Bog'liq 1-amaliy mashg’ulot. AVTOMATLASHTIRISH VOSITALARINI TANLASH VA AVTOMATIKA ELEMENTLARINING STATIK TAVSIFNOMALARINI ANIKLASH.
1-amaliy mashg’ulot. AVTOMATLASHTIRISH VOSITALARINI TANLASH VA AVTOMATIKA ELEMENTLARINING STATIK TAVSIFNOMALARINI ANIKLASH. Avtomatika elementi deb tekshirilayotgan fizik kattalikni birlamchi o`zgartiruvchi moslamaga aytiladi. Avtomatika elementlari to`rt xil tarkibiy belgilanish sxemalaridan iborat bo`ladi: oddiy bir martali (birlamchi) to`g`ridantq`g`ri o`zgartirish; ketma-ketli to`gridan-to`gri o`zgartirish; differensial sxemali; kompensatsion sxemali. Oddiy o`lchash o`zgartirgichlari bir dona elementdan ‗tashkil topgan bo`ladi. Ketma-ketli o`zgartgichlarda esa oldindagi o`zgartirgichning kirish ko`rsatkichi keyindagi o`zgartgichning chiqishi hisoblanadi. Odatda birlamchi o`zgartirgich sezgir element (SE), oxirgi (keyingi) o`zgartirgich esa chiqish elemeti deb yuritiladi. O`zgartirgichlarning ketma-ketligi ulanish usuli, bir martali o`zgartirishda chiqish signalidan foydalanish qulay bo`lgan sharoitda qo`llaniladi. Differensial sxemali o`lchash o`zgartirgichlari nazorat qilinayotgan kattalikni uning etalon qiymatlari bilan solishtirish zarurati bo`lganda qo`llaniladi. Kompensatsion sxemali o`zgartirgichlar usuli esa yuqori aniqlik bilan ishlashi, universalligi hamda o`zgartirish koeffitsiyentining tashqi ta‘sirlarga deyarli bog‘liq emasligi bilan ajralib turadi. Avtomatika elementlari tizimning eng asosiy qismi bo`lib, quyidagi funksiyalardan birini bajaradi: - nazorat qilinayotgan yoki rostlanayotgan kattalikni qulay ko`rinishdagi signalga o`zgartirish (birlamchi o`zgartgich - datchiklar); - bir energiya ko`rinishidagi signalni boshqa energiya ko`rinishidagi signalga o`zgartirish (elektromexanik, termoelektrik, pnevmoelektrik, fotoelektrik va hokazo o`zgartgichlari); -signal tabiatini o`zgartirmasdan uning kattaliklarini o`zgartirish (kuchaytirgichlar); - signalning korinishini o`zgartirish (analog-raqam, raqam- analog o`zgartkichlari). - signalning shaklini o`zgartirish (taqqoslash vositalari), - mantiqiy operatsiyalarni bajarish (mantiqiy elementlar), - signallarni taqsimlash (taqsimlagich va kommutatorlar), - signallarni saqlash (xotira va saqlash elementlari), 8 - programmali signallarni hosil qilish (programmali elementlar), - bevosita jarayonga ta‘sir qiluvchi vositalar (ijrochi elementlar). Avtomatika elementlarining funksiyalari har xil bo`lishiga qaramay, ularning parametrlari umumiy hisoblanadi va ularga qiyidagilar kiradi: - statik va dinamik rejimlardagi tavsifnomalari; - uzatish koeffitsiyenti (sezgirlik, kuchaytirish va stabilizatsiya koeffitsiyentlari); - xatolik (nostabillik); - sezgirlik chegarasi. Har bir avtomatika elementi uchun turgunlashgan rejimda kirish x va chiqish signallari u orasida u=f(x) bog‘liqlik mavjud. Ushbu bog‘liqlik elementning statik tavsifnomasi deyiladi. Ularni uch guruhga ajratiladi: a) chiziqli, b) uzluksiz nochiziqli, v) nochiziqli uzlukli (1.1-rasm).
Avtomatika elementining ishlash sharoitlari turg`unlashmagan, ya‘ni x va u qiymatlarining vaqt davomida o`zgarishi dinamik rejim deyiladi. Chiqish qiymatining vaqt davomida o`zgarishi esa dinamik tavsifnomasi deyiladi. Avtomatika elementlari ma‘lum inersionlikka ega, ya‘ni chiqish signali kirish signaliga nisbatan kechikish bilan o`zgariladi. Elementlarning bu xususiyatlari 9 avtomatik tizimning dinamik rejimdagi ishini aniqlaydi. Har bir elementning umumiy va asosiy tavsifnomasi uning o`zgartirish koeffitsiyenti, ya‘ni element chiqish kattaligining kirish kattaligiga bo`lgan nisbatiga teng. Avtomatik tizimlarning elementlari miqdor va sifat o`zgartirishlarni bajaradi. Miqdor o`zgartirishlar kuchaytirish, stabillash va boshqa koeffitsiyentlarni nazarda tutadi. Sifat o`zgartirishada bir fizikaviy kattalik ikkinchisiga o`tadi. Bu holda o`zgartirish koeffitsiyenti element sezgirligi deyiladi. Avtomatika elementining yana bir muhim tavsifnomasi - element (kirish kattaligi o`zgarishiga bog‘liq bo`lmagan) chiqish kattaligining o`zgarishidan hosil bo`lgan o`zgartirish xatosidir. Bu xatoga sabab atrof-muhit haroratining, ta‘minlash kuchlanishining o`zgarishi va kabilar bo`lishi mumkin. Element xarakteristikalarining o`zgarishi natijasida paydo bo`ladigan xato nostabillik deb ataladi. Ba‘zi elementlarning chiqish va kirish kattaliklari o`rtasida ko`p qiymatli bog`lanish mavjud. Bunga quruq ishqalanish, gisterezis va boshqalar sabab bo`lishi mumkin. Bunda kattalikning har bir kirish qiymatiga uning bir necha chiqish qiymatlari mos keladi. Sezgirlik chegarasining mavjudligi shu hodisa bilan bog‘liq. Kirish kattaligining element chiqishidagi signalini sezilarli darajada o`zgartirish qobiliyatiga ega bo`lgan qiymati sezgirlik chegarasi deyiladi. Avtomatika elementlari mustahkamlik bilan ham harakterlanadi. Elementlarning sanoat ekspluatatsiyasida o`z parametrlarini yo`l qo`yiladigan chegarada saqlash qobiliyatiga mustahkamlik deb ataladi. Mustahkamlik elementni loyihalash vaqtida hisoblanadi va uni ishlab chiqarilgandan so`ng ekspluatatsiya jarayenida sinaladi.