq oldi, jag' osti va til osti so'lak bezlarida ishlanib, og'iz bo'shlig'iga quyiladi va ovqatning kimyoviy o'zgarishiga yordam
beradi. Bu uchala bezda ishlanib chiqadigan so'lak har xil. Masalan, quloq oldi bezlarida suyuq seroz so'lak ishlanadi, uning tarkibidan mutsin bo'maydi. Til osti bezi mutsinga boy, quyuq, shilishiq so'lak ishlab chiqaradi, jag' osti bezlarida aralash so'lak ishlanadi.
So'lak rangsiz, cho'ziluvchan tiniq suyuqlik bo'lib, tarkibida 98,5 -% suv, 1-1,5 % organik va anorganik moddalar bo'ladi. Uning tarkibida organik moddalardan mutsin va kraxmalga ta’sir etadigan fermentlar bor. Mutsin oqsilli shilishiq modda bo'lib, so'lakning quyuq yoki suyuq bo'lishi ana shu mutsinga bog'liq. Mutsin chaynalgan ovqatni bir-biriga yopishtirib, ovqat luqmasini hosil qiladi va uning yutilishiga yordam beradi. So'lak tarkibida ptialin va malьtaza fermentlari bor. Ptialin ovqat tarkibidagi kraxmalga ta’sir etib, uni disaxaridlarga parchalaydi. Malьtaza esa disaxaridlarni monosaxarid yoki glyukozagacha parchalaydi. Og'iz bo'shlig'ida ovqat juda oz vaqt (15-18 sekund) turadi. Shuning uchun uning tarkibidagi kraxmalning hammasi glyukozaga parchalinb ulgurmaydi. Parchalanish, me’dada ham davom etadi. So'lak tarkibida anorganik moddlardan xlor,fosfor, kaliy va kalьtsiy tuzlari bo'ladi. So'lakning tarkibi va miqdori ovqatning sifati va turiga qarab o'zgaradi. O'rta hisobda bir sutkada odamda 600- 800 ml so'lak ishlanib chiqadi. Bu protsess nerv sistemasi tomonidan boshqariladi. Og'izga to'shgan ovqat tildagi markazga intiluvchi nerv uchlarini ta’sirlaydi. Buning natijasida paydo bo'lgan ko'zg'alish nerv orqali uzunchoq miyada joylashgan so'lak markaziga boradi. Undan markazdan qochuvchi nervlar yordamida bezlariga keladi va bezlar so'lak ishlab chiqara boshlaydi. Bunga siz refleks yo'li bilan so'lak ajratish deymiz. So'lak og'izga ovqat olgandagina emas, balki ovqatni ko'rganda, hidini sezganda, ovqat to'g'risida so'zlashganda va o'ylaganda ham ishlanib chiqadi. Bunga shartli refleks yo'li bilan so'lak ajratish deymiz. Bu refleks shartsiz refleks asosida hosil bo'ladi, bunda katta yarim shartlar po'stlog'i ishtirok etadi.
Og'iz bo'shlig'ida chaynalgan, maydalangan va so'lak bilan aralashgan luqmasi yutiladi. Yutish murakkav refleks protsessi bo'lib, bunda og'iz bo'shlig'i, til, halqum va qizilungach muskullari ishtirok etadi. Ovqat luqmasi og'iz va halqum bo'shlig'idagi retsentorlarga ta’sir etadi. Bu ta’sirot markaziy, nerv sistemasidagi yutish markaziga borib, undan qochuvchi nervlar orqali yumshoq tanglay, til va halqum ullariga keladi. Natijada yumshoq tanglay ko'tarilib, burun yo'lini til ko'tarilishi sababli hiqildoq qopqog'i nafas yo'lini berkitadi. Halqum devoridagi muskullar qisqarishi tufayli qizilungach og'iz bo'shlig'iga yaqinlashadi va ovqat luqmasi yutiladi. Halqum va qizilungach ovqat hazm qilishda qatnashmaydi, faqat ovqat luqmasini me’daga qarab suradi. Shu sababli og'izda boshlangan ovqat hazm qilish protsessi me’dada davom etadi.

Download 30,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish