O’simliklar fiziologiyasi


Poyaning uzunasiga o‘sishi



Download 1,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/59
Sana24.03.2022
Hajmi1,13 Mb.
#507820
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Bog'liq
6-mavzu. O’simliklar o’sish va rivojlanishi

Poyaning uzunasiga o‘sishi.
Poya apeksida barg primordiylarining hosil bo‘lishi bo‘g‘imlar hosil 
bo‘lishiga olib keladi. Bo‘g‘im oraliqlarining rivojlanishi natijasida poyada ular bir-birlaridan suriladi. 
Bo‘g‘im oraliqlarining uzayishida hujayralarning cho‘zilishi alohida o‘rin tutadi. O‘suvchi bo‘g‘im 
oraliqlarida to‘qimalarning tortishishi mavjud, yani tashqi hujayra qavatlari asosan-epiderma, fizik 
cho‘zilgan holatda bo‘lsa, ichki to‘qimalar hujayralari siqilgan holatda bo‘ladi. 
Hujayralarning bir-biriga tortishuvi esa turgor bosimi bilan birgalikda hujayralarga mustahkamlik 
xususiyatini beradi. Bu holat ayniqsa o‘t o‘simliklari hujayralari uchun muhimdir. 
Poyaning uzayishi yangi bo‘g‘im oraliqlari hosil bo‘lishi hisobiga bo‘ladi. Har bir bo‘g‘im 
oralig‘ining o‘sishi S-shaklidagi egri chiziq bilan ifodalanishi mumkin, ya’ni avval hujayralarning 
bo‘linishi hisobiga bo‘ladigan sekin o‘sish, so‘ngra esa hujayralarning cho‘zilishi hisobiga bo‘ladigan tez 
o‘sish va so‘ngra yetuk bo‘g‘im oralig‘ining sekin o‘sishi.
Poyaning bo‘yiga o‘sishi auksin va gibberellin gormonlari orqali boshqariladi. Poya 
hujayralarining bo‘linishiga auksin gormonining ta’siri mexanizmi hozircha to‘la o‘rganilmagan. 
Umumiy holda auksin mitotik siklning borishi uchun zarur bo‘lgan RNK va oqsillar sintezini 
kuchaytiradi deyish mumkin. Ammo, auksinning hujayralarning cho‘zilishidagi o‘rni yaxshi ma’lum. 
Agar o‘tkir parma yordamida ozgina ichki to‘qima olinib kuzatilsa, to‘qimalarning ustunchasining 
uzayishini, tashqi qavat ustunchasining esa qisqarishini kuzatishimiz mumkin. 
Poyaning yo‘g‘onlashishi.
Poyaning yo‘g‘onlashishi birlamchi va ikkilamchi bo‘ladi. Poyaning 
birlamchi yo‘g‘onlashishi uning o‘zagi va apikal meristemalar ostida joylashgan birlamchi pustloqning 
qalinlashishi tufayli bo‘ladi. Poyaning birlamchi yo‘g‘onlashishida hujayralarning periklinal bo‘linishi va 
cho‘zilishi asosiy o‘rinni tutadi. Poyaning birlamchi yo‘g‘onlashishi zonasi uning bo‘yiga o‘sishi tufayli 


O’simliklar fiziologiyasi
135 
o‘zgarib turadi. Masalan, o‘simtalarda apikal meristemalarning hajmi unchalik katta emas. ammo 
meristemalarning yangi-yangi bug‘imlar hosil qilishi tufayli apeks kattalashadi va buning natijasida 
poyaning birlamchi yo‘g‘onlashishi nisbatan oshadi, yani kuchaygan o‘sish vujudga keladi. 
Poyaning ikkilamchi yo‘g‘onlashishi kambiy tufayli yuz beradi. Kambiy esa prokambiydan hosil 
bo‘ladi. Kambiy, poya o‘qi bo‘ylab joylashgan, devorlari yupqa, bir-biriga zich joylashgan hujayralardan 
iborat. Har bir hujayraning tekis tomoni poyaning ichki va tashqi tomoniga qaragan bo‘ladi. Kambiy 
hujayralarining bo‘linishi tangensial, yani tekis tomonga parallel ravishda bo‘ladi. Hujayralarning har bir 
bo‘linishidan so‘ngi qiz hujayralarning bittasi initsial hujayra vazifasini bajaradi. Boshqa bittasi esa yana 
2-3 marotaba bo‘linib ikkilamchi ksilemani (initsial hujayraning ichkarisida) yoki ikkilamchi floemani 
(initsial hujayraning tashqarisida) hosil qiladi. Ushbu jarayonda hosil bo‘lgan ikkilamchi ksilemani 
yog‘ochlik ikkilamchi floemani esa lub (pustloq) deyiladi. 
Binobarin, ikkilamchi yo‘g‘onlashish ikkilamchi o‘tkazuvchi to‘qimalar hosil qilishi bilan 
xarakterlanadi. 
Poya uzoq vaqt yo‘g‘onlashganda, bir qancha tur o‘simliklarda birlamchi po‘stloq va epiderma 
o‘rnini periderma egallaydi. Periderma fellogen yani po‘kaksimon kambiydan hosil bo‘ladi. Fellogen esa 
birlamchi po‘stloq yoki epiderma hujayralarining tangensial bo‘linishidan hosil bo‘ladi. Ayrim ikki 
pallalilar va ko‘pchilik bir pallalilar kambiy hujayralarini tutmaganligi sababli ikkilamchi 
yo‘g‘onlashishdan yiroqdir. 
Kambiy hujayralari faoliyati kurtak va yosh barglardan keluvchi auksin va gibberellin tufayli 
faollanadi. Masalan, kungaboqar o‘simligining rivojlanishi davrida uning apikal kurtagi olib tashlansa 
ulardagi bo‘g‘im oraliqlari orasida kambiyning ko‘payishi to‘xtaydi. Agarda yulib tashlangan kurtak 
o‘rniga auksin tomizilsa poyaning ikkilamchi yo‘g‘onlashishi ro‘y beradi. 

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish