O`quv –uslubiy qo`llanma toshkent 2012 tursunoy ziyadova



Download 1,34 Mb.
bet40/78
Sana01.07.2022
Hajmi1,34 Mb.
#724608
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   78
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`ZBEK TILI O`QITISH O`QUV –USLUBIY QO`LLANMA

1.Matn mavzusini belgilash ko’nikmasini shakllantirishda o’quvchi xohish-istagining ustuvor mavqeda bo’lishi maqsadga muvofiq. Bola qanday mavzuda matn yaratish o’zi uchun ma’qulligini tasavvur qila bilishi, shu sohaga oid atamalar, maqol, olinma so’zlar, ibora va tasviriy ifodalar miqdori, o’zining til qobiliyatini chamalashi, shu asosda mavzuni o’zi mustaqil tanlashi muhim ahamiyatga ega. Mustaqil matn yaratishda o’qituvchi ko’rsatmalari nihoyatda muhim, ammo mavzu tanlashning o’quvchi ixtiyoriga qoldirilishi, unda izlanish e h t i yo j i (motivatsiya) ning tug’ilishiga, mustaqil faoliyatda o’zi uchun ma’qul yo’l topishiga turtki bo’ladi.
2. Matndagi asosiy fikrni aniqlash. O’quvchi tayyor matnni 2-3 marta diqqat bilan o’qishi, uni tarkibiy qismlarga ajratib ko’rishi, kirish, aso-siy qism va xulosadagi gaplar mazmunini uqishi, matnda olg’a surilayotgan g’oyani (axloq, do’stlik, chin so’zlash, vafo va sadoqat, ota va onani hurmatlash, insoniylik, vatanparvarlik..,) aniqlashi, xulosani yozma ifodalashga odatlanishi zarur. O’quvchini jumlalarni o’zaro bog’liq, bir-birini to’ldiradigan, mantiqan va usluban to’g’ri bayon etishga o’rgatish mustaqil MYaKShning asosiy talablaridan biri hisoblanadi.
3. Matn mazmunini to’liq yoritish ko’nikmasini egallash. Masalan, o’quvchilarga «Samarqandga sayohat» nomli mavzu berilsa, ular muayyan zamon va makonda bajarilgan, borilgan, ko’rilgan, bajarilgan ishlar haqida hikoya qiladilar. Ular mavzuni yaxshi tushunishlari va matnda to’la yoritishlari uchun sayohat mavzusidagi boshqa bir tayyor matn ifodali o’qilib, unga r e j a tuziladi, tarkibiy qismlarga ajratilib shu asosda qayta hikoya qilinadi, yo’l qo’yilgan nuqson va kamchiliklar guruh yordamida tuzatiladi. So’ngra MYaBT-4 moduli (Qarang, 154-bet) asosida mustaqil matn yaratishga kirishiladi.
4. Asosiy fikrni ochishga tayyorlanish ko’nikmasini egallash- o’quvchidan muayyan tajriba talab qiladi. Bunda, avvalo, mavzu uchun asos bo’ladigan asosiy g’oyani tanlash, yoritiladigan mavzu qamrovini aniqlash (o’qituvchi yordamida), fikrni shu g’oyani ochishga yo’naltirish uchun t u g u n hosil qilishni o’rganish, tugunning echimi - yozilayotgan matnning xulosasi bo’lishini o’quvchi anglab olishi kerak. Mas., Ishlab pul topish uchun Rossiyaga ketgan Asqarjon ikki oydayoq o’z qishlog’iga qaytib keldi. (1-tugun: qaytishning asl sababi: ona vatanga muhabbat, g’urur, insonparvarlik…).
Qo’shni qiz Mastura esa ikki kundan buyon o’zida yo’q hursand, hovli-yu ko’chalarni uch martalab supurgan, keti uzilmay kelib turgan hamqishloqlarga dasturxon tuzagan, choy damlagan, non yopgan, qo’li-qo’liga tegmaydi (2-tugun: qizning Asqarga munosabati).
Ana, yangilikni eshitib, Asqarjon o’qigan maktabning o’qituvchilari ham kelib qolishdi. ... (suhbat, axborot, munosabat, kichik echim) va h.k.
5. Mavzuga oid lug’aviy manba yig’ish ko’nikmasi. Bunda ham avval namunaviy matn ifodali o’qilib, matn tili, tarkibiy qismlari (kirish, asosiy qism, hulosa) ajratilib, tahlil qilinadi. So’ng MYaBT-4 moduli tizimida uyadosh so’zlar lug’ati bilan ishlanib, berilgan mavzuga oid so’z va atamalar tanlanadi (MYaBT-1), ulardan mazmunni ochishga xizmat qiluvchi SBlari hosil qilish, turg’un iboralar, nutqiy birikmalar tanlash ustida ishlanadi (MYaBT-2). Hosil qilingan SBlaridan asosiy mazmunni yorituvchi gaplar tuzish, uni takomillashtirish, fikr isboti uchun iqtiboslar tanlash ustida ishlanadi (MYaBT-3).
6. Matnga reja tuzish, materialni qismlarga farqlash ko’nikmasi MYaBT-4 modulining to’rtinchi, yakunlovchi qismida egallanadi. Bu ko’nikmalar yaratilajak matnga turli sarlavhalar tanlash (zaxira lug’aviy manbalar asosida), matn qismlarini alohida nomlash, kirish, asosiy qism va xulosani to’g’ri shakllantirish, o’rniga joylashtirish, matn qismlarini biriktiruvchi bog’lovchi, ko’makchi va kirish so’zlardan (va, hamda, yoki, zero, chunonchi, ammo, jumladan, garchi, ma’lumki, birinchidan, mazkur, yuqoridagi, quyidagi, vaholangki, xulosa shuki, aytishlaricha, shubhasiz, albatta, va h.k.) o’rinli foydalanish orqali mustahkamlanadi.
7. Adabiy til me’yorlariga rioya qilish ko’nikmasini egallash uchun bayon va insho matnlarini guruhda tinglash va tahrir qilish, matndagi mantiqiy -uslubiy nuqsonlarni birgalikda bartaraf qilish, egalik, kelishik, shaxs-son, ega-kesim munosabatlarida yo’l qo’yilgan nuqsonlarni tuzatish, ko’rsatilgan co’z, SB va gaplarga ma’nodosh, uyadosh variantlar topish, ulardan mavzuga, adabiy me’yorga, uslubga mos keladiganini tanlash ko’nikmalarini egallash talab qilinadi.
8. Matnga xulosa berish ko’nikmasini shakllantirish uchun o’quvchi turfa mazmundagi ko’plab kichik matnlarni o’qishi va uqishi, matnni tarkibiy qismlarga ajratib ko’rishi, matnlarning xulosa qismini o’qib, mazmunni asosiy fikrni topish va sharhlashni o’rganishi zarur. Ana shunda o’quvchi xulosaning nima uchun zarurligini anglab etadi va o’zi yaratgan matnga xulosa yozishga odatlanadi.
9. Yozilgan matnni takomillashtirish ko’nikmasi. Bu ko’nikma o’zi va o’zganing yozma ishiga tanqidiy nazar bilan qarashni o’rganish, o’zaro tanqidga to’g’ri munosabatda bo’lish zaminida shakllanadi. O’quvchilar matn uchun so’zni t a n i b va t a n l a b ishlatish, gap mazmunini g’alizlashtiradigan ortiqcha ta’rif-u tavsiflardan voz kechish, iqtiboslar, maqol va hikmatli so’zlarni o’rinli joylashtirish, tahrirni izohlash asosida o’rgatib boriladi. Zero, mustaqil MYaKSh – o’qituvchidan o’quvchilar nutqiy zaxirasini boyitish, xotira, idrok va tasavvurini harakatga keltirish, unda ijobiy o’quv motivlarini uyg’otishga xizmat qilishi lozim. Shuningdek, matn mazmunini takomillashtiruvchi savol va topshiriqlar, psixolingvistik mashqlar ustida muntazam ishlash, matnning asosiy g’oyasi, shakli, mazmunini o’quvchi tasavvurida gavdalantirishning bosqichli-tizimli texnologiyasini yaratish va amaliyotga tatbiq etishni talab qiladi.
10. Tinish belgilari(ohang)ni farqlash ko’nikmasi. Matnda gap, kirish so’zlar va MSB (murakkab sintaktik butunlik)lardagi ma’noviy ishoratni farqlash, zarur ohangni yozuvda ko’rsatish, nutqiy kaloritni saqlash uchun yordamchi belgi-ko’rsatkichlar - t i n i sh b e l g i l a r i ni to’g’ri tanlash muhim ahamiyatga ega. 5-9-sinf o’quvchilari ko’proq ikki nuqta, nuqtali vergul, tire kabi tinish belgilarini noto’g’ri qo’llaydilar, ikki nuqta bilan vergulni, nuqtali vergul bilan nuqtani adashtiradilar, tire o’rnida vergul (yoki aksincha) ishlatadilar. Bunday nuqsonlarning oldini olish o’qituvchidan badiiy o’qish bilan shug’ullanish, tinish belgilari qo’yilmagan maxsus matnlar ustida muntazam ishlash, o’quvchilarda so’z va gap urg’usi, mantiqiy urg’uni to’g’ri qo’yish ko’nikmalarini mustahkamlab borishni taqozo etadi. O’quvchilar uyushiq bo’lakli, kirish so’zli, undalmali sodda va qo’shma gaplarda, ko’chirma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi yuzasidan test topshiriqlari tuzish va uni yechish bilan shug’ullanishlari, undov va so’roq belgilari, nuqta, ikki nuqta, nuqtali vergul, qavs, qo’shtirnoq, tire kabi tinish belgilari tushirib qoldirilgan, imlo xatoli gaplar va matnlarni tahrir qilishni o’rganib borishlari foydali.11 Quyida shunday o’quv topshiriqlaridan 5-7-sinflarda foydalanish uchun namunalar berildi.

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish