O`quv –uslubiy qo`llanma toshkent 2012 tursunoy ziyadova



Download 1,34 Mb.
bet36/78
Sana01.07.2022
Hajmi1,34 Mb.
#724608
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   78
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`ZBEK TILI O`QITISH O`QUV –USLUBIY QO`LLANMA

Dars bayonini (konspektini) tuzish ham o’qituvchidan juda katta mas’uliyat talab etadi. Chunki bayon darsni ilmiy - metodik jihatdan to’g’ri tashkil etishga ko’maklashadi, 45 daqiqalik vaqtdan unumli foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Dars bayonnomasida darsning mavzusi, maqsadi, metodi, jihozlanishi, uy topshirig’i-ning tekshirilish usuly, o’quv topshiriqlaridan foydalanish tartibi, o’quvchilarni umumlashtirishga undash yo’llari, darsni mustahkamlash uchun beriladigan topshiriqlar, hosil qilingan bilim, malaka va ko’nikmalarni tekshirish maqsadida o’rtaga tashlanadi-gan savollar, uyga beriladigan vazifalarda o’z ifodasini topadi
Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov an’anaviy ta’lim tizimi haqida to’xtalar ekanlar: “... maktablarimizda bolalar mustaqil fikrlashga o’rgatilmasligi, ta’lim jarayonida o’quvchi passiv tinglovchi, o’qituvchining faol ishlovchi, hukmron ekanligi...”8 ni qattiq tanqid ostiga oldilar. Biz o’quvchini dadil fikrlashga, fikrni benuqson ifodalashga o’rgatishimiz, uni ijtimoiy hayotga tatbiq etishga odatlantirishimiz, tanqidiy fikrlash, bahslashish, o’z fikrini himoyalash ko’nikmalarini singdirishimiz shart bo’lib qoldi.
Taniqli pedagog N.Saidahmedov9 o’qituvchi faoliyatini quyidagicha modellashtirgan (Qarang, 4-jadval).
O’qituvchi faoliyati modeli 4-jadval

Ona tili ta’limi mazmunini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida jadal o’zlashtirish, tildan ijtimoiy talab va vaziyat taqozosiga ko’ra, o’rinli foydalanish masalasi dolzarb bo’lib turgan bugungi kunda, asosiy e’tibor dars rejasida ko’rsatilgan faoliyat turlarining maqsadga muvofiq, aniq va mukammal bajarilishiga qaratiladi. Zero, zamonaviy darsda o’quvchi ham o’qituvchi singari faol ishlovchi sub’ekt, DTSda ko’rsatilganidek, «ijodiy tafakkur sohibi» dir. Binobarin, zamonaviy ona tili ta’limida o’quvchi va o’qituvchi hamkorligi, so’nggi maqsadi matn yaratish bo’lgan qo’shma ijodiy faoliyat, o’quvchi BKMlari integratsiyasi (yaxlitlanishi)da muhim didaktik ahamiyat kasb etadi. Ona tili ta’limida mustaqil yaratilgan matn o’quvchining imlo savodxonligi, tafakkur ko’lami, so’z boyligi, nutqiy salohiyatini namoyish etuvchi ko’zgu. Chunki o’quvchining ona tili ta’limi jarayonida egallagan nutqiy BKMlari mustaqil yaratilgan matndagina to’liq o’z ifodasini topadi. Zero, o’quvchining (suhbatdosh fikrini qabul qilish va o’z fikrini ifodalashga qaratilgan) ehtiyoji asosiga qurilgan faoliyatgina ona tilidan egallangan BKMlarni mustahkamlash, kommunikativ savodxonlik darajasining oshib borishi, matn yaratish ko’nikmasining rivojlanishiga sabab bo’ladi. U o’quvchida ijobiy o’quv motivlarini uyg’otuvchi muhim didaktik vosita vazifasini ham bajaradi.


Ona tili ta’limi mazmuni o’quvchida mustaqil tafakkurni jadallashtirish hamda mustaqil matn yaratishga yo’naltirilgan psixolingvistik o’quv topshiriqlari (rasmli nutqiy vaziyatlar, muammoli savollar, elektron slayd va versiyalar, videotasvirlar) asosida rivojlanib, takomillashib borishi lozim. Demak, o’quvchida MYaKSh darajasi ona tilidan egallangan BKMlar integratsiyasi mahsuli - matn va uning lisoniy - uslubiy qiymatini ko’rsatuvchi grammatik me’yorlar tizimida aks etishi kerak.

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish