Reja: Konveyerli oqimlarda transport vositalari



Download 1,1 Mb.
Sana08.07.2022
Hajmi1,1 Mb.
#758636
Bog'liq
Konveyerli ishlab chiqarish oqimlariga transport vositalarini tanlash


Konveyerli ishlab chiqarish oqimlariga transport vositalarini tanlash

Reja:

1.Konveyerli oqimlarda transport vositalari.
2.Uzluksiz ishlaydigan transportyorlar.
3.Ikki zanjirli vertikal-berk tipdagi osma konveyerlar.
4.Gorizontal-berk tipdagi osma konveyerlar.
5.Har xil turdagi konveyerlar.
6.Transport vositalari.

Tikuv sexida uzatmasiz ishlaydigan transportyorlar xam keng qо‘llaniladi. Ular statsionar ( osma tratsporterlar va jarayonaro transport tekisliklar) va nostatsionar ( aravachalar) bо‘ladi. Mehnat predmetlari qо‘lda itarib ish joydan keyingi ish joyga uzatiladi. Uzatishni ishchilar о‘zi ( agar ish о‘rni yonma yon bо‘lsa) yoki boshqa yordamchi ishchi tomonidan ( agar ish о‘rinlari bir biridan ancha narada joylashtirilgan bо‘lsa) aravachalar orqali bajariladi.


Uzatmasiz osma transporterlar gravitatsiya prinsipi asosida ishlaydi. Mehnat predmetlari monorelslar bо‘yicha suriladigan qisqich- aravachalar yoki karetkalarda roliklar yordamida ish joydan keyingi ish joyga uzatiladi. Guruhlangan - agregat oqimlarda mehnat predmetlarini bir operatsiyadan keyingi operatsiyaga о‘tkazish uchun turli xil: aravacha- konteyner, aravacha-javon, arvvacha - kranshteylardan foydalanish mumkin.
Bundan tashqari xarakatlanmaydigan uzatish vositalari: oraliq stollar, nishab stollar, javonlar qо‘llaniladi. (16.1-rasm)
Erkin ma’romli oqimlarda operatsiyalararo mehnat predmetlarini uzatish uchun eng istiqbolli tashish vositalari – bu EXM yordamida boshqariladigan va avtomatik adreslangan osma transport tizimlari.
EXM yordamida:
- ish о‘rinlariga mehnat predmetlari uzatish jarayoni boshqariladi;
- mehnat predmetlarini ish о‘rinlariga kelib tushishi va asosiy transporterga qayta qо‘yilishi kuzatiladi, bu bilan xar bir ishchini mehnat unumdorligi aniqlanadi;
- ishlab chiqarish jarayonni nazorat qilish imkoniyatini beradi.
Bunday transportyorlar quyidagilar bilan farq qiladi:
- tashish vositasini konstruksiyasi;
- mehnat predmetlarini uzatish asosiy yо‘nalish chizig‘iga nisbatan ish о‘rinlarini joylashtirilishi;
- ish о‘rinlarini oldida aravachalar tо‘plagichlarini mavjudligi va ularning konstruksiyasi;
- aravachalar yuradigan yо‘lini qisqartiradigan qо‘shimcha monorelslarni mavjudligi.
Bunday tizimlar quyidagilarni ta’minlaydi:
- ishchilarni mehnat unumdorligini oshishini;
- ish о‘rinlarini ixtiyoriy joylashtirishni imkoniyati;
- ishlab chiqarishni madaniyatini kо‘tarilishini;
- buyumlarni sifatini yaxshilanishini;
- bitmagan ish xajmini kamayishni.
Misol tariqasi quyidagi transptoyorlarni keltirishimiz mumkin:
“ Investronika ” (Ispaniya) firmasining “ Invesmove ”, “ Durkopp” (Germaniya) firmasining “Datatron”, “ Gerber Garment Technology” (SSHA) firmasining “Gerbermover”, “ Eton” ( Shvetsiya) firmasining “ Eton System”, “ INA Systems” (Kanada) firmasining “Inamax”,
“Pfaff” (Germaniya) firmasining “Par Trans” “ Stockrail Services Ltd” (Velikobritaniya) firmasining “Twin Rail” va boshqalar.
Avtomatlashtirishni rivojlanish bosqichidan biri robotlashtirishdir. Ishlab chiqarishni robotlashtirish mikroprotsessorli boshqarish qurilmalarini, ishlab chiqarish robotlarini va avtomatlashtirilgan tizimlarni qо‘llashga aoslangan. Ularni qо‘llash, ishchilar va nazoratchilar soni minimal bо‘lgan, moslanuvchi ishlab chiqarish tizimlarini qurishga qaratilgan.
Moslanuvchi robotlashtirilgan ishlab chiqarishni yaratish, EXM yordamida boshqariladigan va ASU yordamida yagona ishlab chiqarish tizimiga birlashtirilgan, robotlashtirilgan texnologik komplekslarini transportlanuvchi robototexnik komplekslari majmuiga asoslangan.
Transportlanuvchi robototexnik komplekslariga quyidagilar kiradi:
- ishlab chiqarish robotlari;.
- manipulyatorlar.
Ishlab chiqarish robotlari ( ICHR) turi bо‘yicha universal, ixtisoslashtirilgan va maxsus bо‘ladi, boshqarilishi va dastur bilan ta’minlanishi bо‘yicha dastur bilan boshqariladigan va moslangan ( soddalashtirilgan) bо‘ladi.
Ishlab chiqarish robotlar osma va yerda joylashganlari bо‘ladi. Osma ICHR kichik masofaga uzatishda ishlatiladi. Yerdagi ICHR lar relsda yoki relsiz xarakat qiladigan bо‘lishi mumkin. Robotlar DOO rejimida ishlaydi.
Tikuvchilikda oqimlar konveyerli yoki konveyersiz bo‘lishidan tashqari
guruhli - agregat oqimlar va kam seriyali oqimlar ham bo‘ladi.
Konveyerli oqimlarda tikilayotgan buyum bir ish o‘rnidan ikkinchisiga
mexaniq transportyorlar yordamida, texnologik jarayonning muayyan, ya’ni qat’iy taktiga (ishlash me’yoriga) moslab o‘tkazib turiladi. Konveyerli oqimlar ishini ta’minlab turadigan transportyor qurilmalarini yoki majoziy ma’noda konveyerlar deb yuritish odat bo‘lgan.
Konveyersiz va guruhli - agregat oqimlarda detallarni bir ish o‘rnidan
ikkinchisiga qat’iy bo‘lmagan ritmda ishlaydigan mexaniq trasportyorlar yordamida yoki qo‘lda uzatib turiladi. Konveyerlar (trasportyor qurilmalari)
tasmali, zanjirli, osma va adresli bo‘ladi.
Transportyorlarning harakatlanish xususiyatiga ko`ra konveyerlar uzluksiz ishlaydigan bo‘ladi. Uzluksiz ishlaydigan konveyerlarda transportyor to‘xtovsiz harakatlanib turadi. Vaqt-vaqti bilan ishlaydigan konveyerlarda esa transportyor to‘xtab-to‘xtab harakatlanadi.
Transportyorlar vertikal-berk va gorizontal-berk bo‘ladi. Harakatlantiruvchi barabanlar o‘qining qanday turishiga ko`ra 2 xil:
1. Vertikal-berk konveyerlarning bir qismi salt harakatlanib turadi.
2. Gorizontal-berk konveyerlarning esa salt yuradigan qismi bo‘lmaydi.
Vertikal-berk konveyerlarning quyidagi turlari (30 -jadval) bor:
- Bir chiziq bir qatorli konveyer. Bunda bir chiziq bo‘ylab joylashgan transportyor bo‘lib, uning bir yonida ish o‘rinlari qatori bo‘ladi.
- Bir chiziq ikki qatorli konveyerlar. Bunda bir chiziq bo‘ylab joylashgan
transportyorning ikki yonida ish o‘rinlari qatori bo‘ladi.
- Ikki chiziq ikki qatorli konveyerlar. Bunda transportyorlar ikkita chiziq bo‘ylab bir-biriga parallel o‘rnatilgan bo‘lib, ularning orasi zich yoki 0,6m ochiq bo‘lishi mumkin. Har qaysi transportyorning faqat bir yonida ish o‘rinlari qatori bo‘ladi. Bu transportyorlarning harakat yo‘nalishi va tezligi har xil bo‘lishi mumkin.
Har qanday konveyer qurilma harakatlantiruvchi stansiyadan (karkasdan), taranglovchi stansiyadan va tashish qurilmasidan iborat bo‘ladi. Tashish qurilmasi konveyerning yuk ko‘taradigan va yuk tortadigan qismidir. Tashish qurilmasi sifatida rezinkalangan, ip tolali yoki brezent tasmali ishlatiladi. Ularning eni 400-700 mm gacha bo‘lib, ikkita barabanga tortib qo‘yiladi. Barabanlardan biri tasmani harakatga keltiradi, ikkinchisi esa uni taranglab turadi. Tortuvchi element sifatida tasmadan tashqari, kajavalar o‘rnatilgan vtulka rolikli zanjir ham ishlatiladi.


Hozirgi vaqtda aralash tashuv qurilmalari ko‘proq ishlatiladigan bo‘lib, ular ham zanjir, ham tasmadan iboratdir. Bunday qurilmalardagi zanjir tasmaning uzunasi bo‘ylab uning o‘rtasiga biriktirilgan bo‘ladi. Zanjir yulduzsimon tishlarga kiydirilgan bo‘lib, uning ikki yonidagi erkin aylanib turadigan ikkita baraban tasmani tutib turadi. Tasma taxta to‘siqlar bilan bo‘limlarga (ish zonalariga) bo‘lingan bo‘ladi.


Bir zanjirli vertikal-berk tipdagi KM konveyeri oqimdagi biriktirish bo‘limlariga mo‘ljallangan. Bu konveyyerda yarimfabrikatlar karetkalarga osilgan holda tashiladi. Konveyer ish zonasining qadami buyum tikilayotganiga qarab 0,14-0,30 m bo‘ladi. Transportyorning o‘rtacha tezligi 0,12 m/min , kengligi 0,12 m, balandligi 0,75 m. KZ va KM konveyerlarida buyumlar ratsional tezlikda uzatib turiladi, tikuvchilar ish bilan bir tekis ta’minlanib turiladi. Bu esa ish unumini oshirishga, tikish sifatini yaxshilashga yordam beradi. Osma konveyerlar (37 - rasm) ayollar jun kuylagini pardozlash seksiyalariga mo‘ljallangan. Bu konveyerlarda zanjir yuk ko‘taradigan va yuk tortadigan qism vazifasini bajaradi. Uning uzunasi bo‘ylab bir xil oraliqda ilgaklari bo‘lib, ularga tiqiladigan buyumlar osiladi. Ilgaklarning shakli buyum turiga qarab har xil bo‘lishi mumkin. Ular orasidagi masofa esa tasmali transportyordagi ish zonalari qadamiga teng bo‘ladi. Bu konveyer 6 m/min o‘zgarmas tezlik bilan harakatlantiriladi. Osma konveyerlardan yana biri - ikki chiziqli burama konveyer bo‘lib, u pardozlash seksiyalarida ishlatiladi (37 - rasm). Bunday konveyerlarda yarimfabrikatlar odatdagi kiyim ilgichlarda tashiladi. Uning burama valiklari diametri 30 mm po‘lat trubalardan yasaladi. Trubalarning tashqi tomoniga diametric 5 mm sim o‘raladi.

O‘ralish qadami 26 mm. Ikki chiziqli burama konveyyerda harakatlantiruvchi stansiya valiklari ularni bir-biriga ulaydigan zanjir yordamida aylantirib turiladi. Vaqti-vaqti bilan ishlaydigan konveyyerda transportyor tasmasi vaqti- vaqti bilan harakatga kelib, ish zonasi qadamiga teng masofaga suriladi va belgilangan harakat tezligiga mos vaqt ichida to‘xtab turadi


To‘ntarilmaydigan kajavalari bor kichik konveyerlar eni tor binolarda
ishlatiladi. Bunday konveyer ish o‘rinlari ikkita qatoriga xizmat ko‘rsatadi. 1-qatordagi ishchilar ustki shaxobchadan, 2-qatordagilari esa ostki shaxobchadan foydalanadilar. Bu konveyerning kengligi tiqiladigan buyum turiga qarab 0,4-0,6 m bo‘ladi. Qo‘shqavat konveyer sex enidan kam joy oladi.
Kam seriyali transportyorlar - TMS-1 va TMS-2 kam seriyali buyumlar tiqiladigan oqimlargagina mo‘ljallangan.
TMS-1 o‘rnatilgan oqimlarda 18 - 30 ta ish o‘rni bo‘ladi. Bu qurilmaning uzunligi ish o‘rinlari nechtaligiga bog‘liq. Kengligi esa 1,32 m, tasmasining harakat tezligi 6 - 8 m/min. Transportyorning tasmasi 2 ta bo‘lib, ularning ostki shaxobchasi salt yuradi.
Kiyim bichigi (yarimfabrikat) oqimga tushirish joyida quti yarimga joylanib,
transportyor tasmasiga qo‘yiladi. Bu quti yarimtransportyor tasmasining oxiriga yotganda burish diski ularni qarama-qarshi tomonga harakatlanayotgan 2-tasmaga o‘tkazib qo‘yadi. 2-tasmaning oxirida ham burish diski bo‘lib, u quti yarimni 2-tasmadan birinchi tasmaga o‘tkazib qo‘yadi. Oqimga tushiruvchi ishchi tashkiliy operatsiyalarning ish taqsimoti sxemasiga mo‘ljallangan texnologik tartibga, asosan, tashkiliy operatsiyalarning raqami yozilgan kartochkalarni tanlab, ularni quti yarmidagi maxsus cho‘ntakka solib qo‘yadi. Quticha shu raqamdagi operatsiyani bajaradigan ishchi ro‘parasiga borganda ishchi o‘z raqamini ko‘rib, qutichadagi ishni olib tikishni boshlaydi.
TMS - 2 transportyorining TMS - 1 transportyoridan farqi shundaki, unda
faqat bitta vertikal - berk tasma bo‘lib, uning ikkala shaxobchasi ham salt
yurmaydi. TMS - 2 o‘rnatilgan oqimlarda 20 - 40 ta ishchi o‘rni bo‘ladi. Bu
qurilmaning uzunligi ham ish o‘rnining soniga bog‘liq. Kengligi esa 0,74 m,
tasmasining harakat tezligi 6 - 8 m/min. Quti yarim tasmaning ustki shaxobchasidan pastki shaxobchasiga va pastki shaxobchadan tushiruvchining
162 stoliga avtomatik ravishda o‘taveradi. Yuqorida tasvirlangan transportyorlar yarimfabrikat solingan qutiyarimni ish o‘rinlariga avtomatik yetkazib bermaydi.
Ya’ni ular avtomatik adresli emas.
Endilikda avtomatik adresli transportyorlar TKT-1 ishlatilmoqda. Tasmali konveyer TKT - 1 ning shartli belgilari quyidagicha: 1 - yurituvchi stansiya, 2 -ish o‘rni, 3 - quti yarimni qabul qilish joyi (ustki kavat), 4 – quti yarimni qaytarib yuborish joyi (ostki qavat), 5 - transportyor tasmasi, 6 - tortuvchi qurilma, 7 -dispetcherlik pulti, 8 - tokchali javon (quti yarimni va bichiq detallarini saqlaydigan joy), 9 - rolikli konveyer, 10-yordamchi konveyer B - konveyerning kengligi, B - ish o‘rni bilan birgalikdagi oqim kengligi, L - konveyerning uzunligi (5,5 dan 49 m gacha), L - javon va yordamchi konveyer bilan birga konveyerning uzunligi (14,9 dan 52,4 gacha) L - ish joyining minimal uzunligi (16,5 m dan 54 m gacha ) t - ish o‘rning oralig‘i (1,25 m). Oqimda ishlaydigan ishchilar o‘rni 13 tadan 73 tagacha bo‘ladi. Bunday transportyorlarda maxsus quti yarim ishlatiladi Guruhli-agregat oqimlarda yarimfabrikatlarni bir operatsiyadan keying operatsiyaga o‘tkazish uchun harakatlanmaydigan uzatish vositalari ham ishlatilishi mumkin. Agregatlarni joylashtirishda sexning eni va uzunasi bo‘ylab o‘tish yo‘llari quyidagicha qoldiriladi; asosiy o‘tish yo‘llari 3,0 – 3,5 m; sexning yon tomon devorlaridan agregat boshlanadigan joygacha (ishga tushirish joyi) va
bitkazib chiqarish (tayyor mahsulot olish) joyi bor tomonda 3 - 4 m, oqimga tushirish yoki bitkazib chiqarish joyi yo‘q tomonda 2 - 2,5 m, agregatning yon tomonidan devorgacha 1,1 - 1,2 m agregatlar orasidagi yo‘l (asosiy yo‘ldan boshqasi)- sexning eni bo‘ylab ikkita yoki uchta agregat joylashtirilgan bo‘lsa 2,0 - 2,5 m, to‘rtta agregat joylashtirilgan bo‘lsa 1,5-2,0 metr masofa qoldiriladi. Agregatlarni joylashtirganda tirgak kolonnalar ko‘ndalang o‘tish yo‘llariga to‘g‘ri kelib qolmasligi kerak. Agregatdagi ish o‘rinlari bilan kolonnalar oralig‘I kamida 0,4 m bo‘lishi shart.


Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati



Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish