O’quv materiallar mavzu: Ijtimoiy ishda etikani ahamiyati (4 soat) Reja



Download 361,64 Kb.
bet45/57
Sana03.02.2022
Hajmi361,64 Kb.
#427977
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   57
Bog'liq
Ijtimoiy ishda etikani

Kimdir birovni tiriltirsa, Xudoni tiriltirgan bo'ladi,
Kimdir birovni 0 'Idirsa, Xudoni 0 'Idirgan bo'ladi!
Mana bu esa «Qur'on»dagi «Moida» surasining 32-oyatida nozil qilingan kalimalar: « ... kimki biror insonni o'ldirmagan va yerda buzg'unchilik qilib yurmagan odamni o'ldirsa, demak, go'yo barcha odamlarni o'ldiribdi va kimki unga hayot ato etsa (ya'ni o'ldirishdan bosh tortsa), demak, go'yo barcha odamlarga hayot beribdi». Shu bilan birga «Xuastuanift» shakliy va uslubiy jihatlari bilan «Avesto»dan jiddiy farq qiladi, «Misr mayyitlar kitobi»ga juda yaqin; uning «Tavbanoma» deb atalishi ham shuni bildirib turadi: har bir bo'lim-sura (hammasi o'n besh bo'limdan iborat) insonning o'z axloqsiz xatti-harakatlari, gunohlari uchun bosh ma'bud Xo'rmuzdga iltijo-ibodatidan iborat. «Misr mayyitlar kitobi»dagidek, unda ham har bir iltijo-bo'lim tavba qilayotgan kimsaning o'zi tomonidan axloqsiz qilmishlari va gunohlari sanab o'tilgach, «Gunohlarimizni kechirgin!» degan xitob bilan tugaydi. Aytilganlardan qisqacha xulosa shuki, «Xuastuanift» qadimgi turkiy tilda yaratilgan dastlabki e'tiqodiy-axloqiy yodgorlik sifatida alohida ahamiyatga, keng miqyosli o'rganishga, tadqiq va tahlilga loyiq ajdodlarimiz ma'naviy merosidir. Handarzlar. «Avesto», zardushtiylik ta'limoti dastlab ko'rib o'tganimizdek, Turon mintaqasida vujudga kelgan hamda yoyilgan bo'lsa, keyincfJ.alik Eronzamin va Hindistonning forslar yashaydigan mintaqalarda juda keng tarqaldi. Ba'zi yerlarda musulmonchilik kirib kelgandan so'ng ham o'z mavqeyini saqlab qoldi. Pahlaviy tilida yaratilgan «Handarzlar» (o'gitlar) garchand diniy-e'tiqodiy asosga suyansa-da, mohiyatan axloqiy pandnomalar sifatida otashparastlar orasida mashhur bo'lgan. Ularning ko'pchiligi Qadimgi Eronning ulug'lari nomidan tartib berilgan: «Dastlabki ustozlar o'gitlari», «Xusrav Anushirovon o'gitlari», «Buzurjmehr o'gitlari» va h.k. Bu o'gitlardagi o'ziga xos xususiyat shundaki, ularda «Avesto»da ilgari surilgan eng muhim diniy-e'tiqodiy g'oyalarningjamiyat va shaxs hayotidagi amaliy in'ikosini ko'rish mumkin. Eng avvalo, «Avesto»dagi «ezgu o'y, ezgu so'z, ezgu a'mol» uchligiga e'tibor qaratilgan. «Buzurjmehr o'gitlari» handarzida mazkur llchlik ezgulikning asosi sifatida quyidagicha ta'riflanadi: «Ezglllik nimayu, yovuzlik nima? Ezgulik bu - ezgu o'y, ezgu so'z, ezgu a'mol, yovuzlik esa - yovuz o'y, yovuz so'z va yovuz a'rno),>. Shundan keyin mazkur uchlik tahlil etilib, uning axloqiy mohiyati ochib beriladi. har bir so'zning axloqiy xususiyati o'ziga xos, ta'bir joiz bo'lsa, axloqshunoslik nuqtayi nazaridan talqin etiladi: «Ezgu o'y, bu - fikrlashdagi mo'tadillik, ezgu so'z -saxiylik, ezgu a'rnol - to'g'rilik. Yovuz o'y, bu - fikrlashdagi isrofgarchilik, yovuz so'z - pastkashlik, yovuz a'mol esa -yolg'onchilik»Bundan tashqari mazkur handarzlarda insonning ma'naviyatiga, ayniqsa aql va i1mga alohida e'tibor beriladi: Ahura Mazda odamlarni yovuz devlardan himoya qilish uchun bir necha ma'naviy jihatlarni yaratgan. Bular - tug'ma aql, kasb etiladigan (o'ziga yuqtiriladigan) aql, fe'l-atvor, umid va h.k. Tug'ma aql vujudni qo'rquvdan xalos qiladi, mol-dunyoning o'tkinchiligini va o'limning haqligini eslatib turadi. Ikkinchi turdagi aql esa taqvodorlar yo'lidan borish, ulardan o'rganish orqali vujudga keladi va nima bo'lishini oldindan bilish, nima bo'lib o'tganini yodda tutish uchun xizmat qiladi. Demak, tug'ma aql inson mohiyati bilan bog'liq bo'lsa, aqliy tarbiya orqali kasb etilgan aql esa uning mavjudligi, hayotiy amaliyoti masalalariga borib taqaladi. Handarzlardan biri baxtli kishining fe'li va aqliga bag'ishlangan. Unda baxt tushunchasi quvonch bilan bog'liq tarzda talqin qilinadi. Baxtli kishi haq yo'lni tanlagan, nuqsonlardan forig' insondir, shu xislatlar tufayli u qalban va fikran quvnoq yashaydi, odamlarga muloyim munosabatda bo'Iadi, har kim bilan unga mos keladigan munosabatni tanlaydi, baxtni ma'budlardan, fazilatlarni o'z do'stlaridan olishga intiladi, dono qarorJar qabuI qiladi. «Dono qaror, insonning aql bilan vujudni uyg'unlashtirishi, faoIiyatli. g'ayratli, jasoratli bo'lishi, shuningdek, o'z ichidagi dushmanni yengishi bilan beIgilanadi. Zero, o'z ustingdan hukmronlik qilish, kimningdir ustidan hukm yurgizishga qaraganda yoqimliroqdir». Shunday qilib, handarzlar to'plangan, bitilgan davr o'rta asrlarga to'g'ri kelishini hisobga olsak, «Avesto» ta'sirining vaqt va qamrov doirasi naqadar kengligini ko'rish mumkin.
3. Hindi-Xitoy mintaqasidagi axloqiy ta'limotlar Qadimgi Sharq axloqshunosligida Qadimgi Hindiston axloqiy tafakkuri alohida o'ringa ega. U tarixan vedachilik, yo'ga, jaynchilik, buddhachilik, «Bxagavadgita» va «Artxashastra» hamda lokoyata oqimlaridan tashkil topgan. Ulardan ba'zilarini ko'rib o'tamiz. Vedachilik. Vedachilik axloqshunosligi qadimgi hindjamiyatini to'rt tabaqa - vamaga bo'ladi: brahmanlar (kohinlar), kshatariylar (harbiylar), vayshchilar (dehqonlar, kosiblar), shchudralar (qullar). Mashhur «Manu qonunlari» da yozilishicha, brahmanning mashg'uloti - ta'lim berish, Vedani o'rganish, qurbonlik qilish, sadaqa ulashish va tuhfalar olish; kshatariylar fuqarolarni qo'riqlaydilar; vayshchilar chorva, tijorat, sudxo'rlik va dehqonchilik bilan shug'ullanadilar; shchudralar esa ana shu uch ijtimoiy guruhga xizmat qiladi. Xotin, o'g'il va qui - uchalasi xususiy mulk egasi hisoblanmaydi, ular kimniki bo'lsa, o'shaning qo'iga kiritgan mulki. «Manu qonunlari»da niyat masalasiga katta e'tibor beriladi: «Kimning niyati qanday bo'lsa, o'shanday bo'lib hayotdan ketadi»1. Vedachilik axloqiga ko'ra, brahmanlar tug'ma axloqiy yuksak odamlar, shchudralar esa tug'ma tuban axloq egalari hisoblanadi. Axloqiy ideal esa zohid, sayyoh, istaklardan xoli, yuksak qanoat egasi bo'lgan hech vaqosiz mokshalardir. Lekin keyingi oqimlarda, yo'ga, jaynchilik, ayniqsa, buddhachilik axloqshunosligida, axloqiy fazilatlar egasi bo'lish insonning zoti, ijtimoiy kelib chiqishi bilan emas, balki uning shaxsiy kamoloti bilan bog'liq, degan fikr ilgari suriladi. Buddhachilik. Buddhachilik hamjaynchilikka o'xshash «xudosi yo'q» din. Uning payg'ambari Buddha - ma'rifat egasi nomi bilan mashhur Sidharta Gautama (miloddan avvalgi 567-487) ta'limotiga ko'ra, dunyo iztirobga to'la va eng muhim muammo ana shu iztiroblardan qutulishning yo'lini topish. Naql qilishlaricha, o'z tengdoshlari bilan ayshu ishratda umr kechirgan shahzoda Sidharta Gautama kunlardan birida sayr qilib yurib, kasal cholni va janoza marosimini ko'radi. Har bir kishini kelajakda kasallik, qarilik va o'lim kutishini eshitib, larzaga tushadi, odamlardan qochib, tarkidunyo qiladi va to'rt ezgu haqiqatni anglab yetadi hamda uni odamlarga yetkazadi. Uning qisqacha bayoni shunday: Bu dunyodagi hayot iztiroblarga to'la. Bu iztiroblarning sabablari bor. Bu iztiroblarga barham berish mumkin. Iztiroblarga barham berishga olib boradigan yo 'liar mavjud. Buddhaning to'rtinchi haqiqati, ayniqsa, axloqshunoslik nuqtayi nazaridan muhim. U Buddha o'tgan va hammaning o'tishi mumkin bo'lgan nirvanaga (ehtiros, na1'rat, pushaymon asta-sekinlik bilan so'nib bo'lgandan keyingi holatga) yetishish yo'lidir. U sakkiz f'azilatga erishuvdan iborat: 1) to'g'ri qarashlar; 2) to'g'ri jur'at; 3) to'g'ri xatti-harakat; 4) to'g'ri nutq; 5) to'g'ri hayot tarzi; 6) to'g'ri jahd-jadal; 7) fikrni to'g'ri yo'naltirish; 8) diqqatni to'g'ri qaratmoq.
Shunday qilib, sakkiz yo'l bir-birini taqozo etuvchi uch omil - bilish, xatti-harakat va diqqatning birligidan iborat. Bilim va axloq bu o'rinda yaxlitlikka ega; f'azilat bilimdan (illat esa bilimsizlikdan) kelib chiqadi, shu sababdan bilimni f'azilat yordamisiz takomillashtirish mumkin emas. Bu axloqiy komillikka yetishishning tugallangan konsepsiyasi. «Kishi sochlarining 1'atilasi, sulolasi yoki zoti tufayli brahman bo'imaydi. Kimdaki haqiqat va dhamma bo'lsa, o'sha baxtli va o'sha brahman», deyiladi buddhachilik axloqiy qoidalari jamlangan kitobda. Shunday qilib, buddhachilik tomonidan vedalar obro'si, brahmanlarning istisnoli holati inkor etiladi, jamiyatni varnalarga bo'lish qoralanadi. Shubhasiz, bu axloqiy ravnaq top ish ko'rinishlaridan biri edi. Jaynchilik. Mohiyatan axloq falsafasi bo'lmish bu oqimga Buddhaning zamondoshi, undan chamasi o'ttiz yoshlar katta Jin (Jayin) - G'olib deb sharaflangan Vardxamana (milodgacha 599-527) asos solgan. Jaynchilik ta'limoti insonning to'liq ozodlikka yetishishi biIan bog'liq. Unga inson o'z ichki mohiyatini qayta shakllantirish orqali erishishi mumkin. Bu ozodlik - nirvana. Qalb-ruhning ehtirosi, nafrat, pushaymon kabi hissiyotlardan forig'langan, o'zi mavjud bo'la turib vujudni tark etgan, cheklanmagan oromdagi holatiga uch yo'l bilan yetishish mumkin - Jaynga e'tiqod; uning ta'limotini bilish; o'zni tutishda nuqsonsizlik. Kim Jaynga e'tiqod qo'ysa va uni tanisa u - fazilat egasidir. Fazilat esa besh axloqiy tamoyildan iborat: 1. Hayotga zarar yetkazmaslik (aximsa). Jaynchilar tasavvuriga ko'ra, nafaqat hayvonlar, balki o'simliklar ham qalbga ega, ular hayotiga zarar yetkazish eng oliy qadriyat bo'lmish qalbga zarar yetkazishdir. Shu sababli har qanday hayotiy shaklga ehtiyot bo'lib munosabat qilish lozim. Aximsa qoidasi ov qilishning har xiI shaklini, dehqonchilikni (yerga ishlov berilayotganda turli qurt-qumursqalaming o'limiga olib kelgani uchun) taqiqlaydi. Bu tamoyil barcha shakldagi hayotga teng maqom berishi bilan vedachilik qarashlariga ochiqdan ochiq qarshi boradi. Muruvvat va rostgo 'ylik. Har qanday hayotga ehtirom muruvvat va yolg'on so'zlamaslikni taqozo etadi. Faqat haqiqatni, to'liq haqiqatni aytish lozim, zero, maqsad haqiqatdir. Yolg'on esa hayotga ziyon yetkazishning bir turi xolos. Halol yashash. O'g'rilik qilish, birovning haqini yeyish ham hayotga ziyon yetkazuvchi illatlardir. So 'zda,jikrda va a'molda 0 'vii tiyish. Bu tamoyilga ko'ra, nikohdan, har qanday shahvoniy xatti-harakatdan, hatto o'lgandan so'ngjannatga tushish ftkridan ham tiyinish lozim. Ular ma'naviy ojizlik, lazzatga intilishning bir ko'rinishi hisoblanadi. Bu dunyodagi barcha manlaatlardan kechish. Mazkur tamoyil kishiga lazzat beradigan dunyoviy a'mollardan tiyinishini talab qiladi. Jaynchilik ta'limoti iztirobni paydo qiladigan har qanday faoliyatni eng katta gunoh deb biladi. Shuningdek, kibr, mug'ombirlik, baxillik, bevafolik, g'azab, g'iybat, tuhmat, munofiqlik va b. gunoh hisoblanadi. Sabr, mo'minlik, qanoat, soddadillik kabi xislatlar esa - savob. Sabr-toqat eng yuksak fazilat, lazzat - yovuzlik manbai. Jayinchi zohidga do'stning 'ham, jamiyatning ham keragi yo'q, u nirvanaga erishsa bas, shundan keyin o'zini o'zi o'ldirsa ham bo'laveradi, unga hech kirnning va hech narsaning keragi yo'q. Zero, haqiqiy erkinlik tashqi narsalarning hammasidan mustaqil, mustasno yashashni, iztirobga ham loqayd o'lishni talab etadi: «0, inson! O'zingning do'sting - o'zingsan; nima uchun tashqaridan o'zingga do'st qidirasan?» 1 Ya'ni inson o'zgalami emas, balki o'zining asl tabiatini bilmog'i kerak. Bu - o'zlikni belgilab olish uchun eng muhim yo'l. Jaynchilar buddhachilarga o'xshab «brahman» so'zini faxrli rutba egasi sifatida kelib chiqishi brahman bo'lmagan odamlarga ham qo'llaganlar. Bu oqimlar o'rtasidagi shu kabi o'xshashliklarni juda ko'plab uchratish mumkin. Chunki ularning har ikkisi ham bir manbaga - brahmanchilikka asoslanadi. Qadimgi Hind axloqshunosligi Qadimgi Xitoyda ham o'ziga xos mavqe egalladi. Ayniqsa buddhachilik keng yoyildi. Lekin u yerda yana ikki axloqshunoslik YO'nalishi katta ahamiyatga va qamrovga ega edi. Ulardan biri daochilik. Daochilik. Daochilik ta'limotining asoschisi Lao-szi (miloddan avvalgi YI-Y asrlar), yirik namoyandasi Chjuan-szi (miloddan avvalgi 369-286-yillar) hisoblanadi. Lao-sziga nisbat beriladigan «Dao de szin» kitobida daochilikdagi asosiy yo'nalishlarning mohiyati aks etgan. «Dao - hamma narsadan ustun», (Konfutsiy qarashlarini uning izdoshlari Men-zi, Syun-zilar davom ettirdilar. Bu ta'limot Xan davridan (miloddan avvalgi 11 asrdan milodning II asri) boshlab, to XX asrning boshlarigacha Xitoy davlati mafkurasiga asos bo'lib xizmat qilib keldi. Bundan tashqari, KonfutsiychiIikka qarshi turgan Mo-szi, Xan Fey-szi, Van Chun singari axloqshunoslarning qarashlari ham Xi toy axloqiy tafakkuri tarixida o'z o'rniga ega. Qadimgi Sharq axloqshunosligi erishgan yutuqlar shunchaki tarix bo'lib qolmadi. Ularni o'zlashtirish natijasida Sharq biIan yaqin aloqa qilish uchunjug'rofiy qulayliklarga ega bo'lgan Qadimgi Yunonistonning polislarida (shahar-davlatlarida) axloqshunoslik yangi bosqichga ko'tarildi. Keyinchalik Qadimgi Sharqda ilgari surilgan g'oyalar, qo'llangan tushunchalar, nazariy-amaliy tajriba bilvosita butun Ovro'pa uchun ham ahamiyat kasb etdi. Chunonchi, mashhur afsonaviy donishmand Pifagor misrlik va eronlik allomalardan ta'lim oldi. U zardushtiylik dini haqida fikr yuritar ekan, Ahura-Mazdani qalbi haqiqatdan, vujudi nurdan iborat, deb ta'riflaydi. Shuningdek, Suqrot, Aflotun, Arastu singari Qadimgi Yunon allomalari ham Qadimgi Sharqdagi falsafiy-axloqiy ta'limotlardan keng foydalanganlar. Masalan, ruhning ko'chib o'tishi borasidagi Aflotun nazariyasining faIsafiy va axloqiy asoslari Qadimgi Hindiston falsafasiga borib taqaladi.

Download 361,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish