O`quv –uslubiy qo`llanma toshkent 2012 tursunoy ziyadova



Download 1,34 Mb.
bet39/78
Sana01.07.2022
Hajmi1,34 Mb.
#724608
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   78
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`ZBEK TILI O`QITISH O`QUV –USLUBIY QO`LLANMA

So’zlashuv uslubidagi matnlarda adabiy til me’yorlariga rioya qilinmaydi. Bunday gaplar asosan dialog shaklida bo’ladi va sheva so’zlari, bo’yoqdor so’zlar, grammatik vositalardan tashkil topadi, tovush tushishi va orttirilishi nuqson hisoblanmaydi. Mazkur uslubda so’z tartibi erkin bo’lib, sodda, to’liqsiz, undalmali gaplardan keng foydalaniladi: -Shu gapni aytish(ing) shartmidi(edimi), Komil!
Badiiy uslub. badiiy asar tilidir. Badiiy uslubda yozilgan matnlarning o’ziga xos xususiyatlari ta’sirchanlik, badiiy tasvirning kuchliligi, xalq og’zaki ijodi namuna-lari (maqol, matal, topishmoq, ibora, tasviriy ifoda va h.k.) dan erkin va samarali foydalanilishi, matn tilining qiziqarli topishmoq va maqollar, rang-barang ibora va tasviriy ifodalarga boyligidir: Jamoli vasfini qildim chamanda, Qizordi gul uyottin anjumanda. Badiiy asar uslubi aralash uslub hisoblanadi.
Ilmiy uslub. Fan va texnikaning turli tarmoqlariga doir matnlar: dissertatsiya, monografiya, darslik, o’quv qo’llanmasi, referat, ma’ruza, taqriz, annotatsiyalar ilmiy matnlardir. Ilmiy uslubda har bir fanning o’ziga xos atamasidan foydalanilib, so’zlar faqat o’z ma’nosida qo’llaniladi:
Rasmiy - idoraviy uslub. Davlat tomonidan chiqariladigan qaror, qonun, nizom, konstitutsiyalar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Tilxat, ariza ma’lumotnoma, bayonnoma, tarjimai hol, tavsifnoma, shartnoma va e’lonlar ham shu uslubda yoziladi. Bunday uslubdagi hujjat qisqa, aniq, barcha uchun tushunarli bo’lishi, so’zlar faqat birlamchi ma’noda qo’llanilishi, qolipli SBlari keng ishlatilishi mumkin. Bu uslubda asosan darak va buyruq gaplar ishlatiladi: Sinf majlisi qaroriga ko’ra, “Eng yaxshi muharrir” ko’rik-tanlovi ishtirokchilari ikki kunga shanbalik xashardan ozod qilinsin!
Ommabop (publitsistik) uslubdagi matnlardan asosan targ’ibot-tashviqot ishlarini olib borishda, matbuot nashrlarida foydalaniladi. Unda ijtimoiy-siyosiy atamalar, ritorik so’roq gap, kirish so’zli, kirish gapli va undalmali gaplar, juft va takroriy so’zlar ko’p ishlatiladi.
Umumta’lim maktablari ona tili ta’limida eshitib yozish (diktant), ko’rilgan va o’qilgan voqeani xotira, idrok, tafakkur vositasida eslab yozish bayon, insho; uyali aloqa uchun xatlar yozish, ko’rib, eshitib, mushohada qilib yozish (rasm-tasvir, videofilm, audio-videoklip, grammatik slaydlarni sharhlash va tavsiflash), maqol va hikmatli so’zlar mazmunini sharhlash usullaridan keng foydalanish mumkin. Matn tarkibida yangi o’rganilgan mavzuga oid atama, so’z va SBlarini ishlatish, sanash, ularni fonetik, mor-fologik va sintaktik tahlil qilish, egallangan BKMlarni mustahkamlash, matn mazmuniga mos reja tuzishni o’rganish bilan uyg’un holda takomilla-shib boradi.
Matn mavzularining turlicha bo’lishi, o’quvchilarning matn sarlavhasi, mazmuni va uslubi orasidagi o’zaro uyg’unlikni anglab etishga, matnlarning ana shu jihatlari bilan ham bir-birlaridan farqlanishini his qilishga olib keladi. Har bir gap va matndagi til birliklarini mazmun va uslub talabiga, matn tabiatiga moslab tanlash lozimligi, biror tushunchaning boshqa ma’nodoshi bilan noo’rin almashtirilishi, kontekst ma’nosining ham qaysidir darajada o’zgarishiga sabab bo’lishi, bunday o’zgarishlarning esa, o’z navbatida sarlavhaga, mazmunga ham ta’sir qilishi 7-9-sinf o’quvchilari bilishi lozim bo’lgan oddiy aksiomadir.
O’quvchilarni mustaqil matn yaratishga o’rgatishda o’qituvchilar quyidagi didaktik tavsiyalarga e’tibor qilishlari lozim:
-MYaKShda o’quvchilarning yosh psixologiyasi, nutqiy qobiliyati hamda o’quv imkoniyatlarini hisobga olish; -matn yaratishda ona tili kursi bo’limlari va boshqa fanlar bilan o’zaro aloqadorlikni ta’minlash;
- til hodisalarini tanlash, guruhlash, farqlash, analiz va sintez usullariga asoslanish; - MYaKShda mustaqil faoliyatni erkin fikrlash (Sizning fikringiz?), til sezgirligini oshirish (Tuzilgan gap to’g’rimi? Adabiy me’yor talabiga javob beradimi?) bilan uyg’unlikda olib borish;
- idrok, xotira, tasavvur integratsiyasidan nutqiy vaziyatga qarab to’g’ri foydalana bilish;
- yozma nutqni ilmiylik va tushunarlilik, uzviylik va uzluksizlik tamoyili asosida rivojlantirish, darslikka qo’shimcha sifatida nutq o’stirish mashqlari, muammoli o’quv topshiriqlari, psixolingvistik testlar tuzish, test topshiriqlari tuzish faoliyatini asta-sekin murakkablashtirib borish orqali amalga oshiriladi.
Uzluksiz ta’lim o’quvchilarida mustaqil MYaKSh- o’quvchilarda madaniy muloqot darajasini o’stirish, ularga mustaqil (og’zaki va yozma) matn yaratish usullarini o’rgatish, singdirish demakdir. Buning uchun o’quvchilar quyidagi lisoniy - nutqiy ko’nikmalarni egallashlari va amaliyotda qo’llashni o’rganishlari zarur bo’ladi:

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish