11- mavzu: ARUZ SHE’R TIZIMI
R E J A:
1. Aruz tarixi.
2. Aruz xususiyatlari.
3. Bahrlar. Zohiflar. Ruknlar.
Aruz she’r tizimi dastlab arablarda paydo bo‘lib, keyinchalik boshqa musulmon SHarqi xalqlari she’riyatiga tarqalgan.
Aruz she’r tizimi arab tilining leksik, fonetik xususiyatlariga asoslanadi. Biroq unlilar uzun-qisqa ajralmaydigan turkiy tillarga ham tarqalgan. Aruzning arab tilining fonetik, grammatik va sintaktik xususiyatlariga asoslanganligidan kelib chiqib, yaqin vaqtlargacha she’riyatning bu tizimi o‘zbek tili uchun yot narsa degan qarashlar ‘ukm surib keldi. Bunga aruzda yangi zamon, yangi kishi kechinmalarini aruzda berib bo‘lmaydi, degan daovolar ham qo‘shildi. Aslida agar aruz o‘zbek tili xususiyatlariga zid bo‘lganda edi, u o‘zbek she’riyatida ming yillar ildiz otmagan bo‘lardi. S.Ayniy aytganidek, «... aruzning arablardan kirib kelganligi rost. Lekin u o‘zbek tilining xususiyatlariga to‘g‘ri kelmaganida edi, allaqachon yo‘q bo‘lib ketgan bo‘lardi». SHunday ekan, o‘zbek aruzi bu o‘zbek she’riyatining o‘z aruzi-dir.
Ikkinchidan, o‘zbek she’riyatida arab aruzining hamma bahr va SHakllari ildiz otgan emas, faqat tilimizning xususiyatlariga muvofiq keladigan bahrlargina rivojlangan, xolos.
Uchinchidan, o‘zbek xalq she’riyatida ham aruzga xos xususiyatlar mavjuddir. Masalan,
Kichkina chorbog‘ ichinda
Aylanur boshim mening.
YOr yurgan ko‘chalarda
To‘kilur yoshim mening.
- U - - / - U - -
foilotun foilotun
To‘rtinchidan, o‘zbek she’riyatidagi aruz arab aruzidan butunlay farq qiladi.
Beshinchidan, Hamza va boshqa bir qator shoirlarning ijodiy tajribalari shuni ko‘rsatadaki, aruz ham yangi voqelikni ifodalashga qodirdir.
Aslida gap aruzda emas, undan qanday foydalana olishdadir. Buni hozirgi she’riyatimiz tajribasi ko‘rsatib turibdi.
Aruz nazariyasini birinchi bo‘lib arab filologi Xalil ibn Ahmad (791/792 yilda Basrada vafot etgan) o‘zining «Kitob al-arud» asarida ishlab chiqqan. U aruz she’r tizimining tuzilishi va bahrlarini aniqlab, ularni nomlaydi. Navoiyning aytishicha, aruz nomi ham Xalil ibn Ahmad yashagan vodiy nomi bilan atalgan. CHunki Makka SHa’rini al-Arud deb ham yuritganlar. Aruz nazariyasini Xalil ibn Ahmad shu erda yaratgan. Umuman, aruz bilan bog‘liq atamalarning ko‘pchiligi arablar yashaydigan chodir, uning ichi va atrofidagi narsalarning nomi bilan atalgan. Masalan, bayt-uy, bahr-dengiz va ‘okazo.
Aruz atamasi arabcha bo‘lib, uni arablar «arud» deya talaffuz qiladilar. «Aruz» so‘zining lug‘aviy ma’nosini turlicha izo’laydilar: ya arudu alayhi o‘lchoviga asoslanganligi uchun uni shunday deb atashadi, - urg‘ochi tuya ham «arud» deb ataladi. Xuzeyli shoirlari she’rni tuyaga o‘xshatganlar. CHunki she’r yozish ham urg‘ochi tuyani jilovlash singari qiyin bo‘lgan;
chodir - bayt, chodir o‘rtasidagi ustun «arud», boshqa ustunlar rukn deb atalgan;
- bizga eng yaqin ma’nosi shuki, aruz - «arz qilmoq» degani, so‘zlarni ma’lum tartibga solmoq, izhor qilmoq deb ham izo’lanadi.
Aruz she’r sistemasi uzun - qisqa hijolarning ma’lum tartib va muvofiqlikda takrorlanib kelishiga asoslanadi.
U - qisqa xijo belgisi
- - uzun xijo belgisi.
- yopiq bo‘g‘inlar uzun hijo hisoblanadi, ochiq bo‘g‘inlar qisqa hijo sanaladi. Masalan, O - mon, bo-la, to-la;
- umuman, «O» bilan tugagan hijo uzun hisoblanadi;
- qisqa unlili ochiq bo‘g‘inlar qisqa hijo hisoblanadi;
Masalan: cha - ma U -
lo - la - U
- so‘z oxirida kelgan izofat («i»), «Ki» og‘lovchisi ham uzun, ham qisqa hijo bo‘la oladi;
- «alif» agarda «O»ni ifodalasa, «yoy», «vov» so‘z oxirida kelsa uzun hijo hisoblanadi;
- arab alifbosida yozilganda, unli tovushlari harf bilan yozilgan ochiq bo‘g‘inlar uzun hijo bo‘ladi. Unli tovushi ‘arakat bilan yozilgan ochiq bo‘g‘inlar qisqa hijo bo‘ladi.
Umuman, ikkita ‘arf bilan yozilgan bo‘g‘inlar uzun hijo bo‘ladi.
- o‘zbek aruzida «a» bilan tugagan ochiq bo‘g‘inlar so‘z oxirida ham uzun, ham qisqa hijo bo‘ladi;
- aruzning turkiy she’riyatidagi xususiyatlaridan yana biri shuki, undagi ayrim so‘zlar vazn, ohang talabi bilan uzaytirilib yoki qisqartirilib aytiladi;
- aruzdagi hijo barmoq vaznidagi bo‘g‘in bilan bir narsa emas. Aruzdagi hijo tushunchasini ‘ar doim ham grammatik maonodagi bo‘g‘in bilan bir narsa deb bo‘lavermaydi;
Masalan: Nav-ba-’o-ro-chil-di-gul-lar-sab-za-bo‘l-di-bog‘-lar
Bu holda misra 15 hijodan iborat bo‘lganligini ko‘ramiz.
- aruzda undosh tovush bilan tugagan so‘zdan keyin unli tovush bilan boshlanadigan so‘z ketma-ket kelib qolsa, vazn talabi bilan hamda rukn taqozosi bilan tugagan oldingi so‘zning tovushi keyingi so‘zga qo‘shilib ketadi va oldingi so‘zdan ajralgan undosh keyingi so‘zning boshidagi unli tovushlar bilan qo‘shilib ketishi mumkin. Masalan,
Osh esalar o‘rtada sarson ilik,
Xo‘ja chirog‘ yog‘i, ‘akimjon pilik.
Sar-son-i-lik = sar-son-ni-lik
- aruzda birgina tovushning o‘zidan ham bo‘g‘in hosil qilinishi mumkin. Bunday o‘rinlarda ko‘pincha ikki bo‘g‘inli so‘z uch bo‘g‘inga yuradi, uch bo‘g‘inli so‘z esa to‘rt bo‘g‘inga yuradi:
Dodxo’im, dodxo’im, senga xos,
Porasiz o‘tmas senga bir iltimos.
Do-d-xo-’im-do-d-xo-’im-sen-ga-xos 11 bo‘g‘in.
«Dodxohim» so‘zi aslida uch bo‘g‘in bo‘lsa-da, vazn talabi bilan to‘rt bo‘g‘in qilib o‘qiladi.
- baozan unli tovush ham bo‘g‘in bo‘laveradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |