O’quv materiallar mavzu: Ijtimoiy ishda etikani ahamiyati (4 soat) Reja


Dastlabki axloqiy qonun-qoidalar va axloqiy ravnaq muammosi



Download 361,64 Kb.
bet42/57
Sana03.02.2022
Hajmi361,64 Kb.
#427977
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   57
Bog'liq
Ijtimoiy ishda etikani

4.Dastlabki axloqiy qonun-qoidalar va axloqiy ravnaq muammosi
Dastlabki axloqiy qonun-qoidalar ana shu tanlovni ro ‘yobga chiqarishga, yana ham aniqroq aytganda, uni osonroq amalga oshirishga xizmat qilgan. Ilk axloqiy qoida ≪ 0 ‘zingga ravo ko'rmagan narsani boshqaga ravo ko‘rma≫ mazmunida dunyoga kelgan. Uning hozirgi zamondagi ekvivalenti ≪Pichoqni awal o'zingga ur, og‘rimasa birovga, ≪О zingni er bilsang, o'zgani sher bil≫ kabi maqollarda aks etgan.
≪Axloqning oltin qoidasi≫ deb atalgan ushbu qoida, bizningcha, eng qadimiy axloqiy talablardandir. Zero, xun olish talabi keyinroq paydo bo lgan va insonning asl mohiyatiga to‘g‘ri kelmaydigan qoidalardan. Barcha muqaddas kitoblarda insonni zo‘rlik bilan jonsiz qilish mumkin emasligi ta’kidlanadi. Biz ko‘rib o‘tganimiz, bundan deyarli o‘ttiz asr muqaddam tarqala boshlagan zardushtiy dinining muqaddas kitobi ≪Avesto≫dayoq axloqiy qonun-qoidalar ishlab chiqilgani diqqatga sazovor. Unda insonni inson tomonidan o‘ldirishgina emas, balki it, ot kabi hayvonlami jonsiz qilish, daraxt va o‘simliklarni behuda payhon etish qat’iyan man qilinadi, inson faqat ezgu o‘y, ezgu so z va ezgu a mol bilan yashashi lozimligi ta’kidlanadi. Bibliyoda Qobilni о ldirgan Hobildan Tangri xun olmaydi va uni o‘ldirmaslikni talab etadi. Buddha ta’limoti jonlini jonsiz qilishni eng katta gunoh deb biladi. Injilda ≪ 0‘z qavmdoshingni sev≫, ≪Odam o‘ldirma≫ degan da vatlar asosiy qoidalar sifatida namoyon bo‘ladi. Qur’oni karimda esa xun olishdan ko’ra tovon olmoq ma’qulligi aytiladi va musulmonlar o‘zaro faqat gozal munosabatlar
qilishi lozimligi ko‘rsatiladi. Demak, dastlabki axloqiy qonun-qoidalar muqaddas kitoblarda o‘z aksini topgan zo‘ravonlikka zo‘ravonlik bilan javob bermaslik tamoyili asosida yaratilgan. Inson axloqiy hayotining asosi bo‘lgan ana shu qonun-qoidalar hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Odamlar ularni og ir majburiyat deb bilmasdan, dil-dildan bajaradigan zamonning tezroq kelishi uchun tinmay harakat qilishlari axloqiy ravnaqdan dalolatdir. Zero, ana shu yo‘lda odam komil inson bo‘lib yetishadi. Hozirgacha bo‘lgan bizdagi an’anaviy-sho‘roviy axloqshunoslikda axloqni tarixiy materializm tamoyiliga asoslanib davriylashtirish qabul qilingan: quldorlik axloqi, feodalizm axloqi, buijua axloqi va h.k. Tarixiylik nuqtayi na z a rin i rad etmagan holda, biz bunday davriylashtirishga ehtiyot bo‘lib munosabat qilishni tavsiya etardik. Negaki, u axloq ilmini soxtalashtirishga, bir tomonlama qat iy hukm chiqarishga asoslangan. Chunonchi, unda ≪quldorlik axloqi≫ degan tushuncha mavjud va u qat’iy ravishda ≪Qul — rasmona odam emas, jonli narsa≫, degan tamoyil bilan ish ko‘radi. Shunday ekan, u holda, awalroq keltirganimiz, Qadimgi Misr donishmandi Pxatotepning ≪Pandnoma≫sidagi: ≪Qimmatbaho toshdek yashirindir oqilona so z, holbuki uni don tuyayotgan cho‘ridan topish mumkin≫, degan hikmatini qanday tushunish mumkin? Yoki Qadimgi yunon masalchisi, qul Ezopga xo‘jayinining munosabati, bekasining uni sevib qolishi yoki Qadimgi Rumoda ba’zi bir ozod etilgan qullarning keyinchalik senatorlardan ham kattaroq obro‘ga ega bo‘lganini qanday izohlaymiz. Yoki ≪О’tgan kunlar≫dagi Hasanalining Yusufbek hoji oilasidagi mavqeyi-chi? Xuddi sh u n in g d ek , O lrta a srla rd a a jd o d la rim iz yaratgan d u rd o n a pandnomalarda, odatda, amaldorlar va feodallar emas, balki oddiy xalq vakillari ko‘p hollarda axloqiy jihatdan ustun qilib tasvirlanadi. Abu Bakr ar-Roziy o ‘zining ≪Kambag‘allar tabobati≫ degan nom bilan mashhur bo‘lgan kitobida, hatto, mana bunday deb yozadi: ≪Qo‘li qisqa kishilarning bolalari kambag‘al va kamtarona yashayotganliklari tufayli halol, fazilat egalari bo‘lib yetishishlari mumkin, zero, ularning boshqalarga nisbatan sabr-toqat k o ‘rsatishlari, tarbiya hamda mashg‘ulotlarda qiyinchiliklarga bardosh berishlari oson ko‘chadi≫‘.Xo'sh, bu misollar istisnomi? Aslo. Istisnoli holatlaming bunchalik ko‘p bo‘lishi mumkin emas. Gap shundaki, ≪quldorlik axloqi≫ yoki ≪feodalizm axloqi≫ deganda aslida axloqiy tamoyil emas, balki mazkur davr yoki tuzum ilgari surgan huquqiy tamoyillar nazarda tutilgan. Natijada, yuqoridagi misollarda ko‘rganimizdek, ichki axloqiylik bilan
tashqi huquqiylik doimo kurashib kelgan. Ana shu nomutanosiblik sababli ko‘pgina mutafakkirlar chalkash xulosalar chiqaradilar. Chunonchi, Sartr, AQSHdagi fuqarolar urushi davrida ko‘tarilgan axloqiy muammolar hozir ham insoniyat oldida turibdi, bu borada yaxshilanish ro‘y bergan emas, deydi. Demak, Sartr togridan to’g’ri axloqiy ravnaq yo‘q, degan fikrni ilgari suryapti. Bunga qo'shilib bo'lmaydi.
Agar ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, ixtiyor erkinligi, tanlov singari tushunchalar hanuzgacha o‘z nomini saqlab qolganini, o‘zgarmaganini nazarda tutsak, balki Sartr haqdir. Lekin, axloqiy tushunchalarning nomlari o ‘z -o ‘zicha mavhum va sof mantiqiy hodisalardir. Ularning muayyanlashuvi va yashashi makon va zamon ichidagi inson xatti-harakatlariga bog'liq. Masalan, nomustushunchasini
olaylik. U yuqorida keltirganimiz talion — xun olish davrida ham bor edi va ana shu xun olishning amalga oshirilishi orqali ma’no kasb etardi. Tarixga nazar tashlasak, hatto xun olish jarayonining ham tadrijiy taraqqiy topib borganini ko‘rish mumkin. Dastlab qabiladoshi o‘ldirilgan jabrdiyda qabila qotil qabila a’zosidan aynan o‘ch olishi kerak edi. Masalan, agar qotil o‘z raqibining awal o‘ng qo‘lini chopib, so‘ng chap qulog‘ini kesib, undan keyin boshini olgan bo‘lsa, xuntalab ham xuddi shuni aynan takrorlardi. Keyinchalik murakkab jarayonlardan kechildi: shunchaki o‘ldirilsa — bas. Hozirgi davrga kelib esa xun olish axloq muammosi sifatida kun tartibidan chiqib ketdi. Endi nomus tushunchasining asosiy qamrovi boshqacha. Demak, insoniyat tarixida axloqiy ravnaq bo‘lgan va u davom etib kelmoqda. To‘g‘ri, bu davom etish qat’iy tadrijiylikka ega emas. U goho susayish, ba’zan esa bir oz ortga chekinish, ba’zan bir qancha muddat qoim turish xususiyatlariga ega. Lekin, katta davrlar va tarixiy oraliqlarni olib qaraydigan bo‘lsak, axloqiy ravnaqning mavjud ekaniga ishonch hosil qilish qiyin emas. Mustabid tuzumlar va shaxslar keltirib chiqargan axloqiy tanazzullarning hammasi qisqa muddatli hamda o‘tkinchi hodisalardir. Zero, insonning asosiy mohiyati o‘zini va o‘z
jamiyatini ravnaqqa qarab taraqqiy ettirib borish bilan belgilanadi. Axloq esa ana shu taraqqiyotdan hech qachon chetda turmaydi.

Download 361,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish