O`quv –uslubiy qo`llanma toshkent 2012 tursunoy ziyadova


Ona tili o’rganishda o’quvchilarni til hodisalarini ajratishga o’rgatish printsipi



Download 1,34 Mb.
bet31/78
Sana01.07.2022
Hajmi1,34 Mb.
#724608
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   78
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`ZBEK TILI O`QITISH O`QUV –USLUBIY QO`LLANMA

Ona tili o’rganishda o’quvchilarni til hodisalarini ajratishga o’rgatish printsipi. Til hodisalarini farqlash atamalarning ma’nosini tushunishdan tortib, o’rganilayotgan til materiallarini kuzatish yoki o’zaro qiyoslash asosida o’xshash na farqli tomonlarini aniqlash, mustaqil ravishda umumlashmalar hosil qilishgacha bo’lgan barcha jarayonlarni o’z ichiga oladi.
Ma’lumki, har bir ona tili mashg’ulotida o’quvchilar muayyan atamaga duch keladi. Masalan, "Fonetika" bo’limi o’rganilar ekan, tovush, harf, unli, undosh, jarangli tovush, jarangsiz tovush, bo’g’in, urg’u kabi zaruriy atamalar bilan ish ko’radi. Agar o’quvchi bu atamalarning ma’nosini tushunmasa, bo’lim o’zlalttirilgan deb bo’lmaydi.
Til hodisalarini ajrata olmaslik ko’p hollarda ularni toifalashtirib qo’llashga sabab bo’ladi, Masalan, o’quvchilar bormoq, sarg’ish, ishlash kabi so’zlar tarkibidagi - moq, - ish, - sh qo’shimchalariga qarab, uni harakat nomi deb atashadi. Ayniqsa, kelishik bilan egalik, turlanish bilan tuslanish, morfologik tahlil bilan sintaktik tahlil kabilarda ularni farqlay olmaslik holatlari ko’p uchraydi. Buning uchun oldin o’rganilgan atama bilan keyin o’rganiladigan atama orasida mustahkam zanjir hosil qilinmog’i lozim. Zero, nutqiy bilimlar lison xalqalaridan tashkil topgan bir butun zanjirdir. Til hodisalarini farqlash, ayniqsa, matn ustida ishlash jarayonida ko’proq kerak bo’ladi. Chunki o’quvchi tanlangan matndan u yoki bu til hodisasini farqlashi, uning mohiyatini sharhlashi, shu asosda umumlashmalar hosil qilishi lozim,
Ona xili o’rganishda mahalliy sheva sharoiti va ta’sirini nazarda tutish printsipi. Ma’lumki, o’zbek tili o’zining sheva qatlami jihatidan xilma-xil va juda murakkabdir. O’zbek milliy tili boshqa qardosh turkiy tillarga nisbatan juda sersheva hisoblanadi. Professor V.V.Reshetov tasnifiga ko’ra, o’zbek tili qatlamida tarixiy -lingistik jihatdan bir -biridan ajraladigan (farq qiladigan) uch dialekt birligi bor: 1| qipchoq; 2) o’g’iz; 3) qarluq - chigil - uyg’ur.Bu yirik dialektlarning har biri, ayniqsa, qarluq, chigil, uyg’ur laxjasi, o’z navbatida, bir necha ayrim mayda bo’laklarga bo’linadi.
Dialektlar fonetik xususiyatlari jihatidan ota, ona, boradi kabi so’zlarni ata, ana, baradi kabi aytuvchi a-lovchi shevalar va yer, yel deguvchi ylovchilar hamda jer, jil deb aytuvchi dj - lovchi shevalarga bo’linadi. Bu sheva vakillarining barchasi millat jihatdan o’zbekdir. Ana shu dialekt va shevalar Respublikamiz xududida (va undan tashqarida) yashovchi o’zbeklar uchun aloqa vositasi (sheva nutqi) bo’lib xizmat qiladi. O’zbek dialektlaridagi mana shu xilma -xillik o’quvchilar nutqiga ta’sir etmay iloji yo’q.
O’zbek xalq shevalaridagi fonetik har xilliklar, ko’p hollarda, o’zbek adabiy tilida so’zlarning orfoepik qoidalar asosida talaffuz etishga mone’lik qiladi. Bu orfoepik xatolar orfografik xatolarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Masalan, qipchoq dialektiga mansub o’quvchilarning ko’pchiligi so’z boshida adabiy tildagi y o’rniga j talaffuz qilishadi (yo’q -jo’q, yigit -jigit); u,i unlilari bilan boshlangan ayrim so’zlarning oldiga j ni qo’shib aytishadi (uzum -juzum, iliq - jiliq); so’zning o’rtasida yoki oxirida kelgan g’ tovushini v bilan almashtiradi (to’g’ri —tuvri, tog’ -tov), p, k tovushlarnni b, g bilan almashtirib aytishadi (qop -qab, ko’k - ko’g) v.h., bu esa o’quvchilarda orfoepik va orfografik savodxonlikni ta’minlashni birmuncha qiyinlashtiradi.
O’zbek dialektlari morfologik jihatdan ham adabiy til me’yorlaridan ma’lum darajada farq qiladi. Masalan, qipchoq dialektiga mansub o’quvchilar tomonidan qaratqich kelishigining qo’shimchasi -ningni ~ding,-ting shaklida qo’llash hollariga tez - tez duch kelamiz.O’zbek dialektlari-ning leksik jixatdan ham adabiy tildan farq qiladigan ko’p tomon-lari borki, ular dialektal xatolarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Masalan, o’zbek adabiy tilidagi do’ppi so’zi Toshkentda to’ppi, Samarqandda qalpoq, Shahrixonda qalpoq, Buxoroda kallapo’sh; tovoq so’zi zsa Toshksntda lagan, Andijonda tovoq, Buxoroda tabaq, Shaxrixonda tavoq shaklida aytiladi.
Ta’lim printsiplari bir-biri bilan chambarchas bog’langan, bo’lib, ularga qat’iy amal qilish dars samaradorligini oshirish, o’quvchilarni puxta bilim, malaka va ko’nikmalar bilan qurollantirish, ularning ijodiy imkoniyatlarini tobora kengaytirishga juda katta ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
NAZORAT SAVOLLARI:
1. Ona tili ukitish printsipi nima?
2. Printsip so’zi qaysi tildan olingan
3.Ta’lim printsiplari orasida qanday bog’liqlik bor?
4.Umumdidaktik printsiplarning o’ziga xos printsiplardan farki ?
5. Ona tili darslarida ta’lim samaradorligini oshirishda ko’lla-niladigan umumdidaktik printsiplar nechta?
6. Ta’lim-tarbiya va rivojlanishning uyg’unligi printsipi nimani anglatadi?
7. Ilmiylik va tushunarlilik printsipi nimani talab etadi ?
8. Ona tili o’rganishda sistemalilik va izchillik printsipi nima?
9. Ona tili o’rganishda nazariyani amaliyot bilan boglash printsipi nimani ta’minlovchi asosiy omildir?
10. Onglilik,faollik.mustaqillik printsipi nimani talab iladi?
11.Ona tili o’rganishda ko’rgazmalilik printsipi nima uchun zarur ? Qaysi printsipga amal qilmay turib,til materiallarini puxta o’zlashtirishga erishib bo’lmaydi?

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish