Ovqat hazm qilish sistema, ovqat xazm qilish kanali


Ingichka ichakda ovqat hazm bo'lishi



Download 30,77 Kb.
bet7/7
Sana12.03.2022
Hajmi30,77 Kb.
#492272
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ovqat hazm qilish sistema

Ingichka ichakda ovqat hazm bo'lishi.Ovqat hazm bo'lishi ingichka ichakda davom etadi. Bu ichakda ovqat tarkibidagi oziq moddalar o't-safro, ichak va me’da osti bezi shirasi ta’sirida parchalanib, qon bilan limfaga so'riladigan holatga keladi.
Bunga ichak devoridagi muskullarning peristalьtik, ya’ni chuvalchangsimon qisqarishi yordam beradi. Peristalьtik harakatda ichakning bir bo'lagidagi xalqasimon muskullar qisqarib, undan pastdagi bo'lagi kengayadi. Birin - ketin bo'ladigan bunday qisqarishlar butun ichak bo'ylab o'tadigan to'lqin hosil qiladi va ovqat bo'tqasini yo'g'on ichakka suradi. Ichakda mayatniksimon harakat ham yuz beradi. Bu harakat ichak devoridagi uzunasiga va xalqasimon joylashgan muskullarning qisqarishidan hosil bo'ladi.
Mayatniksimon harakat natijasida ovqat bo'tqasi ayrim bo'laklarga bo'linadi. Bu harakat ovqatning yaxshiroq hazm bo'lishi va so'rilishiga yordam beradi.
Yo'g'on ichakda ovqat hazm bo'lishi.Ovqatning deyarli hammasi ingichka ichakda hazm bo'lib, qon va limfaga so'riladi. Yo'g'on ichakda esa suv so'rilib, ovqatning hazm bo'lmay qolgan qismidan axlat hosil bo'ladi. Ko'p miqdordagi bakteriyalar yo'g'on ichakda achish va chirish reaktsiyasiga vujudga keltiradi. Bu reaktsiyalar natijasida hosil bo'lgan oddiy moddalar qonga so'riladi. Uglevodlarning achishi va oqsillar chirishi vaqtida har - xil gazlar organizm uchun zaharli moddalar: indol, fenol, skatol va boshqalar ajraladi. Bu zaharli moddalar qon bilan jigarga borib u yerda zaharsiz moddaga aylanadi. Yo'g'on ichakda suv so'rilishi sababli ovqat bo'tqasi quyuqlashib, qattiqroq bo'lib qoladi, keyin axlat shakliga kiradi. Yo'g'on ichakda ham ingichka ichakdagi kabi peristalьtik va mayatniksimon harakatlar bo'ladi. Lekin yo'g'on ichak ingichka ichakka nisbatan juda sekin harakatlanadi. Shuning uchun yo'g'on ichakda ovqat qoldiqlari uzoq vaqt turib qoladi. Masalan, ovqat ingichka ichakdan 2-3 soatda o'tsa, yo'g'on ichakdan o'tishi uchun 15-17 soat vaqt ketadi.
Yoshga qarab ovqat hazm qilish organlarining o'zgarishi. Bola tug'ilgandan keyin birinchi oylarda so'lak bezlari juda kam so'lak ishlab chiqarganligidan og'iz bo'shlig'i quruq bo'ladi va tez jarohatlanadi. Bolalarning qizilungachi kalta, me’dasi kichik bo'ladi. Shu sababdan bunday bolalar tez-tez ovqatlinishi kerak. 3 yoshgacha bo'lgan bolalarning oshqozon shirasida xlorid kislota nisbatan kam bo'ladi.
Yosh bolalarda ingichka ichakning shiliq pardasidan oxirigacha parchalanmagan, oksidlar, har-xil toksinlar so'riladi. Jigarning bar’erlik funktsiyasi yaxshi rivojlanmaganligidan zararli moddalarni butunlay tutib qololmaydi. Shuning uchun bunday moddalar qonga o'tib, nerv sistemasi va boshqa organlarni zararlaydi.
Adabiyotlar:
1. Axmedov SH.M. b Eshonqulov A.E. , Bekmuhamedov A.A. Odam anatomiyasi va fiziologiyasi. -T.: Uzinkomtsentr, 2002, 136-157 bet.
2. Xudayberdiev R.E., Axmedov N.K. ,Zohidov X.Z. Odam anatomiyasi. -T.: Abu Ali ibn Sino nomidagi nashiryot, 1993, 221-283 bet.
Download 30,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish