Ovqat hazm qilish bezlari. Jigar - hazm bezlarining eng yirigi bo'lib, organizm uchun juda katta ahamiyatga ega. Jigarda ovqatni hazm qilishga yordam beradigan-safro ajralib chiqadi. U ayniqsa yog'lar parchalanib, limfaga so'rilishi uchun zarur. Qon bilan jigarga kelgan glyukozaning ortiqcha qismidan jigarda glyukogen (hayvon shakari) hosil bo'ladi. Glikogen jigar hujayralaridan yig'ilib, qonda glyukoza kamaygan vaqtda qonga chiqadi. Bundan tashqari, ovqat hazm qilish natijasida me’da va ichaklarda hosil bo'lgan zararli moddalar qon bilan jigarga kelib, unda zararsiz modda- mochevinaga aylanadi. Shunday qilib, jigar qonni zararli moddalardan tozalaydi. Shu bilan bir qatorda jigarda oqsil va yog'lardan uglevodlar, organizmda yog' yetishmaganda uglevodlardan yog'lar hosil bo'ladi. Qon ivishida katta ahamiyatga ega bo'lgan fibrinogen bilan protrombin ham jigarda sintezlanadi. Bu murakkab oqsillar jigarga asosan qon bilan kelgan aminokislotalardan sintezlanadi.
Jigar organizmni zararli moddalardan, mikroblardan va ularning toksinlaridan himoya qiladi. Organizm uchun zararli bo'lgan simob, ko'rg'oshin va mis jigarda oqsil moddalar bilan birikib, hazmdan chiqarib tashlanadi. Strixnin va veronalga o'xshash dori preparatlari jigarda o'zining zaharli xususiyatlarini yo'qotadi.
Jigar qorin bo'shlig'ining yuqori, difragma ostida joylashadi, jigarning ko'proq qismi o'ng qovurg'alar ostida, kamroq qismi gavdaning o'rta chizig'idan chap tomonda bo'ladi. Jigarning og'irligi deyarli 1,5 kg ga teng. Uning yuqoridagi qavariq tomoni diafragmaga tegib turadi. Pastki tomoni ancha yassi bo'lib, uncha ichki organlar taqalib joylashadi. Jigarning ichki organlarga qaragan tomonida uchta egat bor. Bularning ikkitasi uzunasiga, bittasi ko'ndalang joylashgan. Ko'ndalang egat jigar darvozasi, deb ataladi. Chunki bu egatdan jigarning qon va limfa tomirchalari, jigardan chiqadigan o't yo'li, darvoza vena va nervlar o'tadi. Jigar juda ko'p bo'laklardan tuzilgan bo'lib, ular yumshoq tolali biriktiruvchi to'qima yordamida bir-biridan ajralib turadi. Jigarda qon tomirlari va nervlar tarmoqlanadi. Qon tomirlari va nervlarning tarmoqlari asosan yumshoq tolali biriktiruvchi to'qimadan o'tadi. Qon tomirlari jigar bo'laklari moddasi ichida kapillyarlarga bo'linadi. Shuni aytib o'tish kerakki, jigarga arteriya qonigina emas, balki darvoza vena orqali qorin bo'shlig'idagi toq organlardan venoz qoni ham keladi. Arteriya qoni jigarni oziq moddalar va kislorod bilan ta’minlaydi. Hazm organlaridan kelgan venoz qondagi zararli parchalanish mahsulotlari jigarda zararsizlantiradi. Jigarning har qaysi bo'lagi epiteliy hujayralaridan tashkil topgan. Bu hujayralar tsilindrsimon bo'lib ustunchalar hosil qilib joylashadi. Hujayra ustunlari orasida yoriqsimon bo'shliqlar, ya’ni o't yo'llari bor. Bo'shliqlarga jigar hujayralarida ishlanib chiqadigan sekret- o't safro quyiladi. Jigar hujayralarining o't yo'llari bir-biri bilan birikib, yirikroq bo'laklar o't yo'lini, ular birlashib, jigarning umumiy yo'lini hosil qiladi. Bu yo'l jigar darvozasi to'g'risida jigardan chiqadi va o't pufagi nayi bilan qo'shilib, o't yo'li degan nom bilan o'n ikki barmoq ichakka o'tadi. Jigar hujayralarida o't -safro doim ishlanib turadi.
Ovqat o'nikki barmoq ichakka tanda ichakka safro tushadi. Boshqa vaqtlarda u o't pufagida yig'ilib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |