O’simliklar fiziologiyasi



Download 1,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/59
Sana24.03.2022
Hajmi1,13 Mb.
#507820
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   59
Bog'liq
6-mavzu. O’simliklar o’sish va rivojlanishi

Nastik harakatlar
.
Butun o’simlikka baravar ta’sir qiladigan qo’zgatuvchilar (harorat, yorug’lik 
va boshqalar) vositasi bilan bo’ladigan harakatlarga – 
nastik harakatlar
deyiladi.
O‘simliklarda u yoki bu quzg‘atuvchiga nisbatan nastik harakatlar foto-, termo-, gidro-, nikti-, 
xemo-, tigmo-, seysmo-, travmo- va elektronastiyalarga bo‘linishi mumkin. Umuman o‘simliklardagi 
nastik harakatlar ular organlarining himoyasiga (barg og‘izchalarining yopilishi) yoki narsalarni olishga 
(barg muylovchalarining harakati) qaratilishi mumkin. 
Kun bilan tunning almashinishi sabab bo’ladigan harakat– 
niktinastik harakat
eng ko’p tarqalgan. 
Juda ko’p gullar ertalab ochiladi, kechasi esa yopiladi. Boshqalari esa kechasi ochiladi (nomozshom gul), 
kunduzi yopiladi. Ko’p o’simliklarning barglari ham kun bilan kechaning almashib turishiga qarab o’z 
holatlarini o’zgartirib turadi. K.Linney bunday harakatlarga asoslanib 
“flora soatlarini”
tuzishga harakat 
qilgan. Buning uchun u ertalab va kechqurun turli soatlarda ochiladigan va yopiladigan o’simliklarni bir 
joyga to’plab o’stirgan. 
Seysmonastik 
harakatlarga uyatchan mimoza (Mimosa puaisa) juda yaxshi misol bo’ladi. Agar 
mimozaning bargiga ozgina tegilsa, u darhol osilib qoladi. Bu harakatlanish mexanizmi bug’inlarning 
ustki va pastki yarmida turgor holatining o’zgarib turishi natijasida sodir bo’ladi. Titrash vaqtida 
bug’inlarning pastki yarmida protoplazmaning o’tkazuvchanligi birdaniga oshadi va shungacha tarang 
bo’lib turgan hujayra po’sti protoplazmaning qarshiligiga uchramaganligi sababli qisqarib, hujayra 
shirasining bir qismi hujayra oraliqlariga chiqadi. Natijada turgor holati pasayadi, ammo bug’inlarning 
ustki hujayralari turgor holatida qolganligidan, u bo’g’inni pastga qarab egadi va shu sababli barglar ham 
pastga egiladi. Biroz vaqt o’tgandan keyin suyuqlik qaytadan shimiladi va bo’g’in to’g’rilanib qoladi. 
Fotonastik harakat.
Bu o‘simliklarda yorug‘likning o‘zgarib turishi natijasida paydo bo‘luvchi 
harakatlanishdir. Ko‘pchilik kunduzgi o‘simliklarda yorug‘lik kamayishi bilan ularning gullari yopiladi, 
ayrimlarida esa kechasi ochiladi. Masalan, nilufar va qoqio‘t o‘simligining gullari faqatgina yorug‘likda 
ochiladi. 
Termonastik harakat
. Ushbu harakat haroratning o‘zgarishi natijasida hosil bo‘ladi. Masalan, 
yopiq lola guli issiq xonaga (25 C) olib chiqilsa tezda ochiladi. Ko‘pchilik gullar haroratning 2°C 
o‘zgarishiga ham reaksiya qiladi. 
Tigmonastiyalar.
Ushbu holat yuqoriga o‘rmalovchi o‘simliklarga xos harakatdir. Tigmonastiya 
xos o‘simliklarning uchki gajaklari (muylovlari) faqat biron bir narsaga tegsagina harakatlanadi. Masalan 
u yomg‘ir tomchilariga yoki shisha tayoqchalarga nisbatan umuman reaksiya ko‘rsatmaydi. Ammo jun ip 
yoki ishqalanish hosil qiluvchi narsalarga nisbatan hatto ta’sir juda kichik bo‘lsa ham tezda javob 
reaksiyasini beradi. Masalan no‘xot gajaklari 0,25 mg massali quzg‘atuvchiga nisbatan ham javob 
reaksiyasini berishi mumkin. Ushbu og‘irlikdagi quzg‘atuvchini sut emizuvchilar terisi sezmaydi ham. 
Seysmonastik harakat
Bu o‘simlikning har xil tebranishlarga nisbatan javob qaytarishidir. 
Masalan, uyatchan mimozaning bargiga salgina ta’sir etilsa, u darhol shalpayib osilib qoladi, yani 
bo‘g‘inlarning ustki va pastki yarmida turgor holat o‘zgaradi. Shuningdek kliver, kislitsa, chivin ovlovchi 


O’simliklar fiziologiyasi
144 
venerina o‘simliklarida ham seysmonastik harakatlar mavjud. Bularning barchasi tashqi ta’sir tufayli 
hujayralardagi turgor holatining o‘zgarishidir. Vaqt o‘tgandan keyin yana turgor holat tiklanadi. Bu 
o‘simlikning o‘ziga xos himoya vazifasini bajaruvchi harakatlanishidir. 

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish