O’quv materiallar mavzu: Ijtimoiy ishda etikani ahamiyati (4 soat) Reja



Download 361,64 Kb.
bet54/57
Sana03.02.2022
Hajmi361,64 Kb.
#427977
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Bog'liq
Ijtimoiy ishda etikani

Gonorarlar.Ijtimoiy xizmat xodimi ijtimoiy yordamning turli xil ko‘rinishlari uchun belgilangan gonorarlar adolatli, idrokli, andishali va ko‘rsatilgan ijtimoiy yordamning turlari mijozning to‘lash qodirligi bilan kelishiga ishonch hosil qilishi kerak.
III. Ijtimoiy ishchining hamkasblariga nisbatan belgilangan axloqiy me’yorlari (me’yorlari).
3.1. Hurmat, rostgo‘yIik, xushmuomalalikIjtimoiy ishchi odob va adolatga rioya qilgan holda hamkasblariga hurmat, adolat, xushmuomalalik va ishonch bilan muomala qilishi kerak:
- ijtimoiy ishchi hamkasblari bilan kasbiy qiziqishlari asosida muomala qilishi kerak;
- ijtimoiy ishchi kasbi bilan bog‘liq o‘zaro munosabatlar yo‘lida xodimlarning ishonchini hurmat qilishi kerak;
- ijtimoiy ishchi hamkasblarining axloqiy, kasbga asoslangan harakatlarini yengillashtiruvchi vaziyatlami yarata olishi va ushlab tura olishi kerak;
- hamkasbining vazifasini vaqtinchalik bajarayotgan ijtimoiy ishchi hamkasbining obro‘-e’tibori foydasiga harakat qilishi kerak;
- ijtimoiy ishchi o‘z manfaatlari yo‘lida hamkasbi va boshliq o‘rtasidagi nizodan foydalanmasligi kerak;
- ijtimoiy ishchi arbitrajni (hakamlar sudini) talab qilishi kerak:
1) munozarali masalalarni arbitrlar tomonidan hal qilinishini.
2) bunday ziddiyatlami hal qilinishi bilan shug‘ullanadigan tashkilotlarga
murojaat qilish.
- ijtimoiy ishchi o‘z ishi sohasiga taalluqli bo‘lmagan hamkasblarini ham hurmat qilishi kerak;
- boshqa xodimlarining bahosi uchun javobgar bo‘lgan ijtimoiy
ishchi ulami bahosi bilan xabardor qilishi kerak.
3.2. Hamkasblarining mijozlari bilan bo‘lgan munosabat Ijtimoiy xizmat xodimi hamkasbining mijoziga e ’tiborli bo‘lib, ishlarini qo‘ldan kelgancha professional darajada bajarilishi kerak:
- ijtimoiy ishchi hamkasblarining vaqtinchalik yo‘qligida mijozlariga xizmat ko‘rsatganda, o‘zining mijoziga xizmat ko‘rsatgandek ularga ham e’tiborli bo‘lishi kerak.
IV. Ijtimoiy ishchining boshliqlari va boshqarmaga nisbatan belgilangan axloqiy burchlari
4.1.Boshqarmaga nisbatan belgilangan burchlari Ijtimoiy ishchi boshqarayotgan tashkilot belgilangan burchlarga qattiq rioya qilishi kerak:
- ijtimoiy ishchi tashkilot siyosatining kamol topishi ustida ishlashi kerak;
- ijtimoiy ishchi tashkilotida ishga qabul qilishda siyosat va amaliyotdagi kamchiliklami, xatolarni, ogohlantirish va bartaraf etish uchun harakat qilishi kerak.
V. Ijtimoiy ishchining kasbi oldidagi axloqiy burchlari
5.1.Kasbning halloligim va daxlsizligini himoyalash Ijtimoiy ishchi kasbining ahamiyatini, axloqini, bilimini va maqsadini oshirishi va qo‘llab-quvvatlashi kerak:
- ijtimoiy ishchi kasbining halolligi va qadr-qimmatini oshirishi va himoya qilishi kerak.Kasbining takomiilashishish borasidagi munozaralarda javobgar va faol bo‘ lishi kerak.
5.2. Sotsiumda ish olib borishIjtimoiy ishchi sotsium aholisiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatib va xabardor qilib, insonlarga yordam berish uchun bor imkoniyatlardan foydalanishi kerak.
Ijtimoiy ishchi kasbining foydali, halol va kompetentli bo‘lishiga yordam beradigan o‘z vaqtini, kasbiy tajribasini, bilimi va faoliyatini qo‘shishi kerak.
5.3.BiIimning rivojlanishiIjtimoiy ishchi kasbiy bilimlarining to‘liq ishlatishi va rivojlanishi uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga olishi kerak:- ijtimoiy ishchi kasbiy bilimlarini amaliy faoliyatida asoslamog‘i kerak;- ijtimoiy ishchi kasbiga doir boMgan yangi ko‘nikmalardan, bilimlardan xabardor bo‘lishi, baholay olishi va ularni tanqidiy tahlil qila olishi kerak;
- ijtimoiy ishchi aholiga ijtimoiy yordam ko‘rsatish sohasini rivojlantirishga o‘z hissasini va bilim ko‘nikmalarini qo‘shishi kerak.Hamkasblari va amaliy tajribalari va bilimini baham ko‘rishi kerak.
VI. Ijtimoiy ishchining jamiyat oldidagi axloqiy burchlari
6.1.Umumiy faravonlikni qo‘llab-quvvatlash Ijtimoiy xizmat xodimi jamiyat farovonligining rivojlanishiga ko‘maklashishi (o‘z hissasini qo‘shishi) kerak.- ijtimoiy ishchi aholining nochor qatlamiga e’tibor bergan holda turli xil oilalarning va barcha insonlarning shaxsiy imkoniyatlarini kengaytirishga harakat qilishi kerak.
- ijtimoiy ishchi turli madaniyatlar hurmatini qo‘llabquvvatlash uchun sharoit yaratishi kerak.

Download 361,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish