I bob 1 umumiy arab tili haqida tushuncha



Download 49,16 Kb.
bet1/8
Sana10.07.2022
Hajmi49,16 Kb.
#771857
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Maqtov fel. kurs ishi 82652






MUNDARIJA



KIRISH

I BOB 1.1 UMUMIY ARAB TILI HAQIDA TUSHUNCHA

1 2. ARAB TILIDA FE’L VA UNING TURLARI

II BOB 2.1 MAQTOV VA TAHQIR FE’LLARI

XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI









































KIRISH


O‘zbek tili o‘z taraqqiyotida turkiy va boshqa tillar bilan yaqin aloqada bo‘lib, ular o‘zbek tilining lug‘at tarkibi va grammatik qurilishiga bevosita ta’sir etgan. Ayniqsa, Markaziy Osiyo va Volga bo‘yida Islom dinining yoyilishi, XI asrdan keyin arab tilining fan tili sifatida tarqalishi o‘zbek tilida arab elementlarining keng qo‘llanishiga olib keldi. O‘zbek tili tarkibiga arab elementlarining kirib kelishi forsiy badiiy adabiyot tili orqali ham yuz bergan. SHuning uchun, o‘zbek badiiy adabiyoti va adabiy tili taraqqiyotida arab tilining o‘rni sezilarlidir. Bu holat esa hozirgi ilm toliblariga arab tilining xususiyatlarini zarurat darajasida bilishni taqozo etadi.
Bundan tashqari, ma’naviyatimiz tarixiga oid bo‘lgan ilmiy va adabiy asarlarning aksariyati arab tilida bitilgan. Bu asarlarni bugungi kunda o‘rganish katta ahamiyat kasb etib, tarix, til va adabiyot kabi fanlar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borayotganlar uchun muhim manba bo‘lib hisoblanadi. Arab yozuvi va tilini o‘rganish tarixiy manba’lar bilan tanishish va ulardan ilmiy, amaliy maqsadlarda foydalanish imkonini beradi
Mavzuning dolzarbligi: Mumtoz arab tilining leksik va grammatik shakllanishi johiliya davri (V-VIIasrlar) shoirlarining og‘zaki ijodlarida namayon bo‘la boshladi. Qur’oni karimning nozil bo‘lishi natijasida arab tili badiyati yanada go‘zallashadi, grammatik me’yorlari mukammallashdi. VII-IX asrlarda arab tili grammatikasi ishlab chiqildi va islom dini yoyilgan o‘lkalarda rasmiy va ilmiy til bo‘lib qoldi. Ushbu til leksik jihatdan biroz o‘zgargan holda, hozirga qadar arablarning adabiy tili bo‘lib kelmoqda.
Mustaqillikni qo‘lga kiritganimizdan so‘ng chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish, jumladan, arab tilining ko‘pchilik tomonidan sevib o‘rganilishi, unga bo‘lgan ishtiyoqning yaqqol namunasidir.
Arab davlatlari bilan olib borayotgan siyosiy, ma’daniy va iqtisodiy aloqalar, biz arabshunoslar oldiga, nafaqat arab tilini, balki, arablarning boy tarixi, ma’daniyati va shunga o‘xshash boshqa jihatlarini puxta o‘rganish vazifasini qo‘yadi, shuningdek hozirgi dunyo xaritasida mavjud bo‘lgan 20 dan ortiq bo‘lgan arab mamlakatlari bilan diplomatik, ilmiy-ma’rifiy, savdo-sotiq, turizm va boshqa juda ko‘p sohalardagi o‘zaro aloqalarimiz ham arab tilini chuqur o‘zlashtirishimizni talab qilmoqda.
Ta’lim sohasida ham arab tilini o‘rgatish va o‘rganish jarayonida marfologiya va sintaksis masalalarining davrimizga qadar o‘z ilmiy qiymatini yo‘qotmaganligi va bu borada nodir arab tilini tilshunoslik nuqtai-nazaridan o‘rganish va uni hayotga tatbiq etish ham eng asosiy, hamda, birlamchi vazifalaridan hisoblanadi. Arab tili qadimiy va nodir til bo‘lishi bilan bir qatorda o‘zining mukammal grammatik qurilishiga, go‘zal lahjalariga va betakror so‘z boyligiga egadir.
Sharqshunoslikning bir bo‘lagi bo‘lgan arab tilshunosligini tanlagan ilmu toliblar shu sohaning turli jihatlarini mukammal o‘rganishga intilishadi. Sharq xalqlari xususan, O‘rta Osiyo xalqlari hayotida arab tili qadimdan o‘zining beqiyos o‘rniga egadir. Chunki dunyodagi ko‘pgina fanlarning rivojiga ulkan hissa qo‘shgan vatandoshlarimizdan Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinl, Ismoil al-Buxoriy, Mahmud az-Zamaxshariylar aynan shu tilda ijod qilganlar va shu tilning yetuk bilimdonlari bo‘lganlar. Bu yesa biz arabshunoslar oldiga nafaqat arab tilini, balki arablarning boy tarixi, madaniyati va shunga o‘xshash boshqa jihatlarini puxta o‘rganish vazifasini qo‘yadi. Shuningdek arab tilini mukammal o‘rganish bilan bir qatorda, uning boshqa tillardan farqli bo‘lgan xususiyatlarini e’tibordan chetda qoldirmaslik maqsadga muvofiqdir.
Kurs ishimiz maqtov va tahqir fe’llar mavzuida bo‘lib, bugungi kunda bu mavzuni o‘rganib keng ommaga yetkazish dolzarb vazifalardan biridir. Ayniqsa, noto‘g‘ri fe’llarning arab va o‘zbek-rus manbalaridagi kelish farqlarini anglab olish muhim ahamiyatga ega. Yana shuni ta’kidlash joizki, mazkur mavzuning asl arab manbalarida, hamda zamonaviy arab tili kitoblarida, asarlarida qay tarzda ifoda etganini taqqoslash qiyosiy tahlil qilish ham ishimizning dolzarbligini yanada oshirishga misol bo‘la oladi.


Download 49,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish