Xalimov Diyorbek



Download 20,36 Kb.
bet1/3
Sana15.02.2022
Hajmi20,36 Kb.
#449946
  1   2   3
Bog'liq
xizmat yuzasidan xatlar yozish va elektron vositalar orqali aloqa qilish etiketi


Farg’ona davlat universiteti
ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti
mehmonxona xo’jaligini tashkil etish
va boshqarish yo’nalishi
18.111 guruh talabasi
Xalimov Diyorbekning
Mehmonxonalarda ishbilarmonlik etiketi fanidan tayyorlagan

MAVZU: XIZMAT YUZASIDAN XATLAR YOZISH VA ELEKTRON VOSITALAR ORQALI ALOQA QILISH ETIKETI



REJA:

  1. Xizmat yuzasidan xatlar yozish va telefonda gaplashish etiketi.

  2. Xatlarni yozishga qo’yiladigan etik talablar.

  3. Telefonda gaplashish qoidalari.



  1. Xizmat yuzasidan xatlar yozish va telefonda gaplashish etiketi.

Biznes shunday faoliyatki, u bilan ko’p masalalar bevosita uchrashuvlarda ziyofat stoli atrofida hal qilinsa, ba’zilari esa, ayniqsa hamkorlar o’rtasida aloqa o’rnatilgandan keyin, xatlar va telefon orqali hal qilinadi. Bundan tashqari yuzma–yuz uchrashuvlarni tashkil qilishda ham xat va telefonning ahamiyati o’ta katta.
Xat yozishda ham, telefonda gaplashishda ham jamiyatda qo’llaniladigan etiket qoidalariga rioya qilinishi lozim. Ushbu bandda xizmat xatlarini yozishga quyiladigan asosiy etiket talablari ko’rib chiqiladi.
Biznesmenlar o’zlarining faoliyatlari davrida va har xil mazmunlarda hamkorlarga, yuqori tashkilotlarga va boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga turli xil xatlarni yozishlari mumkin, masalan, murojaat xatlari, olingan xat–xabarlarga beriladigan javob xatlari, taklifnomalar, shikoyatnomalar, rezyume va tavsiyanomalar kabi xatlar yozilishi mumkin.
Yoziladigan xatlarning turlaridan va mazmunidan qat’iy nazar, ularda xatni o’qiydigan kishiga ko’rsatilayotgan hurmat xat matni yozilgan qog’ozdan va konvertdan boshlab unda yozilgan matn mazmunidan va uni qog’ozda joylashtirish tartibidan, adresatga murojaat qilish shaklidan yaqqol ko’rinib va sezilib turilishi kerak.
Xizmat yuzasidan yoziladigan rasmiy xatlarga qo’yiladigan etik talablar xatlar yozish bo’yicha amaldagi standartlarga asos qilib olingan. Ularga ko’ra xatlar yuridik shaxsning emblemasi tasvirlangan, uning to’liq nomi, pochta va telegraf manzillari, telefoni, faksi, elektron adresi va bank rekvizitlari to’liq ko’rsatilgan blankada yozilish lozim. Blanka qog’ozlari juda ham yuqori sifatli, toza oq va yaxshi kesilgan bo’lishi kerak. Blanka qog’oziga qo’yiladigan bunday talablar xatni olib o’qiydigan shaxsga ko’rsatilayotgan hurmat belgisini bildiribgina qolmasdan xat yozgan shaxs to’g’risida ma’lumotlar olish va kelajakda u bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va javob xatlarini yozish uchun ham asos bo’lib xizmat qiladi. Muhim ahamiyatga ega bo’lgan xatlar buklanmasdan sifatli qog’ozlardan tayyorlangan katta konvertlarga solinib yuboriladi. Katta konvert faqat xatning muhimligini bildiribgina qolmasdan adresatga bo’lgan katta izzat–hurmatini ham bildiradi.
Etik talablar adresatga murojaat qilishda ham, gaplarni tuzishda ham, matnni blankada joylashtirishda ham va xatni yozib tugallashda ham o’z ifodasini topishi shart. Xat yuborilayotgan yuridik tashkilot rahbarining yoki jismoniy shaxsning familiyasi blanka qog’ozining o’ng tomonidan korxona yoki shaxs rekviziti pastida ko’rsatiladi. Keyin esa blankaning o’rtasida yoki chap tomonidan boshlab, xushmuomalali mazmunda adresatga murojaatnoma yoziladi, masalan, “Hurmatli Ro’ziqul Normaxmatovich”. Murojaat so’zlaridan keyin undov belgisi qo’yilib, xat matni abzasdan katta harf bilan boshlanadi.



  1. Download 20,36 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish