O’quv materiallar mavzu: Ijtimoiy ishda etikani ahamiyati (4 soat) Reja


Qadimgi dunyoning mumtoz axloqshunosligi Qadimgi Yunoniston



Download 361,64 Kb.
bet46/57
Sana03.02.2022
Hajmi361,64 Kb.
#427977
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   57
Bog'liq
Ijtimoiy ishda etikani

Qadimgi dunyoning mumtoz axloqshunosligi Qadimgi Yunoniston. Qadimgi Yunon axloqshunosligi haqida gap ketar ekan, asosan, to'ft buyuk faylasufning nomini tilga oIish odatbo'lib qolgan: Suqrot, Atlotun, Arastu, Epikur. Lekin, aslida, ulardan boshqa allomalar ham Qadimgi Yunonistonda axloqshunoslik borasida ancha-muncha ishlar qilganlar. Chunonchi, Pifagor, Demokrit, Gippiy, Gorgiy singari sofistlar (donishmandlar) oqimiga mansub faylasutlarning qarashlari diqqatga sazovor. Misol tariqasida Suqrotning kichik
zamondoshi Demokrit (yunoncha Demokritos, taxminan miloddan avvalgi 450-370-yillar) qarashlarini olib ko'raylik. U donishmandlikni eng yuksak fazilat, aqlni esa axloqiy xatti-harakatning mezoni deb biladi va donishmandni axloqli, nodonni axloqsiz odam sifatida ta'ritlaydi. Demokritning fikriga ko'ra, inson uchun hayotdagi birinchi ustoz ehtiyoj va tajribadir. Aynan shular insonni foydali va zararli narsalarni farqlash darajasiga olib keladi. Demokrit Qadimgi Yunon faylasuflari ichida birinchilardan bo'lib insonning ichki dunyosiga murojaat qiJadi. U niyatni (xatti-harakat sababini) harakatdan ajratadi. Ayni paytda nomusli va nomussiz odamni
nafaqat qilmishi, balki niyati orqali ham bilib olsa bo'ladi, degan fikrni ilgari suradi. Demokrit hayo va e'tiqodni insonni qing'ir ishlardan qaytarib turuvchi kuch tarzida ta'ritlaydi. Faqat ruhan zaif va gumroh odamlargina o'z muvaffaqiyatsizliklarini ma'budlar, taqdir va tasodifdan ko'radilar. Nodon va yomon odam lazzat, baxt hamda hayotning maqsadi haqida noto'g'ri tasavvurga ega bo'lgani uchun o'zini baxtsizlikka mubtalo qiladi. Endi Suqrot (yunoncha Sokratos, miloddan avvalgi 470-399-yillar) qarashlariga kelsak, u, Konfutsiyga o'xshab, axloq bilan huquqni bo'linmas yaxlitlikda olib qaraydi: nimaiki qonuniy bo'lsa, o'sha adolatdandir. Ikkala mutafakkir ham hukmronlikning yaxshi yoki yomon deb baholanishini fuqarolar tarbiyasi bilan bog'laydi, jasorat va beta'ma xizmat namunalarini o'z davlatlari o'tmishidan topadi. Suqrotning fikricha, polis bilan fuqaro o'z huquqlari jihatidan teng emas: ular ota bilan o'g'ilga o'xshaydi. Axloqning asosiy mohiyati -o'zgarmas va abadiy asl fazilat bo'lmish donishmandlik. U axloqiy xatti-harakat mezoni hisoblangan ilohiy yozmishga mos keladigan benuqson faoliyatdir. Axloqning manbai esa insondan tashqarida, ilohiydir. Suqrot ruhni (jon, qalb, nafsni), vujuddan farqli ravishda, o'lmas deb hisoblaydi, 1ekin o'z qarashlarini rivojlantirmaydi. Uning fikricha, bu boradagi ortiqcha qiziquvchanlik zararli. Chunki, ma'budlarga o'zlari odamlarga ochishni istamagan narsalarning tadqiq etilishi yoqmaydi. Suqrotdan farqli o'laroq, Atlotun (yunoncha Platon, miloddan avvalgi427-347-yillar) axloqshunosligi uchun, aksincha, g'oyalar va ruh haqidagi ta'limotlar asos bo'lib xizmat qiladi. Aflotunning g'oyalar ta'limotiga ko'ra, bizga ko'rinib turgan, biz harakat qilayotgan dunyo bor-yo'g'i soyalar o'yini, haqiqiy dunyoni ko'rish uchun esa inson aqli ojiz. lnson g'or devoriga kishanband qilib qo'yilgan tutqunga o'xshaydi, u faqat haqiqiy borliqning noaniq soyalarini kuzatadi, haqiqiy borliq esa soyalar orqasida, ko'rinmaydi. Uni inson ko'rmaydi, biroq o'sha asl borliqni ko'ra oladigan mangu o'lmas ruh mavjud. U g'oyalar dunyosiga daxldor, lekin uning faqat aqliy qismigina ana shu dunyoga qaratilgan, ehtiros va hirsli qismi esa doimo gunohkor yerga tomon tortadi. Aflotun ruhning bu ikki xillik jihatini aravakash (aql) bilan ko'pirgan otlar (ehtiros va hirs) orasidagi kurash sifatida talqin etadi. Otlar baland kelganda ruh (qalb, nafs, jon) g'oyalar dunyosi yuksakligidan vujudga yiqiladi va inson tug'iladi. Insonning tug'ilishi, natijada, ruhning gunohga botishi barobarida voqe bo'ladi. Barcha bilimlar xotira natijasidir: ruh g'oyalar dunyosidan bilganlarining ba'zilarini eslaydi va vujuddagi hayotida biror-bir diqqatga sazovor yangilikni o'ziga kasb etmaydi. Shunday qilib, Aflotunning fikricha, axloq ilohiy asosga ega va axloqiy fazilat insonga azaldan berilgan. Aflotun donishmandlikni oIiy fazilat, ruhdagi aqIiy qismning namoyon bo'lishi deb biladi va davlatni boshqarishga loyiq yagona toifa sifatida donishmand-faylasuflarni tan oladi. Yovqurlik -qo'riqchilarga, davlatni himoya qiluvchi askarlarga xos. Ruhning hirsli qismi bilan bog'liq bo'lgan mo'tadillik hunarmand-kosiblar, dehqonlarga, ya'ni xalqqa xos. Ular avvalgi tabaqaga bo'ysunishi shart. Ulardan so'ng qullar turadi. Qullar axloqdan tashqarida, har qanday fazilatdan yiroq, zotan, ulaming ruhga egaligi gumon. Bundan tashqari, Aflotunning fikriga ko'ra, adolat - shaxsiy fazilat emas, davlatga xos fazilat. Shu sababdan u tabiatiga ko'ra uchga bo'lingan tabaqalarning har biri faqat o'z yumushi bilan shug'ullangan davlatnigina tan oladi. Shuningdek, tijorat fuqarolami yo'ldan ozdiradigan soha bo'lgani uchun, u bilan adolatli davlatda xorijliklar shug'ullanishi kerak. Aflotun axloqshunosligining muhim xususiyati shundaki, unda axloqning asosi, axloqiy namuna sifatida ilohiylik olinadi. Faylasufning fikricha, kimda-kim Xudoning marhamatiga erishmoqchi ekan, unga iqtido qilmog'i, undan namuna olmog'i kerak; Xudo barcha narsalar uchun mezon; faqat Xudoga ishonuvchi va taqlid qiluvchi kishigina donishmand bo'lishi mumkin. Xullas, Aflotunning axloqshunosligi qat'iydiniy tabiatga ega. Ayni paytda u ko'p jihatdan vedachilik axloqshunosligidagi g'oyalarni o'z ichiga oladi va ularni rivojlantiradi. Aflotundan so'ng ikki Qadimgi Yunon allomasi - Arastu va Epikurning axloq nazariyalari diqqatga sazovor. Aflotunning shogirdi Arastu (yunoncha Aristotelos, miloddan avvalgi 384-322-yillar) birinchi bo'lib axloqshunoslikni ruhshunoslik bilan siyosatshunoslik oralig'idagi alohida falsafiy fan sifatida taqdim etdi va unga (keyinchalik Ovro'pada qabul qilingan) «Etika» degan nom berdi. Arastuning axloqiy qarashlari, asosan o'g'liga bag'ishlangan «Nikomaxning axloq kitobi» va «Evdemning axloq kitobi» hamda «Katta axloq kitobi» risolalarida o'z aksini topgan. Arastu Qadimgi Yunon mutafakkirlari ichida birinchi bo'lib ixtiyor erkinligini axloqning asosi sifatida olib qaraydi va axloqiy fazilatni, Aflotunga qarama-qarshi o'laroq, ruhning tug'ma xususiyati emasligini, balki kasb etiladigan (hosil qilinadigan) sifat ekanini aytadi. U barcha fazilatlarni ikkiga bo'ladi: birinchisi, ruhning donishmandlik, tajribakorlik, topqirlik singari ma'naviy soha bilan bog'liq aqliy qismiga oid fazilatlar va, ikkinchisi, ruhning intiluvchan (ixtiyoriy) qismi - sofaxloq bilan bog'liq fazilatlar.
Uning fikricha, asosiy fazilat adolatdir. Fazilat ma'lum ma'noda o'rtalikdir, zero, u doimo o'rtalikka intiladi. Masalan, mardlik telbavor jasorat bilan qo'rqoqlik orasidagi o'rtalik va hokazo. Ayni paytda bu o'rtalik muallaqlikni anglatmaydi, u ijobiy xususiyat bo'lishi uchun birinchi tomonga yaqinroq turishi lozim. M., mardlik qo'rqoqlikdan uzoqroq, telbavor jasoratga yaqinroq turadi. Shuningdek, mutafakkir niyatga katta ahamiyat beradi va uni harakatning tamoyili, boshlanishi deb ataydi. Lekin u pirovard maqsad emas, niyatning tamoyili esa intilish va aql, shu sababli niyat aqldan, es-hushdan va odobdan tashqarida bo'lmaydi. Arastu, Aflotundan farqli o'laroq, vujud va ruh yaxlitligi nuqtayi nazarini iIgari suradi; inson kamolotga, yuksak ezgulik va erkinlikka bilish faoliyati, voqelikka faol munosabati orqali, hirs-u ehtiroslar ustidan hukmronlik qila olishi tufayli erishadi, degan fikrni aytadi. Demak, insonda ixtiyor erkinligi bor, zero, u ezgulik yoki yovuzlikni, fazilat yoki illatni tanlashda bir xiI hukmronlik mavqeyiga ega. Maqsad bilan vositani Arastu yaxlitlikda olib qaraydi; maqsad vositani belgilaydi, shu sababli maqsadning axloqiy tabiati faqat axloqiy vositalarnigina tan oladi va, ayni paytda, axloqsiz maqsad axloqsiz vositalarni talab qiladi. Arastu aqliy-idrokiy faoliyatni hayotiy faoliyatning oliy shakli, hech bir narsa bilan qiyoslab bo'lmaydigan qadriyat deb hisoblaydi. Oliy aql doirasida subyekt va obyekt, fikr va fikrning predmeti - narsa-hodisasi bir-biriga mos, ya'ni Oliy aql (Xudo) tafakkur haqidagi Tafakkurdir. Garchand inson hech qachon ilohiy hayot darajasiga yetisha olmasa-da, lekin unga ideal sifatida imkon boricha intilishi kerak; inson erishgan komillik doimo nisbiy bo'ladi. Shunday qilib, Arastuning fikricha, axloqli inson aqliy fazilatlar bilan yo'g'rilgan kishidir; aqlni inson emas, insonni aql belgilaydi. Ayol zoti esa past darajali, zaif, ko'z yoshiga erk beradigan, o'zini tutolmaydigan inson, ularda ehtiros aql-idrokdan yuksak turadi, illatlarga erkaklarga nisbatan ko'proq moyil bo'ladilar, shuning uchun ham donishmandlik ularga xos emas; xotinning erga bo'ysunishi adolat tamoyilini buzmaydi. San'at, siyosat va ilm-fan ozod kishilar uchun. QuI, umuman, axloqdan tashqaridagi mavjudot. Qullarni past tabaqali kishilar, hatto jonli narsalar qatoriga kiritish Arastuning insonni mohiyatan ijtimoiy-siyosiy mavjudot sifatida tushunishidan kelib chiqadi. Uning uchun jamiyatdan: qabila, jamoa, davlatdan tashqaridagi odam - yo Xudo, yoki hayvon. Shu bois yot qabiladan kelgan, polis fuqaroligi huquqiga ega bo'lmagan qullar odam hisoblanmaydi. Qul faqat ozodlikka erishgandagina insonga aylanadi. Arastu, yuqorida keltirganimizdek, ilmni (aqlni) axloqdan (vijdondan) yuksak qo'yadi va bu bilan mushohadakor hayotni - nazariyani, ijodga bag'ishlangan hayotni axloqiy ideal tarzida talqin etadi. Shunga ko'ra, buyuk mutafakkir antik dunyo fuqarosining an'anaviy fazilatlari bo'lmish donishmandlik, mardlik, odillik, do'stlikni yuksak qadrlaydi. Biroq uning insonga muhabbati, insonparvarligi bizning hozirgi, barcha bandalar Xudoning oldida baravar, degan tushunchamizdan farq qiladi. Yuqorida ko'rganimizdek, uning nazdida odamlar teng emas, tenglik tushunchasi Arastuga yot. U faqat odamlar o'rtasidagi do'stlik va xayrixohlikni tan oladi, xolos. Epikur (yunoncha Epikuoros, miloddan avvalgi 341-270-yillar) esa o'z qarashlarida falsafaning amaliy maqsadini, axloqiy mazmunini
ta'kidlaydi. Insonning biror-bir iztirobiga davo topolmaydigan faylasufning so'zlari ma'nosizdir, badandan kasallikni quva olmaydigan tabobatdan hech qanday foyda bo'lmagani kabi ruhni (qalbni) davolay olmaydigan falsafadan ham foyda yo'q, degan fikrni bildiradi. Epikur insonda tanlov ixtiyori borligini qayd etadi. U ham Demokrit kabi ezgulik haqidagi ta'limotni lazzat va iztirob muammosidan boshlaydi. Uning uchun eng muhimi - ruhiy xotiIjamlik. Do'stlaridan biriga yozgan xatida zarboft to'shagu to'kin dasturxoning bo'lib, behalovat yashagandan ko'ra, poxol to'shakda xotiIjam yotganing afzal, deydi. Fazilatlar orasida Epikur adolat bilan donishmandlikka alohida e'tibor bilan qaraydi. Adolat tushunchasida mutlaqlik va nisbiylik hollari mavjudligini ta'kidlab o'tadi; umuman, adolat hamma uchun bir xil, chunki u odamlararo munosabatlardagi foydali hodisa; lekin muayyan mamlakatlarning o'ziga xosligi nuqtayi nazaridan va shunga o'xshash boshqa sharoitiarda adolat barcha uchun bir xilda bo'lolmay qoladi. Fazilatlarning mohiyati insonni lazzatga olib borishdan, xotiIjamlikka hamda ruhning faoliyatli holatiga xizmat qilishdan iboratdir. Baxt esa axloqiy va jismoniy sog'lomlikdan yuzaga keladi. O'lim qarshisidagi qo'rquv borasida gapirib, Epikur uning manbaini
ruhning o'lmasligi va iztiroblarning abadiyligi haqidagi noto'g'ri tasavvurlarda deb hisoblaydi. Zero, ruh ham vujud singari atomlardan iborat. Tabiatdagi hamma narsa atomlar birikuvidan hosil bo'igan, ularning parchalanishi bilan ruh ham parchalanadi. O'lim xavfining asossiz ekanini isbotlash uchun u shunday deydi: «Yovuzlikning eng dahshatlisi bo'lmish o'limning bizga hech qanday aloqasi yo'q, chunki, biz hali mavjud ekanmiz, o'lim kelmaydi, o'lim kelganda esa biz mavjud bo'lmaymiz. Shunday qilib, o'limning tiriklarga ham, o'liklarga ham aloqasi yo'q, chunki birlari uchun u mavjud emas, boshqalarining esa o'zlari mavjud emas»i. Epikur iztirobdan qochishni emas, uni yengish kerakligini ta'kidlaydi. Buning uchun axloqiy qat'iyat, fikr yorqinligi, fikr qudrati iztirobga qarshi qo'yilishi kerak. Uning axloqiy ideali - yerdagi hayotga nafrat bilan qaramaydigan, aksincha, tabiat bilan hamnafas bo'lib, ya'ni, tabiat belgilab bergan hayotiy maqsadga muvofiq yashaydigan donishmand, faylasuf. Aynan tabiatga muvofiqlikda, turii bid'at va aldamchi fikrlardan qutulib, o'z ehtiyojlarini tabiiy zarurat bilan moslashtirgan holdagina donishmand tafakkur va ichki erkinlik borasida oliy darajadagi lazzatga erishadi. Donishmand o'z kuchi me'yorini biladi va undan oqilona foydalanadi. U baxtni manbai faqat ma'naviy ezgulikda, do'stiik bilan bilimda bo'igannisbatan mustahkam va uzoq muddatli Iazzat tarzida tushunadi. Epikur odamlarning munosabatlarida hammasidan avvaI tenglik va hamfikrlilikka asoslangan do'stlikni qadrlaydi. Falsafa bilan shug'ullanish ham xuddi do'stlik singari ruhan xotiIjamlikka yetishishga olib keladi. Qadimgi Sharq axloqshunosligi erishgan yutuqlarni yuksak nazariy darajaga ko'targan Qadimgi Yunon axloqshunosligi jahonshumul ahamiyat kasb etdi. Yunonlik mutafakkirlar ilk bor inson shaxsini, inson xatti-harakatiga asoslangan niyatni tadqiq etishga va axloqiy qilmish muammolarini tushuntirishga urindilar. Qadimgi Rumo. Qadimgi Yunon axloqshunoslari ilmiy an'analarini Sitseron, Lukretsiy Kar, Seneka, Epiktet, Mark Avreliy, Plotin, Sekst Empirik singari Qadimgi Rumo mutafakkirlari davom ettirdilar. Ularning ba'zilariga to'xtalib o'tamiz. Tit Lukretsiy Kar (lotincha Titus Lukretsius Karus, miloddan avvaIgi 99 - 44-yiIIar) Epikur axloqiy ta'limotining izchil himoyachisi sifatida mashhur. U «Narsalarning tabiati haqida» degan dostonida ruh va vujudning ajralmas aloqasini ta'kidlaydi, ruhning o'lishi to'g'risida fikr yuritadi, insonning o'Iim qo'rquvidan xalos bo'lishida axloqiy ma'no borligini aytib o'tadi. Aynan o'Iimdan qo'rqish, faylasufning fikriga ko'ra, xiIma-xiI jinoyatlarni tug'diradi: qaroqchilik, qotillik, qarindoshlarga nafrat, o'zidan oqilroq va badavlatroq odamlarga hasad kabi ilIatiar zamirida o'limdan qo'rquv hissi yotadi. Aslida o'lim tabiiy holat, insonga qo'rquv solishi kerak emas. Gap shundaki, qo'rquv o'rnini aql egallasa, iztiroblarga o'rin qolmaydi, o'lim dahshati ham yo'qoladi. Har bir odam insonga xos ulug'vorlik bilan yashashi, Iazzatdan o'zini olib qochmasligi, tabiatga norozilik bildirmasdan hayot kechirishi kerak. O'lim qo'rquvidan va ma'budlar oIdidagi qo'rquvdan xalos bo'lgan kishi baxtli yashashi mumkin, aqI-idrok va his-tuyg'ular sharofati bilan narsalar haqida u haqiqiy tasavvurga erishadi.
Lutsiy Anney Seneka (lotincha Lutsius Anneus Seneka, miloddan avvalgi 5 - milodiy 65-yilIar) ham yozuvchi, ham axloqshunos-faylasuf. Uning «G'azab haqida», «Shafqat haqida», «Baxtli hayot haqida» singari axloqshunoslikka doir risolalari ko'pchilikka ma'Ium. Ayniqsa, «Lutsilliyga axloqiy maktublar» asari mashhur. Senekaning fikriga ko'ra, dunyo moddiy, biroq unda qandaydir jonli ibtido hukmron: uni aqI-idrok deymizmi, tabiat, bashorat yoki taqdir deymizmi - ahamiyati yo'q, muhimi shuki, uning yozig'i albatta amaIga oshadi. Faylasuf fazilatlarning ma'nosini taqdirdan rozilikda, uningzarbalariga insoniy qadr-qimmatni yo'qotmay, mardona va chidam bilan dosh berishda ko'radi. U o'limni sovuq, tund, lekin ozodlikning
kafolati sifatida talqin etadi. Ozodlikni o'z-o'zini o'ldirishda ko'rish, shubhasiz, u yashagan davrning g'oyatda fojialiligi bilan bog'liq. Seneka quI bilan ozod kishining ma'naviy tengligini ta'kidlaydi: «Ular quUarmi? Yo'q, odamlar. Ular qullarmi? Yo'q, ular uyingdagi qo'shnilar. Ular qullarmi? Yo'q, sening itoatkor do'stlaring. Ular qullarmi? Yo'q, ular sening qullikdagi birodarlaring, negaki, sen ham, ular ham taqdirning qullarisiz»l. Albatta, bu o'rinda Seneka ijtimoiy-iqtisodiy tenglikni emas, balki quI bilan quldorning axloqiy tengligini nazarda tutmoqda. Faylasufning aytishicha, ruh ozodligi - shaxs uchun o'z-o'zini qadrlash va g'urur-iftixor manbai. Kimki botiniy ozodlikka erishgan ekan, u taqdir ko'rgiliklariga bo'ysunmaydi, qismat zarbalarini mardona kutib olishga tayyor turadi. Ana shunday kishi - baxtli odam: u minnatsiz ezgulikning xizmatkori, shu bois uning fe'li yaxshilik, muruvvat, g'azablanmaslik kabi ijobiy xususiyatlardan tashkil topgan. Zero, manfaatparastlikdan chekinib, beg'araz ezgu ishlarga o'zini bag'ishlashdan yuksakroq baxt yo'q; o'zing uchun yashashni istasang, boshqalar uchun yashashni o'rgan. Fozil inson hech qachon quyidagi axloqiy qoidani unutmaydi: inson avvalo, Vatanga, keyin yaqin kishilariga, undan keyingina o'z manfaatlariga xizmat qilishi kerak. Yana bir Qadimgi Rumo axloqshunosi ozod qilingan quI Epiktetdir (Epiktetos - yunoncha sotib olingan degan ma'noni anglatadi, 50 -138-yillar atrofida). Uning axloqiy qoidalari quyidagicha: taqdir muqarrar; aql-idrok axloqning yagona va ishonchli mezoni; tashqi dunyo ma'budlar irodasiga qat'iyan bog'liq, ichki dunyo insonning hukmi ostida; haqiqiy donishmandning erki shundaki, u o'ziga bog'liq bo'lgan narsalarni o'ziga bog'liq· bo'lmagan narsalar bilan chalkashtirib yubormaydi; hayotning maqsadi va ma'nosi shaxsiy ichki erkinlikni
anglash va uni qo'lga kiritishda; unga eltadigan yo'l bitta - ma'budlar irodasiga so'zsiz itoatkorlik, ehtiyojda mo'tadillik, beparvolik, sovuqqon aql bilan ish ko'rish.
Epiktetning fikriga ko'ra, baxt, haqiqiy saodat - fazilatda, fazilat esa butunlay insonning ijodidir, zero, uni inson shakllantiradi. Faylasuf, o'zing yoqtirmaydigan sharoitni o'zgalarga ravo ko'rma, agar qul bo'lishni istamasang, atrofingda qullikka yo'l berma, degan fikrni ilgari suradi. Epiktet ozod inson, haqiqiy erkin odamzod deganda o'z vijdoni da'vatiga monand yashaydigan, bu yo'lda har qanday hujumu azoblardan, hatto o'Iimdan ham qo'rqmaydigan kishini tushunadi. «Erkin inson faqat o'zi to'sqinliksiz hukmronlik qila oladigan narsalar ustidangina hukmron bo'ladi. Hech qanday to'sqinliksiz esa yolg'iz o'z ustidan hukmronlik qilishi mumkin. Shu sababli o'zining emas, boshqalarning ustidan hukmron bo'lishni xohlagan kishi, bilginki, erkin emas: u o'zining odamlar ustidan hukm yurgizish istagiga quldif», -deydi Epiktet. Faylasuf bu fikrini bir quI misolida shunday tushuntiradi: qul ozodlikka chiqishni nihoyatda xohlaydi. Bu xohishi ro'yobga chiqqach, u kimgadir yaltoqIik qiladi, chunki xo'jayini unga endi ovqat bermaydi. Asta-sekin yangi qulchiliklar boshlanadi, amal-taqal qilib uy topadi, oziq-ovqat g'amlaydi, jazman izlaydi, boyish uchun, har qanday pastkashlikdan qaytmaydi; o'z ixtiyori bilan, barcha azob-uqubatlarga chidab, harbiy yurishlarda qatnashadi; nihoyat senator darajasiga ko'tariladi. Aslida u kimga aylandi, degan savolni o'rtaga tashlaydi faylasuf: u o'sha-o'sha quI, biroq senat majlisiga boradigan quI. Uning zanjirlari chiroyIi, yaltiroq, qimmatbaho, lekin baribir ular erkinlikdan mahrum qiJadigan zanjirlardir. Epiktet donishmandlik haqida fikr yuritar ekan, donishmand odam hech qachon ko'kragiga urib, o'zini ko'z-ko'z qilmaydi, deydi. Ezgulik va yovuzIikning mezonlarini belgilab bera oladigan odamnigina haqiqiy donishmand deb atash mumkin. Yangi aflotunchilik falsafasining asoschisi Plotin (yunoncha Plotinos, 2004l205 - 270) ta'limotida axloqshunoslik masalalari muhim o'rin egallaydi. Uning keyinchalik «Enneadalaf» (to'qqizliklar) deb nomlangan 54 risolani o'z ichiga olgan falsafiy merosida hamma narsa, Yagonadandir, degan g'oya ilgari suriladi. Yagona quyoshga o'xshaydi, boshqa barcha narsalar uning tajallisidir. Yagona ongdan ham, hayotdan ham, borliqdan ham narigi tarafda, uni tushunchalar yordamida aniqlab-bilib bo'lmaydi. Yagona bilan ezgulik - bir xiI. Yagonaning aksi -moddiyat, u - yovuzlik. Inson olamdagi o'z holatiga ko'ra ikki
yoqlamalikka ega: ezgulikka ham, yovuzIikka ham taalluqIi zot. U Yagona kabi mutlaq ezgu va moddiyat kabi mutlaq yovuz bo'lolmaydi. Insonning ezgulik darajasi ezgu a'mollarining salmog'i bilan o'1chanadi, uning yovuzlik darajasi esa yovuz a'mollarining ko'p yo kamligiga bog'liq. Odam bolasi ezgulikka erishish uchun asta-sekinlik bilan, forig'lanish yordamida yuksak ma'naviy pog'onaga ko'tarilishi lozim: bu maqomda uning butun xayoli Yagonaga o'xshash bo'lishga qaratiladi. Qalbni forig'lantirib borish vujudning ham forig'lanishiga olib keladi. Plotinning axloq falsafasida yovuzlik ezgulikning ziddigina emas, u o'zi alohida javhar (substansiya). Uni bilish uchun alohida bilim kerak emas: «ezgulikni bilish ayni paytda yovuzlikni bilishdir»l . Yovuzlik aslida ezgulikning yetishmasligidir. Chunki qalb Yagonaga qarab ko'tarilib borish o'rniga moddiyat tomonga tushib borsa, zaiflashadi, yovuzlashadi. Demak, aynan moddiy dunyo qalbda yovuzlik paydo bo'lishining asosiy sababchisidir. U qalbda yolg'on fikr, noto'g'ri tasavvurni uyg'otadi. Yolg'on fikr va noto'g'ri tasavvur esa qalbning haqiqat chegarasidan
chiqib ketganligidan dalolatdir, bunday holat uning nopokligini bildirdi. Qalbning aqlga intilishi esa butunlay boshqa gap, yuqoridagi holatning aksi. Shu bois qalb o'zini u yoqqa-bu yoqqa tashlamay, yomon, tuban tomonga burilmay butun quvvatini, diqqat-e'tiborini aqlga qaratishi va shu holatda doim turishi lozim. Ana o'shanda inson o'ziga xos transsendental jazabaga tushishi, aql boyar qiladigan darajadan yuksaklikka erishishi mumkin, u - Yagonaning ishqidan hosil bo'ladigan
holat. Tasavvufchilar keyinchalik bu maqomni «hoh> deb atadilar. Shu maqomga yetganda inson haqiqiy ezgulikka dohil bo'ladi. Plotin erkinlik muammosini ham o'ziga xos hal etishga urinadi. Erkinlik uning nazdida o'zboshimchalikdan qat'iy farq qiladi. Erkinlik - ezgulikning erkinligi. Yovuzlik esa erkinlik emas, balki erkinlikning butunlay yo'qligini anglatadi. Erkinlik - ezgulikka intilgan aqlning
mevasi, yovuzlik erkin bo'lolmaydi. Yovuzlik - qullik, ezgulik - erkinlik. Erkinlik aqlga oid tushuncha. Uni xatti-harakatdan emas, balki fazilat borasidagi tafakkurdan izlash lozim. O'lim Plotin nazdida yovuzlik emas, chunki, qalb - abadiy. Aksincha o'lim ezgulik, u qalbni vujuddan ozod qiladi, ya'ni, o'limdan so'ng har bir qalb o'z darajasiga yarasha muayyan ma'nodagi erkinlik bilan taqdirlanadi. Biroq zo'ravonlik orqali ro'y beradigan o'lim yoki o'z-o'zini o'ldirish - yovuzlik. Aytilganlardan shunday xulosa chiqarish mumkin: qadimgi Rumo mutafakkiri Plot in axloqshunosligi mohiyatan Arastuning ezgulik va yovuzlik borasidagi qarashlarini tanqid qilish hamda Aflotun ta'limotini yangilashga qaratilgan. Shunday qilib, Qadimgi Rumo axloqshunoslari ham inson xatti-harakatlari muammosini o'rtaga tashlaydilar va insonning olamdagi o'mi hamda hayotining maqsadini belgilashga intiladilar. Bunday intilish, ayni paytda, butun Qadimgi dunyo mumtoz axloqshunoslariga xosdir. Ular oddiy axloq-odob qoidalari, pand-o'gitlar va hikmatlardan tortib, to axloqshunoslik nazariyasi tizimigacha yaratdilar. Bu meros
hanuzgacha o'z ta'sir kuchini yo'qotgani yo'q, hanuzgacha jahon axloqshunosligi ko'p hollarda o'sha tushunchalar va tamoyillaming o'ziga yangicha yondashuv asosida taraqqiy etib kelmoqda. Shu o'rinda yana bir, hozirgacha yetarli e'tibor qilinmay kelinayotgan masalaga oydinlik kiritishni maqsadga muvofiq deb o'ylaymiz. Bu -
Qadimgi Yunon tafakkuri bilan O'rta asrlar musulmon Sharqi falsafasining, xususan, axloqshunosligining bog'liqligi masalasi. Nima uchun bizning aHoma ajdodlarimiz Qadimgi Sharq, jumladan, Hindi-Xitoy mintaqasi mutafakkirlari izidan emas, ovro'palik yunonlar izidan bordilar, Suqrot va Aflotunni o'rgandilar, ko'klarga ko'tardilar, Arastuni esa eng ulkan ustoz - Birinchi muallim deb atadilar? Gap shundaki, musulmonchilikning asosi tavhidda - yakkaxudolikda. Alloh yagona, uning sherigi yo'q va bo'lishi mumkin emas. Qadimgi Yunon mutafakkirlari aynan ana shu tavhid yo'lini falsafiy asoslab berdilar. Birinchi bo'lib bu masalani ular orasida Suqrot o'rtaga tashladi. U o'limga mahkum etilganida, unga yunonlar ma'budlarini hurmat qilmaganligi, yoshlami boshqa yo'lga (aslida tavhid yo'liga) burib yuborayotgani ayb qilib qo'yiJadi. Suqrotning o'limi oldidagi so'nggi gapi ham shuni tasdiqlab turadi, sikuta ichgach: «Men Uning yoniga ketyapman!», deydi u. Shuningdek, Aflotunning g'oyalar, olamiy ruh, emanatsiya haqidagi fikrlari ham to'g'ridan to'g'ri yakkaxudolik masalasiga borib taqaladi. Lekin Suqrot va Aflotun tavhidni falsafiy-nazariy nuqtayi nazardan isbotlashni o'z oldiga vazifa qilib qo'ymadilar, bunga urinmadilar ham. Bu 'ishni Arastu uddaladi. U o'zining mashhur «Metafizika» asarida Xudoning yakkaligini, Uning jismsiz, hech narsa tomonidan harakatga kelmaydigan, aksincha, birinchi harakatga keltiruvchi kuch ekanini nazariy isbotlab berdi. Uni «Oliy shakl» (forma) deb atadi. Arastu talqinida Xudo olam va barcha olamiyjarayonlarning maqsadi hisoblanadi, U, yuqorida keltirganimizdek, Oliy tafakkur, tafakkur haqidagi Tafakkurdir. O'rta asrlar musulmon Sharqi mutafakkirlaridagi Qadimgi Yunon tafakkuriga, xususan, axloqshunosligiga bo'lgan ulkan e'tiborning, taqlidning asl sababi ana shunda. Nazorat uchun savollar
1. Somirliklar va bobilliklaming axloqiy qarashlari qanday ifodalangan?
2. Qadimgi misrliklaming axloqiy qarashlari qaysi manbalarda aks etgan?
3. «Avesto»ning axloqiy ahamiyati nimalarda ko'rinadi?
4. «Xuastuanift» va «Handarzlar» haqida nimalar bilasiz?
5. Vedachilik, buddhachilik va jaynchilik axloqiy ta 'limotlarining asosiy
xususiyatlari nimalar bilan belgilanadi?
6. Daochilik va konfutsiychilik axloqiy ta 'limotlaridagi farqlar nimalarda
namoyon bo 'ladi?

Download 361,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish