Suv o’tkazuvchi quvurlar
Reja:
1. Quvurlarning asosiy turlari
2. Suv o’tkazuvchi quvurlarning hisobi
Quvurlar yo’l ko’tarmasida joylashadigan oz miqdorda suv o’tkazuvchi inshoot hisoblanadi. Ular odatda quyidagi asosiy qismlardan tashkil topgan: kirish va chiqish bosh teshiklari (suv oqimining tekis kirishi va chiqishi uchun), quvurlar seksiyasi (bir-biriga bog’liq bo’lmagan cho’kish imkoni uchun) va poydevorlardan (9.1-rasm).
9.1-rasm. Suv xaydovchi quvurlar va ular ko’ndalang kesimlarining shakllari:
a) quvurning bo’ylama qirqimi; b) aylanali; v) to’g’ri to’rtburchakli; g) trapetsiyali;
d) uchburchakli; ye) ovaloidal ko’rinishida; j) tik devori va gumbazi bilan; z) ellips ko’rinishida; i) arkali; I – suvning bosimsiz rejimda oqishida oqim yuzasi; II – xuddi shunday yarim bosimli rejimda; III – xuddi shunday bosimli rejimda; 1 – yo’naltiradigan o’zan; 2 – quvurning boshi; 3 – quvur seksiyasi; 4 – quvurning bo’g’ini (zvenosi);
5 – deformatsion chok; 6 – gidroizolyatsiya; 7 – kirish boshi; 8 – poydevor; 9 – chiqaradigan o’zanni mahkamlash; 10 – toshli cho’mich (kovsh)
Quvurlarning suv o’tkazuvchanligi xususiyati teshikning o’lchami va shakli, quvur boshlarining turi, quvur oldidagi suv chuqurligi, quvurdan chiqishdagi suv tezligi va boshqa shartlarga bog’liq.
Qurilish va ekspluatatsion sifatlari yaxshiligi tufayli quvurlar eng ko’p tarqalgan suv o’tkazuvchi inshootlar hisoblanadi. Joyning relefiga bog’liq holda yo’lning 1 km da 0,4 dan 1,2 tagacha quvur to’g’ri keladi. Yo’ldagi hamma suv o’tkazuvchi inshootlarning 50...60% ni quvurlar tashkil etadi.
Quvurlar suvning oqib o’tish rejimiga bog’liq holda bosimsiz – eni keng bo’lgan ariqqa o’xshash to’liqsiz kesimda ishlaydigan, yarim bosimli – quvurga kirishda to’la kesimda, qolgan qismida esa to’liqsiz kesimda, shit ostidan oqib chiqadigan suvga o’xshash kabi ishlaydigan va bosimli – quvurning butun uzunligi bo’yicha bosim ostida ishlaydigan bo’ladi (9.1-rasm).
Quvurlar teshigining shakliga qarab aylana, to’g’ri to’rtburchak, trapetsiadal, uchburchak, oval, vertikal devor va gumbazlari bilan, ellips va boshqa ko’rinishli bo’ladi. Тo’g’riburchakli quvurlar aylana quvurlarga nisbatan katta suv o’tkazuvchaklik xususiyatiga ega.
Quvurlar teshiklarining soniga qarab, bir, ikki, uch ko’zli bo’ladi. Ko’p ko’zli quvurlar teshiklarining suvni bir tekis o’tkazmasligi, ba’zi teshiklaridan chiqishda suv tezligining oshishi va o’zanning yuvilishi tufayli tavsiya etilmaydi.
Quvurlar quvur boshi bilan yoki u siz bo’lishi mumkin. Quvur boshining qo’llanishi quvurlarning suv o’tkazuvchanlik xususiyatini oshiradi.
Materiali bo’yicha quvurlar yog’och, tosh, temirbeton va metalli bo’ladi, bundan tashqari quvurlar plastmassa va boshqa materiallardan ham bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |