Suv miqdori
.
Tuproq tarkibidagi nam miqdori o’simlikka ham ta’sir etadi. Hujayraning ayniqsa
sitoplazmaning normal strukturasi va faoliyati, demak o’sish ham suv bilan ta’minlanish darajasiga
bog’liq. Buni urug’ misolida ko’rish mumkin. Tarkibida 10- 12% suvi bo’lgan urug’lar ko’p yillar
davomida unmasdan saqlanish qobiliyatiga ega. Urug’lar ekish oldidan namlanganda, o’z og’irligining 50
% gacha suvni shimib oladi va faol o’sish boshlanadi.
O’simliklarning ildiz tizimi namlik sharoitda yaxshi o’sadi. Ya’ni tuproq eritmasining osmotik
bosimi 1-1,5 mPa dan yuqori bo’lmaganda ildizlar suv bilan yaxshi ta’minlanadi. Tuproqda suv miqdori
juda kam bo’lganda, hujayralarning cho’zilish fazasi tez o’sadi va natijada hujayralar kichik bo’ladi,
poya va ildizlar qisqaradi, barglarning hajmi ham kamayadi. Suvning kam bo’lishi hosildorlikni ham
keskin pasayishiga olib keladi.
Gazlarning miqdori.
Havodagi gazlarning tarkibi o‘simliklarning o‘sishiga bevosita ta’sir etadi.
Atmosfera havosidagi O
2
miqdori ikki marotaba kamaysa ham, o‘sish o‘zgarmasligi mumkin, lekin qisqa
muddatli o‘sish tezlashadi. Chunki hujayra po‘stining cho‘ziluvchanligi oshadi. Bu holat hujayra pH
ko‘rsatkichining kislotalik tomonga oshishi bilan izohlanadi.
Mineral oziqlanish.
O‘simlik o‘sayotgan muhitda biron-bir oziqa elementlarini chiqarib tashlash
uning o‘sishini sekinlashtiradi. Ammo muhitda mineral elementlar miqdorining normadan ko‘p bo‘lishi
o‘sishga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan o‘simliklarga azot ko‘p berilsa, ulardagi vegetativ
organlarning o‘sishi kuchayadi, biroq o‘simlikni vegetatsiya davri cho‘ziladi, yani hosili juda ham kech
pishadi.
O‘simliklarning tinim holati.
O‘simlik ontogenezida faol o‘sish, sekin o‘sish va tinim holatlari
davriy ravishda almashinib turadi. Yil fasllariga qarab o‘simliklarda fiziologik jarayonlar ham o‘zgarib
turadi. O‘sishning tinim davrida hujayralardagi hayotiy jarayonlar eng minimal darajaga tushib qoladi.
Tinim holati ikki xil bo‘ladi ya’ni majburiy va fiziologik.
Majburiy tinim.
O‘simliklar o‘sishida majburiy tinim holati tashqi muhit omillari ta’sirida kelib
chiqadi. Demak, o‘simliklar majburiy tinim holatiga sharoit yo‘qligi sababli o‘tishga majbur. Buni ko‘p
yillik daraxtlarda yaqqol kuzatish mumkin. Kuz faslidan boshlab novda va kurtaklardagi zahira modda-
kraxmal shakarga aylanadi, hujayralarda suv kamayadi va ularning sovuqqa chidamligi ortadi. Bahor
faslidan boshlab, aksincha o‘zgarishlar kuzatilib, o‘simliklar faol o‘sishga o‘tadi. Ayrim o‘simliklar tinim
holatni ildiz tuganagi, piyozbosh, ildiz poya holida o‘tkazadi. Urug‘larda esa tinim holati ulardagi
suvning kamayishi bilan bevosita bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |