Prof. B.To’xlievning umumiy tahriri ostida.
Mas’ul muharrir: T. Niyazmetova, f.f.n.dotsent,TDPU.
Taqrizchilar: N. Mahkamov, f.f.n. O’z.FA
til va adabiyot instituti ilmiy xodimi
I. Azimov, f.f.n. dotsent
Toshkent-2012
O`zbek tili o`qitish metodikasi faninig maqsad va vazifalari.
1.1. Fanning maqsadi: Talabalarga yangi texnologiyalar asosida dars o`tish usullarini o`rgatish. Ona tilidan elektron o`quv adabiyotlari, didaktik vositalarni yaratish va amaliyotda qo`llash malakasini shakllantirish.
1.2. Fanning vazifalari. Talabalarni ona tili o`qitishning umumdidaktik prinsiplari, innovatsion texnologiya, interfaol ta'lim metodlari bilan tanishtirish, kompyuter axborot texnologiyasi yutuqlaridan foydalanishning samarali yo`l va usullarini o`rgatishdan iborat.
1.3. Talaba bilimiga qo`yiladigan talablar. Fanni o`rganishda asosiy e'tibor bilishning o`n xil usuli: tinglash, anglash qiyoslash va tanlash, analiz va sintez, mustaqil fikrlash va fikr mahsulini yozma va og`zaki holatda to`g`ri, ravon ifodalash, madaniy muloqot malakalarini shakllantirishga qaratiladi. Shu asnoda talabalarda ona tilini jadal o`rganish, DTS talablarida ko`rsatib o`tilgandek «ijodiy tafakkur sohibi» bo`lgan, barkamol shaxsni tarbiyalash ko`nikmalari qosil qilinadi. Talabada milliy tilimizga, tildan foydalanish usullarini o`rgatuvchi metodika faniga, kelajakda til taraqqiyotini ta'minlovchi yosh avlodga nisbatan meqr uyqotiladi.
1.4. Fanni o`rganishda tizimiy tilshunoslikning ulkan yutug`i hisoblangan lisoniy - tafakkuriy integratsiyaga, leksik- semantik maydon nazariyasining moddiylashuviga, til sathlariaro va fanlararo aloqadorlik prinsiplariga amal qilinadi. O`zbek tili o`qitish metodikasi tilshunoslik, atamashunoslik, adabiyotshunoslik, tarix, pedagogika, psixologiya, biologiya, ximiya, fizika matematika va boshqa fanlar bilan o`zaro uzviylik va uzluksizlikda rivojlantiriladi, taraqqiy etadi.
O`zbek tili o`qitish metodikasida ta'lim mazmuni davlat va jamiyat taraqqiyoti talablariga ko`ra, pedagogik texnologiyalarning so`nggi yutuqlari asosida belgilanadi, rivojlantiriladi. Ta'lim mazmunini yangi pedagogik texnologiyalar asosida shakllantirish, lisoniy-nutqiy bilim, ko`nikma va malakalarni egallash jarayoni 5 ta muhim tarkibiy qismlarga bo`linadi va shu tartibda amalga oshiriladi:
I. O`quvchilarni ta`limiy nutqiy faoliyat uchun zarur bo`lgan ilmiy-nazariy bilimlar tizimi (til faktlari, tushunchalar, qoidalar, ta'riflar) ni egallashga yonaltirish;
II. Tanlangan ilmiy-nazariy bilimlarga muvofiq keladigan amaliy ko`nikma va malakalar tizimi (ko`nikma - egallangan tajribalar asosida muayyan faoliyatni amalga oshirish qobiliyati, malaka esa muayyan harakatlarni bajarish va boshqarish jarayonlarining avtomatlashuvidir) bilan o`quvchilarni qurollantirish;
III. O`quvchilarni ijodiy faoliyat usullariga o`rgatish. Faoliyat qayta xotirlash, qisman ijodiy va to`liq ijodiy darajada bo`lishi mumkin. Bunda pedagogikaning OVKT- ongli verbal- kognitiv, ya'ni, kashfiyot ta'lim tizimidan, o`quvchilarda matn yaratish ko`nikmalarini shakllantirishga qaratilgan modullashtirilgan MYABT-4 tizimidan samarali foydalanish usullarimi o`rgatish mumkin
IV. O`quvchi va o`qituvchi o`rtasidagi o`zaro munosabatlar tizimi. Bu munosabatlar o`qituv-chi va o`quvchi o`rtasida maqsadga intilishdagi sheriklik, o`zaro tenglik, hamkorlik, muhokama, qiyosiy tahlil, to`g`ri hukm va xulosaga asoslanmog`i lozim. Ta'lim mazmunining chizmada berilgan tarkibiy qismlari intellektual qobiliyat atalmish tasavvuriy yaxlitlik ichida joylashgan bo`lib, ular ko`zlangan maqsad yo`nalishida o`ziga xos erkin harakatlanuvchi nutq birliklari hamda ijodiy-amaliy ko`nikmalar zahirasini tashkil etadi.
V. O`quvchida mustaqil fikrlash, fikr ifodalash va matn yaratish ko`nikmalarini shakllan-tirish tizimi. Bu tizim to`liq ijodiy ishlar turiga kiritiladi.Unda o`quvchi o`quv faoliyatini o`zi egallagan bilimlar asosida quradi, rivojlantiradi. Mazkur tizimni o`quvchiga yanada moslashtirish, fikr ifodasini yengillashtirish, ixchamlash, unda uzviylik va uzluksizlik , izchillik va bosqichlilik prinsiplariga asoslanish. O`quv imkoniyatlaridan kelib chiqib, matn yaratish va uni tahrir qilish bilan shug`ullanish
Do'stlaringiz bilan baham: |