O`quv –uslubiy qo`llanma toshkent 2012 tursunoy ziyadova


O’qituvchining darsga tayyorlanishi



Download 1,34 Mb.
bet35/78
Sana01.07.2022
Hajmi1,34 Mb.
#724608
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   78
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`ZBEK TILI O`QITISH O`QUV –USLUBIY QO`LLANMA

O’qituvchining darsga tayyorlanishi. Dars samaradorligi o’qituvchining unga tayyor-garlik ko’rishiga bog’liq. Puxta tayyorgarlik ko’rilgan dars qiziqarli o’tadi va ko’zlangan maqsadga erishiladi. O’qituvchi darsga tayorlanar ekan, avvalo darsning maqsadini puxta o’ylab ko’rmosh lozim. Mashg’ulotning ga’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsad-lari aniq belgilanmasa, samaradorlikka erishib bo’lmaydi.
Dars metodini to’g’ri tanlash o’qituvchidan puxta bilim va pedagogik mahorat talab etaadi. Yangi bilim berish darslarida ko’proq mua.mmoli o’rganish metodiga asoslanilsa, egallangan bilimlarni ko’nikma va malakaga aylantirish maqsadlarida qisman qayta xotirlash harakteridagi, ijodiy harakterdagi tolshiriqlardan ham foydalaniladi. Dars metodini tanlashda o’qituvchi o’quvchilarning real o’quv imkoniyatini, o’rganila-digan mavzuning talabi kabilarni ham hisobga oladi.Darsga tayyorgarlik jarayonida o’qituvchi o’rganiladigan mavzuaga bog’liq ilmiy va metodik adabiyoglar bilan ham puxta tanishib chiqishi lozim. O’zbek tilshunosligi fanininsh so’nggi yillarda qo’lga kiritgan yutuqlaridan xabardor o’qituvchigina darslikdagi topshiriqlar talabini tushunadi va har bir topshiriqdan ko’zlangan maqsadni ilg’aydi.
Ijodkor o’tsituvchi darsni darsllk qolipi asosida o’tmaydi, balki uni yaratadi. Darsga chayyorgarlik ko’rishda o’qituvchi darsliqdagi qaysi mashqlardan foydalaiipshni, mashq shartlariga qanday qo’shimchalar yoki o’zgartirishlar kiritashi mumkin ligini, mahalliy o’lka materiallari bilan dars materialini bog’lash imkoniyatlarini o’ylab ko’rishi va rejalashtirishi zarur.O’qituvchi o’quvchilarga beriladigan savollarni puxta o’ylab ko’rishi, javobga chaqiriladigan o’quvchilarni , uyga beriladigan vazifani oldin-dan belgilashi lozim.
O’qituvchi yangi yo’nalishdagi "Ona tili"dasturi va darsliklari bilan ishlashga ham o’zini tayyorlashi kerak. Darsliklardagi har bir mashq, topshiriq, matn, rivoyat va latifa ma’lum bir maqsadni ko’zlaydi va bu ko’p hollarda yapshrin bo’ladi. Ko’pincha ko’zlangan maqsad 2 - 3 mashqni bajargandan keyii ravshan bo’ladi. Chunki maqsadni birinchi qadam-dayoq ma’lum qilish o’quvchining fikrlashiga, ijodiy mushohada yuritishiga to’sqinlik qiladi.
Bundagi tub maqsad sarlavhada berilgan bo’lib, unga erishish usulini topish o’quv-chiga havola etilgan. Vu esa har bir fan, kasb- kor, soha lug’atlaridan foydalanish, shunday lug’at daftarchalari tuzishga undashdir. O’qituvchi darslikdagi ayrim matnlar-ning serqirraligi, ular asosida turli -tuman hukmlar chiqarish mumkinligini ham unutmasligi kerak.Mas.,
- bir ishni boshlab, uni uzluksiz davom ettirilsa, ma’lum yutuqqa erishish mumkin;
- oldingi bilim esdan chiqarilmagan bo’lsa, yangi olingan bilim uni oshiradi;
- tanlangan yo’ldan burilmasdan borish muvaffaqiyat (yuksalish) garovidir.
Darsliklarda talay rivoyatlar berilgan bo’lib, ular o’quvchidan ijodiy fikrlashni va o’z nuqtai nazarini bayon qilishni talab etadi. O’qituvchi oldindan bu rivoyatlarni o’qib, buning asosida qanday xulosaga kelish mumkinligini o’ylab ko’rishi lozim.
Yangi "Ona tili" darsliklarida mashqlar bosqichli ketma - ketlik printsipi asosida berilgan bo’lib, ular bir necha topshiriqlidir. Shuning uchun o’qituvchi mashq va undagi har bir topshiriqning maqsadini tushunishi lozim. Bu o’rinda yana shuni ham alohida qayd qilish lozimki, ko’p topshiriqli mashqlarda bir topshiriqni bajarib, ikkinchisini chetlab o’tish o’quvchini asl maqsaddan uzoqlashtiradi. Demak, o’qituvchi darsga tayyorlanar ekan, har bir topshiriqnish maqsadi, uni bajarish usuli, sarfla-nadigan vaqtni aniq hisobga olishn lozim.

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish