«Fikriy hujum»
metodining maqsadi o‘quvchilar-
ning dars jarayonidagi faolligini oshirish, ularni erkin, mustaqil
mulohaza yuritishga undash, hammani bir xil qolipda fikrlashdan
qutqarish, ma’lum mavzu yuzasidan har xil fikrlarni to‘plash va
masalaga ijodiy yondashuvni ta’minlashdan iborat. Bu metoddan
foydalanilganda favqulodda, kutilmagan savol yoki topshiriq-
lar bilan o‘quvchilar loqaydlikdan, muvozanatdan chiqariladi va
ular bezovta ruhiyat bilan badiiy muammoga, o‘quv topshirig‘iga
«hujum» qiladilar. Ya’ni har bir o‘quvchi o‘z bilimi, qobiliyati,
iqtidori, dunyoqarashi va imkoniyatlari darajasida uni hal etishga
kirishadi. O‘quvchilar o‘z oldilariga qo‘yilgan muayyan masala
bo‘yicha mulohaza yuritadilar. Bu metoddan foydalanilganda
o‘qituvchidan masala atrofida ishlayotgan, mulohaza yuritayot
-
gan har bir o‘quvchi tomonidan aytilgan fikrni qayd etib borish,
har bir ishtirokchining erkinligini ta’minlash, aytilgan fikrlarning
asosla nishini talab qilish, toki fikrlar tugamaguncha bahsni davom
ettirish talab qilinadi. O‘quvchilar tomonidan aytilayotgan fikr
-
larni alohida baholash, ularni tanqid qilish yoki fikrlardan kulish
ta’qiqlanadi.
«Fikriy hujum» – o‘quv muammolarini hal qilishda keng
qo‘llaniladigan metod. U qatnashchilarning tasavvurlari, bor bilimi
va imkoniyatlaridan unumli foydalanishga yo‘naltirilgan. Mazkur
metod o‘quvchi oldiga qo‘yilgan har qanday muammoli masalaga
ko‘p sonli yechimlar topishga imkon yaratadi. Fikriy hujumdan
foydalanilganda quyidagi qoidalarga amal qilinadi:
1. Bu usulni qo‘llash jarayonida baholashlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
Agar jarayonning o‘zida g‘oyalar baholanadigan bo‘lsa, qatnash-
chilar o‘z fikrlarini himoya qilishga berilib ketib, yangi fikr aytish
-
dan chalg‘iydilar.
2. Har bir o‘quvchi bitta masala yuzasidan o‘ta xilma-xil mu
-
lohazalar aytishiga yo‘l qo‘yiladi. O‘quvchilarda kutilmagan fikr,
favqulodda g‘oyalar tug‘ilmasa, qatnashchilar bir-birlarini takror
-
lashga majbur bo‘ladilar.
3. G‘oya va fikrlarning miqdori rag‘batlantiriladi. Ma’lumki,
miqdor odatda o‘sib sifatni keltirib chiqaradi. Qatnashchilarga
tasavvurga erk berish imkoniyati yaratilishi kerak. Bu erkinlik nati-
ja
sida betakror va kuchli g‘oyalar tug‘iladi.
106
107
4. Har bir o‘
quvchi o‘zgalar g‘oyasiga asoslanishi va ularni
o‘zgartirishi mumkin. Chunki fikrdan fikr tug‘iladi. Oldin tak
-
lif etilgan g‘oyalarni o‘zgartirish, ko‘pincha, birlamchi fikrdan
kuchliroq, yaxshiroq qarashlarni keltirib chiqaradi
38
.
«Fikriy hujum» metodidan foydalanish jarayoni quyidagi bos-
qichlarda amalga oshiriladi:
•
o‘quvchilar erkin tartibda joylashtiriladi;
•
g‘oya va fikrlarni yozish uchun darstaxta yoki varaqlar tay-
yorlab qo‘yiladi;
•
hal etilishi lozim bo‘lgan muammo aniqlanadi;
•
ish jarayoni belgilab olinadi: a) g‘oyalar baholanmaydi;
b) fikrlashga to‘liq erk beriladi; v) fikrlar ko‘p bo‘lishiga (miq
-
dorga) intilinadi; g) o‘quvchilar faoliyati «ilg‘ab oling», «bilib
oling», «g‘oyalarga asoslaning», «qo‘shing», «kengaytiring»,
«o‘zgartiring» singari chaqiriqlarga asosan uyushtiriladi;
•
qo‘yilgan muammo yuzasidan fikrlar so‘raladi va yozib bo
-
riladi;
•
o‘zgalarning fikrlaridan kulish, kinoyali sharhlar va mayna
qilishlarga aslo yo‘l qo‘yilmaydi;
•
varaqlar g‘oya va fikrlar bilan to‘lganda ular ko‘rinarli yerga
osib qo‘yiladi;
•
g‘oyalar tugamaguncha ish davom ettirilaveriladi;
•
shundan so‘ng yangi, kuchli, asosli va original g‘oyalar
o‘qituvchi tomonidan rag‘batlantiriladi, baholanadi
39
.
Abdurauf Fitratning 5-sinflar uchun yozilgan «Adabiyot» dars
-
lik-majmuasidan o‘rin olgan «Yurt qayg‘usi I», «Yurt qayg‘usi II»
nomdagi sochma she’rini
40
«Fikriy hujum» metodidan foydalanil
-
gan holda o‘tish uchun o‘quvchini aqliy muvozanatdan, loqayd
-
likdan chiqaradigan quyidagi savol-topshiriqlarni berish mumkin:
«
Nomusini bot kishilarning oyog‘lari ostinda ko‘rub, turklik
qoni qaynag‘ay, musulmonlik hamiyati toshgay, tamug‘ olovlari
kabi sachragay. Lekin o‘z kuchsizligini anglab, qaytib o‘tirgan va
qon yig‘agan turk
...» sizningcha kim? «
Sening omonatingga xiyo-
nat qilganlarni ez, ur, o‘ldur
!» shaklidagi chaqiriq kimga qaratil
-
gan va «xiyonatchi» kim deb o‘ylaysiz?
38
https://ru.wikipedia.org/wiki. Википедия. Свободная энциклопедия.
39
https://ru.wikipedia.org/wiki.
Википедия
.
Свободная
энциклопедия
.
40
Karimov N., Normatov U. Adabiyot. 5-sinf uchun darslik-majmua. – T.:
«O‘qituvchi», 2006. 152-b.
107
Shoirning: «
…yuqorida aytdigim ishlarning hammasiga o‘zim
sabab bo‘ldim, barchasini o‘zim qildim, sening Turoningni o‘zim
talatdim, sening turkingni o‘zim ezdirdim, sening omonatlaringga
xiyonat o‘zim qildim
», – degan iqrori to‘g‘risida nima deysiz? Siz
ham Fitratni xiyonatchi deb hisoblaysizmi yoki bu yerda boshqa
-
charoq fikr bormi?
«
Men qo‘limga topshirdig‘ing qilichni tashlab cholg‘uni ol-
masa edim, Turonim talanmas edi!..
» satrlaridagi yurt uchun
kurashish o‘rniga cholg‘u bilan ko‘ngil ochishni qanday tushu
-
nasiz? «
Sening dunyoda sig‘magan g‘ayratingga ont ichamanki,
Turoning eski sharaf va ulug‘ligini qaytarmasdan burun oyoqdan
turmasman
». Shoir ont ichishga asos qilib olgan g‘ayratni siz qan
-
day tushunasiz?
«Turon», «Turkiston», «turk», «turklik» tushunchalari haqida
mulohaza yuriting. Ularni qanday tushunasiz?
Asarda yigitning xayolini o‘g‘irlagan sohibjamol Xotun,
Sizningcha, kimning timsoli?
«
Bir Xotunki, egnida ipakli, lekin yirtiq va eski bir ko‘ylakdan
boshqa bir kiyim yo‘q
» tarzida tasvirga e’tibor qiling. Nega Xotun-
ning kiyimi ipakli-yu, yirtiq?
«
Yonimda, ko‘zimda, miyamda, yuragimda nima axtarasan,
nechuk ketmaysan? Qayg‘u tutunlari ichra yog‘dusiz qolg‘an
ko‘zlaring nechuk yosh yomg‘urlari to‘kadur
?» shaklidagi muro
-
jaatga asoslanib ayolning ko‘zlari nega yog‘dusizligi, nima uchun
yig‘layotgani haqida o‘ylab ko‘ring.
«
Bildim… Bildim… Angladim! Sen mening Vatanimsan,
Vatanimning mungli xayolisan
» tarzidagi kashfiyot nimaga asos-
langan? Asar qahramonini bezovta qilgan ayol – Vatan ekanligiga
siz ham ishondingizmi?
«
Ey, muqaddas Turonimning xayoli, ketmay tur, ayrilma.
Yonimda, ko‘zlarimda, yuragimda, vijdonimda qol, ketma. Yurtim,
Turonim, sendan ayrilmoq, mening o‘limim
» xitobining mazmuni-
ni chaqishga urinib ko‘ring.
Muallif tilidan aytilgan: «
Sening uchun o‘lmoq – mening
tirikligimdur
» shaklidagi xitobning ma’nosini anglating. O‘lim
qan day qilib tiriklik bo‘lishi mumkin?
Mana shu kabi savol-topshiriqlar o‘quvchilarni ruhiy loqayd-
likdan chiqaradi, ularning har birini o‘zicha o‘ylashga, o‘z muno
-
108
109
sabatini bildirishga majbur qiladi. Yana shu narsa haqiqatki, bu
savol-topshiriqlarning hammasiga sinfdagi barcha o‘quvchi javob
berishi shart emas. Aqli yetgan, fikri bor bolalar javob beraveradi
-
lar, qolganlar ular haqida mulohaza yuritadilar, javob berolmagan
taqdirda ham, fikriy loqaydlikdan chiqadilarki, adabiy ta’lim uchun
bu katta hodisadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |