85
ga qo‘yilgan muammoni tegishli maqsad va vazifalarini belgila-
gan holda bilimi, hayotiy tajribasiga tayanib turli yo‘l, usul, vosi-
talar yordamida mustaqil ravishda hal qilib, faqat o‘zining badiiy
haqiqatini chiqarishi mumkin
». Bunga nima deysiz? Ona tili yoki
matematika darslarida kelinadigan yagona haqiqat-xulosa bilan
adabiyot darslarida qabul qilinadigan turfa haqiqatlar bir-biridan
mazmunan qanday farq qiladi? Ularning mohiyatida, Sizningcha,
nima yotadi? Ko‘chirmaning mazmunini sharhlang.
6. Italiyalik mutaxassis J. Rodarining: «
Agar bolalarni mus-
taqil fikrlashga o‘rgatmoqchi bo‘lsak, eng avvalo, ularni ertaklar
to‘qishga, sarguzashtlar tuzishga undash kerak. Fikrni faqat yangi,
avval uchramagan, tortishuvlarga sabab bo‘ladigan masalalarga
sarflash lozim. Zerikish – fikrning dushmani
», degan qarashlari-
ga asoslanib buni amaliyotga tatbiq etish yo‘llari haqida o‘ylab
ko‘ring. Siz, bo‘lajak adabiyot o‘qituvchisi, mazkur holatni qanday
tashkil etgan bo‘lardingiz?
7. Yuqorida o‘quvchilarga namuna sifatida keltirilgan top
-
shiriq: «
Abdulla Qodiriyning «O‘tgan kunlar» asari qahramonlari
Kumushbibi va Zaynab timsollarini o‘zaro taqqoslash»
zamiridagi
savol va topshiriqlar ustida Siz ham o‘ylab ko‘ring. O‘z munosa-
batingizni bildiring, xulosa chiqaring. Nega shunday xulosaga kel
-
ganingizni asoslang.
8. Yuqorida: «
Muallim tarbiyalanuvchilarni mantiqiy fikr
yuritish usullari bilan tanishtirib borishi; qolipda fikrlashga yo‘l
qo‘ymasligi, nafaqat darslik mualliflari, balki o‘rtoqlarining fikr-
mulohazalarini takrorlamaslikka, ijodiy izlanishga yetaklashi;
o‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olib, ularning
aqliy imkoniyatlarini ishga sola bilishi; har bir o‘quvchi oldiga
o‘ziga xos muammo qo‘ya olishi va uni yechishga yo‘naltirishi;
uchraydigan qiyinchiliklarni yengishga odatlantirishi zarur»
, de-
gan fikr bor. Siz buni, bo‘lajak adabiyot o‘qituvchisi sifatida, qan
-
day tasavvur qilasiz? Muallim zimmasiga qo‘yilayotgan har bir ta-
labni alohida ajratib yozing. So‘ngra ularni tahlilga torting. Amalda
qanday bajarish kerakligi haqida birgalashib mulohaza yuriting.
9. Bo‘limda alohida ta’kidlangan: «
O‘quvchining mehnati oson
bo‘lishi kerak emas»
degan fikrga o‘z munosabatingizni bildiring.
Bu haqiqatga qo‘shilasizmi, yo‘qmi?
Har ikkala holatda ham fi
-
kringizni asoslang.
86
87
10. Bo‘limda taqdim etilgan adabiyot darslarida o‘quvchilarni
mustaqil mulohaza yuritishga undovchi har bir tavsiya
(detal)ni alohida ajratib yozing. Ularni qanday tashkil etish bora
-
sida o‘qituvchingiz bilan birgalikda fikrlashing.
11. Bo‘limdagi «Ravshan» dostonidan olingan parchaga
diqqat qiling. Undan Zulxumorda mavjud bo‘lgan sifatlarni ajrat
-
ing. O‘zbek xalqining go‘zallikka qo‘ygan
mezonini birma-bir
yozing. Sizningcha, ularning qay biri haqiqatga yaqinu qay biri
mubolag‘a? Siz, bo‘lajak adabiyot o‘qituvchisi, mazkur matn yuza
-
sidan o‘quvchilaringizni mustaqil mulohaza yuritishga undaydigan
qanday savol va topshiriqlarni tavsiya etgan bo‘lardingiz?
12. Zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimiga xos bo‘lgan:
«
O‘quvchidagi ichki imkoniyatlarni uyg‘otib, uni o‘zi o‘qiydigan
va o‘zini o‘zi tarbiyalaydigan qilish, bu jarayonda o‘zi tashabbus-
kor, ehtiyojmand bo‘lishiga erishish lozimligi hamda butun kuchni
shunga yo‘naltirish
» tarzidagi vazifalarning mohiyatiga
kirishga
urinib ko‘ring. Bularni adabiy ta’lim amaliyotida qanday tashkil
etish mumkin deb o‘ylaysiz? Fikrlaringizni o‘rtoqlashing.
13. O‘quvchilarni kitob o‘qishga jalb qilish borasidagi taklif va
mulohazalarga diqqat qiling. Ularni yana qanday tavsiyalar bilan
boyitgan bo‘lardingiz?
14. «Mashrab g‘azallarida ilohiy ishq tavsifi» mavzusida tahlil-
insho yozing. Har biringizning ishingizni birgalikda muhokama
qiling. Xato va kamchiliklari ustida suhbatlashing.