O’quv materiallar mavzu: Ijtimoiy ishda etikani ahamiyati (4 soat) Reja



Download 361,64 Kb.
bet1/57
Sana03.02.2022
Hajmi361,64 Kb.
#427977
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Bog'liq
Ijtimoiy ishda etikani


O’quv materiallar
1.MAVZU: Ijtimoiy ishda etikani ahamiyati (4 soat)
Reja:

  1. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda ijtimoiy ish sohasiga bo‘lgan munosabat

  2. Ijtimoiy ish tushunchasi va uning mazmun mohiyati

  3. Ijtimoiy ish etikasi fanining ob'ekti, predmeti

  4. Ijtimoiy ish etik prinsiplari va qadriyatlari fanining maqsad va vazifalari

  5. Ijtimoiy ishning shakllanishida ahloqning roli

Tayanch so’z va iboralar: ijtimoiy ish, mustaqillik, yil nomlari, ijtimoiy ish kasbi, ijtimoiy ish hodimi, ijtimoiy ish ob’yekti, ijtimoiy ish sub’yekti, etika, estetika, sotsiologiya, huquqshunoslik, pedagogika, psixologiya.
Ijtimoiy ish sohasiga talab minglab yillar avval vujudga kelgan bo‘lsada, biroq, bu soha mutaxassislarini maxsus tayyorlash XIX asr oxiri va XX asr boshlarida G‘arbiy yevropa mamlakatlarining birinchi sanoat inqiloblari sodir bo‘lgan hududlarida rivojlana boshladi. Chunki sanoat inqiloblari natijasida jamiyat ijtimoiy hayotida keskin ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqqanligi ijtimoiy ish sohasini kasbiy faoliyat sifatida rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Sobiq Ittifoq o‘zining insonparvarligi bilan har qancha maqtansa ham, amalda insonparvarlik yaqqol namoyon bo‘ladigan soha – ijtimoiy ish sohasi bo‘yicha kadrlar tayyorlash va aholining yordamga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy himoyalashga e'tibor qaratilmadi. Buning oqibatida ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmat sifati bo‘yicha sho‘rolar tuzumi va uning xarobalarida vujudga kelgan mamlakatlar G‘arb mamlakatlaridan ancha orqada qolib ketdi.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobida keltirilgan Farg‘ona viloyatida sodir bo‘lgan voqyealar sabablarini chuqur tahlil qilib, ushbu hududda yashayotgan aholining og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli bilan bog‘lab shunday baho beradilar: “Shu narsa shak-shubhasiz va ochiq-oydindirki respublika barcha asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha Ittifoqdagi o‘rtacha darajadan ham ancha orqada bo‘lib, mamlakatda oxirgi o‘rinlardan birida turibdi”1.
Shu borada kitobdan yana bir misol keltirish o‘rinli deb o‘ylaymiz: “Statistikaning ko‘rsatishicha, hozir O‘zbekistonda aholi jon boshiga hisoblaganda daromadi 75 so‘mdan oshmaydigan 8 million 800 mingga yaqin kishi yashab turibdi. Bu esa aholining 45 foizini tashkil etadi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, kun kechirish uchun kamida hozirgi kunda 85 so‘m zarurligini e'tiborga oladigan bo‘lsak, ana shunda odamlar qanday qiyinchilik bilan uchma-uch yashab kelayotganligiga o‘zingiz baho berishingiz mumkin2.
O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli chuqur inqiroz holatida bo‘lib, ijtimoiy infrastruktura tarmoqlari: sog‘liqni saqlash, xalq ta'limi, maktabgacha bolalar muassasalari juda og‘ir ahvolga tushib qolgan edi. Bu borada yana bir xarakterli misolga e'tibor beraylik: “Respublikada sotsial ahvol, odamlarning sotsial ta'minoti va ularni ijtimoiy himoya qilish mutlaqo qoniqarsiz. Qishloq aholisining atigi 5 foizi kanalizatsiya va vodoprovod bilan, salkam 50 foizi ichimlik suvi bilan, 17 foizi tabiiy gaz bilan ta'minlanganini normal ahvol deb hisoblash mumkin emas”3.
Ushbu kitobda keltirilgan statistik raqamlar va tahlillar mustaqillik arafasida mamlakatimizda boshqa sohalar kabi ijtimoiy soha naqadar ayanchli, halokatli ekanligidan dalolat beradi.
Shu ma'noda, Birinchi Prezident Islom Karimov alohida ta'kidlagani kabi: “Bu tuzum o‘z xalqining tarixini, uning ruhi va urf-odatlarini, o‘z avlod-ajdodlarini bilmaydigan manqurtlarga tayanar edi... Xuddi shu bois bu davlatning ijtimoiy tizimi bilan xalq ehtiyojlari o‘rtasida jarlik paydo bo‘ldi. Ya'ni inson, uning moddiy, ma'naviy, shu jumladan, milliy qadriyatlari bu tizimda orqa o‘rinda turar edi. Binobarin, bunday davlatning avval boshdanoq istiqboli yo‘q edi".4 Ana shu istiqboli yo‘q davlatning istiqbolsiz tizimi uzoq yillar iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ma'naviy hayotning "tamal toshlari" sifatida qarab kelindi, ularga asoslanib ko‘pgina umuminsoniy qadriyatlar va tamoyillar quruq shiorlarga aylantirildi.
O‘zbekiston istiqlol arafasida chuqur inqiroz holatiga tushib qolgan paytda va bu chuqur inqiroz holatidan chiqarish maqsadida ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida aholini ijtimoiy muhofaza qilish, jamiyatda ijtimoiy adolatni o‘rnatish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
O‘zbekistonda ijtimoiy ish sohasi va umuman ijtimoiy sohaga qadimdan katta e'tibor berib kelingan. Qariyalarni hurmatlash, imkoniyati cheklanganlarni ijtimoiy himoyalash, muhtojlarga yordam ko‘rsatish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan hisoblanadi. Islom dini xalqimizning bu kabi qadriyatlarini yana ham yuksakroq ko‘tardi. Uzoq yillar davomida hukm surib kelgan ma'muriy-buyruqbozlik tizimining asorati ta'siri natijasida bu qadriyatlar tan olinmadi hamda taqiqlandi.
1991 yil 31 avgustda O‘zbekiston 130 yillik mustamlakachilik siyosati va zulm zanjirlarini parchalab, mustaqillikka erishdi hamda xalqimizga qadimiy qadriyatlarini qaytarib berdi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq nogironlar, ehtiyojmand oilalar, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar va barcha ijtimoiy himoyalanishga muhtoj bo‘lgan qatlamlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e'tibor berib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning shu maqsadda qabul qilingan qator Farmonlari, o‘nlab huquqiy-me'yoriy hujjatlar, 1997 yilning “Inson manfaatlari yili”, 1998 yilni “Oila yili”, 1999 yilning “Ayollar yili”, 2000 yilni “Sog‘lom avlod yili”, 2001 yilni “Onalar va bolalar yili”, 2002 yilning “Qariyalarni qadrlash yili”, 2003 yilni “Obod mahalla yili”, 2004 yilning “Mehr va muruvvat yili”, 2005 yilning “Sihat - salomatlik yili“, 2006 yilning esa “Homiylar va shifokorlar yili”, 2007 yilni “Ijtimoiy himoya yili”, 2008 yilni “Yoshlar yili”, 2009 yilning “Qishloq taraqqiyoti farovonligi yili”, 2010 yilning “Barkamol avlod yili”, 2011 yilning “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili”, 2012 yilning “Mustahkam oila yili”, 2013 yilning “Obod turmush yili”, 2014 yilni “Sog‘lom bola yili”, 2017 yil “ Halq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”, 2018 yilni “Faol tadbirkorlik, inovatsion g‘oyalar va texnalogiyalarini qo‘llab qo‘vattlash yili” deb e'lon qilinishi mamlakatda ijtimoiy sohaga qanchalik katta e'tibor berilayotgani dalilidir.
Ijtimoiy ish - bu odamlarga insonlar orasidagi munosabatlarni hal qilish va jamiyatdagi ijtimoiy o‘zgarishlarda ko‘maklashishga yo‘naltirilgan, ularning hayotiy farovonligini oshirish maqsadida yordam ko‘rsatish va qo’llab-quvvatlash bo‘yicha kasbiy faoliyatdir. Ijtimoiy ish keng ma'noda ijtimoiy hodisa sifatida ijtimoiy yordamning o‘ziga xos modelidir. Uni jamiyatning aniq bir tarixiy davrida ijtimoiy, siyosiy va madaniy rivojlanishining xususiyatlariga mos ravishda ro‘yobga chiqaradi. Tor ma’noda esa ijtimioy ish ijtimoiy zaruriy faoliyat bo'lib, odamlar, ijtimoiy guruhlarga shaxsiy va ijtimoiy qiyinchiliklami yengishda yordam berishga qaratilgan.
«Ijtimoiy ish» - butun dunyoda qabul qilingan ibora bo‘lib, u insonning insonga gumanistik munosabatini bildiradi.
Jamiyatning rivojlanish jarayoni, jamiyatda yashayotgan insonlarga nisbatan ijtimoiy munosabat orqali belgilanadi. Ayniqsa, davlatning yordamga muhtoj bo‘lgan odamlar qatlamiga e’tibori, ijtimoiy zaif kishilarga, ya’ni keksalar, nogironlar, yolg‘iz, nochor kishilarga yordam berishi, ana shu jamiyatning yuksak ma’naviyati
va ijtimoiy moddiy jihatdan barkamolligidan dalolat beradi. Jahon tajribasida o‘z yaqinlariga yordam berish, og‘irini yengil qilish, hamdard bolish, xayr-ehson qilish azaldan turli ko'rinishlarda amalga oshirib kelingan. Ayniqsa, bu fazilatlar diniy qatlamlar orasida keng rivojlangan bo‘lib, o‘ziga xos ko‘rinishlari bilan namoyon bolib kelgan. Tarixan o‘z in’ikosini topgan bu insoniy 7 fazilat ming yillar mobaynida xayriya, insonlarga yordam berish orqali diniy burch sifatida yuzaga kelgan bo‘lib, XIX-XX asrlarga kelib, alohida mazmun va mohiyat kasb etuvchi professional kasbga aylandi. Bu davrlarga kelib, insonparvarlik tamoyillariga suyangan diniy xayriya bilan shug‘ullanuvchilar bilan zamonaviy ijtimoiy xodim orasidagi farq yuzaga keldi va o;z shaklu-shamoyillari bilan rivojlanib kelmoqda. Ijtimoiy ishni professional kasb sifatida, alohida fan yo‘nalishida o'rganish, bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Dunyoning rivojlangan davlatlarida ijtimoiy ish institute yuz ellik yil mobaynida faoliyat olib bormoqda va yetakchi oliy dargohlarda kasbiy tayyorgarlik amalga oshiriladi. Ijtimoiy ish
ijtimoiy hodisa sifatida ijtimoiy yordamni o’ziga xos modeli sifatida hayotga tatbiq qilinmoqda.
Ijtimoiy ish faqatgina kundalik insonlar orasidagi muammolarni hal qilish borasida yordam berish bilan cheklanmay, balki ehtiyojiy qiyinchiliklarni yengib o'tish xususiyatlarini va o‘ziga o'zi yordam berish ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilganligi bilan, xayr saxovat va ana shu faoliyatning shunga o‘xshash turlaridan farq qiladi. Bu hodisani istalgan hayotiy vaziyatda odamni o‘z muammolarni o‘zi hal qilishga o‘rgatish deb tushunish mumkin. Ijtimoiy ish bilan shug‘ullanuvchi kasb egalari bugungi kunda keng doiradagi
muammolarga duch kelmoqdalar. Alkogolizm, giyohvandlik, mulkchilik huquqlarining buzilishi, bolalarga yomon muomalada bo‘lish, oilaviy janjallar, ruhiy va jismoniy kasalliklar, darbadarlik, jamiyatdan ajralgan holda yashash shular jumlasidandir. Bularning barchasi maxsus tayyorgarlik talab qiladi. Bunga yuzaki yondoshish
mumkin emas. Chunki ijtimoiy ish xodimlari tegishli bilim va ko'nikmalarga ega bo‘libgina qolmay, balki shu kasbga doir axloqiy me’yorlar va tamoyillarga rioya qilishga tayyor bo‘ lishlari kerak.
Ijtimoiy ish xodimlarining xizmat turlari mijozlarning yoki guruhlar muammolarining mazmuni, ya’ni yordam va qo‘llabquvvatlashning talab darajasi, faoliyat turlaridan kelib chiqib tasniflanadi. Ijtimoiy xizmat xodimlarining faoliyati me’yoriy huquqiy hujjatlarni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi va belgilangan
qoidalar asosida amalga oshiriladi. Qoidalarga ijtimoiy xizmat tashkilotining maqsad va vazifalari, moliyalashtirish manbasi, xodimlarning ish majburiyatlari, ish jarayonida amal qilinishi lozim boMgan axloqiy tamoyiilar aks etishi lozimdir.

Download 361,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish