O’simliklar fiziologiyasi



Download 1,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/59
Sana24.03.2022
Hajmi1,13 Mb.
#507820
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   59
Bog'liq
6-mavzu. O’simliklar o’sish va rivojlanishi

Tropizmlar
.
Tropizm harakatini o’simliklarga bir tomonlama ta’sir qiladigan tashqi sharoit 
omillari vujudga keltiradi. 
Tropizm
grekcha so’z bo’lib, («tropos») burilish ma’nosini bildiradi. Tabiatda


O’simliklar fiziologiyasi
142 
tropizm harakatlariga ko’plab misol keltirish mumkin. Ularning asosiy sababi shundaki poya, ildiz va 
barg o’suvchi qismlarining bir tomonidagi hujayralar tezroq cho’ziladi va o’sadi. Hujayralarning bunday 
tez o’sishiga fitogormonlar (ISK, ABK) sababchi bo’ladi. Bu o’stiruvchi moddalar ishtirokida o’suvchi 
organning tezroq o’sgan tomoni tashqariga qarab qubbasimon bo’lib chiqadi, o’sish sekinlashgan tomoni 
ichiga qarab bukiladi va o’simlik organi o’sish sekinlashgan tomonga egiladi. Tropizmlar musbat va 
manfiy bo’ladi. Ta’sir etuvchi manbaga qarab yo’nalgan harakatga musbat, manbadan qochuvchi 
harakatga manfiy deyiladi. 
Geotropizm
 
– o’simliklarning yerning tortish kuchiga asosan o’sish harakatidir. Ya’ni urug’ yerga 
qanday tushishidan qat’iy nazar uning poyasi yer o’stiga ildizi pastga qarab o’sadi. Bunda pastga qarab 
o’sadigan ildizlarda musbat geotropizm, yuqoriga qarab o’sadigan poyada manfiy geotropizm mavjud. 
Shu tufayli ildiz tuproq ichiga kirib undan suv va oziqa moddalarni suradi, poyasi esa yer o’stiga chiqadi 
va barglari yordamida yorug’lik energiyasidan foydalanadi. Organlarning gorizontga nisbatan o’sishi 
muhim biologik moslashuv bo’lib, o’simlikning butun hayoti davomida saqlanadi. Agar o’simliklar biror 
tashqi ta’sirdan egilsa yoki yotib qolsa, ularning yosh o’suvchi organlari yana tik bo’lib o’sadi. Bu 
ularning o’sish jarayonining xususiyatlaridan kelib chiqadi. Masalan, no’xat o’simtasini gorizontal 
holatga qoysak, bir necha soatdan so’ng uning poyasi yuqoriga, ildizi pastga qarab egiladi. Agar 
ildizchalarning o’stiga tush bilan bir-biridan ma’lum uzoqlikda belgilab qoysak, u holda ildizning qaysi 
joyi eng ko’p cho’zilsa shu joyning eng ko’p pastga tomon egilganligini ko’ramiz. To’la o’sgan joylarda 
esa xech qanday egilish bo’lmaydi. Demak, egilish ko’payish xususiyatiga ega bo’lgan meristematik 
to’qimalarda sodir bo’ladi. 
Boshoqli o’simliklarning poyasi yotib qolganda ildizga yaqinrok qismidan egilib, bo’tun gavdasi 
bilan qaytadan ko’tarilish qobiliyatiga ega. Chunki boshoqli o’simliklarning bo’g’imlari o’sish 
qobiliyatini juda uzoq saqlaydi. Shuning uchun ham ular gorizontal holatga tushishi bilan bo’g’imning 
pastki tomoni yuqorigi tomonidan tezroq o’sa boshlaydi, va poya yuqoriga ko’tariladi. 
Ildizlarning esa aksincha yuqori tomoni pastiga nisbatan tezroq o’sa boshlaydi. Ildizning 
geotropik sezgirligi uning eng uchidagi 1-2 mm joyida to’planadi. Ch. Darvin (1880) o’z tajribalarida 
uchi kesilgan ildiz gorizontal o’sib yerning tortish kuchini sezish qobiliyatini yo’qotganligini aniqlagan. 
O’simlik yerning tortish kuchining yo’nalishini qanday sezganligini aniqlash muhim ahamiyatga 
ega. Keyingi yillarda bu jarayon mexanizmini o’rganish sohasida bir qancha ishlar qilindi. Ayniqsa o’sish 
gormonlari haqidagi ta’limot bu masalani hal qilishda ancha yordam berdi. Bunda turli organlarning 
geotropik sezish zonasining o’sish gormoni tayyorlovchi zona bilan to’g’ri kelish fakti muhim 
ahamiyatga ega bo’ladi. Tajribalarda indolil sirka kislota (ISK) holati aniqlandi. Bu gormon ko’p 
to’plangan organlarda hujayralarning o’sishi tezlashadi. 
Ildizlarda sintezlanadigan abssizin kislota (ABK) – ingibitorning miqdori ham katta ahamiyatga 
ega. Bu birikmalar to’plangan hujayralarning o’sishi juda sekinlashadi. Ildizlar gorizontal 
joylashtirilganda, ABK o’suvchi qismining pastki hujayralarida to’planadi va ularning o’sishini 
susaytiradi. Natijada o’suvchi qismining yuqori hujayralari ISK ishtirokida tez o’sadi va pastki 
hujayralarning o’sishi esa ABK ishtirokida susayadi. Bunday jarayonlar natijasida ildiz pastga qarab 
egiladi. 
Keyingi yillarda ildizning geotropizm harakati statolitlarga bog’liq deb tushuntirilmoqda. 
Sitoplazmadagi statolit kraxmali joylashgan tanachalarga – 
amiloplastlar
deyiladi. Statolitlarga ega 
bo’lgan hujayralarga 
statositlar
deyiladi. Ildizlarda statositlar vazifasini ildiz kinining markaziy 
hujayralari bajaradi. 
Fototropizm 
deb o’simliklarning yorug’lik energiyasining yo’nalishiga qarab burilish qobiliyatiga 
aytiladi. Yosh o’simliklar va ularning o’sish qismlari yorug’lik manbasi tomonga qarab buriladi. Bunday 
harakat 
musbat fototropizm
deyiladi. Bunday fototropizmni uylarda o’stiriluvchi o’simliklarda yaqqol 
kuzatish mumkin. O’simlik o’stirilgan tuvaklar derazaga yaqinroq joyda saqlansa, o’simlik yorug’lik 
tushgan tomonga egiladi. Yorug’lik manbaidan teskari tomonga qarab egilish 
manfiy fototropizm
deyiladi.
Barg plastinkasining quyosh nurlariga perpendikulyar ravishda joylanish qobiliyatiga 
diafototropizm
deyiladi. Umuman dorzoventral tuzilishga ega bo’lgan organlar, ya’ni ustki va ostki 
tomonlari farq qiladigan (barglar) organlar diafototropizmga, radial tuzilishdagi o’q organlar esa – musbat 
yoki manfiy fototropizmga ega bo’ladilar. 
O’simliklarga muhitning namligi ta’sir qilishi natijasida sodir bo’lgan harakatga 
gidrotropizm
deyiladi. Bu harakat ko’proq ildizlarda bo’ladi. Nam tuproq ichida notekis tarqalgan vaqtda ildizlar 
namliroq joylarga yo’naladi. Hatto ochiq havoda ham ildizlarning namlangan sathlar tomonga qarab 
egilganliklarini kuzatish mumkin. Gidrotropik sezgirlik ham ildizning ichida bo’ladi. 


O’simliklar fiziologiyasi
143 
O’simliklarda harorat ta’siri natijasida sodir bo’ladigan harakat 
termotropizm
deyiladi. Bunda 
haroratning noteks tarqalishi natijasida ildizlarning va poyalarning egilishi yuzaga keladi. Bu holda 
musbat va manfiy termotropizmlar mavjud. Optimumdan pastroq musbat haroratda o’simliklar issiqroq 
tomonga egiladi (musbat termotropizm), optimumdan yuqori haroratda, ular aksincha sovuqroq tomonga 
egiladi. (manfiy termotropizm). Harorat darajasi o’simlik turlariga bog’liq. Masalan, harorat no’xat uchun 
32

C va makkajo’xori uchun 38

C dan kam bo’lganda musbat egilishlar, undan oshganda manfiy 
egilishlar sodir bo’ladi. 
Tigmotropizm.
Bu o‘simliklarga tekgandagi javob reaksiyalari bo‘lib o‘sish davomida buralishlar 
yuz berishi bo‘lib, ayrim hollarda giptotropizm ham deyiladi. Masalan, koleoptileyning tigmotropik 
harakatlari, devorlar va daraxtlarga o‘rmalab o‘suvchi ayrim o‘simliklarning gajaklari, havo ildizlarining 
uchki qismlari va ko‘pchilik o‘simliklardagi barglar qandlarining buralishlari. 
Elektrotropizm (galvanotropizm).
Ushbu holat o‘simlik orqali elektr toki yuborganda yoki 
o‘simlikning organlarini elektr maydoniga joylashtirganda sodir bo‘lishi mumkin. Masalan, koleoptilning 
apikal zonasi bo‘ylab 2 daqiqa davomida 20 mkA tok yuborilsa uning egilishi kuzatiladi. Shuningdek 
maysalarni yuqori kuchlanishli (1 sm yuzaga nisbatan yuzlab volt kuchlanish) kondensator plastinkalari 
orasida joylashtilsa novda musbat zaryadga, ildiz esa manfiy zaryadlangan plastinkalar tomonga bo‘riladi. 
Jarohat tropizmi.
Bu o‘simlikning jarohatlangan tomonga qarab reaksiyasidir. Masalan, 
o‘simlikning o‘stki tomonining biror qismi mexanik, kimyoviy yoki harorat ta’sirida zararlasak o‘simlik 
organining shu jarohatlangan joyga nisbatan teskari tomonga qarab o‘sishi kuzatiladi(manfiy jarohat 
tropizmi). Umuman kimyoviy, issiqlik yoki boshqa bir quzg‘atuvchini meyoridan ortiq darajada qo‘llash 
jarohat tropizmiga olib keladi. 

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish