O’quv materiallar mavzu: Ijtimoiy ishda etikani ahamiyati (4 soat) Reja



Download 361,64 Kb.
bet41/57
Sana03.02.2022
Hajmi361,64 Kb.
#427977
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   57
Bog'liq
Ijtimoiy ishda etikani

3. Axloqning kelib chiqishi
Qadimiy ona sayyoramizdagi hayot odatda uch olamdan iborat deb qabul qilingan. Bular — nabotot, hayvonot va bashariyat olami; ularning o‘zaro munosabatlari zaminimizdagi hayotning asosiy omili hisoblanadi. Har uchalasiga ham paydo bo‘lish, rivojlanish, o‘zini muhofaza qilish, nasi qoldirishga intilish instinkti berilgan va hayotining bir kunmas-bir kun o‘lim bilan nihoya topish qismati belgilangan. Chunonchi, о simlik urug‘dan paydo bo‘ladi, rivojlanadi, singan shoxlari о mini sirach chiqarib davolaydi — muhofaza qiladi, urug‘ini qoldirib, bir kun quriydi. Hayvon shu xususiyatlar bilan birgalikda sezish a’zolari va qobiliyatiga hamda muayyan darajada idrok etish xislatiga ega. Insonda esabulardan tashqari mulohaza qilish, fikrlash qobiliyati va uyat hissi, bir so z bilan
aytganda, aql bor. Uni Imom G ‘azzoliy oltinchi sezgi yoki ikkinchi yurak, yurak ichidagi yurak deb ataydi. Ana shu aql ixtiyor erkinligini, ixtiyor erkinligi esa axloqni taqozo etadi. Bu fikrni yoyibroq tushuntirish uchun insonning paydo bo‘lishi tarixiga nazar tashlamoq joiz. Awalo, shuni aytish kerakki, insonning paydo bo‘lishi eng bahsli muammolardan biri hisoblanadi. Bu borada bir-biriga qarama-qarshi ikki qarash mavjud. Biri — diniy, ikkinchisi — dahriycha qarash. Diniye’tiqodiy nuqtayi nazardan odamni Xudo yaratgan. Dahriycha qarash
esa buni inkor etib, odamni tabiat yaratgan, u tabiatning bir qismi, degan g'oyani ilgari suradi. Ular orasida ingliz tabiiyotshunosi Charlz Darvin (1809-1882) fikrlari alohida e ’tiborga molik. Darvin tabiiy turlarning tanlov yo‘Ii bilan kelib chiqishi haqidagi evolutsion ta limotni yaratdi. U odam bilan odamsimon maymunlarning qardoshligini isbotlashga urindi, biroq u to ‘g‘ridan to ‘g‘ri odam maymundan tarqalgan jonzot, degan fikrni aytgan emas. Shuningdek, Darvin dahriy boMmagan, hamma qatori nasroniylik qonun-qoidalariga amal qilib yashagan. Buning ustiga uning o‘zi Kembrij universiteti qoshidagi Iso kollejini tugatgan. Darvin taijimai holi asosida roman yozgan ingliz yozuvchisi Irving Stoun uning Xudoni inkor etmaganini bir necha o‘rinda ta ’kidlaydi. Mana shulardan biri: ≪Mening nazariyam Xudoning borligini inkor etmaydi. Tabiat Uning qonunlariga bo‘ysunadi xolos≫1. Marks o'zining dahriycha qarashlarini isbotlash uchun undan material so‘rab xat yozganida, Darvin unga rad javobini beradi2. Shunga qaramay markschilar, Darvinning mohiyatini tushunmaganlari holda, uning nomini bayroq qilib, ta ’limotini o‘z foydalariga soxtalashtirishga tinimsiz harakat qildilar. Dahriycha qarashni Darvin nomi bilan bog‘lab ish ko‘rish yaqin-yaqingacha ≪sotsialistik lager≫ hududiga kirgan mamlakatlarda rasmiy, davlat yondashuvi sifatida hukm surib keldi. Totahtar tuzumga asoslangan bu davlatlar tanazzulga uchragach, yana
insonni Xudo yaratgan degan fikr ularda yetakchilik mavqeyini egalladi. To g ri, bu о rinda Darvinning evolutsiya nazariyasi va Xudoning olamni olti kunda yaratgani haqidagi diniy aqida bir-biri bilan qanday
sig ishadi, degan savol tug‘iladi. Gap shundaki, makon va zamonda bergan, milliardlab yil davom etgan evolutsiya: nabotot – hayvonot - odamzod doirasi makon va zamondan tashqaridagi fazoviy, Ilohiy Vaqt nuqtayi nazaridan juda qisqa muddatda voqe bo'lishi mumkin. Xudoning olti kuni o‘z ichiga makon va zamonni sig‘dirgan Mutlaq Vaqtga, evolutsiya nazariyasiga asos qilib olingan milliardlab yillar esa - makon va zamon ichidagi nisbiy, insoniy vaqtga taalluqlidir.Umuman olganda, insoniyatning intellektual tarixida, hatto nisbatan dahriylik asri bo‘lmish XX asrda ham, insonni Xudo yaratgan, degan lkr kamida to qson foizni tashkil etadi. Biz ham ana shu ko‘pchilik tomonidamiz. Ayni paytda, kamchilik bildirgan va bildirayotgan aksilfikr ham yashash huquqiga ega ekanini tan olamiz. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning mana bu gaplari bizning fikrlarimiz uchun e tiborli
xulosa bo‘la oladi deb o‘ylaymiz: ≪Shu o‘rinda ta’kidlamoqchi edimki, dunyoviylik, ayrim aqidaparast kimsalarning da’volaridan farqli o‘laroq, aslo dahriylik emas. Biz bunday noto‘g‘ri va g‘arazli talqinlarga mutlaqo qarshimiz≫.XX asrbuyuk olmon faylasufi Karl Yaspers, odamni boshqa jonzotdan keltirib chiqarishning nojoizligi haqida gapirib, inson transtendental bog‘liqlikka ega, uning imkoniyatlarini, erkini hech bir jonzotniki bilan qiyoslab bo‘lmaydi, inson hatto imkoniyatlari naqadar cheksiz ekanini o‘zi ham bilmaydi, deb uni ulug‘laganida, bizningcha, tamomila haq edi. Agar diqqat qilsak, mutafakkirning fikri Qur’oni karim ≪Baqara≫ surasida marhamat qilingan quyidagi oyatlarga hamohangdir: ≪30. Eslang (Ey Muhammad), Parvardigoringiz farishtalarga: ≪Men Yerda (Odamni) xalifa (yordamchi) qilmoqchiman≫, deganida, ular aytdilar: ≪U yerda buzg‘unchilik qiladigan, qonlar to‘kadigan kimsani (xalifa) qilasanmi? Holbuki, biz hamdu sano aytish bilan Seni ulug'laymiz va Sening nomingni mudom pok tutamiz≫. (Alloh) aytdi: ≪Men sizlar bilmagan narsalami bilaman≫. 31. Va U zot odamga barcha narsalammg ismlarini o‘rgatdi. So‘ngra ularni farishtalarga ro‘baro‘ qilib dedi: ≪Agar xalifalikka biz haqdormiz degan so‘zlaringiz rost bo‘lsa, mana bu narsalarning ismlarini Menga bildiring!≫. 32. Ular aytdilar: Ey pok Parvardigor, biz faqat Sen bildirgan narsalarnigina bilamiz. Albatta Sen o'zing ilmu hikmat sohibisan≫. 33. (Alloh): ≪Ey Odam, bularga u narsalarning ismlarini bildir>>, dedi. (Odam) ularga barcha narsalarning ismlarini bildirganidan keyin (Alloh) aytdi: ≪Sizlarga, Men Yer-u osmonlaming sirlarini va sizlar oshkor qilgan va yashirgan narsalarni bilaman, demaganmidim?≫. 34. Eslang (Ey Muhammad), Biz farishtalarga Odamga ta’zim qiling, deyishimiz bilan sajdaga egildilar. Faqat Iblis kibr va or qilib — kofirlardan bo ldi≫. Vaholanki, sajda bungacha faqat Tangrigagina bajo keltirilar edi. Demak, Xudo bu bilan barcha mavjudotlardan oliy, daraja nuqtayi nazaridan o‘zidan keyin turadigan buyuk zotni yaratganini e Ion etdi. Odam — Xudoning yerdagi xalifasi. Shu o‘rinda ≪xalifa≫ so‘zining amaliy ma’nosi haqida to ‘xtalmoq
o‘rinli. Uni oddiy hayotiy misol bilan tushuntiradigan bo‘lsak, kosiblikka, hunarmandchilikka murojaat qilish maqbul. Ma’lumki, qadimda kosib yoki hunarmand ustaning odatda bir necha shogirdi bo‘lgan. Ular orasidagi eng aqlli, tadbirkori, ustaning muhabbatini qozongani usta tomonidan xalifa etib tayinlangan. Xalifaga usta o'zining bir qancha vakolatlarini, jumladan, biror yoqqa safarga ketsa, shu muddat mobaynida boshqa shogirdlarni boshqarib, rahbarlik qilib turishni topshiradi. Shunday qilib, usta qaytib kelgunga qadar xalifa uning aytganlari yoki ko‘rsatmalarini amalga oshirish bilan mashg‘ul bo‘ladi. Odam ham Allohga nisbatan ana shunday xalifadir: to u qiyomatga qadar, ya’ni Tangri dargohiga borgungacha nabotot va hayvonot olami ustidan rahbarlik qilib turadi. Rahbarlik qilish uchun, tabiiyki, muayyan darajada erkinlikka, erkin harakatni ixtiyor etish huquqiga ega bo‘lish, falsafiy ibora bilan aytganda, ixtiyor erkinligi zarur. Ana shu ixtiyor erkinligi faqat insonga berilgan. Farishtalar bunday ma’naviy ne’matdan mahrum — ular faqat Allohning buyrug'ini bajaradilar. Lekin insondagi ixtiyor qilish erkinligi ham cheklangan — u Alloh tomonidan Qur’oni karimda umumiy tarzda belgilab berilgan doiradagina mavjud bo'lishi kerak. Shu bois mutlaq erkinlik insonga emas, faqat Yaratganga xos. Shunday qilib, axloq — oliy mavjudotga ato etilgan oliy ne’mat. Ya’ni axloqning kelib chiqishi ilohiy manbadandir. Ana shu ilohiy asosni asrab-avaylab, taraqqiy toptirish har bir insonning asosiy vazifasi, burchi. Shu bois o‘z-o‘zini va, iloji bo‘Isa, o'zgalarni axloqiy tarbiyalash barcha muqaddas kitoblarda savob sanaladi. Bu o‘rinda shuni alohida ta ’kidlash kerakki, inson aynan hozirgi paytdagi ko'rinishida yaratilgan degan gap haqiqatdan yiroq. U mohiyatan har tomonlama mukammallikka, komillikka qarab boruvchi, taraqqiyotining mohiyati tadrijiylik bilan belgilanadigan jonzotdir, uning jismoniy, aqliy va axloqiy taraqqiyoti c ‘zaro bog'liqlikda rivojlanadi: vaqt mobaynida insonning ham ko‘rinishi, ham tafakkuri, ham axloqiy xatti-harakati o‘zgarib boradi. Shu jihatdan olib qaraganda, odamzodning xunuklikdan chiroylilikka, nodonlikdan oqillikka, q o ‘pollikdan noziklikka yo'nalganligi tabiiy hoi. Demak, uning axloqiy xattiharakatlari tadrijiy tarzda noziklashib borgan. Biroq, bunday noziklashuv shaklan qo'polroq bo‘lgan soddalikdan chekinib, botiniy qo‘pollikni zohiriy nazokat bilan yopishga, niqoblashga ham olib kelgan. Natijada insoniyat tarixi qanchalik ko‘p davrni o‘z ichiga olsa, axloqning xilma xil ko'rinishlari shuncha ko'payib borgan. Lekin ularning hammasi, zamonaviy axloq nazariyasiga ko‘ra, ikki katta guruh ostida voqe bo ladi, ya’ni axloqiy xatti-harakatlar asos-e’tibori bilan ikki turga bo linadi. Ulardan biri - obro‘parvarlik (avtoritar) axloqi, ikkinchisi insonparvarlik — (gumanitar) axloqi. Endi qisqacha ularning mohiyati va sifatlari bilan tanishib chiqamiz. ≪Obro‘parvarlik axloqiga ko‘ra, — deb yozadi Erix Fromm, — bir odam — obro‘ egasi inson uchun nima yaxshiligini belgilab beradi, o‘zni tutish qonun-qoidalari va me’yorlarini ham o‘ylab topadi, о rnatadi. Insonparvarlik axloqi esa bu qonun-qoidalar va me yorlami о zi yaratishi, o‘zi boshqarishi hamda ularga o‘zi amal qilishi bilan farqlanadi≫ Fromm obro‘parvarlik axloqinining ikki asosini ко rsatib о tadi.
birinchisi — ratsional obro‘parvarlik, unga ko‘ra, ratsional obro egasi o‘ziga yuklangan vazifani omilkorlik vositasida bajarib, mazkur vazifani yuklaganlar tomonidan hurmatga sazovor bo‘ladi. Biroq ratsional obro‘parvarlik vaqtinchalik hodisa, u obro‘ egasi faoliyatining samaradorligi bilan bog‘liq. Ikkinchisi — noratsional obro parvarlik, u bir tomondan hukmronlikka, ikkinchi tomondan, qo‘rquvga asoslanadi va uzoq muddat davom etadi: muayyan tarixiy davrni о z ichiga oladi. Noratsional obro‘parvarlik tanqidni nafaqat tan olmaydi, balki taqiqlaydi. Ratsional obro‘parvarlik obro* egasi tomonidan subyektga nisbatan axloqiy tenglikni taqozo etsa, noratsional obro‘parvarlik aynan tengsizlik asosiga quriladi. Bunda obro‘ egasiga ≪gap qaytarmaslik≫, ≪quloq solish≫ — fazilat, ≪quloq solmaslik≫ - illat hisoblanadi. Odatda, obro parvarlik axloqi deganda, ko‘proq noratsional obro‘ egasi o‘rnatgan qonunqoidalar, me’yorlar nazarda tutiladi. Shunday qilib, insonparvarlik axloqi subyektning o‘z insoniylik tabiatini, barcha fazilatlarini, ochiq-oydin namoyon etishini ta’minlaydi. Obro‘parvarlik axloqida esa, aksincha, subyektga, obro1 egasiga bo‘ysunish, quloq qoqmaslik, o‘z individualligini yo‘qotish hodisalari rо’у beradi. Lekin, fojia shundaki, buni insonning o‘zi anglamaydi: atrof-muhitdagi obro‘ egasining ulug'ligi, bilimdonligi, qahramonligi, muruvvatliligi, xalqqa otalarcha g‘amxo‘rligi va zaruriy qatiqqo'lligi haqida to‘qilgan miflai, uning shaxsiga sig‘inish bunga yo‘l bermaydi. Bunday odamlar jamiyat da asosan ko'pchilikni tashkil etadi, obro‘parvarlikning mohiyatini tushunib yetgan, ommaga qo‘shilmagan, o‘z individualligi va ichki erkinligini saqlab qolgan shaxslar esa juda каш bo‘ladi. Natijada jamiyatda ko‘pchilik ezgulik
deb hisoblagan narsa aslida yovuzlik bo‘lib chiqadi, xalq ommasi anglamasdan yovuzlikka xizmat qilganini keyin, obro‘ egasi shaxsiga sig‘inish fosh etilganidan so‘nggina tushunib yetadi. Chunonchi, Hitlerga ergashganlar o‘sha paytlar Olmoniyada ko‘pchilikni tashkil etardi, ular о zlarining yo‘li to ‘g‘ri ekaniga qattiq ishongan edilar: ≪Fyurer adashmaydi!≫. Hozir esa, Hitler kim-u, uning tutgan yo‘li qanday ekanini hamma yaxshi biladi, Olmoniya aholisining ko‘pchiligi fashizmga, uning obro'parvarlik axloqiga qarshi. Bizning mamlakatimiz ham sobiq Sho‘rolar Ittifoqi tarkibida Lenin, Stalin va kommunistik partiya o ‘rnatgan obro parvarlik axloqini boshidan kechirdi, mustaqillik tufayligina xalqimiz insonparvarlik axloqi me’yorlari bilan hayot kechirish yo'liga kirdi. Jahon afkor emmasi, erkin, demokratikjamiyatlarining hammasi ana shu axloqiy yo ldan bormoqda. Aynan shunday axloq jamiyat va shaxsning erkinligidan, individning ixtiyor erkinligidan kelib chiqadi. Shu sababli ixtiyor erkinligi axloqshunoslikning eng muhim, eng dolzarb muammosi sifatida alohida e’tiborga molik, unga to‘xtalib o‘tmaslikning iloji yo‘q.

Download 361,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish