Harakatlanish
- bu organizm yoki uning qismlarining tuproq va havo muhitida siljishidir.
Metabolik energiya sarflanishi bilan boradigan faol harakatlanish barcha organizmlar uchun xosdir.
O‘simliklarning faol harakatlanishi xuddi hayvonlardagi kabi oziqlanish, himoyalanish va ko‘payish
uchun zarurdir. Ko‘pchilik o‘simliklarning harakatlanishi juda ham sekin borganligi sababli ularni ko‘z
bilan ilg‘ash qiyin. O‘simliklarning tepa novdalari va ildiz uchlari aylanma (nutatsiya) harakatlanadi.
Shuningdek novdalar va barglar quyosh nurlari tomonga intiladi (tropizmlar). Gullarning ochilishi va
yopilishi tun va kunning almashishiga (nastiyalar) bog‘liq. Ushbu barcha holatlarni seytrafer pribori
yordamida kuzatish mumkin. Masalan mimozalar, uyatchanlar, hashororxo‘rlar va boshqalarning
harakatlanishi xuddi hayvonlardagi kabi o‘ta tez ro‘y beradi. Shuningdek hujayra ichkarisidagi sitoplazma
va organoidlarning harakatlanishi, bir hujayralilarning xivchinlar va kiprikchalar yordamida
harakatlanishi ham juda tez sodir bo‘ladi.
O‘simliklarning (zamburug‘laming giflari, changchi naychalari, ildiz tukchalari) harakatlanishi
ayrim hollarda ularning tepa qismlarining o‘sishi tufayli ham bo‘lishi mumkin. Avval aytib
o‘tganimizdek turgorning o‘zgarishiga nisbatan barg og‘izchalarining ochilishi va yopilishi ro‘y beradi.
Ammo xivchinlilardan boshlab barcha o‘simliklarning harakatlanishi ularning o‘sishi bilan bog‘liqdir.
O‘simliklardagi harakatlanish, qisqaruvchi oqsillar tufayli bo‘ladigan hayvonlardagi harakatlanishdan
farqli o‘laroq, osmotik harakatlanishga asoslangandir.
O‘simliklarning harakatlanishi usullarini quyidagilarga bo‘lib qarash mumkin:
1.
Sitoplazma va organoidlarning harakatlanishi.
2.
Xivchinlar yordamida harakatlanish.
3.
Ildiz tukchalaridagi, changchi naychalaridagi va moxlarning protonemasidagi kabi yuqoriga o‘sish
harakatlari.
4.
O‘sish harakatlari (o‘q organlarining uzayishi, aylanma nutatsiyalar, tropizmlar: foto-, geo-, xemo-,
termo va boshqalar, o‘sish nastiyalari: foto-, termo- gigro-).
5.
Turgor harakatlari (barg og‘izchalarining harakatlari, sekin turgor harakatlari-nastiyalar, jadal turgor
harakatlari-seysmonastiya).
Bularga qo‘shimcha qilib harakatlanishning loqayd formalarini, masalan sporangiylar va
mevalarning yorilishini ko‘rsatishimiz mumkin. Shuningdek hayvonlar va shamol tufayli bo‘ladigan
changlanish hodisasi ham harakatlanishning faol bo‘lmagan bir ko‘rinishidir. Evolyutsiya jarayonida
ushbu harakatlanish uchun xilma xil moslanishlar vujudga kelgandir.
Yuqoridagi harakatlanish xillaridan faqatgina birinchi ikkitasi o‘simliklar va hayvonlar uchun
birdek xos bo‘lib qisqaruvchi oqsillar tizimi ishtirokida yuz berib harakatlanishning muskullarsiz turiga
xosdir. Qolgan barcha harakatlanish xillari faqatgina o‘simliklargagina xosdir.
O’simliklarning o’suvchi organlari tashqi ta’sir natijasida egilishi, yotib qolishi va yangidan yana
o’sishi mumkin. Bu ulardagi harakatlar natijasidandir. O’sish harakatlari bir necha xil bo’ladi:
1) tropizmlar, 2) nastik harakatlar, 3) nutasiya harakatlari va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |